FILMONIMLARNING STRUKTUR-SEMANTIK, PRAGMATIK VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (INGLIZ, O'ZBEK VA RUS TILLARI MISOLIDA)
Abstract
Ushbu maqola badiiy filmlar nomlari yoki filmonimlarning leksik-grammatik tuzilishi, semantik qatlamlari va pragmatik funksiyalarini tahlil qilish bilan birga, film nomlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi lingvomadaniy omillarni tadqiq qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot davomida filmonimlarning struktur-semantik va pragmatik kategoriyalash borasida Yu.N.Podimova, Ye.V.Knish, A.V.Superanskaya, N.A.Frolova va boshqa bir qator tilshunoslar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari muhokama qilinadi. Shuningdek, ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi filmlar nomlaridan namunalar asosida chog’ishtirma tahlil amalga oshiriladi.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 FILMONIMLARNING STRUKTUR-SEMANTIK, PRAGMATIK VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (INGLIZ, O‘ZBEK VA RUS TILLARI MISOLIDA) Xujakulova Maryam Xakimjonovna Osiyo xalqaro universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqola badiiy filmlar nomlari yoki filmonimlarning leksik-grammatik tuzilishi, semantik qatlamlari va pragmatik funksiyalarini tahlil qilish bilan birga, film nomlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi lingvomadaniy omillarni tadqiq qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot davomida filmonimlarning struktur-semantik va pragmatik kategoriyalash borasida Yu.N.Podimova, Ye.V.Knish, A.V.Superanskaya, N.A.Frolova va boshqa bir qator tilshunoslar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari muhokama qilinadi. Shuningdek, ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi filmlar nomlaridan namunalar asosida chog’ishtirma tahlil amalga oshiriladi. Kalit so‘zlar: filmonimlar, film nomlari, struktur-semantik tahlil, pragmatika, lingvomadaniyat, chog’ishtirma tahlil. АННОТАЦИЯ Данная статья посвящена анализу лексико-грамматической структуры, семантических слоев и прагматических функций названий фильмов или фильмонимов, а также изучению лингвокультурологических факторов, влияющих на наименование фильмов. В исследовании рассматриваются результаты исследований структурно-семантической и прагматической категоризации фильмонимов Ю.Н.Подымовой, Е.В.Кныша, А.В.Суперанской, Н.А.Фроловой и ряд других лингвистов. А также произведен сравнительный
newjournal.org zenodo.org 2 анализ на основе образцов названий фильмов на английском, узбекском и русском языках. Ключевые слова: фильмонимы, названия фильмов, структурносемантический анализ, прагматика, лингвокультурология, сравнительный анализ. ABSTRACT This article analyzes the lexical and grammatical structure, semantic layers, and pragmatic functions of film titles or filmonyms, as well as the linguacultural factors influencing film naming. The study examines the results of studies on the structuralsemantic and pragmatic categorization of filmonyms by Yu.N.Podymova, E.V.Knysh, A.V.Superanskaya, N.A.Frolova and many other linguists. A comparative analysis is also provided based on film title samples in English, Uzbek, and Russian. Keywords: filmonyms, film titles, structural-semantic analysis, pragmatics, linguacultural studies, comparative analysis. KIRISH XXI asr ommaviy axborot vositalari, ayniqsa kino san’ati, global kommunikatsiya tizimining ajralmas qismiga aylandi. Shu bilan birga, film nomlari nafaqat reklama va marketing vositasi, balki lingvistik birlik sifatida ham alohida ilmiy e’tibor talab qiladi. Sarlavhalar matnning eng ixcham, ammo eng mazmunli qismi bo‘lib, ular orqali film mazmuni, janri va g’oyasi haqida dastlabki tasavvur shakllanadi. Tilshunoslikda film nomlari yoki filmonimlar onomastika bo‘limining birligi sifatida tadqiq qilinib, diskurs tahlil, pragmalingvistika va lingvomadaniyatshunoslik kabi yo‘nalishlar bilan kesishadi. Shunga qaramay, o‘zbek tilshunosligida film nomlari hali yetarli darajada tahlil qilinmagan. Ushbu maqola mavjud bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan bo‘lib, filmonimlarning onomastik maydondagi o‘rnini tavsiflabgina
