scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABA-YOSHLARNI VATANPARVARLI RUHIDA TARBIYALASHDA ZAMONAVIY TA'LIM STRATEGIYASI BILAN HAMOHANGDIR

Jalilov, Zarafshon Baxshullayevich; Shodiyeva, Mayram Atoyevna

Abstract

Mamlakat kelajagi bo‘lgan yoshlarni yuksak axloqiy fazilatlarga ega, insonparvar, jismonan baquvvat, vatanni sevadigan, zamonaviy bilimga ega, milliy g‘urur ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasi ekanligi hamaga ma’lum. Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar haqida so‘z boradi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 35 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18048189 TALABA-YOSHLARNI VATANPARVARLI RUHIDA TARBIYALASHDA ZAMONAVIY TA’LIM STRATEGIYASI BILAN HAMOHANGDIR Jalilov Zarafshon Baxshullayevich Pedagogika fanlari doktori(PhD) dotsent Shodiyeva Mayram Atoyevna Buxoro xalqaro universiteti 2-bosqich magistranti ANNOTATSIYA Mamlakat kelajagi bo‘lgan yoshlarni yuksak axloqiy fazilatlarga ega, insonparvar, jismonan baquvvat, vatanni sevadigan, zamonaviy bilimga ega, milliy g‘urur ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasi ekanligi hamaga ma’lum. Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: yoshlar, vatanparvarlik, qadriyatlar, sadoqat, vatan tushunchasi, ta’lim va tarbiya, temur tuzuklari, vatanparvar shaxs, ma’rifat, ehtiyojlar, madaniymaʼrifiy faoliyat, tadbirlar, taraqqiyot, zamonaviy, globallashuv, integratsiya Hozirgi kunda ta’limning ko‘plab sohalari o‘zgargan yoki o‘tmishda qolib ketgan barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi o‘zbek yoshlarini ham ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalashga ehtiyoj sezilmoqda. Insonda faqat Vatanga muhabbat, o‘z tarixini bilish, ajdodlarga hurmat, O‘zbekistonda amalga GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 36 oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning yutuq va kamchiliklari haqida qayg‘urishgina insonda ma’naviy fazilatlarni yuzaga keltirishi mumkinki, bu uni shaxs, vatanparvar inson sifatida namoyon etadi. Yangi O‘zbekistonning yosh avlodini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammosi mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi dolzarb masalalardan biridir. Bugungi kunda nafaqat geografik, geosiyosiy jihatdan, balki jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlar munosabati bilan bu muammo alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shunday qilib, keling, muammoni savollar bilan aniqlashga harakat qilaylik: Zamonaviy vatanparvarlik tarbiyasining maqsadlari nimadan iborat? Vatanparvarlik tarbiyasi doirasida qanday mavzular yoritilgan? Vatanparvarlik tarbiyasi darslari qanchalik tez-tez tashkil etiladi? Hozirgi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining mavqei tobora yuksalib bormoqda. Yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini singdirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda an’ana va urf-odatlarimizdan yoshlar tarbiyasida foydalanish hozirgi davrning muhim masalalaridan hisoblanib, bu o‘rinda tarbiya muhim rol egallaydi. Talabalarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirish, fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta’minlanadi. Yosh avlodda vatanparvarlik hissi va e’tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va ko‘nikmalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi”- debalohida ta’kidlab o‘tdi. Biz Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda sog‘lom va barkamol yoshlarimizni hal qiluvchi kuch deb bilamiz.Shu maqsadda ularning bilim, madaniyat, san’at va sport bo‘yicha salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish borasida ham yangi tizim yaratamiz. Bugun yoshlarni o‘qitish, ularga kasb sirlarini o‘rgatish bilan birga ularda sadoat va vatanparlik hissini rivojlantirish ham ta’lim-tarbiya jarayonining muhim vazifasi hisoblanadi. Insоn - jamiyat - tabiat - turmush munоsabatlarini tеkshirgan rus оlimlari S.L.Rubinshtеyn, L.S.Vigоtskiy, A.N.Lеоntеv, B.G.Anan’еv оdamning ular bilan har хil turdagi va ko‘rinishdagi kauzal, strukturaviy, funksiоnal, fazоviy va makоniy GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 37 alоqalar tizimi mavjudliginita’kiddab o‘tganlar. Birinchidan, insоn u yoki bu alоqalar tizimiga binоan biоlоgik mahsuli «Hоmо Sapiеns» sifatida o‘rganiladi. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlaruchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻzvatanlaritaqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir. Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuygʻusini kamol toptirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.Inson oʻz yurtini qanday boʻlsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon boʻladi: 1) bilish – Vatan tushunchasiga xos qadriyatlarni egallash; 2) e’tiqod –mazkur qadriyatlar toʻgʻrisida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish; 3) harakat –bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish. Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoiylarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bogʻliq. Vatanparvarlik maʼlum va mashhur tamoyil boʻlib, u insonning oʻz Vataniga muhabbatini, uni asrabavaylashga boʻlgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushunchadir. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa hech qachon oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan masala hisoblanadi. Ulugʻ ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan ona-Vatanga muhabbat tuygʻusi farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam eʼtiqod va muhabbatning inʼikosidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga e’tibor kuchaytirildi. Yurtimizda amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar kelajagimiz egalarini Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida jamiyatning gʻoyaviy birlashuvi zaruratini bugungi kundagi global oʻzgarishlar sharoiti bilan belgilash mumkin. Dunyo miqyosida geosiyosiy maydonidagi oʻzgarishlar, GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 38 tamaddaunlar toʻqnashuvining tezlashib, axborotlashuv jarayonining kengayib borishi oqibatida sodir boʻlayotgan gʻoyaviy-mafkuraviy tahdidlar, axborot-psixologik xurujlarga qarshi kurash borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Insoniyat oʻtmishidan ma’lumki, bir xalqni oʻziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni oʻzligi, tarixi, madaniyati va ma’naviyatidan judo qilishga e’tibor qaratishgan. Zero, ma’naviyati zabt etilgan har qanday xalqda oʻz tartiblarini oʻrnatish mustamlakachilarning azaliy, tarix sinovidan oʻtgan an’anaviy maqsad boʻlib keldi. Ma’naviy istilochi mamlakat ma’nan qashshoq xalqni bora-bora oʻziga singdirib yuborishni, buning uchun oʻz mafkurasi va gʻoyalarini ular orasiga joriy etish, madaniyatiga rahna solish orqali ma’naviy jihatdan taraqqiy etishiga yoʻl qoʻymaslikni oʻz siyosatining asosiy masalasi deb qaraydi. Bu haqda bundan 2700 yil oldin yashagan qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy “…agar biror mamlakatni zabt etib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi boʻlsangiz, dastavval oʻsha yerda yashayotgan xalqni oʻz tarixi madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga oʻraladi, sizga qarshilik koʻrsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish oson kechadi”, – degan edi. Darhaqiqat, ma’naviyati izdan chiqqan mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, loqaydlik avj olishi oqibatda xalqning milliy oʻzligi, gʻururiftixori, milliy qadriyatlari asta-sekin zaiflasha boradi. Oqibatda bunday mamlakatni, uning xalqini mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish ancha oson va “silliq” kechadi. Globallashuv mafkura poligonlarida gʻoyaviy– mafkuraviy kurashning tobora avj olishi yoshlar ongi va qalbini ekspansiya etishga qulay zamin yaratmoqda. Vatan mustaqilligini taʼminlashda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, alohida oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasi davr talabidir. Inson hayotining mazmuni va qadri o‘z ildiziga, o‘zligini anglashga chambarchas bog‘liqdir. Har bir insonni tarbiyalashda uch tushuncha alohida ahamiyatga ega: Vatan, millat va xalq. Bu so‘zlar oddiy ibora emas, balki butun milliy g‘ururimizning, kelajakka bo‘lgan ishonchimizning va orzu-intilishlarimizning tayanchidir. Agar inson GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 39 o‘z milliy qadriyatlarini unutsa, u kimligini yo‘qotadi. Shu bois biz yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashimiz zarur. Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalar millat uchun yozgan, millat uchun yashagan, millat uchun kurashganlar. Ularning asarlari bugungi kunda ham bizga ibrat va saboqdir. Millatning buyukligi — uning birligida. Birlik bo‘lmagan joyda taraqqiyot bo‘lmaydi. Shu bois, yoshlar orasida hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni kuchaytirish har bir o‘qituvchining, ziyolining vazifasidir. Xulosa qilib aytganda vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon bo‘lib, bunda dastlab o‘quvchilarga vatanparvarlikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar beriladi, avvalo, fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar, bu xildagi hatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda vatanparvarlik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari hosil qilinadi. Vatanparvarlik tarbiyasining bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Vatanparvarlik tarbiyasining asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Zamonaviy bilim olish, ilm-fan va texnologiyalarga intilish, ona tilini hurmat qilish, milliy qadriyatlarni qadrlash va ulug‘lash, xalq manfaati uchun ishlash — bugungi avlodning eng muhim burchidir. Demak, Vatan uchun sadoqat, millat uchun g‘urur va xalq uchun fidoyilik — bu bizning hayotiy shiorimiz bo‘lishi shart. Kimki Vatanni sevsa, millatni qadrlasa va xalqni ardoqlasa, u hech qachon yo‘qolmaydi, balki tarix sahifasida abadiy qoladi. O‘qituvchi sifatida bizning eng asosiy vazifamiz — yoshlarni mana shu ruhda tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, millatparvarlik va xalqparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdir. Chunki kelajakni yuksak cho‘qqilarga olib chiqadigan kuch ham, umid ham, ishonch ham yoshlarning qo‘lidadir. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 40 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: "O‘zbekiston", 2017,. 2. Hasanov H.R. "Vatanga sadoqat hissini shakllantirishda fanlar aro aloqadorlikni pedagogik asoslari" Monogrofiya .Buxoro: " Durdona", 2021. 3. Markaziy Osiyo mutafakkirlari talim-tarbiya va inson kamoloti haqida. "Moziydan sado", 1 (25) 2005 yil. 26-28-betlar. 4. Insoniylikning eng muhim fazilati – Vataniga boʻlgan muhabbatdir. https://yuz.uz/uz/news/insoniylikning-eng-muhim-fazilati--vatanigabolganmuhabbatdir 5. 140-сон 23.02.2018. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/-3571158 6.G‘oziyev E.G‘ . ―Umumiy psixologiya‖. T., 2010. 7. Ivanov P.I., Zufarova M. ―Umumiy psixologiya‖, O z FJ., 2008. 8. Haydarov F.I., Xalilova N. ―Umumiy psixologiya‖. T.: ―Fan va texnologiyalar‖ markazining bosmaxonasi. J 2009. 9. G oziev E.G . Ontogenez psixologiyasi. T.Noshir, 2010. 10. Do‘smuxamedova Sh.A., Nishonova Z.T., Jalilova S.X., Karimova Sh.K., Alimbaeva Sh.T. ―Yosh va pedagogik psixologiya‖. T.: TDPU, 2013. 11. A.X.Югaй, Н.A.Mирaширoвa. ―Oбщаяпсихология‖. T. TГПУ, 2014. 12. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi.T, 2006. 8.G‘oziyev E.G‘ . ―Pedagogik psixologiya‖. T., 2004.