scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PSIXODIAGNOSTIK TADQIQOTLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI

Maxmudova Kamola Maxmudova

Abstract

Maqolada psixodiagnostik tadqiqotlarning asosiy maqsad va vazifalari, ularning nazariy-metodologik asoslari hamda turli faoliyat sohalarida qo'llanilishining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Muallif psixodiagnostikaning asosiy funksiyalari – tavsiflovchi, tushuntiruvchi, prognozlovchi va tavsiya beruvchi vazifalarini tizimli yondashuvda ko'rib chiqadi. Tadqiqotda ta'lim, klinik amaliyot, kasbiy faoliyat va ilmiy izlanishlarda psixodiagnostik tadqiqotlarning o'ziga xos maqsad va vazifalari differensiatsiya qilingan.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 334 PSIXODIAGNOSTIK TADQIQOTLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI Maxmudova Kamola Maxmudova Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti v.b. dotsenti, PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.18048001 Annotatsiya. Maqolada psixodiagnostik tadqiqotlarning asosiy maqsad va vazifalari, ularning nazariy-metodologik asoslari hamda turli faoliyat sohalarida qo'llanilishining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Muallif psixodiagnostikaning asosiy funksiyalari – tavsiflovchi, tushuntiruvchi, prognozlovchi va tavsiya beruvchi vazifalarini tizimli yondashuvda ko'rib chiqadi. Tadqiqotda ta'lim, klinik amaliyot, kasbiy faoliyat va ilmiy izlanishlarda psixodiagnostik tadqiqotlarning o'ziga xos maqsad va vazifalari differensiatsiya qilingan. Kalit so‘zlar: psixodiagnostika, diagnostik tadqiqotlar, maqsad va vazifalar, diagnostik jarayon, shaxsni o'rganish, psixologik baholash, validlik, ishonchlilik, axloqiy normalar, professional standartlar, metodologiya. Zamonaviy psixologiyaning samarali rivojlanishi ko'p jihatdan shaxsning psixologik xususiyatlarini to'g'ri aniqlash, baholash va prognozlashtirish imkoniyatlariga bog'liq. Psixodiagnostik tadqiqotlar bugungi kunda ta'lim, sog'liqni saqlash, mehnat faoliyati, sport, sud-huquq tizimi va boshqa ko'plab sohalarda qo'llanilmoqda. Bu esa psixodiagnostik tadqiqotlarning aniq maqsad va vazifalarini belgilash, ularni ilmiy asoslash hamda samarali amalga oshirish mexanizmlarini yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Psixodiagnostik tadqiqotlar – bu shaxsning psixik jarayonlari, holatlar va xususiyatlarini maxsus ishlab chiqilgan standartlashtirilgan vositalar yordamida o'rganish, baholash va tahlil qilishning maqsadli tizimli faoliyatidir. B.G. Ananev, K.M. Gurevich, A.A. Bodalev va boshqa yetakchi olimlarning tadqiqotlarida psixodiagnostikaning ilmiy-nazariy asoslari, uning maqsad va vazifalari keng yoritilgan. Biroq, amaliyotda psixodiagnostik tadqiqotlarning maqsadlari noaniq belgilanishi, vazifalarning bir-biri bilan bog'lanmasligi, diagnostik jarayonning tizimliligining buzilishi kabi muammolar mavjudligini ko'rsatmoqda. 1.Psixodiagnostik tadqiqotlarning maqsadi va mohiyati Psixodiagnostik tadqiqotlarning asosiy maqsadi — shaxsning psixologik xususiyatlari, individual imkoniyatlari, aqliy va emotsional jarayonlari, xulq-atvori hamda shaxs rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni ilmiy asosda aniqlash va baholashdan iborat. Psixodiagnostika psixik jarayonlarning kechishi, shaxs sifatlarining shakllanishi va rivojlanish darajasini aniqlash orqali insonning individual psixologik portretini yaratishga xizmat qiladi. Inson psixikasini obyektiv, ishonchli va aniq metodlar orqali o‘rganish, natijalarni ilmiy mezonlar asosida tahlil qilish va umumlashtirilgan xulosalar chiqarishdir. Psixodiagnostika shaxsning qobiliyatlari, temperamenti, xarakter xususiyatlari, emotsional barqarorligi, motivatsiyasi, moslashuv darajasi va ijtimoiy-psixologik qobiliyatlarini