newjournal.org zenodo.org 3 qolmay, ularning struktur-semantik, funksional va pragmatik xususiyatlarini yoritishni maqsad qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Film nomlari – maxsus til birligi sifatida Tilshunoslikning atoqli otlarni o‘rganuchi bo‘limi – onomastika bo‘lib, uning tarkibida 20 dan ortiq guruhlar mavjud. A.V.Superanskayaga ko‘ra atoqli otlar orasida aynan “inson faoliyatining ma’naviy va badiiy sohasiga aloqador bo‘lgan onimlar” (nomlar) – ideonimlar deb ataladi [6, 201]. Rus tilshunoslari N.V.Podolskaya va Ye.V.Knish ideonimlar tarkibiga: 1. Biblionimlar – adabiy va publitsistik asarlar nomlari; 2. Artionimlar – tasviriy san’at asarlari nomlari qatorida 3. Filmonimlar – kinofilm nomlarini ham kiritishgan. Filmonim atamasi Ye.V.Knish, Yu.N.Podimova va A.V.Superanskayalarning ilmiy ishlarida keng qo‘llanilgan. Yu.N.Podimova rus tildagi filmonimlarning struktur-semantik va funksional-pragmatik jihatlarini tadqiq qilgan bo‘lsa, Ye.V.Knish ularnining leksik-semantik xususiyatlarini tahlil qilgan. Aynan rus tilshunosligida, rus va ingliz tildagi filmonimlarning keng tadqiq etilgani guvohi bo‘lishimiz mumkin, vaholanki o‘zbek tilshunosligida filmonimlar masalasiga e’tibor so‘nggi yillarda kuchaymoqda. Ushbu maqolada foydalanilgan metodlarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 4 ta asosiy metodni ajratib ko‘rsatish mumkin. Avvalombor, filmonimlarning ichki struktur-semantik tahlili tavsifiy metod orqali yoritib beriladi, pragmatik va funksional xususiyatlari diskurs va kontekstual tahlilda o‘z ifodasini topadi va chog’ishtirma metod orqali ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi filmonimlar qiyoslanib, ularning grammatik, leksik, semantik, funksional va lingvomadaniy jihatlari ochib beriladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR
newjournal.org zenodo.org 4 Struktur-semantik turlar Bugungi kunda film nomlarini tanlashda, ixchamlik va ta’sirlilik asosiy me’zonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Yu.N.Podimova bejizga film nomini “nominativ va kommunikativ xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, kattaroq funksional bosim ostida noodatiy gap” deb ta’riflamagan [5, 16]. Struktur xususiyatlarini aniqlashda ham aynan sintaktik yoki gap tuzilishidan kelib chiqqan holda: 1. Nominativ: a) bir so‘zli sarlavha: Avatar (2009), Baron (2016), Экипаж (2016). b) Sifat+ot modeli: Undying Love (2022), Tanbal Er (2024), Серебряные Коньки (2020). c) Fe’l konstruksiyasi: Catch Me If You Can (2002), Oling quda, bering quda (2011), Купи Меня (2017) d) Gap shaklidagi sarlavha: This is England (2006), Men terrorchi emasman (2021), Баба Яга спасает мир (2023) 2. Murojaat ko‘rinishidagi filmonimlar: O Maryam, Maryam (2012) 3. Intonatsiya bilan ajratiluvchi ko‘p qismli iboralar. The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring (2001), Последний богатырь: Корень зла (2020) 4. Siniq konstruksiya yoki tugallanmagan gap ko‘rinishidagi filmonimlar: When the time comes (2011), Когда тает снег (2021) Tahlil doirasi shu aniq bo‘ldiki, ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi nominativ filmonimlari orasida aynan bir yoki 2 so‘zli ot so‘z turkumiga mansub filmonimlar ustuvor bo‘lib, sifat + ot konstruksiyasi ham keng qo‘llaniladi. Biroq, fe’l konstruksiyasi va gap tuzilishidagi sarlavhalar asosan ingliz filmonimlarida ko‘p uchrab, rus va o‘zbek filmonimlarida bu kabi qurilish kamdan-kam uchraydi. Murojaat ko‘rinishidagi filmonimlar kam sonli bo‘lib, ayniqsa zamonaviy ingliz va rus kinematografiyasida deyarli qo‘llanilmaydigan tur. Intonatsiya bilan ajratiluvchi ko‘p qismli iboralar va murakkab gap tarkibidagi ergash gapli filmonimlar aksincha ingliz va rus tillarga xos bo‘lib, o‘zbek tilida kam uchraydi.
