scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

4–10 YOSHDAGI BOLALAR KIYIMLARI VA O'YINCHOQLARIDA O'ZBEK TILIDAGI YOZUVLAR HAMDA MILLIY QAHRAMONLAR SO'ZLARIDAN FOYDALANISH ZARURATI

Jamilov Mirshod; Barotova Muxiba

Abstract

Mazkur maqolada 4–10 yoshdagi bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlarida o‘zbek tilidagi yozuvlar hamda milliy qahramonlar nomi va so‘zlaridan foydalanishning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Bolalar mahsulotlarida chet tillardagi tasodifiy yozuvlar o‘rniga ona tilidagi mazmunli birliklardan foydalanish bolalarda milliy o‘zlikni anglash va tilga hurmat tuyg‘usini shakllantirishi ta’kidlanadi. Shuningdek, milliy qahramonlar obrazlari orqali bolalarda ijobiy xulq-atvor, vatanparvarlik va axloqiy qadriyatlarni singdirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1023 4–10 YOSHDAGI BOLALAR KIYIMLARI VA O‘YINCHOQLARIDA O‘ZBEK TILIDAGI YOZUVLAR HAMDA MILLIY QAHRAMONLAR SO’ZLARIDAN FOYDALANISH ZARURATI Jamilov Mirshod BXU o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi magistranti. Barotova Muxiba BXU Filologiya kafedrasi o’qituvchisi, f.f.f.d (PhD). https://doi.org/10.5281/zenodo.18047430 Annotatsiya. Mazkur maqolada 4–10 yoshdagi bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlarida o‘zbek tilidagi yozuvlar hamda milliy qahramonlar nomi va so‘zlaridan foydalanishning ijtimoiymadaniy va tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Bolalar mahsulotlarida chet tillardagi tasodifiy yozuvlar o‘rniga ona tilidagi mazmunli birliklardan foydalanish bolalarda milliy o‘zlikni anglash va tilga hurmat tuyg‘usini shakllantirishi ta’kidlanadi. Shuningdek, milliy qahramonlar obrazlari orqali bolalarda ijobiy xulq-atvor, vatanparvarlik va axloqiy qadriyatlarni singdirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: bolalar kiyimi, o‘yinchoqlar, o‘zbek tilidagi yozuvlar, milliy qahramonlar, tarbiyaviy ta’sir, milliy qadriyatlar. Аннотация. В статье рассматривается социально-культурное и воспитательное значение использования узбекских надписей, а также имён и слов национальных героев в одежде и игрушках для детей в возрасте 4–10 лет. Подчёркивается, что замена случайных иностранных надписей на содержательные единицы на родном языке способствует формированию у детей национального самосознания и уважения к родному языку. Также анализируются возможности формирования позитивного поведения, патриотизма и нравственных ценностей у детей посредством образов национальных героев. В исследовании обосновывается роль визуальных средств в психологии ребёнка и процессе усвоения языка. Ключевые слова: детская одежда, игрушки, надписи на узбекском языке, национальные герои, воспитательное воздействие, национальные ценности. Abstract. The article examines the socio-cultural and educational significance of using Uzbek-language inscriptions as well as the names and words of national heroes in clothing and toys for children aged 4–10. It emphasizes that replacing random foreign-language texts with meaningful elements in the mother tongue contributes to the development of national identity and respect for the native language among children. In addition, the study analyzes the potential of national hero images in fostering positive behavior, patriotism, and moral values. The role of visual elements in child psychology and the language acquisition process is also substantiated. Keywords: children’s clothing, toys, Uzbek-language inscriptions, national heroes, educational impact, national values. Kirish. Yurtimizda yosh avlod tarbiyasi, ularning intellektual va ma’naviy rivoji masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Erta yoshdan boshlab bolalarning dunyoqarashi, til madaniyati, axloqiy qarashlari shakllanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1024 Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida farzandlarimiz ongini milliy ruhda tarbiyalash, ularni ona tili va madaniyatiga sodiq etib voyaga yetkazish dolzarb masalaga aylanmoqda. Preizdentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham deyarli har bir nutqlarida bolalar va yoshlar tarbiyasining muhimligini ta’kidlaganlar:“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman” [6]. Globallashuv jarayonlari tezlashgan bugungi davrda bolalar uchun mo‘ljallangan kiyimkechak va o‘yinchoqlar dizaynida til va madaniyat masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 4–10 yoshdagi bolalar ongida til, ramz va obrazlar orqali dastlabki ijtimoiy va madaniy tasavvurlar shakllanadi. Shu bois bolalar mahsulotlarida qo‘llanilayotgan yozuvlar va tasvirlarning mazmuni ularning nutqiy rivoji, dunyoqarashi hamda milliy o‘zligini anglashiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda bozorda mavjud bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlarida chet tillardagi mazmunsiz yoki bolalar psixologiyasiga mos kelmaydigan yozuvlarning ko‘pligi kuzatilmoqda. Bunday holat bolalarda ona tiliga nisbatan befarqlikni yuzaga keltirishi, milliy qadriyatlar va madaniy meros bilan bog‘liqlikning susayishiga olib kelishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarda o‘zbek tilidagi yozuvlar hamda milliy qahramonlar nomi va ularga xos so‘z birliklaridan foydalanish muhim tarbiyaviy omil sifatida qaraladi. Shu jihatdan, 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlarida o‘zbek tilidagi yozuvlar, milliy qahramonlarimizning ibratli so‘zlari, hikmatlari aks etishi beqiyos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bolalar tarbiyasi va rivojida tilning o‘rni masalasi tilshunoslik, pedagogika va psixologiya fanlarida keng tadqiq etilgan. Xususan, Vygotskiy [4], Leontyev, Piaget [2] kabi olimlarning ishlarida bolalik davrida til va tafakkur o‘zaro chambarchas bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Ularning tadqiqotlariga ko‘ra, 4–10 yosh oralig‘i bolaning nutqiy va kognitiv rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda tashqi muhitdagi vizual va lingvistik unsurlar bolaning ongiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbek tilshunosligida bolalar nutqi va til tarbiyasi masalalari A. Nurmonov, M. Yo‘ldoshev, Sh. Safarov, N. Mahmudov [5] kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ularning ishlarida ona tilida berilgan matnlar, so‘zlar va ramzlar bolalarda milliy tafakkur, tilga sadoqat va madaniy identifikatsiyani shakllantirishda muhim omil ekani ta’kidlanadi. Ayniqsa, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘quv va didaktik materiallarda til me’yorlariga rioya qilish zarurligi alohida qayd etiladi. Bolalar mahsulotlari dizaynida til va madaniyat uyg‘unligi masalasi xorijiy tadqiqotlarda ham keng yoritilgan. G. Kress, T. van Leeuwen, J. Lemke kabi olimlar multimodal kommunikatsiya nazariyasi asosida vizual tasvirlar va yozma matnlarning bolalar ongiga birgalikdagi ta’sirini tahlil qilgan. Ularning fikricha, rasm, rang va yozuvning uyg‘unligi bolaning ma’no qabul qilish jarayonini sezilarli darajada kuchaytiradi. Asosiy qism. Hozirgi kundagi bozor mahsulotlari, xususan, bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechaklar va o‘yinchoqlarning ko‘pchiligida xorijiy yozuvlar — ayniqsa inglizcha, turkcha yoki ruscha iboralar ishlatilmoqda. Bu holat o‘zbek tilining jamoat hayotidagi faol ishtirokini susaytirishi va bolalarda begona tilga ortiqcha qiziqish uyg‘otishi mumkin. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1025 Holbuki, shu soha orqali ham ona tilini targ‘ib qilish, bolalarda milliy iftixor va madaniy xotirani shakllantiradi degan umiddamiz. Masalan, bolalar futbolkalari, sumkalari, kepkalari, hatto o‘yinchoqlarining ustida Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug‘ ajdodlarimizning hikmatli so‘zlari yozilgan bo‘lsa, bu ular uchun kundalik hayotda ibrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yozuvlar qisqa, sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Masalan: “Kuch – birlikda” [1]. Shuningdek, yaqin o’tmishdagi qahramonlarizning asar nomlari misol uchun – “Sariq devni minib”, “To’g’rivoy va Egrivoy”, “Zumrad va Qimmat”, kabilar. O’zbek bolalar adabiyoti namoyondalarining mashhur ertak va dostonlaridan ham ayrim jumlalar yoki qahramonlar suratlarini keltirish ham jajji bolajonlar ruhiyatiga ijobiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi, albatta. Misol uchun Mirtemirning „Ajdar“, Shukur Saʼdullaning „Uch ayiq“, „Ayyor chumchuq“, Zafar Diyorning „Yangi ertak“, „Toshxon bilan Moshxon“, „Tulkining hiylasi“, Sulton Joʻraning „Zangor gilam“ va „Qaldirgʻoch“[7] singari adabiy ertaklari allaqachon kitobxonlar orasida mashhur bo’lib ulgurgan. Iste’molchilar talabi, bozor iqtisodiyoti sur’atiga qarab mazkur qahramonlarning rasmini keltirish yoki ibratli fikrlarini berish ham madaniyat, ham iqtisodiyotga samara keltirishi mumkin. Bu kabi sa’y-harakatlar nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari uchun ham katta yo’nalish beradi. Ya’ni fikrlar bolalar ongi bilan nihoyalanmay, butun oila a’zolari uchun ham dastur bo’lishi mumkin. Namuna sifatida quyidagi ko’rinishlarni tavsiya etamiz: Xulosa qilib aytganda, bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlari dizaynida o‘zbek tilidagi yozuvlar va milliy qahramonlarimizning ibratli so‘zlaridan foydalanish — bu oddiy estetik yechim emas, balki chuqur ijtimoiy-ma’naviy vazifadir. Farzandlarimiz har bir kiygan libosi yoki o‘ynagan o‘yinchog‘i orqali o‘z millati, tili, tarixiy merosi haqida bevosita ma’lumot olishi kerak. Bu orqali biz bolalarni madaniyatimizni sevishga, o‘zligimizni anglashga, ona tilimizni qadrlashga o‘rgatamiz. Kelajak yosh avlod bilan ekan. ularning sifatli bilim olishi uchun hammamiz mas’ulmiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Amir Temur Ko’ragon. Temur Tuzuklari. – T.: Ijod-press, 2019. – 168 b. 2. Piaget J. Bolaning nutqi va tafakkuri. – Moskva: Progress, 1994. 3. Safarov Sh. Pragmatik tilshunoslik. – Toshkent: Fan, 2008. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1026 4. Vygotskiy L.S. Tafakkur va nutq. – Moskva: Pedagogika, 1982. 5. Yo‘ldoshev M. Matn va uning lingvistik tahlili. – Toshkent: Fan, 2007. 6. https://hikmatlar.uz/author/468 7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalar_adabiyoti