scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AN'ANAVIY JAMIYATDAN ZAMONAVIY JAMIYATGA O'TISH

Anvarova E'zoza Abrorovna

Abstract

Ushbu maqolada an’anaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o’tish jarayoni yoritiladi. Jamiyat taraqqiyotining ushbu bosqichi ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar tizimi, iqtisodiy tuzilma hamda madaniy hayotdagi tub o’zgarishlar bilan izohlanadi. Maqolada an’anaviy jamiyatning asosiy belgilari jamoaviylik urf-odatlarga tayanish va ijtimoiy rollarning qat’iyligi hamda zamonaviy jamiyatga xos bo’lgan ratsional fikrlash, ilm-fan va texnalogiya taraqqiyotining ijtimoiy hayotga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek ayrim olimlarning jamiyat taraqqiyotiga oid nazariyalari asosida mazkur o’tish jarayoni tahlil qilinadi

Full text

Dekabr, 2025-Yil 303 AN’ANAVIY JAMIYATDAN ZAMONAVIY JAMIYATGA O’TISH Anvarova E’zoza Abrorovna Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi1-kurs talabasi. Anvar[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18047737 Annotatsiya. Ushbu maqolada an’anaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o’tish jarayoni yoritiladi. Jamiyat taraqqiyotining ushbu bosqichi ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar tizimi, iqtisodiy tuzilma hamda madaniy hayotdagi tub o’zgarishlar bilan izohlanadi. Maqolada an’anaviy jamiyatning asosiy belgilari jamoaviylik urf-odatlarga tayanish va ijtimoiy rollarning qat’iyligi hamda zamonaviy jamiyatga xos bo’lgan ratsional fikrlash, ilm-fan va texnalogiya taraqqiyotining ijtimoiy hayotga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek ayrim olimlarning jamiyat taraqqiyotiga oid nazariyalari asosida mazkur o’tish jarayoni tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: an’anaviy jamiyat, zamonaviy jamiyat, modernizatsiya, ijtimoiy o’zgarishlar ПЕРЕХОД ОТ ТРАДИЦИОННОГО ОБЩЕСТВА К СОВРЕМЕННОМУ ОБЩЕСТВУ Аннотация. В статье рассматривается процесс перехода от традиционного общества к современному обществу. Данный этап общественного развития объясняется изменениями в системе социальных отношений и ценностей, в экономической структуре, а также в материальной и духовной жизни общества. Освещаются основные признаки традиционного общества, такие как коллективизм, ориентация на обычаи и традиции, а также жесткая закреплённость социальных ролей, и особенности современного общества, включая рациональное мышление, развитие науки и технологий и их влияние на общественную жизнь. Кроме того, процесс перехода анализируется на основе теоретических взглядов ряда ученых на развитие общества. Ключевые слова: традиционное общество, современное общество, модернизация, социальные изменения. TRANSITION FROM TRADITIONAL SOCIETY TO MODERN SOCIETY Abstract. This article examines the process of transition from traditional society to modern society. This stage of social development is explained through changes in social relations and value systems, economic structures, as well as transformations in the material and spiritual life of society. The article highlights the main characteristics of traditional society, such as collectivism, adherence to customs and traditions, and the rigidity of social roles, as well as the features of modern society, including rational thinking, the development of science and technology, and their impact on social life. In addition, the transition process is analyzed based on the theoretical perspectives of various scholars on social development. Keywords: traditional society, modern society, modernization, social change. Jamiyat doimiy rivojlanish va o’zgarish jarayonida bo’lib, uning taraqqiyoti tarixiy bosqichlar orqali shakillanadi [1]. Insoniyat tarixida an’anaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o’tish jarayoni jamiyat hayotidagi muhim burilish nuqtasi hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar tizimi hamda ma’daniy hayotda ham chuqur o’zgarishlarga olib keladi. Dekabr, 2025-Yil 304 Jamiyatning faqat tashqi ko’rinishini emas, balki insonlarning fikrlash tarzi, ijtimoiy munosabatlari va kundalik hayotini ham tubdan o’zgartiradi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, internet va globallashuv ta’siri ostida ushbu jarayon yanada tezlashmoqda. Masalan, so‘nggi o‘n yilliklarda masofaviy ta’lim, onlayn savdo va raqamli mehnat shakllarining kengayishi jamiyatning zamonaviylashuv jarayonini yaqqol ko‘rsatadi [2]. An'anaviy jamiyatlarga xos bo’lgan jamoaviylik, urf-odatlarga tayanish va ijtimoiy rollarning qat’iyligi uzoq vaqt davomida jamiyat barqarorligini ta’minlab kelgan. Bunday jamiyatlarda shaxs o’zini avvalo oila, mahalla yoki urug’ bilan bog’liq holda anglaydi va shaxsiy manfaatlardan ko’ra oila yoki jamiyat manfaatlarini muhim hisoblaydi. Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym an’anaviy jamiyatni mexanik birdamlikka asoslangan jamiyat sifatida ta’riflaydi [3]. Ya’ni bunday jamiyatlarda odamlar o’xshash hayot tarziga, umumiy bo’lgan qadriyat va e’tiqodlarga ega bo’ladi. Jamiyat ichidagi birlik aynan shu o’xshashlik orqali ta’minlanadi. Bunga katta oilalar, qishloq jamiyatlari va kasblarning avloddan-avlodga o’tishi yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek, an’anaviy jamiyatlarda ijtimoiy rollar qat’iy belgilangan bo’lib, insonning jamiyatdagi o’rni ko’pincha uning yoshi, jinsi va ijtimoiy mavqeiga bog’liq bo’ladi [4]. An'anaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o’tish jarayoni tasodifiy emas, balki jamiyat rivojining ichki ehtiyojlari va tashqi omillar ta’siri ostida yuzaga kelgan zarurat hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotida aholi sonining ko’payishi, ehtiyojlarning murakkablashuvi va ijtimoiy munosabatlarning kengayishi an’anaviy tuzilmalar imkoniyatlarini cheklab qo’ydi. Natijada esa jamiyat asta sekinlik bilan an’anaviylikdan zamonaviylik sari qadam qo’ya boshladi. Kollektiv qadriyatlarga tayangan jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o’tish jarayoni juda murakkab va ko’p qirrali bo’lib, u ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar tizimi va madaniy hayotda sezilarli o’zgarishlarga sabab bo’ladi [5]. Zamonaviylashuv jarayoni jamiyat taraqqiyotining tabiiy va tarixiy bosqichi hisoblanib, modernizatsiya tushunchasi bilan ifodalanadi. U jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, iqtisodiy faoliyati, boshqaruv tizimi va madaniy hayotidagi chuqur o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Mazkur o’tish jarayonida jamiyat an’anaviy urf-odatlar va tarixiy tajribaga asoslangan hayot tarzidan ilmiy bilim, texnalogiya va ratsional fikirlashga tayangan tizimga o’ta boshlaydi [6]. Bu jarayonda eski va yangi qadriyatlar o’zaro ta’sirlashadi. Masalan, zamonaviy jamiyatda yoshlarning mustaqil qaror qabul qilishi, kasb tanlashi va hayot tarzini belgilashi keng tarqalmoqda. Bu holat bir tomondan shaxs rivoji uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchi tomondan an’anaviy qarashlar bilan ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois o’tish jarayonida muozanatni saqlay bilish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari yangilanishga asoslangan jamiyatda ijtimoiy munosabatlar murakkablashib, mehnat taqsimoti vujudga keladi. Natijada jamiyat a’zolari bir biriga ehtiyoj asosida bog’lanadi. Dyurkgeym bu bosqichni organik birdamlik bilan tavsiflaydi. Ya’ni zamonaviy jamiyatda insonlar turli kasb va ijtomoiy rollarni bajaradi va jamiyat barqarorligi aynan mana shu farqlilik orqali ta’minlanadi. Nemis sotsiologi Maks Veber esa zamonaviy jamiyatni ratsionallashuv jarayoni biln bog’laydi. Uning fikricha, jamiyatdagi qarorlar an’anaga emas, balki hisob-kitob, samaradorlik va qonun-qoidalarga asoslanadi [7]. An’anaviy jamiyatda boshqaruv urf-odat va shaxsiy munosabatlarga tayanib amalga oshirilgan bo’lsa, murakkablashib borayotgan jamiyat uchun qonun, qoidalar va institutsional boshqaruv tizimi zarur bo’lib qoldi. Bu esa zamonaviy davlat va ijtimoiy institutlarning shakillanishiga olib keldi. Dekabr, 2025-Yil 305 Zamonaviylashuv jarayonida madaniy va ma’naviy omillar ham muhim rol o’ynadi. Talim darajasining oshishi, savodxonlikning kengayishi va axborot almashuvining tezlashuvi insonlarning dunyo qarashini o’zgartirdi. Natijada shaxs erkinligi, individual tanlov va ijtimoiy faollik kabi qadriyatlar kuchaydi [8]. Zamonaviylashuv jarayoni ko‘pincha an’anaviy qadriyatlarning butunlay yo‘qolishi sifatida talqin qilinadi. Biroq sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’analar zamonaviy jamiyat sharoitida yo‘qolib ketmaydi, balki yangi mazmun va shakl kasb etgan holda saqlanib qoladi [9]. Qadimgi ijtimoiy munosabatlar tizimida urf-odatlar qat’iy me’yor sifatida amal qilingan bo‘lsa, zamonaviy jamiyatda ular ixtiyoriy va moslashuvchan tus oladi. Masalan, oila qurish, to‘y marosimlari yoki bayramlarni nishonlash shaklan o‘zgarayotgan bo‘lsa-da, ularning