O'ZBEKISTONDA ELEKTROMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH SERVISLARINING BOSQICHMA-BOSQICH RIVOJLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda elektromobillarga texnik xizmat koʻrsatish servislarining shakllanishi va bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda elektromobillar parkini kengayishi, servis infratuzilmasining rivojlanish darajasi hamda texnik xizmat koʻrsatish tizimining mavjud holati oʻrganilgan. Elektromobillarga xizmat koʻrsatishning asosiy yoʻnalishlari, jumladan, yuqori kuchlanishli elektr tizimlari, akkumulyator batareyalariga xizmat koʻrsatish, diagnostika va xavfsizlik talablari tahlil qilinadi.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 113 DOI: https://10.5281/zenodo.17956594 O‘ZBEKISTONDA ELEKTROMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH SERVISLARINING BOSQICHMA-BOSQICH RIVOJLANISHI Xasanov Bunyodjon Ibragim oʻgʻli “BYD UZBEKISTAN FACTORY” QK MCHJ sifat nazorati va kafolati boʻlimi sifat boʻyicha muhandisi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Oʻzbekistonda elektromobillarga texnik xizmat koʻrsatish servislarining shakllanishi va bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda elektromobillar parkini kengayishi, servis infratuzilmasining rivojlanish darajasi hamda texnik xizmat koʻrsatish tizimining mavjud holati oʻrganilgan. Elektromobillarga xizmat koʻrsatishning asosiy yoʻnalishlari, jumladan, yuqori kuchlanishli elektr tizimlari, akkumulyator batareyalariga xizmat koʻrsatish, diagnostika va xavfsizlik talablari tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: Elektromobil, texnik xizmat koʻrsatish, servis infratuzilmasi, akkumulyator batareyasi, zaryadlash tizimlari, kuchlanish, diagnostika, ekspluatatsiyasi, servis markazlari. ABSTRACT This article analyzes the formation and gradual development of electric vehicle maintenance services in Uzbekistan. The study examines the expansion of the electric vehicle fleet, the level of development of service infrastructure, and the current state of the technical maintenance system. The main areas of electric vehicle maintenance are analyzed, including high-voltage electrical systems, battery maintenance, diagnostics, and safety requirements. Keywords: Electric vehicle, maintenance, service infrastructure, battery, charging systems, voltage, diagnostics, operation, service centers. KIRISH So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektromobillar bozori jadal rivojlanmoqda. Import bojlarining bekor qilinishi, ichki ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi,
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 114 quvvatlash infratuzilmasining kengayishi va ekologik siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlar elektromobillar segmentining keskin o‘sishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon o‘z-o‘zidan elektromobillarga texnik xizmat ko‘rsatish servislarining shakllanishi, malakali mutaxassislar tayyorlash hamda diagnostika-texnik standartlarning moslashtirilishini talab qildi. Shunday ekan O‘zbekistonda elektromobil servis tizimining kelajakda mo‘ljallangan rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Elektromobillar sonining o‘sib borish davri 2020 yilda elektromobillarning jami soni 500 dona atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bu koʻrsatkich 2022 yilga kelib 5–6 barobar oshdi. Elektromobillarning soni oshib borishi bilan birga ularga texnik xizmat koʻrsatish markazlariga ham talab oshib boradi. Servislar yetishmasligi aksariyati oddiy avtomobil ustaxonalari bo‘lib, ular elektromobilga xos yuqori kuchlanish elektr dvigatellar, inverter, batareyalar kabi tizimlar bo‘yicha maxsus xizmatli mavjud emasdi. Kadrlarga boʻlgan talab ham yuqori hisoblanib, Oliy ta’lim muassasalarida