TURISTIK ZONALARDA MEHMONXONA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada turistik zonalarda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirishning ahamiyati, zamonaviy tendensiyalar, mehmonxona xo‘jaligining turizm rivojiga ta’siri, hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Misol sifatida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi turistik majmualar va mehmonxona infrastrukturasining rivojlanish modeli ko‘rib chiqiladi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 63 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18048412 TURISTIK ZONALARDA MEHMONXONA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH Abdusalomova Nozima Muzaffar qizi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Magistratura 1-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada turistik zonalarda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirishning ahamiyati, zamonaviy tendensiyalar, mehmonxona xo‘jaligining turizm rivojiga ta’siri, hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Misol sifatida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi turistik majmualar va mehmonxona infrastrukturasining rivojlanish modeli ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: turizm, turistik zona, mehmonxona infratuzilmasi, mehmonxona xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sifati, turistlar oqimi, turistik potensial Kirish Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida turizm iqtisodiyotning eng daromadli va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Turizm rivojlanishi uchun nafaqat tarixiy, madaniy va tabiiy resurslarning mavjudligi, balki mehmonxona infratuzilmasining rivojlanganligi katta ahamiyatga ega. Turistlar uchun qulay sharoit, yuqori servis, xavfsizlik va infratuzilmaning mustahkamligi mintaqaning turistik jozibadorligini belgilaydi. O‘zbekistonda ham turizm strategik soha sifatida belgilangan va turistik hududlarda mehmonxona xo‘jaligini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 64 borilmoqda. Xususan, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm brendi ostida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar jahon turizm xaritasida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. Asosiy qism 1. Turistik zonalarda mehmonxonalarning o‘rni Turistik zona — umumiy turizm obyektlari, xizmat ko‘rsatish markazlari va transport tizimlari bilan birlashtirilgan maxsus hududdir. Bunday hududlarda mehmonxonalar turistlarning asosiy ehtiyoji — yashash joyini ta’minlaydi. Mehmonxona infratuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -turar joylar (mehmonxona, hostellar, oilaviy mehmon uylari), -transport infratuzilmasiga yaqinlik, -ovqatlanish va dam olish maskanlari, -qo‘shimcha xizmatlar (spa, konferensiya zali, ekskursiya byurosi). Zamonaviy turist faqat yashash joyini emas, balki qulaylik, xizmat sifati va tajribani ham izlaydi. 2. O‘zbekistonda turistik zonalarda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish tajribasi Oxirgi yillarda O‘zbekistonda mehmonxonalar soni 3 baravarga oshdi. Turizm qo‘llab-quvvatlanishi natijasida 2024-yilga kelib mehmonxonalar soni 2400 tadan ortib ketdi. Bu o‘sishga quyidagi loyihalar sabab bo‘lmoqda: Samarqand — Silk Road Samarkand Tourism Complexning tashkil etilishi O‘zbekiston mehmonxonalar tizimida katta o‘rin tutdi. Ushbu majmua Markaziy Osiyodagi eng yirik turizm majmuasi bo‘lib, o‘z ichiga 8 ta xalqaro mehmonxona, kongress markazi, SPA va rekreatsiya zonalarini oladi. Mutaxassislar tomonidan yiliga 2 million turistga xizmat ko‘rsata olishi prognoz qilingan. Buxoro — “Qadimiy Buxoro” turistik zonasi. Buxoro viloyati, xususan Buxoro shahrida ham turizmning istiqbolli yo‘nalishlari kengaymoqda. -Oilaviy mehmon uylari kengaymoqda.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 65 -Mahalliy aholini biznesga jalb qilish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Xiva — "Yangi Xorazm" turistik loyihasi Xiva shahrida Boutique-mehmonxonalar, milliy uslubdagi mehmon uylari soni oshmoqda. Bu loyihalar mehmonxona xo‘jaligining bosh yo‘nalishi — milliy an’ana + zamonaviy servis modelini yaratishga xizmat qilmoqda. 3. Mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirishning afzalliklarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: Yangi ish o‘rinlari yaratiladi, soliq tushumi oshadi. Turistik oqimning ko‘payishi, xizmat sifati turistlarni mamlakatga qayta kelishga undaydi. Mintaqa brendining shakllanishiga xizmat qiladi. Hududning xalqaro reytinglarda tan olinishini ta’minlaydi. 4. Zamonaviy tendensiyalar Bugungi kunda mehmonxonalar quyidagi yo‘nalishda modernizatsiya qilinmoqda: “Smart hotel” (aqlli mehmonxonalar) — raqamli bron, avtomatik chek-in. “Green hotel” (ekomehmonxona) — energiya tejamkorlik, chiqindisiz boshqaruv. “Boutique hotel” — milliy dizayn, kichik va qulay format. Mehmonxona infratuzilmasiga investitsiya kiritish turizmning eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Bu borada olib borilgan ishlar natijasini quyidagi statistik jadvalda ko‘rish mumkin:
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 66 Xulosa Turizm va mehmonxona xo‘jaligi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq sohalardir. Turistik zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qilish turistlar oqimini oshirish bilan birga, mintaqaning iqtisodiy o‘sishiga ham katta hissa qo‘shadi. Mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish — bu nafaqat yangi binolar qurish, balki xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlarga moslashtirishdir. Xodimlarning malakasini oshirish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish, raqamli texnologiyalar va ekologik yechimlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Eko-turizm va barqaror turizm tamoyillariga asoslangan mehmonxonalar hozirgi kunda eng talabgir yo‘nalishlardan biridir. Shu bois, energiya tejamkor, chiqindisiz yoki “yashil” mehmonxonalarni rivojlantirish mamlakatning ekologik imijini mustahkamlashga yordam beradi. Hududiy brendlash va milliy qadriyatlarni aks ettirgan mehmonxonalar xorijiy turistlarda qiziqish uyg‘otadi. Mahalliy me’morchilik uslubi, oshxona, milliy bezak va xizmat madaniyatini uyg‘unlashtirish orqali mehmonxona sohasi turizmning madaniy elchisi bo‘la oladi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 67 Investitsiyalarni jalb etish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi mehmonxonalar tarmog‘ini kengaytirish mumkin. Shu bilan birga, kichik va o‘rta biznes uchun soliq imtiyozlari yaratish turizm infratuzilmasini yanada mustahkamlaydi. Xulosa qilib aytganda, turistik zonalarda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish — bu iqtisodiy samaradorlik, madaniy almashinuv va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishdir. Mazkur sohada davlat, xususiy sektor va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish esa turizm industriyasining kelajakdagi muvaffaqiyatini belgilaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “Turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi 2024–2030”. 2. “Turizm industriyasi asoslari” – O‘quv qo‘llanma, TDIU. 3. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) hisobotlari, 2023–2024. 4. Silk Road Samarkand rasmiy materiallari. 5. Kun.uz sayti ma’lumotlari