asosiy ma’naviy mazmuni saqlanib qolmoqda [10]. Shuningdek ta’lim va mehnat sohasida ham qadriyatlarning transformatsiyasi kuzatiladi. An’anaviy jamiyatda kasb tanlash ko’pincha oilaviy an’analarga bog’liq bo’lgan bo’lsa, zamonaviy jamiyatda bilim, malaka va shaxsiy qiziqishlar asosiy mezonga aylanmoqda. Bu jarayon yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirib, jamiyatni innovatsion rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu holat an’analar zamonaviy ehtiyojlarga moslashayotganidan dalolat beradi. O‘zbek jamiyati misolida qaralganda, mahalla instituti an’anaviy ijtimoiy tuzilma bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda u zamonaviy boshqaruv va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan uyg‘unlashib bormoqda. Bu jarayon an’anaviy jamoaviylik tamoyilining zamonaviy sharoitda saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi [11]. Sotsiolog Ronald Inglexard ta’kidlashicha, modernizatsiya jarayonida jamiyat qadriyatlari to‘liq almashinmaydi, balki yangi va eski qadriyatlar o‘rtasida muvozanat shakllanadi [12]. Hayotiy jarayonlarda bu holat yoshlarning zamonaviy kasblarni tanlashi bilan birga, milliy urf-odatlarga hurmat bilan qarashida namoyon bo‘ladi. Anthony Giddens esa “Zamonaviylik – bu an’anadan uzilish emas, balki uni doimiy qayta ko’rib chiqish jarayonidir”, – deb ta’kidlagan. Giddens zamonaviylashuv sharoitida an’analar “refleksiv” tus olishini qayd etadi. Uning fikricha zamonaviy jamiyatda insonlar an’analarga ongli ravishda munosabat bildiradi, ya’ni ularni shunchaki meros sifatida qabul qilmaydi, balki zamonaviy ehtiyojlarga mos kelgan holda qayta talqin qiladi [13]. Bu holat esa an’analarning moslashuvjanligini oshirib, ularning zamonaviy jamiyatda saqlanib qolishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, zamonaviylashuv jarayoni an’analarni inkor etmaydi, balki ularni yangi ijtimoiy sharoitga moslashtiradi va qadriyatlar tizimi yangilanib, eski va yangi qarashlar o’zaro uyg’unlashadi. Bu holat jamiyatning madaniy uzviyligini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, jamiyatning an’anaviy shakldan zamonaviy shaklga o‘tishi tashqi bosim emas, balki jamiyatning ichki rivojlanish ehtiyojlari bilan bog‘liq jarayondir. Ishlab chiqarish usullarining o‘zgarishi, bilim va texnologiyalarning keng tarqalishi hamda ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi jamiyat hayotida yangi yondashuvlarni shakllantirdi. Shu sababli zamonaviylashuv jamiyat rivojining tabiiy bosqichi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot davomida zamonaviylashuv jarayoni jamiyat hayotiga yangi imkoniyatlar olib kirgani bilan birga, an’anaviy qadriyatlarning ham muhim jihatlarini saqlab qolgani aniqlanadi. Dekabr, 2025-Yil 306 Bugungi kunda shaxs erkinligi, bilim va kasbiy malaka muhim ahamiyat kasb etayotgan bo‘lsa-da, jamoaviylik, oila va milliy urf-odatlarga hurmat kabi qadriyatlar jamiyat hayotida o‘z o‘rnini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, ular ham zamonaviy sharoitga moslashgan holda yangi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, jamiyatning zamonaviylashuvi insonlarning dunyoqarashi va ijtimoiy faolligiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Odamlar endilikda o‘z hayot yo‘llarini ongli ravishda belgilashga, ta’lim olish va kasb tanlashda mustaqil qaror qabul qilishga intilmoqda. Bu holat jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasi oshayotganidan dalolat beradi. Umuman olganda, an’anaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o‘tish jarayoni murakkab, ammo zarur bosqich bo‘lib, unda eski va yangi qarashlar bir-birini inkor etmaydi, balki o‘zaro uyg‘unlashadi. Ushbu jarayonni to‘g‘ri anglash va unga ongli munosabat bildirish jamiyat barqarorligi hamda kelajak taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Smelser, Sociology 2. Castells, The Rise of the Network Society 3. Dyurkheim, The Division of Labor in Society 4. Dyurkheim, 1893 5. Inglehart, Modernization and Postmodernization 6. Abdullayev A. jamiyat va taraqqiyot 7. Weber, Bureaucracy 8. Inglehard Modernization and Postmodernization 9. Giddens, Sociology 10. Jo’rayev N. Sotsiologiya asoslari 11. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 12. Inglehart, Modernization and Postmodernization 13. Giddens, The Consequences of Modernity 14. Gulnoz J. Sotsiologiya tarixi.–T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020.