chuqur tahlil qilishni ko‘zlaydi. Psixodiagnostik tadqiqotlarda olingan ma’lumotlar o‘quvchilar, talabalar, xodimlar yoki mijozlar bilan ishlash jarayonida individual yondashuvni shakllantirishga yordam beradi. Dekabr, 2025-Yil 335 Bu esa ta’lim jarayonida o‘quv faoliyatini optimallashtirish, kasbiy yo‘naltirish, psixologik yordam ko‘rsatish, konfliktlarni oldini olish va shaxsning rivojlanish strategiyasini belgilashga muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya bo‘yicha tayyor “retseptlar”ni bera olmaydi, chunki bunday ko‘nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida shakllanadi. Bola xulq-atvorining motivlarini, uning hissiy va shaxsiy xususiyatlarini amaliy tahlil qilish orqali tarbiyachi zarur psixologik tajribaga ega bo‘ladi. Mashhur rus pedagogi K.D. Ushinskiy bu borada shunday deydi: “Biz ularga shunchaki unday yoki bunday qiling deb aytmaymiz. Biz ularga: boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling, deymiz”. Shunga qaramay, amaliyotda ko‘plab tarbiyachilar bolalar psixologiyasi bo‘yicha bilimlarni yetarli darajada qo‘llay olmaydilar. Ular, odatda, o‘quvchi o‘zlashtira olmayotganida yoki taraqqiyotdan chetlashish, muayyan buzilishlar sezilganda psixologik bilimlardan foydalanishga urinadilar. Bunday holatlar chegaraviy holatlar, psixik rivojlanishdagi kamchiliklar yoki shaxs aktsentuatsiyasining turli ko‘rinishlari sifatida baholanishi mumkin. Ularni aniqlash esa bolalar psixologiyasi, klinik patopsixologiya va psixiatriya kabi sohalar bo‘yicha chuqur bilimlarni talab etadi. Bundan tashqari, tarbiyachi bolalar psixologiyasida uchraydigan akseleratsiya (ya’ni, tez yetilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarning mohiyatini tushunib, ularning yechimi ustida ishlashi zarur bo‘ladi. O‘qituvchi ta’lim va tarbiya jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarning qanday va nima sababdan yuzaga kelishini anglash uchun, avvalo, bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, u turli psixik holatlarni aniqlashga xizmat qiluvchi psixologik diagnostika metodlarini egallashi lozim. Shu bois, o‘qituvchi bolalar bilan ishlash jarayonida psixodiagnostik tadqiqotni doimiy kuzatish, tahlil va xulosa chiqarish bilan uyg‘un holda olib borishi ta’lim samaradorligini oshiradi. 2. Psixodiagnostikaning asosiy vazifalari. Psixodiagnostik tadqiq qilish jarayoni ularning yosh xususiyatlari, har bir yosh davriga xos yetakchi faoliyat turi, shuningdek individual-tipologik xususiyatlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq holda o‘ziga xos jihatlarga ega. Bola rivojlanishining har bir bosqichi psixodiagnostik ishlar uchun maxsus usul va metodlarni, shuningdek tadqiqotning o‘ziga xos maqsad va vazifalarini talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshirish yosh psixologiyasi hamda pedagogik psixologiya doirasida amalga oshiriladi. Olingan natijalar asosan yordamchi xarakterga ega bo‘lib, pedagog tomonidan bolaning psixik taraqqiyot xususiyatlarini aniqlash, shuningdek ta’lim-tarbiya dasturini to‘g‘ri shakllantirishda qo‘llaniladi. Bu ma’lumotlar bolaning turli faoliyat va muloqot sharoitlarida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini baholashda, shaxs rivojlanishining individual xarakteristikalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Eksperimental tadqiqot natijalari oila, bog‘cha, maktab yoki boshqa jamoat muassasalarida o‘tkaziladigan individual va guruhiy tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish uchun ham qo‘llanadi. O‘qituvchi o‘z faoliyatida bolalarning psixofiziologik masalalari bilan doimo duch keladi. Dekabr, 2025-Yil 336 Uni faqat vaqtinchalik natijalar emas (masalan, chorak oxiridagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlarning rivojlanish istiqbollari ham qiziqtiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari va boshlang‘ich sinflarda olib boriladigan psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi: 1. Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash. Tadqiqot bola psixik holati hamda shaxs xususiyatlarining muayyan belgilarini aniqlashga yo‘naltiriladi. Olingan ma’lumotlar yordamchi ahamiyatga ega bo‘lib, ular bolaning real xulq-atvori, psixik funksiyalar rivojlanish darajasi bilan taqqoslanadi. Masalan, dars jarayonida diqqatning barqaror emasligi, tez chalg‘ish yoki aqliy ish qobiliyatining pastligi tashqi tomondan bir xil ko‘rinsa-da, bu belgilar turli psixologik sabablar — ehtiyoj va motivlar ierarxiyasining o‘zgarishi yoki miya faoliyati bilan bog‘liq vaqtinchalik funksional buzilishlar natijasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun psixodiagnostik tadqiqotlarda xulq-atvordagi o‘zgarishlarning manbai, rivojlanishi va istiqbollari har tomonlama o‘rganiladi. Bunday tadqiqotlar bolaning aqliy taraqqiyoti, psixik funksiyalar rivojlanishi va qiziqishlarining shakllanish darajasini baholashda ayniqsa muhimdir. 2. Psixik taraqqiyot dinamikasini aniqlash. Agar “ko‘ndalang kesim” metodlari bolaning muayyan bosqichdagi psixik taraqqiyot darajasini — ya’ni psixik funksiyalarning dolzarb zonasini aniqlasa, “uzunasiga kesim” (longityud) metodlari esa bola psixik rivojlanishining davomli jarayonini, ta’lim va tarbiya ta’siridagi o‘zgarishlarni kuzatishga imkon beradi. O‘yin va o‘qish faoliyatida qayta-qayta o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar bola shaxsining shakllanishiga faoliyatning qanchalik ta’sir qilganini aniqlash imkonini beradi. Bunday tadqiqotlar shaxs rivojlanishi istiqbollarini belgilashda katta prognostik ahamiyatga ega. 3. Aqliy zaiflik yoki kasallik sababli yuzaga kelgan psixik kamchiliklarni aniqlash. Agar bolada aqliy zaiflik darajasi yoki psixik rivojlanishdagi jiddiy chetlanishlar aniqlanish ehtimoli bo‘lsa, psixodiagnostik tadqiqot maxsus yordamchi maktabga yuborish masalasida tibbiy-pedagogik komissiyaga asos bo‘lib xizmat qiladi. 4. Yangi, yetarlicha o‘rganilmagan psixik holatlarni ilmiy tahlil qilish. Ba’zi vazifalar ilmiy tadqiqot xarakteriga ega bo‘lib, ularda tadqiqotchi o‘zini qiziqtirgan psixologik masalalarni katta guruhlar misolida o‘rganadi. Bunday holatlarda olingan natijalarning statistik ishonchliligi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, psixodiagnostik tadqiqotlarning maqsad va vazifalarini to'g'ri belgilash va ilmiy asoslangan metodologiyaga tayangan holda amalga oshirish shaxsga yo'naltirilgan psixologik xizmat ko'rsatishning zaruriy shartidir. Bu nafaqat individual shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi, balki jamiyatning ijtimoiy-psixologik salomatligini ta'minlash, kadrlar salohiyatini samarali boshqarish va ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni, 2020 yil 6 noyabr. 2. Leontev A.N. Deyatelnost. Soznanie. Lichnost. – M.: Smysl; Akademiya, 2005. – 352 s. 3. Rubinshteyn S.L. Osnovy obshchey psikhologii. – SPb.: Piter, 2015. – 713 s. Dekabr, 2025-Yil 337 4. Sobchik L.N. Vvedenie v psikhologiyu individualnosti. – M.: Institut prikladnoy psikhologii, 1997. – 512 s. 5. Shmelyov A.G. Psikhodiagnostika lichnostnykh chert. – SPb.: Rech, 2002. – 480 s. 6. Druzhinin V.N. Eksperimentalnaya psikhologiya. – SPb.: Piter, 2008. – 320 s. 7. Klimov E.A. Vvedenie v psikhologiyu truda. – M.: Kultura i sport, YUNITI, 1998. – 350 s. 8. Cronbach L.J. Essentials of Psychological Testing. 5th ed. – New York: Harper & Row, 1990. – 726 p. 9. Anastasi A. Psychological Testing. 6th ed. – New York: Macmillan, 1988. – 817 p. 10. Standards for Educational and Psychological Testing / American Educational Research Association. – Washington, DC: AERA Publications, 2014. – 230 p.