O'RTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA NUTQNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Abstract
Ushbu maqolada o‘rta maktab yoshidagi bolalarning nutqining rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, 4–5 yoshli bolalarda lug‘at boyligining kengayishi, grammatik konstruktsiyalardan foydalanish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, savol-javob ko‘nikmalari, muloqotga kirishuvchanlik va bog‘lanishli nutq shakllanishining asosiy ko‘rsatkichlari va nutqning rivojlantiruvchi o‘yin metodlari yoritiladi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 16 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18048065 O‘RTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA NUTQNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Atamuxamedova Zuxra Mashrab qizi “ALFRAGANUS UNVERSITY” “Ijtimoiy fanlar”fakulteti “Psixologiya” soha mutaxasislari 2-kurs talabasi zuxraatamuxamedov[email protected]om Ilmiy rabar Talipova Feruza Alfraganus Universiteti Psixologiya kafedrasi v.b dotsenti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o‘rta maktab yoshidagi bolalarning nutqining rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, 4–5 yoshli bolalarda lug‘at boyligining kengayishi, grammatik konstruktsiyalardan foydalanish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, savol-javob ko‘nikmalari, muloqotga kirishuvchanlik va bog‘lanishli nutq shakllanishining asosiy ko‘rsatkichlari va nutqning rivojlantiruvchi o‘yin metodlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: 4-5 yoshli bolalar, nutq rivojlanishi maktabgacha ta’lim, grammatik rivojlanish, bog‘lanishli nutq, logopediya, rivojlanish psixologiyasi, ota - ona ro‘li va ota-onalarga tavsiyalar, tahlil va natijalar. ANNATATION This article analyzes the stages of speech development in children of primary school age on a scientific basis. It also highlights the main indicators of vocabulary expansion, use of grammatical constructions, correct pronunciation of sounds,
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 17 question-answer skills, communicative approach and the formation of coherent speech in children aged 4–5 years, and game methods for developing speech. Keys words: 4-5 year old children, speech development, preschool education, grammatical development, connected speech, speech therapy, developmental psychology, the role of parents and recommendations for parents, analysis and results. Bugungi tezkor axborotlashgan jamiyatda bolaning nutqiy rivojlanishi uning umumiy psixik kamolotini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, kichik maktab yosh davri shaxs nutqiy faoliyatining faol shakllanish bosqichi bo‘lib, bu davrda bolaning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasi, fikrni ifodalash qobiliyati va ijtimoiy moslashuvi nutq orqali amalga oshadi. 4–5 yosh oralig‘i esa nutq rivojlanishida burilish nuqtasi hisoblanib, bolada grammatik tuzilmaning murakkablashuvi, lug‘at boyligining sifat jihatdan kengayishi hamda monologik nutqning shakllanishi kuzatiladi. Mazkur yosh bosqichida nutq nafaqat muloqot vositasi, balki bolaning tafakkuri, emotsional holati va ijtimoiy tajribasini aks ettiruvchi psixologik mexanizmga aylanadi. Shu bois, 4-5 yoshdagi bolalarda nutqining rivojlanish bosqichlarini chuqur ilmiy tahlil qilish, mavjud muammolarni erta aniqlash va samarali pedagogik-psixologik yondashuvlarni ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Psixolog olim E.G‘oziyev nutq faoliyatini fiziologik va psixologik mexanizmlarga ajratdi. G‘oziyev nutq faoliyatini fiziologik jihatdan talqin qilishda bir necha olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda quydagi to‘xtamga keldi: “nutq oddiy reflektor faoliyat qonunlari asosida idrok qilinadi, Pavlovning “nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida inson (signallar signali) tarzidagi so‘zlaridan foydalaniladi. Mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po‘stida amalga oshadi”, degan fikrini keltirdi. 1 U Broko (1861yil) ning miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim sharlari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) 1 .E.G‘oziyev. Psixologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Ikkinchi nashri. -Toshkent: “O‘qituvchi” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008. – 309 b.