scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MOLIYAVIY XAVFSIZLIK VA UNING KORXONA BARQARORLIGIGA TA'SIRI

Baymuxamedova Gulnoza Toshkent kimyo-texnologiya instituti ORCID: 0009-0008-0345-0003 Email:[email protected] [email protected] Berdiqulov Suhrob Berdiqul o'g'li Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti 23-63 MT guruh talabasi Toshk

Abstract

Ushbu maqola doirasida moliyaviy xavfsizlikning korxona barqarorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillari o‘rganildi. Uni o‘rganish natijasida, korxona rahbarlariga moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Bu esa korxonaning iqtisodiy salohiyatini oshirish va uzoq muddatli muvaffaqiyatli rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 MOLIYAVIY XAVFSIZLIK VA UNING KORXONA BARQARORLIGIGA TA’SIRI Baymuxamedova Gulnoza Toshkent kimyo-texnologiya instituti ORCID: 0009-0008-0345-0003 Email:[email protected] [email protected] Berdiqulov Suhrob Berdiqul o‘g‘li Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti 23-63 MT guruh talabasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Email: suhrobberdiqulovic[email protected] Tel: +998938746104 ORCID:0009-0001-2281-3200 Annotatsiya : Ushbu maqola doirasida moliyaviy xavfsizlikning korxona barqarorligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillari o‘rganildi. Uni o‘rganish natijasida, korxona rahbarlariga moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Bu esa korxonaning iqtisodiy salohiyatini oshirish va uzoq muddatli muvaffaqiyatli rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Moliyaviy xavfsizlik, korxona barqarorligi, inflyatsiya, raqobat, ko‘rsatkichlar, statistikalar, aktiv, passiv, foyda, zarar, daromad Баймухамедова Гулноза Ташкентский химико-технологический институт Бердикулов Сухроб Бердикулович факултета промышленной инженерия и менеджмента Студент группы 23-63 МТ Ташкентский химико-технологический институт Электронная почта: suhrobberdiqulovic[email protected] Телефон: +998938746104 ORCID:0009-0001-2281-3200 ФИНАНСОВАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ И ЕЕ ВЛИЯНИЕ НА СТАБИЛЬНОСТЬ ПРЕДПРИЯТИЯ Аннотация: В рамках данной статьи были изучены факторы финансовой безопасности, которые положительно влияют на устойчивость предприятия. По итогам его изучения даны научно-практические рекомендации руководителям предприятий по разработке стратегий, направленных на укрепление финансовой newjournal.org zenodo.org 2 безопасности и повышение экономической стабильности. Это служит повышению экономического потенциала предприятия и обеспечению его долгосрочного успешного развития. Ключевые слова: Финансовая безопасность, устойчивость предприятия, инфляция, конкуренция, показатели, статистика, актив, обязательство, прибыль, убыток, доход. Baymukhamedova Gulnoza Tashkent Institute of Chemical Technology Berdikulov Sukhrob Berdikulovich Faculty of industrial engineering and management Student group 23-63 MT Tashkent Chemical Technological Institute E-mail: [email protected] Phone: +998938746104 ORCID:0009-0001-2281-3200 FINANCIAL SECURITY AND ITS EFFECT ON ENTERPRISE STABILITY Abstract: Within this article, the factors of financial security that have a positive effect on the stability of the enterprise were studied. As a result of its study, scientific and practical recommendations were given to enterprise leaders in developing strategies aimed at strengthening financial security and increasing