scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OILADA FARZAND TARBIYASIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Sultonova Nurxon Anvarovna

Abstract

Mazkur maqolada oilada farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarning ahamiyati tahlil etilgan. Bola shaxsining shakllanishida oila muhitining ta’siri, ota-onalarning psixologik savodxonligi hamda shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya prinsiplari yoritilgan. Tadqiqotda ota-onalarning tarbiyaviy faoliyatida konstruktiv muloqot, emotsional intellekt va ijobiy rag‘batning ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 494 OILADA FARZAND TARBIYASIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Sultonova Nurxon Anvarovna Qo‘qon davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.18042731 Annotatsiya: Mazkur maqolada oilada farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarning ahamiyati tahlil etilgan. Bola shaxsining shakllanishida oila muhitining ta’siri, ota-onalarning psixologik savodxonligi hamda shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya prinsiplari yoritilgan. Tadqiqotda ota-onalarning tarbiyaviy faoliyatida konstruktiv muloqot, emotsional intellekt va ijobiy rag‘batning ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: oila tarbiyasi, zamonaviy yondashuv, psixologik madaniyat, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, emotsional intellekt, ijobiy muloqot, ota-onalar pedagogikasi. Kirish. Oila — inson hayotining birinchi ijtimoiy muhitidir. Bola shaxsining shakllanishi, ijtimoiy me’yorlar, axloqiy qadriyatlar va madaniy odatlar avvalo oilada shakllanadi. Shuning uchun zamonaviy pedagogika va psixologiyada farzand tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyos ahamiyat kasb etadi. Psixolog L.S. Vygotskiy ta’kidlaganidek, “bola rivojining har bir yangi bosqichi ijtimoiy tajriba bilan belgilangan” (Vygotskiy, 1978). Bu tajribaning asosiy manbai esa oiladir. Bugungi globallashuv davrida oilaviy tarbiya an’anaviy shakldan zamonaviy, ilmiy asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar tizimiga o‘tmoqda. Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yoshlar tarbiyasida oila, maktab va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik — kelajagimiz garovidir” (“Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, 2021). Zamonaviy pedagogik yondashuvlar bola tarbiyasida faqat nazorat va taqiqlar emas, balki muloqot, ishonch, erkinlik va emotsional qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi. Shu bois, oilada tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy usullar qo‘llanildi:  Kuzatish – ota-onalarning bolalar bilan muloqoti, hissiy javoblari, rag‘batlantirish usullari va jazo mexanizmlarini tahlil qilindi;  So‘rovnoma va suhbat – 80 nafar ota-onalar o‘rtasida farzand tarbiyasida psixologik va pedagogik bilimlarga ega bo‘lish darajasi o‘rganildi;  Eksperimental yondashuv – ota-onalar uchun “Zamonaviy oila pedagogikasi” nomli trening dasturi asosida tajriba-sinov ishlari o‘tkazish rejalashtirildi. Tadqiqot natijasida oilalarda farzand tarbiyasidagi quyidagi dolzarb muammolar aniqlandi: 1. Ota-onalarning pedagogik va psixologik savodxonligining pastligi. Ko‘plab oilalarda farzand tarbiyasi “tajriba” yoki “an’anaviy uslublar” asosida olib boriladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, emotsional intellekt, ijobiy intizom) haqida yetarli bilim va ko‘nikmalarning yo‘qligi bolani noto‘g‘ri yo‘nalishda tarbiyalashga sabab bo‘lmoqda. 2. Oiladagi tarbiya uslublarining nomuvofiqligi. Ba’zan ota va ona farzandga nisbatan turlicha yondashuvni qo‘llaydi: biri haddan tashqari talabchan, ikkinchisi esa loqayd. Bu REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 495 esa bolada ichki ziddiyat, ikkilanish va ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 3. Axborot texnologiyalari ta’siridagi tarbiya muammolari. Raqamli davrda bolalar internet, ijtimoiy tarmoqlar va o‘yinlar orqali turli g‘oyalarga duch kelishmoqda. Ota-onalarning nazorati sust bo‘lishi, raqamli madaniyat yetishmasligi bolalarning ruhiy holatiga, qadriyatlariga va xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 4. Oilaviy muloqotning yetarli emasligi. Ko‘plab oilalarda ota-onalar ish bandligi, stress yoki befarqlik sababli farzand bilan sifatli muloqot qilmaydi. Natijada bola o‘z histuyg‘ularini ifoda etishda qiynaladi, bu esa psixologik beqarorlikka olib keladi. 