newjournal.org zenodo.org 5 Filmonimlarni semantik turlarga ajratishga ko‘plab rus tilshunoslari hissa qo‘shishgan. V.A.Kuxarenko taqdidotlarida, shaxs, davr va joy “matnning universal kategoriyalariga tegishli uchlik sanalib, ular har qanday asarda mavjud bo‘lishi shart” deb hisoblagan [3, 74]. Demakki, filmonimlarni ham semantik guruhlashtirishda bu kategoriyalarni inobatga olish zarur. Yu.N.Podimova semantik turlarni aynan obyekt, joy va vaqtga ishora qiluvchi filmonimlarga ajratgan [5, 11-13]. Birinchi guruh o‘z ichiga bir nechta kichik guruhlarni olib, undagi filmonimlar bir holda mashhur tarixiy shaxslar nomlari yoki antroponimik nomlarga ishora qilsa, Diana (2013), Ajiniyaz (2024), Высоцкий. Спасибо что живой (2011), boshqa hollarda qahramonning nomi – Emma (2020), Shurochka (2023), Алеша Попович и Тугарин Змей (2004), laqabi – Terminator Genisis (2015), Jelba (2008), Легенда №17 (2012), kasbi – A Teacher(2020), Jodugar (2011), Блогер (2012) dan kelib chiqib nomlangan filmonimlardir. Ikkinchi guruhdagi filmonimlar toponimik yoki joy nomlarini ifodalaydi – From Paris with love (2009), Istanbullik kelin (2021), Москва (2010). Va, so‘nggi guruh bu - vaqt va holatni bildiruvchi film nomlari – Never (2014), Yakshanba (2023), Завтра будет новый день (2019). Bundan tashqari, film yaratuvchilari markazga olib chiqayotgan yashirin tushunchalardan kelib chiqqan holda, metaforik nomlar: Black Swan (2010), Qalb ko‘zi (2010), Левиафан (2014); janrga xos nomlarni ham: Mission Impossible (1996), Ruh 5:13 (2006), Отражение Тьмы (2024) qo‘shimcha sifatida kiritish mumkin. Filmonimlarning pragmatik funksiyalari Filmonimlarning pragmatik funksiyalarini klassifikatsiyasi ilk bor Ye.V.Knish tomonidan taklif etilgan. Unga ko‘ra, filmonimlarning eng birinchi va eng muhim vazifasi bu – nominativ yoki nomlashdir. Shuningdek, film nomlari kommunikativ vazifani ham ifodalaydi. Bunda, filmonim film mohiyati va tomoshabinlar o‘rtasidagi
newjournal.org zenodo.org 6 vositachi sifatida xizmat qiladi. Uchinchi funksiya – estetik funksiya, filmonimlarning badiiy ahamiyati bilan bog’liq ya’ni “filmonimlar shunchaki nutq birligi emas, balki filmning estetik boyitilgan obrazli qisqartmasi” [2, 14]. Bu klassifikatsiyaga qo‘shimcha tarzda, N.A.Frolova, filmonimlarning informativ (ma’lumot tashish yoki yetkazish) vazifasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. Chunki, informativ funksiya, o‘z navbatida, tomoshabin “e’tiborini jalb qilish (reklama funksiyasi) va emotsional ta’sir (pragmatik) funksiyalarga” asoslanadi [7, 6]. Filmonimlar kinofilmning mazmuni, janri, asosiy qahramoni, asosiy muammosi haqida dastlabki axborotni beribgina qolmay, qiziqtirishi (intriga paydo qilishi), metaforik ohang orqali emotsional ta’sir ko‘rsatishi lozim. Ayniqsa, bugungi kunda, film nomi marketing maqsadida xizmat qilib, qisqa, esda qoladigan, fonetik jihatdan jarangdor sarlavhalarga ustunlik berilmoqda. Filmonimlarning lingvokulturologik xususiyatlari Film nomlarida nafaqat tilning lingvistik xusiyatlari, balki ma’lum bir xalqning tarixi, dunyoqarashlari, e’tiqodi, ijtimoiy, madaniy va milliy qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Ye.V.Knish filmonimlarni “muayyan falsafani, estetik qadriyatlarni mujassamlashtirgan madaniy ramzlar”ga tenglashtirgan [2, 14]. Quyida 2024-yilda kino bozoriga chiqqan filmlarning lingvomadaniy tahlili keltirilgan: Tillar Filmonimlar Struktur tur Semantik tur Pragmatik funksiya Madaniy bo‘yoqdorlik Ingliz 1. Race for Glory: Audi vs. Lancia 2. The Beekeeper 3. The Beautiful 1. Ikki qismli nominativ 2. Bir so‘zli nominativ 1. Mashina brendlari raqobati 2. Kasb nomi orqali metaforik 1. Reklama 2. Informativ 3. Emotsional 1. Neytral 2. Neytral 3. Neytral
newjournal.org zenodo.org 7 Game 3. Sifat + Ot nominativ tasvir 3. Metaforik O‘zbek 1. Samarqand Amiri 2. Arava 3. Uch qahramon 1. Ikki so‘zli nominativ 2. Bir so‘zli nominativ 3. Sanoq son + Ot nominative 1. Tarixiy antroponimi k va toponimik 2. Metaforik 3. Ijtimoiyfalsafiy, axloqiy 1. Informativ 2. Informativ 3. Informativ 1. Kuchli 2. Kuchli 3. Neytral Rus 1. Пришелец 2. Мирные люди 3. Пепел и Доломит 1. Bir so‘zli nominativ 2. Sifat + Ot nominativ 3. Ot+Ot nominative 1. Metaforik 2. Ijtimoiyaxloqiy 3. Metaforik 1. Informativ 2. Emotsional 3. Informativ 1. Neytral 2. Neytral 3. Neytral Xulosa Filmonimlar lingvistik va madaniy jihatdan murakkab va ko‘p qatlamli birlik hisoblanadi. Ular struktur-semantik, pragmatik-funksional va madaniy jihatdan boy mazmunni o‘zida mujassam etadi. Chog‘ishtirma tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, filmonimlarda til va madaniyatning o‘zaro ta’siri yaqqol ifodasini topadi. Ingliz tilidagi filmonimlar o‘zining ixcham, ta’sirliligi va kino bozoriga yo‘naltirilganligi bilan ajralib tursa, o‘zbek tilidagi filmonimlarda ko‘proq emotsional, ijtimoiy, madaniy va milliy axborotni tashishga moyillikni ko‘rish mumkin. Lekin shu bilan
newjournal.org zenodo.org 8 birga, so‘nggi yillardagi xorij trendlariga bo‘lgan taqlid ham e’tibordan chetda qolmayapti. Rus filmonimlari o‘z navbatida, zamonning dolzarb ijtimoiy-falsafiy va siyosiy masalalarini aks ettirishga qaratilgan. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Кныш, Е. В. Наименование кинофильмов как объект ономастики / Е. В. Кныш // Актуальные вопросы русской ономастики: Сб.науч.тр. – Киев, 1988. 2. Кныш, Е. В., Лингвистический анализ наименований кинофильмов в русском языке: дис. … канд. филол. наук. / Е. В. Кныш. — Одесса, 1992. – 14 с. 3. Кухаренко, В.А. Интерпретация текста / В.А. Кухаренко. – М.: Изд-во Просвещение, 1988. – 74 с. 4. Подольская, Н.В. Словарь русской ономастической терминологии / Н.В. Подольская. – М.: Наука, 1978. 5. Подымова, Ю. Н. Названия фильмов в структурно-семантическом и функционально-прагматическом аспектах: дис. …канд. филол. наук: 10.02.01 / Ю. Н. Подымова. – Майкоп, 2001. – 11-13, 16 cс. 6. Суперанская, А.В. Общая теория имени собственного. Изд. 2-е, испр. - М.: URSS : ЛКИ, 2007. – 201 c. 7. Фролова, Н. А. Фильмонимы как особый тип имён собственных в современном русском языке. / Н. А. Фролова // Материалы XIV научной студенческой конференции по топонимике, Тамбов, 24 марта 2010 г. / Тамбовский государственный университет им. Г. Р. Державина, Институт русской филологии. — Тамбов, 2010. – 6 с. REFERENCE Knysh, E. V. Film Titles as an Object of Onomastics / E. V. Knysh // Current Issues in Russian Onomastics: Collected Research Papers. – Kyiv, 1988.
newjournal.org zenodo.org 9 Knysh, E. V., Linguistic Analysis of Film Titles in Russian: Diss. … Cand. Philological Sciences. / E. V. Knysh. – Odessa, 1992. – 14 p. Kukharenko, V. A. Text Interpretation / V. A. Kukharenko. – Moscow: Prosveshchenie Publishing House, 1988. – 74 p. Podolskaya, N. V. Dictionary of Russian Onomastic Terminology / N. V. Podolskaya. – M.: Nauka, 1978. Podymova, Yu. N. Film Titles in Structural-Semantic and Functional-Pragmatic Aspects: Diss. … Cand. Philological Sciences: 10.02.01 / Yu. N. Podymova. – Maykop, 2001. – 11-13, 16 pp. Superanskaya, A. V. General Theory of Proper Names. 2nd ed., corrected. - M.: URSS : LKI, 2007. – 201 pp. Frolova, N. A. Filmonyms as a Special Type of Proper Names in Modern Russian / N. A. Frolova // Proceedings of the XIV Scientific Student Conference on Toponymy, Tambov, March 24, 2010 / Tambov State University named after G. R. Derzhavin, Institute of Russian Philology. — Tambov, 2010. – 6 p.