economic stability. This serves to increase the economic potential of the enterprise and ensure its long-term successful development. Keywords: Financial security, stability of the enterprise, inflation, competition, indicators, statistics, asset, liability, profit, loss, income Kirish. Moliyaviy xavfsizlik — bu korxonaning o'z faoliyatini davom ettirish, iqtisodiy o'zgarishlarga moslashish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini ta'minlaydigan muhim omil hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy xavfsizligi uning barqarorligini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Moliyaviy xavfsizlik nafaqat qisqa muddatli foyda olishni, balki uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta'minlash uchun zarur bo'lgan moliyaviy rejalashtirish, risklarni boshqarish va resurslarni oqilona taqsimlashni o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada moliyaviy xavfsizlikning korxona barqarorligiga ta'siri tahlil qilinadi va uning muhim komponentlari ko'rib chiqiladi. Korxona misolida moliyaviy xavfsizlikning korxona barqarorligida tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari tahlil va tadqiqotlar asosida ko‘rib chiqiladi. newjournal.org zenodo.org 3 Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning daslabki bosqichida moliyaviy xavfsizlik va uning korxona barqarorligiga ta’siri bo‘yicha adabiyotlar, monografiyalar hamda, bir nechta ilmiy tadqiqotlardan foydalangan holda tushuncha va ma’lumotlar o‘rganildi. Bundan tashqari maqolaning keyingi bosqichlarida SWOT tahlil, statistik tahlil, analiz, sintez kabi tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. Moliyaviy xavfsizlik korxonaning barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, chunki u moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, kutilmagan holatlarga tayyor turish va uzoq muddatli rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi. Ilmiy adabiyotlarda korxonaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga turlicha ta’riflar berilgan, biz tadqiqot jarayonida moliyaviy xavfsizlikning korxona barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy jihatlarini 1 jadvalda keltiramiz: 1-jadval. Asosiy jihatlar Ta’rifi Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash Korxonaning moliyaviy xavfsizligi mavjud bo‘lsa, u o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi mumkin. Bu mijozlar, investorlar va kreditorlar oldida ishonchni oshiradi. Favqulodda holatlarga tayyorgarlik Moliyaviy xavfsizlik kutilmagan vaziyatlarda (masalan, bozor inqirozi, xaridorlar to‘lov qobiliyatining pasayishi yoki tabiiy ofatlar) korxonaning faoliyatini davom ettirishiga yordam beradi. Raqobatbardoshlikni oshirish Moliyaviy xavfsiz korxonalar innovatsiyalarni joriy qilish, yangi bozorlarni zabt etish va samaradorlikni oshirish uchun resurslarni yo‘naltira oladi. Uzoq muddatli rivojlanish va investitsiyalar Moliyaviy xavfsizlik korxonaga o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish va infratuzilmasini yaxshilash uchun uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Xodimlar va manfaatdor Moliyaviy xavfsizlik xodimlar maoshlarini o‘z vaqtida to‘lash va ularning ishga bo‘lgan newjournal.org zenodo.org 4 tomonlarga ta'siri motivatsiyasini oshirish imkonini beradi. Risklarni boshqarish Moliyaviy xavfsizlik risklarni boshqarishni osonlashtiradi, chunki korxona moliyaviy resurslarni taqsimlashda ehtiyotkorlik bilan yondashadi va zararni qoplash uchun yetarli mablag‘ zaxirasiga ega bo‘ladi. Moliyaviy xavfsizlikning korxona barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy jihatlari Jadavalda ketirilgan moliyaviy xavfsizlikning korxona barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy jihatlari bugun murakkab tez o’zgaruvchi bozor sharoitlarida axamiyati kuchayib bormoqda. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga ta’siriga ega bo’lgan yangi omillar ham paydo bo’lmoqda. Tadqiqot obyekti sifatida respublikadagi ilg’or ishlab chiqaruvchi korxona “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tanlab olindi va 2015-2023 yillar oralig’ida kombinatning moliyaviy barqarorligi asosiy ko’rsatkichlari tahlil qilindi va 2-jadvalda keltirildi. 2-jadval [1] Ko‘rsatkich 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2023 Sof Foyda (%) 10.2 10.59 2.35 15.46 13.37 16.99 17.41 21.62 Kapitalning rentabelligi (ROE) (%) 8.23 8.54 2.99 18.64 22.26 29.69 30.96 27.53 Aktivlar rentabelligi (ROA) (%) 5.59 5.72 1.3 8.66 11.9 16.71 17.66 12.18 Qarz Nisbat (%) 32.05 33.04 56.45 53.53 46.51 43.71 42,97 55,74 Qarzning kapitalga nisbatan (%) 47.17 49.34 129.63 115.2 86,95 77,66 75.34 125,96 1 OKMK (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati) ning moliyaviy xavfsizligining asosiy ko’rsatkichlari 1 “Olmaliq KMK” AJ https://new.openinfo.uz/ newjournal.org zenodo.org 5 Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) moliyaviy xavfsizligini taʼminlash uchun bir qancha strategik choralarni amalga oshiradi. Kombinatning moliyaviy xavfsizligi va bozor talablariga javob berish qobiliyatini mustahkamlash maqsadida amalga oshiradigan chora va tadbirlarining asosiylarini 3jadvalda keltiramiz.2 3-jadval. Yo‘nalishlar Ular ta’sir etuvchi tarmoqlar Barqaror daromad manbai OKMK mahsulotlarining (mis, rux, oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar) xalqaro bozor talabiga ega bo‘lishi uning barqaror daromad olishini taʼminlaydi. Diversifikatsiya: Kombinat bir vaqtning o‘zida bir nechta turdagi metallarni ishlab chiqaradi, bu esa global bozor o‘zgarishlaridan himoyalanish imkonini beradi. Davlat qo‘llabquvvatlovi OKMK Oʻzbekiston hukumatining strategik korxonasi sifatida davlatdan moliyaviy ko‘mak va imtiyozlar oladi. Korxona uchun preferensiyalar, jumladan, soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar, uning moliyaviy barqarorligiga yordam beradi. Texnologik modernizatsiya Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. Innovatsion loyihalarga kiritilgan investitsiyalar kelgusida yuqori daromad keltiradi. Xalqaro moliyaviy hamkorlik Kombinat xalqaro moliyaviy institutlar va investitsion hamkorlar bilan ishlaydi, bu esa qoʻshimcha kapitalni jalb qilish imkonini beradi. Global bozorda barqaror o‘rin egallash uchun uzoq muddatli eksport shartnomalari tuziladi. Risklarni boshqarish Metall narxlari o‘zgarishiga qarshi sug‘urta va xedjlash strategiyalari qo‘llaniladi.Ekologik xavf: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali jarimalar va zararlarning oldi olinadi OKMK AJ ning moliyaviy xavfsizligini rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 2 Muallif tomonidan yaratildi newjournal.org zenodo.org 6 OKMK AJ yuqoridagi chora-tadbirlarni muntazam ravishda o‘z faoliyatida amalga oshiradi. Bu choratadbirlar nafaqat korxonaning barqarorligini muvozanatlashtirishi va optimallashtirishiga, balkim davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarida ishtirok etishiga va sanoat tarnog‘ida jahon darajasiga chiqishiga katta hissa qo‘shadi. Yuqoridagi jadvallardan foydalanib, korxonaning moliyaviy xavfsizligi va statistikalari bo‘yicha SWOT tahlilini 4-jadvalda keltiramiz.3 4-jadval Kuchli Tomonlar (Strengths) Zaif Tomonlar (Weaknesses) Imkoniyatlar (Opportunities) Tahdidlar (Threats) Sof foyda o'sishi (21.62%) - 2023 yilda eng yuqori sof foyda, bu kompaniya rentabelligining kuchayganini ko'rsatadi. Yuqori qarzning kapitalga nisbati (125.96%) - 2023 yilda qarzning kapitalga nisbati yuqori, bu kompaniyaning yuqori qarzga bo'lgan qaramligini ko'rsatadi. Rentabellikni oshirish imkoniyatlari - Sof foyda va kapital rentabelligini yaxshilash imkoniyatlari mavjud. Yuqori qarz va moliyaviy xavf - Yuqori qarz kompaniyaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soladi, ayniqsa iqtisodiy inqiroz holatida. Kapitalning rentabelligi (ROE) yuqoriligi (27.53%) - Kompaniya kapitalidan yaxshi foyda olishmoqda. Qarz nisbatining o'sishi (55.74%) - Kompaniya qarzini oshirgan, bu moliyaviy xavf va barqarorlikni pasaytirishi mumkin. Bozorni kengaytirish - O'sib borayotgan rentabellik kompaniyaga yangi bozorlarni o'zlashtirish imkonini beradi. Bozor sharoitining o'zgarishi - Iqtisodiy o'zgarishlar yoki bozor sharoitlaridagi pasayish, kompaniyaning foydalariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Aktivlar rentabelligi (ROA) yaxshi Rentabellikning qisqa muddatda o'zgarishi - 2020 Innovatsiyalar va samaradorlikni oshirish - Korxona Qarzning oshishi va kompaniya barqarorligiga 3 “Olmaliq KMK” AJ https://new.openinfo.uz/ newjournal.org zenodo.org 7 darajada (12.18%) - Aktivlardan samarali foyda olishmoqda, bu kompaniyaning yaxshi boshqaruvini ko'rsatadi. yildagi yuqori darajadan keyin 2023 yilga kelib pasayish, uzoq muddatli rentabellik barqarorligi haqidagi savollarni keltirib chiqaradi. rentabelligi va aktivlardan foyda olish darajasini yuqori tutish uchun yangi texnologiyalar va boshqaruv strategiyalarini joriy etish mumkin. tahdid - Qarzning yanada oshishi kompaniyaning barqarorlikka bo'lgan ehtiyojini kuchaytiradi. OKMK AJ moliyaviy xavfsizligi va iqtisodiy statistikasidan foydalanib tuzilgan SWOT tahlil Yuqoridagi jadvalda 2-jadvalda berilgan 2015-2023-yillar oralig’idagi ma’lumotlardan foydalanib, shu yillar oralig‘ida iqtisodiy o’zgarish darajalarini, ijobiy va salbiy tomonlarini, beradigan imkoniyatlarini va kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy vaziyatlarni tahlil qildik. Tadqiqot va tahlillarga asoslangan holda, korxonaning moliyaviy holatini, barqarorlik darajasini va korxona moliyaviy xavfsizligiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni quyidagi ma’lumotlarda keltirib o‘tamiz: 1. Moliyaviy xavfsizlik va barqarorlikni tahlil qilishning asosiy ko'rsatkichlari: Sof Foyda (%) – 21.62% (2023 yil): Korxona sof foydasining yuqoriligi yaxshi rentabellikni, ya'ni kompaniyaning samarali ishlashini ko'rsatadi. Bu, o'z navbatida, barqaror moliyaviy holatni ta'minlashga yordam beradi. Kapitalning rentabelligi (ROE) (%) – 27.53% (2023 yil): Yaxshi rentabellik darajasi kompaniyaning kapitalidan samarali foydalanayotganini anglatadi. ROE ko'rsatkichi yuqori bo'lishi, o'z kapitalini qayta tiklashda kompaniyaning muvaffaqiyatli ishlayotganini ko'rsatadi. Aktivlar rentabelligi (ROA) (%) – 12.18% (2023 yil): Aktivlardan foyda olish samaradorligini o'lchaydi. Ushbu ko'rsatkich, aktivlar samarali ishlatilayotganligini, lekin oxirgi yillarda pasayishini ko'rsatadi. Bu kompaniya faoliyatining barqarorligini ta'minlashda ba'zi muammolar mavjudligini bildiradi. 