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 18 shikastlansa bemorlarda nutq artikulyatsiyasi buzilishini aniqladi va “so‘z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz’’degan fikrini keltirdi. Psixologik jihatdan esa olim quydagi to‘xtamga keldi: “nutqning muayyan asoslariga suyangan holda no‘ananaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi. Nutq og‘zaki va yozma (verbal va noverbal) turkumga ajratiladi”1 Bugungi kunga kelib, bolalar nutqini o‘rganish, ko‘p qirrali ilmiy ma’lumotlarning zarurligi, har tomonlama va tushuntirishli nazariy asoslarni yaratishning muhimligi va go‘daklar hamda yosh bolalar bilan tajriba o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan innovatsion uslubiy protseduralar tufayli qiyinlashmoqda. Tadqiqotlar nutqning ontogenetik yo‘lini boshqaradigan asab, motorik, sezgi, bilim, anatomik, lingvistik, hissiy va ijtimoiy parametrlarning hissasini yoritishga harakat qiladi. 4-5 yoshli bolalarning nutqi tobora kattalar nutqiga o‘xshay boshlaydi. Bu yoshda bolalar o‘z tasavvurlarini tengdoshlariga va kattalarga aytishni yaxshi ko‘radilar. Ayniqsa, bu yoshda ko‘p savol beradigan, sergap, mahmadona bo‘ladilar. Bu yoshda bola o‘rtacha 1500-2000 ta so‘z ishlata oladi. U yangi so‘zlarni juda tez o‘zlashtiradi va ulardan gap ichida to‘g‘ri foydalanishni boshlaydi. 4-5 yoshdagi bolalar odatda: 5-6 so‘zdan iborat gaplar tuza oladi. Masalan: “Bugun bog‘chada yangi o‘yinlar o‘ynadik. Savollarga to‘liq javob bera oladi. O‘z fikrini izchil ifoda eta boshlaydi. Bog‘chagacha tarbiya yoshining oxirigacha borib tevarak atrofdagilarning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘ladi. Katta yoshli kishilarning aytib bergan hikoyalarini kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni jon – dili bilan tinglaydilar. Bola o‘ziga berilgan savollarni tushunib, ularga javob beradi. Bolaning o‘zi ham kattalrga tobora ko‘proq savol beradigan bo‘ladi. Shunday qilib kattalarning ma’qullashi, maqtashi, koyishi va taqiqlashiga to‘g‘ri munosabatda bo‘la boshlaydi. Bola bog‘cha yoshiga yetgach, so‘z boyligining ancha ortishi bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlata boshlaydi. 4-5 yoshli bolaning nutqi faol rivojlanadigan davrda ota-onaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida ota-onalar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar keltiriladi:
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 19 1. Bola bilan muntazam muloqot qilish. Bola bilan kun davomida ko‘proq suhbatlashish, uning savollariga sabr bilan javob berish nutq faolligini oshiradi. Otaona bolaning fikrini bo‘lmasdan, oxirigacha tinglashi muhim. 2. To‘g‘ri va boy nutq namunasi bo‘lish, ota-onaning o‘zi adabiy, ravon va grammatik jihatdan to‘g‘ri nutqdan foydalanishi zarur. Bola kattalarning nutqini taqlid qilish orqali o‘rganadi. 3. Kitob o‘qib berish va muhokama qilish. Ertak va qisqa hikoyalarni o‘qib berish, so‘ng mazmuni yuzasidan savollar berish bolaning lug‘at boyligini va bog‘lanishli nutqini rivojlantiradi. 4. Nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalanish. So‘z topish, rasmga qarab hikoya tuzish, rolli o‘yinlar (do‘kon, shifokor, mehmon kutish) nutqiy faoliyatni tabiiy tarzda rivojlantiradi. 5. Bolaning nutq xatolarini muloyim tuzatish. Xatolarni tanbeh bermasdan, to‘g‘ri variantni takrorlash orqali tuzatish lozim. Masalan: bola noto‘g‘ri so‘z ishlatsa, ota-ona uni to‘g‘ri shaklda qayta aytadi. 6. Televizor va gadjet vaqtini cheklash. Passiv axborot (telefon, planshet) jonli muloqotni kamaytiradi. Shu sababli real suhbatlar ustuvor bo‘lishi kerak 7. Mutaxassisga murojaat qilish. Agar 4–5 yoshda bola gap tuzishda qiynalsa, so‘z boyligi juda kam bo‘lsa yoki talaffuz muammolari sezilsa, logoped va bolalar psixologiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Agar 2 yashar bolaning so‘z zapasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 7 yashar bolaning so‘z zapasi 4000 tadan 5000 tagacha bo‘ladi, 3 yashar bolaning so‘z zapasi 1000 tadan 1200 tagacha bo‘ladi. Demak bog‘cha yoshidagi davrda bolaning so‘z zapasi juda tez ortadi. Bu yoshda bolaning nutqi faqat miqdor jihatdangina ortib bormay balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan: yasli yoshidagi bolalar ancha so‘z zonasiga ega bo‘lishlarig qaramay, ayrim tovushlarni r, l, y, sh, z kabi yaxshi farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etadilar.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 20 Bundan tashqari, bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini amaliy tarzda o‘zlashtira boshlaydilar. 1 Tahlil va natijalar So‘z zapaslari miqdor jihatidan bog‘cha yoshidgi bolalarning hammasida bir xil bo‘lmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z zapasining miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oilaning madaniy saviyasiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa bola nutqining o‘sishi bilan mutlaqo shug‘ullanmaydilar. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z zapasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar yasli yoshidgi bolalarning nutqi asosan ular ayni shu chog‘da idrok qilib turgan narsalar va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bog‘cha yoshidagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan narsalardan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda hayoliy narsalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalar katta kishilar aytib yoki o‘qib borgan ertaklarni sistemali va izchil ravishda qayta aytib bera oladilar. Bog‘cha yoshida bolalar nutqni faqat og‘zaki nutqni juda tez egallaydilar. 2 Bola nutqni egallagan holda tug‘ilmaydi. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi katta odamlar tilining ta’siri ostida rivojlanib boradi. Bolaning atrofidagi katta odamlar onasi, otasi, akasi, ukasi kabi qaysi tilda gaplashsalar, bola ham shu tilni o‘rganadi. Nutqni egallashdek juda ham qiyin protsessni bola qisqa muddat davomida uddasidan chiqa boshlaydi. Bola nutqi inson hayotining dastlabki yillarida shakllanadigan murakkab va bosqichli jarayondir. Bu jarayon tilga oid bilimlarning ijtimoiy muhit orqali o‘zlashtirilishi, muloqotga bo‘lgan ehtiyoj va nutq faoliyatining asta-sekin rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari uning fiziologik, psixologik, ijtimoiy va lingvistikomillar bilan chambarchas aloqadorligini ko‘rsatadi. Psixolingvistik nuqtai nazardan qaralganda, bola nutqi tafakkur bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. L.S. Vigotskiy fikricha, bola nutqi dastlab ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, keyinchalik ichki nutqqa aylanadi. Bu esa uning fikrlash jarayoni va tushunchaviy dunyosining 1 Маслоу А. Мотивация и личность. Пер. c англ. СПб.: Питер. 2008.352с. 2 . Разакова Р.С. Особенности успешной и неуспешной семейной жизни. Вестник интегративной психологии. Выпуск 30 часть 2. 2023
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 21 kengayib borishini anglatadi. Shu sababli, bola nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda psixik rivojlanish darajalari, idrok, eslab qolish, e’tibor kabi kognitiv omillar muhim ahamiyat kasb etadi. 1 Bizning fikrmizcha faqatgina tarbiyachilar bola bilan ishlashlari kamlik qiladi qo‘shimcha tarzda uyda ota-onalar ham bolalar nutqini rivojlantrish ustida ishlashlari lozim. Ota-onalar farzandlari bilan o‘yin tariqasida qiziqarli nutqni rivojlantrish o‘yinlarni o‘tkazishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1. “Kun hikoyasi” metodi: Har kuni kechqurun bola bilan birgalikda 1 daqiqalik hikoya tuzish taklif etiladi. Hikoya bolaning o‘sha kundagi real voqeasiga asoslanadi. Bu usul monologik nutq, vaqt ketma-ketligi va mantiqiy bog‘lanishni rivojlantiradi. 2. Nutqiy muhitni “sun’iy boyitish” Uy sharoitida ayrim buyumlar ataylab nomlanmaydi, balki bola ularni tasvirlab aytishga majbur bo‘ladi. Masalan: “Stoldagi dumaloq, qizil, shirin narsani olib kel.” Bu metod sifatlar, fe’llar va tasviriy nutqni faollashtiradi. 3. Emotsiya nutq integratsiyasi bolaga kun davomida his qilgan emotsiyalarini so‘z bilan ifodalash o‘rgatiladi: “Bugun nimadan xursand bo‘lding?”, “Qachon ranjiding?” Bu yondashuv emotsional intellekt va nutqni birgalikda rivojlantiradi, agressiv yoki tortinchoq xatti-harakatlarni kamaytiradi. 4–5 yosh davrida bolaning nutqi tafakkur va emotsional jarayonlarni tartibga soluvchi muhim psixologik vositaga aylanadi. Bu bosqichda nutq rivojlanishi ko‘p jihatdan ota-onaning bola bilan qanday psixologik munosabat o‘rnatishiga bog‘liq bo‘lib, qo‘llab-quvvatlovchi, tanqidsiz va muloqotga yo‘naltirilgan muhit bolaning nutqiy faolligini kuchaytiradi. Shunday ekan, ota-onaning ongli ishtiroki va shaxsga yo‘naltirilgan psixologik yondashuvi 4–5 yoshli bolalarda barqaror va erkin nutq rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. 1 Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – B. 19
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 22 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.E.G‘oziyev. Psixologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Ikkinchi nashri. - Toshkent: “O‘qituvchi” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008. – 309 b. 2. Маслоу А. Мотивация и личность. Пер. c англ. СПб.: Питер. 2008.352с. 3. Разакова Р.С. Особенности успешной и неуспешной семейной жизни. Вестник интегративной психологии. Выпуск 30 часть 2. 2023 4. Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – B. 19