5. Bolalarning shaxsiy xususiyatlari hisobga olinmasligi. Hozirgi kunda ham ko‘p otaonalar farzandni “barcha kabi bo‘lishi kerak” degan tamoyil bilan tarbiyalaydi. Shaxsning individualligini inobatga olmaslik bola o‘z qobiliyatini namoyon eta olmasligiga sabab bo‘ladi. 6. Tarbiyadagi zo‘ravonlik va tanbeh usullarining keng tarqalganligi. Ayrim ota-onalar hali ham jismoniy yoki ruhiy jazolashni “tartib-intizom” vositasi sifatida qo‘llaydi. Bu esa bolada qo‘rquv, past o‘z-o‘zini baholash va ishonchsizlikni shakllantiradi. 7. Oila va maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikning sustligi. Tarbiyachilar va ota-onalar o‘rtasida muntazam aloqa yo‘qligi, bola rivojlanishidagi muhim ma’lumotlar almashinuvining sustligi tarbiya jarayonining uzviyligini buzmoqda. 8. Psixologik yordam tizimining yetarli rivojlanmagani. Aksariyat ota-onalar oilaviy nizolar, boladagi injiqlik yoki ruhiy o‘zgarishlarga duch kelganda psixologga murojaat qilmaydi. Psixologik madaniyatning pastligi muammolarning chuqurlashuviga sabab bo‘ladi. 9. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi nomutanosiblik. Global axborot oqimi sharoitida ayrim ota-onalar milliy tarbiya an’analarini “eskirgan” deb bilishadi. Natijada, bolalarda milliy o‘zlik, madaniy identifikatsiya zaiflashadi. 10. Oilaviy tarbiyaning iqtisodiy va ijtimoiy omillarga bog‘liqligi. Ijtimoiy tengsizlik, migratsiya, ota-onalarning chet elda ishlashi kabi holatlar bolalarning emotsional ehtiyojlarining to‘liq qondirilmasligiga olib kelmoqda. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ota-onalarning 62 foizi farzand bilan muloqotda buyruqbozlik va nazorat uslubidan foydalanishini bildirgan. 28 foiz ota-onalar esa ijobiy rag‘bat va muloqot orqali tarbiya samaradorligini oshirishga harakat qilayotganini ko‘rsatdi. Trening dasturi orqali o‘tkazilgan pedagogik-psixologik mashg‘ulotlar natijasida:  ota-onalarning 74 foizida emotsional intellekt elementlari rivojlangani;  69 foizida muloqot madaniyati va konstruktiv yondashuv ko‘nikmalari shakllangani;  bolalar bilan muloqotda ijobiy rag‘bat tizimi qo‘llanilishi 2 baravar ortgani aniqlandi. Bu natijalar zamonaviy psixologik va pedagogik yondashuvlarning oila muhitida farzand tarbiyasiga ijobiy ta’sirini isbotlaydi. Ota-onalarning pedagogik va psixologik savodxonligini oshirish — farzand tarbiyasida eng muhim shartlardan biridir. A. Maslou (1943) nazariyasiga ko‘ra, bola o‘zini erkin, xavfsiz va qadrlangan his qilganida uning intellektual hamda ijodiy salohiyati to‘liq ochiladi. Shu sababli oilada emotsional qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish, shaxsga hurmat tamoyilini shakllantirish zarur. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 496 K. Rodjersning insonparvar yondashuvi esa shunday deydi: “Har bir bola ichki imkoniyatlarga ega; ota-ona vazifasi — bu imkoniyatlarni ochib berish uchun ishonchli muhit yaratishdir.” (Rodgers, 1969). O‘zbekiston sharoitida ham oilaviy tarbiya an’analarini saqlagan holda zamonaviy psixologik yondashuvlarni joriy etish — milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtiruvchi yo‘ldir. Ota-onalar uchun tavsiyalar 1. Farzand bilan emotsional aloqa o‘rnatish. Bola uchun ota-ona muhabbati, e’tibori va ishonchi — eng kuchli tarbiyaviy omildir. Har kuni farzandingiz bilan kamida 15–20 daqiqa sifatli muloqot qiling: suhbatlashing, birgalikda o‘yin o‘ynang, kitob o‘qing. 2. Buyruq emas, muloqot orqali tarbiyalash. Zamonaviy yondashuvda tarbiya — bu hamkorlikdir. Bola bilan “nega” va “qanday qilib” savollari asosida suhbatlashish ularning tafakkurini rivojlantiradi. “Men aytdim – bo‘ldi” uslubi o‘rniga “keling, birgalikda yechimini topamiz” tarzida yondashing. 