elektromobilga ixtisoslashgan yo‘nalishning kamligi bunga sabab boʻlgan edi. Elektromobillarni quvvatlash shahobchalarining ham soni kamligi misol boʻla oladi. Toshkent va Samarqand shaharlarida 10–15 ta zaryadlash shaxobchalari paydo bo‘la boshladi. Bu bosqichda servislar adaptatsiya davrini boshdan kechirdi. Asosiy ehtiyoj batareya diagnostikasi, kuchlanish xavfsizligi, invertor va elektor motor boshqaruvi bo‘yicha bilimlarning yetishmasligida edi. 2023–2025 yillar elektromobillarning bozori shakllanishi va servislar kengayish davri boshlandi. Elektromobillar soni 10 baravar oshib 2025 yilda 40–50 mingdan ortiq elektromobil ro‘yxatdan o‘tdi. Bunga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishi boshlagan BYD UZBEKISTAN FACTORY" MCHJ misol boʻla oladi. Shu sababli ham Maxsus servislarning shakllanishi orqali batareya moduli almashtirish markazlari, Invertor va elektr motorlarni ta’mirlash laboratoriyalari va mahalliy quvvatlash tarmog‘i kengayishi misol boʻla oladi.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 115 O‘zbekistondа texnik xizmat servislarining bosqichma-bosqich rivojlanish jadvali Bosqich Yillar Asosiy jarayonlar Servis infratuzilmasining rivoji Kadrlar va texnologiya 1-bosqich. Bozorga kirish va dastlabki servislar 2018–2021 Elektromobil importining boshlanishi BYD, Tesla Zaryadlash infratuzilmasi 5–7 ta kichik xususiy servis Oddiy texnik ko‘rik: g‘ildirak, tormoz, konditsioner, Elektromobil bo‘yicha qisqa o‘quv kurslari paydo bo‘la boshladi 2-bosqich. Rasmiy servis markazlari shakllanishi 2022–2024 Elektromobil importi keskin oshdi Texnik xizmat reglamentlari ishlab chiqildi Servis markazlari Batareya modullarini almashtirish boshlanishi Mutaxasislar malakasi oshdi sertifikatlar berila boshlandi 3-bosqich. Ishlab chiqarish va servis ekotizimi kengayishi 2025–2027 (prognoz) Elektromobil yig‘ish loyihalarining yo‘lga qo‘yilishi Servis standartlari milliy normativga o‘tishi 50–70 ta servis markazi • Batareya regeneratsiyasi • Elektr motorlarni qayta chulg‘ash ta’mirlash Oliy ta’lim yo‘nalishlari ochiladi robotlashtirilgan jihozlardan foydalanila boshlanadi 4-bosqich. To‘liq raqamlashtirilgan servis tizimi 2028–2030 (prognoz) Elektromobil bozorining barqarorlashuvi Batareyalarni qayta ishlash 100 dan ortiq servis markazi diagnostika, avtomatik nosozlik aniqlash Ekologik talablar asosida chiqindilarni qayta ishlash Yuqori texnologiyali mutaxassislar Raqamli o‘quv platformalari ISO 6469, standartlariga moslashadi Yaqin kelajakda raqamlashtirilgan servislar va mahalliylashtirish davrini shakllantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy yo‘nalishlar mahalliy elektromobillar ishlab chiqarilishi orqali mahalliy brendlar bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqarish hajmini oshiradi. Texnik xizmat koʻrsatish servislarining raqamlashtirilishi online diagnostika, “Connected Car” tizimi orqali masofaviy monitoring va BMS holatini real vaqt rejimida ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek, servis jarayonlarining raqamli boshqaruvi texnik xizmat ko‘rsatish muddatlarini aniqlik bilan prognozlash imkonini beradi. Yagona raqamli platformalar orqali servislar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, xizmat sifati standartlashtiriladi. Sun’iy intellekt asosidagi tahliliy tizimlar nosozliklarni oldindan bashoratlab, texnik xizmat xarajatlarini kamaytirishga
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 116 yordam beradi. Raqamli ekotizim rivoji esa elektromobil egalari uchun yanada tezkor, ishonchli va qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. 1-rasm. Raqamlashtirish orqali diagnostika Kadrlarni tayyorlash bosqichlari amalga oshirilib kelinmoqda Toshkent Turin Politexnika universetiti, Jizzax Politexnika instituti va Toshkent davlat transport universitetlari elektromobil injiniringi uchun o‘quv dasturlarini joriy qilib kadrlar tayyorlashda oʻquv yoʻnalishlarini shakllantirdi. 2-rasm. Jizzax Politexnika instituti Muhandislik maktabi Modul asosidagi batareya almashtirish servislarining rivojlanishi “Battery Swap” stansiyalari paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Servislarning sertifikatlash tizimi ham muhim boʻlib, bunda ISO 6469 talablari bo‘yicha moslashtirilgan mezonlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Olib borilayotgan islohotlar shuni koʻrsatadiki
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 117 mutaxassislarni tayyorlashda har yili 1500–2000 nafar elektromobil texnigi tayyorlanadi. Elektromobillarga texnik xizmat koʻrsatish markazlarining integratsiyalashgan servis ekotizimi yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bunda asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari servislarning avtomatlashtirilishi, zaryadlash infratuzilmasining to‘liq qamrovi, servislar hududiy diversifikatsiyasi va qayta ishlash resikling servislarning shakllanishi texnik xizmat koʻrsatish samaradorligini oshiradi. Texnik xizmat koʻrsatish davrida nosozlikni oldindan bashorat qilish, servis–klient elektron ekotizimi, batareya sozligini aniqlash algoritmlari, 1500+ quvvatlash stansiyalari va magistral yo‘llarda 150–350 kW DC ultratez quvvatlash shaxobchalarining qurilishi bilab belgilab beriladi. O‘zbekistonda elektromobil servis industriyasi to‘rt asosiy bosqich orqali rivojlantirish maqsadga muvofiq boʻladi. Dastlabki shakllanish, Bozorning kengayishi, Raqamlashtirilgan servislar paydo bo‘lishi, Smart servis ekotizimining shakllanishi. Bu jarayon mamlakatning ekologik infratuzilmasi, transport siyosati va avtoindustriyani modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, kelgusida iqtisodiy samaradorlik, texnik xavfsizlik va xizmat sifatini sezilarli darajada oshiradi. Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonda elektromobillar sonining jadal ortib borishi mazkur sohada texnik xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini strategik jihatdan rivojlantirishni talab qilmoqda. Mamlakatda mavjud servis tarmoqlari asosan an’anaviy ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga yo‘naltirilgani sababli, elektromobillar uchun zarur bo‘lgan yuqori voltli tizimlar diagnostikasi, batareya modullarini sinovdan o‘tkazish, invertor va elektr motor xizmatlari kabi maxsus yo‘nalishlar yetarlicha shakllanmagan. Shu bois elektromobil servislarini bosqichmabosqich rivojlantirish respublika transport siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-443-son Toshkent sh., 2022-yil. 2. Esonboyev Behzodbek Murodjon o‘g‘li, “Elektromobillarni texnik ekspluatatsiya qilishda me’yor talablari journal of new century innovations”, Volume–62_Issue3_October-2024
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 118 3. Otanazarov M.M. “O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirish tamoyillari” Экономика и социум №2 2023. 4. Schefter K and Zaccagnino M 2019 Electric vehicle sales facts and figures (EEI Pennsylvania Avenue, NW) 5. Beddows, D.C.S., Harrison, R.M., 2021. PM10 and PM2.5 emission factors for nonexhaust particles from road vehicles: dependence upon vehicle mass and implications for battery electric vehicles. Atmos. Environ. 244, 117886. 6. “Элекромобили: мировые тренды, проблемы и перспективы”, Денис ХИТРЫХ Директор центра исследований и разработок по маркетингу, МВА, научная статьяю Журнал: Электрическая политика №1. 7. Qosimov B.A. “Elektromobillarga servis xizmat ko‘rsatishning tendentsiyalari” respublika ilmiy va ilmiy - texnik anjuman materiallar to‘plami. termiz 2024 – yil. 8. http://srcyrl.superbheating.com/ 9. https://srcyrl.ml-vehicle.com/