2. Qarzning moliyaviy xavfsizlikka ta'siri: newjournal.org zenodo.org 8 Qarz nisbat (%) – 55.74% (2023 yil): Bu yuqori qarz nisbati kompaniya moliyaviy xavfsizligini pasaytiradi. Qarzdorlikning yuqori darajasi kompaniyaning barqarorligiga tahdid soladi, chunki kompaniya katta qarzlarni qaytarishga majbur bo'ladi. Qarzning kapitalga nisbatan (%) – 125.96% (2023 yil): Kapitalga nisbatan qarzning oshishi kompaniyaning moliyaviy mustahkamligini susaytiradi. Bu ko'rsatkich, kompaniyaning kapitalidan ko'proq qarzga tayanayotganini va ehtimoliy moliyaviy qiyinchiliklarni ko'rsatadi. Korxonaning 2015-2023-yillar oralig‘ida moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘zgarish darajasini quyidagi 5-jadvalda keltiramiz.4 5-jadval Ko'rsatkich 2015 yil 2023 yil O'zgarish Moliyaviy Xavfsizlik Sof Foyda (%) 10.2% 21.62% +11.42% Yaxshi rentabellik, barqaror o'sish Kapitalning rentabelligi (ROE) (%) 8.23% 27.53% +19.3% Yuqori rentabellik, barqaror daromad Aktivlar rentabelligi (ROA) (%) 5.59% 12.18% +6.59% Moliyaviy xavf oshgan, yuqori qarz Qarz Nisbat (%) 32.05 % 55.74% +23.69% Moliyaviy xavf oshgan, yuqori qarz Qarzning kapitalga nisbatan (%) 47.17 % 125.96 % +78.79% Yuqori qarz, xavf tug'diradi Oxirgi 9 yilda korxonaning bir nechta iqtisodiy ko‘rsatkichlarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar Yuqoridagi ma’lumot, statistika, tahlil va analizlardan kelib chiqib aytish mumkinki, OKMK AJ o‘z moliyaviy xavfsizligini oshirish, korxona barqarorligini 4 Muallif tomonidan yaratildi newjournal.org zenodo.org 9 rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun quyidagi islohotlarni amalga oshirishi kerak: -Qarzlarni boshqarish va kamaytrish orqali iqtisodiy salohiyatni mustahkamlash -Rentabellikni oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilash -Moliyaviy investitsiyalar va kapitallarni jalb qilish -Moliyaviy xavfsizlikning eng muhim qismi bo‘lgan risklarni boshqarish -Tashqi va ichki muhitda bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni oshirish -Moliyaviy hamkorlikni va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovni oshirish Berilgan yuqoridagi takliflar OKMK AJ da bosqichma-bosqich amalga oshirilsa, uning moliyaviy xavfsizligi va barqarorligida ijobiy tomonga o‘zgarishlar ro‘y beradi. Biz bu o‘zgarishlarni quyidagi 6-jadvalda keltiramiz.5 6-jadval Ko'rsatkichlar 2023 yil Kutilayotgan natija Sof Foyda (%) 21.62% 25-30% Kapitalning rentabelligi (ROE) (%) 27.53% 30-35% Aktivlar rentabelligi (ROA) (%) 12.18% 15-18% Qarzning kapitalga nisbati (%) 125.96% 100% ga pasayishi Qarz nisbat (%) 55.74% 45-50% gacha qisqarishi Xulosa va takliflar. Biz bilamizki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati(OKMK) O‘zbekiston hududidagi eng muhim, davlat jamg‘armasiga eng ko‘p daromad olib keluvchi va jahon miqyosida qazib olish bo‘yicha eng katta korxonalardan biridir. O‘zbekistonning asosiy yer osti boyliklarini qazib olish faoliyati shu korxona tomonidan amalga oshirilishini hammamiz yaxshi bilamiz. Shunga ko‘ra, yuqoridagi tadqiqot va metodlardan foydalangan holda aytish mumkinki, korxonaning moliyaviy xavfsizligini rivojlantirish va uning barqarorligini oshirish uchun maqola so‘nggida yozilgan takliflarni qo‘llasak, korxona faoliyatining rivojlanishi uchun ham, 5 Muallif tomonidan yaratildi