3. Ijobiy rag‘bat tizimini qo‘llash. Tanbeh o‘rniga maqtov, ishonch va kichik sovg‘alar orqali bolada o‘ziga ishonch va motivatsiya uyg‘oting. Rag‘bat faqat moddiy emas — iliq so‘z, quchoqlash, “sen bilan faxrlanaman” kabi iboralar eng samaralidir. 4. Farzandning individualligini hurmat qilish. Har bir bola o‘ziga xos. Uni boshqa bolalar bilan solishtirmang. Bola xatti-harakatini tanqid qilganingizda ham, shaxsiyatiga tegmang (“sen yomon bolasan” o‘rniga “bu ish to‘g‘ri emas” deyish kerak). 5. Psixologik madaniyatni oshirib borish. Bola tarbiyasi, yosh xususiyatlari, stressni boshqarish va ota-onalik psixologiyasi haqida kitoblar o‘qing, onlayn vebinar va treninglarda ishtirok eting. Farzand bilan sog‘lom muloqot psixologik bilimdan boshlanadi. 6. Oilada ijobiy muhit yaratish. Ota-ona o‘zaro hurmatda bo‘lsa, bola o‘zini xavfsiz his qiladi. Nizo va tortishuvlarni bola oldida muhokama qilmaslik, ijobiy his-tuyg‘ularni ustuvor qilish zarur. 2. Tarbiyachilar uchun tavsiyalar 1. Ota-onalar bilan muntazam hamkorlik qilish. Har oyda ota-onalar uchun pedagogik maslahatlar, ochiq eshiklar kuni, psixologik seminar-treninglar o‘tkazing. Ota-onaning ishtiroki bolaning rivojlanish jarayonini tezlashtiradi. 2. Tarbiyaviy ishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash. Har bir bola o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari va xarakteriga ega. Mashg‘ulotlarni individual rivojlanish darajasiga moslashtirish lozim. 3. Ota-onalarni zamonaviy tarbiya uslublariga jalb qilish. Bolaning tarbiyasida o‘yin terapiyasi, emotsional intellekt, STEAM-ta’lim elementlari kabi yangi metodlarni otaonalarga tanishtiring va amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgating. 4. Pedagogik kuzatuvni tizimli yo‘lga qo‘yish. Bola xulqi, ijtimoiy moslashuvi va hissiy reaksiyalarini kuzatib boring, natijalarni ota-onalar bilan muhokama qiling. Bu hamkorlik bola rivojlanishidagi muammolarni erta aniqlashga yordam beradi. 5. Tarbiyachilarning psixologik tayyorgarligini oshirish. Har bir pedagog o‘z emotsiyalarini boshqarishni, ota-onalar bilan nozik vaziyatlarda to‘g‘ri muloqot qilishni bilishi zarur. Shu maqsadda ichki treninglar, superviziya mashg‘ulotlari tashkil etilishi tavsiya etiladi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 497 6. Oilaviy qadriyatlarga tayanish. Bolalarga milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, kattalarga hurmat kabi fazilatlarni singdirishda oila bilan uzviy hamkorlikni saqlang. Tarbiya jarayonida oila tajribasidan foydalanish — uzviylikni ta’minlaydi. Xulosa. Zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar oilada farzand tarbiyasini samarali tashkil etishning poydevoridir. Ular bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish, erkin fikrlashini rag‘batlantirish, ota-ona va farzand o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash imkonini beradi. Shu bois, ota-onalar pedagogik va psixologik bilimlarini doimiy ravishda yangilab borishlari, o‘z farzandlari tarbiyasida zamonaviy metodlardan foydalanishlari zarur. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, psixologlar va jamiyat institutlari o‘rtasidagi hamkorlik muhim rol o‘ynaydi. Ota-ona va tarbiyachi bir-birini to‘ldiruvchi tarbiya subyektlaridir. Bola atrofida “yagona tarbiyaviy muhit”ni yaratish, ya’ni oilada va ta’lim muassasasida bir xil qadriyatlar, muloqot uslubi va tarbiya tamoyillariga amal qilish — muvaffaqiyat kalitidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. – T., 2019. 2. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. – T., 2021. 3. Avloniy, A. (1913). Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent. 4. Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Harvard University Press. 5. Maslow, A.H. (1943). A Theory of Human Motivation. – Psychological Review. 6. Rogers, C.R. (1969). Freedom to Learn. – Columbus, OH: Charles Merrill. 7. Jalilova, M. (2022). Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Milliy ensiklopediya. 8. Mirziyoyev, Sh.M. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston.