Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 996 BADIIY ASARDA SHAKL VA MAZMUN TUSHUNCHASI Xayitaliyeva Sarvinoz TerDu talabasi. Hafizova Feruza TerDu o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18047204 Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy asarda shakl va mazmun tushunchalarining nazariy mohiyati hamda ularning o‘zaro dialektik birligi yoritiladi. Shakl va mazmun kategoriyalarining falsafiy-estetik asoslari tahlil qilinib, ularning badiiy asar yaratilishidagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada shaklning badiiy asarning tashqi tuzilishi va kompozitsiyasini belgilashi, mazmunning esa asarning g‘oyaviy-falsafiy mohiyatini ifodalashi misollar asosida asoslab beriladi. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi hamda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani misolida shakl va mazmunning uyg‘unligi, ularning ijtimoiy muammolarni badiiy aks ettirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada badiiy asarning o‘quvchi ongida qayta talqin qilinishi va mazmunning ko‘p qatlamliligi masalasiga ham e’tibor qaratiladi. Kalit soʻzlar: badiiy asar, shakl va mazmun, badiiy shakl, badiiy mazmun, syujet, kompozitsiya, g‘oya Аннотация. В статье рассматриваются теоретические основы понятий формы и содержания в художественном произведении, а также их диалектическое единство. Анализируются философско-эстетические аспекты формы и содержания, их роль в создании художественного текста. На примере рассказа Абдуллы Каххара «Вор» и романа Абдуллы Кадыри «Минувшие дни» раскрывается взаимосвязь формы и содержания, их значение в художественном осмыслении социальных проблем. Особое внимание уделяется многослойности художественного содержания и роли читателя в интерпретации произведения. Ключевые слова: художественное произведение, форма и содержание, художественная форма, художественное содержание, сюжет, композиция, идея Abstract. This article examines the theoretical essence of form and content in literary works and their dialectical unity. The philosophical and aesthetic foundations of these concepts are analyzed, highlighting their role in the creation of artistic meaning. Through the analysis of Abdulla Qahhor’s short story “The Thief” and Abdulla Qodiriy’s novel “O‘tkan kunlar”, the harmony between form and content and their importance in reflecting social issues are discussed. The article also emphasizes the multilayered nature of artistic content and the role of the reader in interpreting literary texts. Keywords: literary work, form and content, artistic form, artistic content, plot, composition, idea. Har bir narsa-hodisa o‘ziga xos shakl va mazmunga ega. Hozirgi zamonimizda bo‘layotgan har bir voqeaning tashqi ko‘rinish (shakl) bo‘lgani kabi uning ichki (mazmun) sabablari bor. Masalan, qaldirg‘ochlarning o‘lkadan uchib ketishi uning tashqi ko‘rinishi bo‘lsa, kuz fasli kirib kelayotgani ichki ma’nosi, esnash va ko‘zlarning ohista pir-pirashi tashqi ko‘rinish bo‘lsa, miyaning charchagani, dam olishi kerakligini eslatishi ichki ma’no, yuzning qizarishi tashqi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 997 ko‘rinish bo‘lsa, insonning uyalayotgani ichki ma’no hisoblanadi. Huddi shunday, badiiy adabiyotdagi sujet uning tashqi ko‘rinishi (shakl) bo‘lsa, yozuvchi, ijodkorning ochib bermoqchi bo‘lgan fikri uning ichki (mazmun) ko‘rinishidir. Albatta, har bir asar sujeti o‘quvchining histuyg‘ularini uyg‘otishi bilan birgalikda hayotning mohiyatini anglashga ham yordam beradi. Shakl narsaning biz bevosita ko‘rib turgan, his etayotgan tomoni va aynan u bizga o‘sha narsaning nimaligini mazmun-mohiyatini anglataadi. Mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bo‘lmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun badiiy shakl, badiiy mazmun tushunchalarining atigi ilmiy abstraksiya ekanini unutmaslik lozim. Ya'ni biz yaxlit butunlikbadiiy asarni atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish maqsadidagina shartli bilishga yo‘l qo‘yamiz. Aslida badiiy shakl mazmunsiz, badiiy mazmun shaklsiz mavjud emas. Zero, badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi, badiiy mazmun esa uning ichki ma'nosi, mag‘zidir 1 . Muallif ijodiy ishida bir san’at asarini yaratibgina qolmay u orqali bugungi, avvalgi yoki kelajakda dolzarb hisoblangan va hisoblanadigan muammolarni o‘rtaga olib chiqadi. Bunda shakl kashfiyoychining ijodkorlik qobilyatiga bog‘liq bo‘lsa, mazmun, asosiy va e'tiborga molik muammolarning ildiziga chuqur nazar tashlanadi. Badiiy adabiyotda shakl va mazmun tushunchalarini muammal yoritib bergan yozuvchilardan biri Abdulla Qahhor o‘zining “O‘g‘ri” hikoyasida shakl Qobil boboning ho‘kizi yo‘qolib qolishi, uni topish uchun mansabdor shaxslarning qilgan “harakati” bo‘lsa, mazmun jamiyatdagi kamchiliklar, davlat organlarining o‘z mansabini suuistemol qilish yo‘li bilan nochor xalqani talon-taroj qilish, oddiy ishni xal qilib berish evaziga fuqarodan pul, sovg‘a salom, duo kutish, pora olish va berish lekin ularning muammolariga yuzaki, achinmasdan, shunchaki “ho‘ja ko‘rsinga” ko‘rib berish, kamchilikga loqaydlik, ulardan iloji boricha foydalanib qolish, Qobil boboning timsolida esa xalqning fikrlash darajasi qanchalik pastligi, ilojsizlik, qo‘lidan duo, irim-sirimlardan boshqa hech narsa kelmaslik, ijtimoy muammolarda nima qilish kerak, qanday yo‘l tutish lozimigini bilmaslik, ularning qo‘l uchida hayot kechirishi singari bir qator mushkulotlarni mohirona tarzda ochib beradi. Insonni hayajonga, hayratga soladigan shakl yaratish mumkin biroq insonning ongiga, bir necha haftalab balki oylab ta'sir o‘tkaza oladigan, uning hayotini, o‘ylarini, fikrlash tarzini, dunyo qarashini butunlay boshqa tomonga o‘zgartirib yuboradigan mazmunni dunyoga keltirish qurbonlik talab qiladi, albatta. Shu sababli faqat kuchli, sabrli, matonatli va o‘ziga ishongan, o‘zida kuch topa olgan odamlar asarda umrboqiy mazmunyarata oladi. Shunday umrboqiy romanlardan biriAbdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidir. U 1926-yilda yozilgan bo‘lishiga qaramay, hanuzgacha adabiyot olamida o‘z o‘rnini, ahamiyatini yo‘qotmagan, romanda o‘sha davrdagi dolzarb deb qaralgan muammolar hozirgi zamonda ham dolzarb deb topilgan, murakkab vaziyatlar yoritib berilgan. Roman XIX asr voqealarini oʻz ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. 1 Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. — Toshkent: Akademnashr, 2016. B. 56.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 998 Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar”da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar mavjud. Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qiladi. Adabiyotshunoslar Abdulla Qodiriy oʻz qahramoni nomidan oʻzining shaxsiy oʻy fikrlarini soʻzlagan, deb bilishadi. Yozuvchi bir vaqtning oʻzida oʻzbek ayolining taqdirini ham kuzatib boradi. Ayrim anʼanalar, jumladan, koʻpxotinlik, Kumush va Zaynabning oʻrtasida oʻlimga olib boruvchi xusumatga sabab boʻladi. Yozuvchi goʻzal, Otabekka boʻlgan sevgi bilan ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtuvchi Kumush obrazini yaratadi. Biroq asar fojia bilan yakunlanadi: Kumushbibi kundoshi tomonidan zaharlab oʻldiriladi, Otabek esa vatanini himoya qilaman deb vafot etadi 2 . Voqеlikda mavjud narsalarning bari o`zining tashqi ko`rinishi va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga ega. Shu bois ham “shakl” va “mazmun” katеgoriyalari umumfalsafiy xaraktеrga ega bo`lib, ular voqеlikni (narsani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya dеyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bo`linish shartli, nеgaki ular — yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bo`lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zеro, shakl narsaning biz bеvosita ko`rib turgan, his qilayotgan tomoni bo`lsa, ayni shu shakl bizga o`sha narsaning nima ekanligini — mazmun mohiyatini anglatadi 3 . Har qanday asarda badiiy shakl yaratish qiyin emas lekin har qanday asarda badiiy mazmun yaratish anchagina mehnat talab qiladi. Sababi, oddiy voqeaning ortiga ulkan mazmunni, haqiqatni mohirona yashirib berishdek mas'uliyatli vazifani har qanday shaxs eplay olmaydi. Badiiy mazmun bo‘lishi uchun avvalo, adibning fikrlash darajasi chuqur bo‘lishi, masalaga ijodiy va kreativ yonadosha olishi, unda o‘xshatish, sifatlash, kinoya, mubolag‘a kabi ijodiy mehnatni go‘zal, ta'sirchan, boshqa ijodlardan ajralib turishi uchun xizmat qiladigan san'atlarni qo‘llay olish kerak. Roman, hikoya, qissa, doston shakli deyilganda obrazlarning o‘zaro munosabatlari, ular bilan bog‘liq voqeahodisalardan kelib chiqadigan syujet, voqealarning joylashishi tartibi nazarda tutiladi. Ana shu obrazlar harakat, faoliyati, asar syujeti va kompozitsiyasining ma’lum maqsadga yo‘naltirilgani esa o‘sha asarning mazmunini belgilaydi. Har bir asarning matni muayyan ma’no bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u muallifning maqsadini, ko‘zda tutgan g‘oyasini ifoda qiladi. Ma’no badiiy asar matnining o‘ziga xos motoriga aylanib, uni harakatlantiruvchi kuch vazifasini bajaradi 4 . Har bir badiiy asar shakl va mazmunning uyg‘unlashuvi orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadi. Shakl badiiy asarning tashqi ko‘rinishi, tuzilishi va stilistik xususiyatlarini ifodalasa, mazmun uning g‘oyaviy-falsafiy asosini tashkil etadi. Demak, shakl va mazmun ikki qismga bo‘lingani bilan, aslida ular bir butun va badiiy asarning vujudga kelishida muhim omil sanaladi. Asar shalki bir xil bo‘lgani bilan har bir o‘qilayotgan asar kitobxon tomonidan o‘qish jarayonida qayta kashf qilinadi, qayta tahlil qilinadi. Har bir inson miyasida u o‘zgacha mazmun kasb etadi va ular bir birini takrorlamaydi. 2 Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. — Toshkent: Akademnashr, 2016. B. 66. 3 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. — Toshkent: Akademnashr, 2018, 92-bet 4 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. — Toshkent: Akademnashr, 2018, 43-bet
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 999 Har bir o‘quvchi shakl va mazmunni o‘z dunyoqarashi va tajribasiga asoslanib talqin qiladi. Bu esa badiiy asarning universal ahamiyatini ta’minlaydi. Masalan, she’riyatda qofiya va ritm orqali berilgan hissiy holatlar o‘quvchiga turli xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qodiriy A. O‘tkan kunlar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2019. 2. Qahhor A. Tanlangan asarlar. — Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 3. Yo‘ldoshev Q. Adabiyotshunoslikka kirish. — Toshkent: Akademnashr, 2018. 4. Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati. — Toshkent: O‘qituvchi, 2016. 5. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. — Toshkent: Akademnashr, 2018. 6. Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. — Toshkent: Akademnashr, 2016.