scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RANGTASVIRNI O'QITISH JARAYONIDA KOMPOZITSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Bozorov, Furqat Qurbonovich

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada rangtasvirni o‘qitish jarayonida talabalarda kompozitsion tafakkurni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tizimli va batafsil tahlil qilinadi. Kompozitsion tafakkur san’atning barcha elementlarini – nuqta, chiziq, shakl, rang, muvozanat, ritm va fazoviy rejalashtirishni – anglash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Mazkur maqolada badiiy ijod jarayoni, o‘quv mashg‘ulotlari va metodik tavsiyalar misolida o‘quv jarayonida ilmiy asoslar bilan bog‘langan amaliy yondashuvlar keng yoritiladi. Shuningdek, talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish va ularni mustaqil badiiy qaror qabul qilishga o‘rgatish yo‘llari, mashg‘ulotlarda ishlatiladigan metodlar va ularning nazariy asoslari batafsil bayon etiladi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 72 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18048438 RANGTASVIRNI O‘QITISH JARAYONIDA KOMPOZITSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Bozorov Furqat Qurbonovich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi katta o‘qituvchisi ANNOTASIYA Ushbu ilmiy maqolada rangtasvirni o‘qitish jarayonida talabalarda kompozitsion tafakkurni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tizimli va batafsil tahlil qilinadi. Kompozitsion tafakkur san’atning barcha elementlarini – nuqta, chiziq, shakl, rang, muvozanat, ritm va fazoviy rejalashtirishni – anglash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Mazkur maqolada badiiy ijod jarayoni, o‘quv mashg‘ulotlari va metodik tavsiyalar misolida o‘quv jarayonida ilmiy asoslar bilan bog‘langan amaliy yondashuvlar keng yoritiladi. Shuningdek, talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish va ularni mustaqil badiiy qaror qabul qilishga o‘rgatish yo‘llari, mashg‘ulotlarda ishlatiladigan metodlar va ularning nazariy asoslari batafsil bayon etiladi. Kalit so‘zlar: rangtasvir, kompozitsion tafakkur, badiiy ta’lim, pedagogik metodika, ijodiy tafakkur, vizual san’at, amaliy mashg‘ulotlar. ФОРМИРОВАНИЕ КОМПОЗИЦИОННОГО МЫШЛЕНИЯ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ ЖИВОПИСИ АННОТАЦИЯ В данной научной статье систематически и концептуально анализируются методы формирования композиционного мышления у студентов в процессе обучения живописи. Композиционное мышление включает GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 73 способность понимать баланс, ритм, точку, линию, цвет и пространственное планирование в искусстве. В статье рассматриваются творческий процесс, учебные занятия и методические рекомендации, показывающие, как теоретические знания могут быть эффективно интегрированы в практику. Ключевые слова: живопись, композиционное мышление, художественное образование, педагогическая методика, творческое мышление, изобразительное искусство, практические занятия. FORMATION OF COMPOSITIONAL THINKING IN THE PROCESS OF TEACHING PAINTING ABSTRACT This scientific article systematically and conceptually analyzes methods for developing compositional thinking in students during painting education. Compositional thinking encompasses the ability to understand balance, rhythm, point, line, color, and spatial planning in art. The article presents the artistic creative process, practical lessons, and methodological recommendations demonstrating how theoretical knowledge can be effectively integrated into practice. Keywords: painting, compositional thinking, art education, teaching methodology, creative thinking, visual arts, practical exercises. Bilamizki, yosh avlodga talim-tarbiya berish masalasi mustaqil respublikamiz oldida turgan masalalardan biridir. O‘zbekistonda amalga oshorilayotgan o‘zgarishlar jamiyatimizni iqtisodi, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olishida ijobiy natijalar bermоqdа. Bugubgi kunda barchamizning oldimizga ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, bu tizimni dunyoning ilg‘or demokratik davlatlari darajasiga va yosh kadrlarni yuksak ma’naviy, axloqiy ruhda chuqur bilim egasi qilib tarbiyalash maqsadi qo‘yilgan. 1 1 Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan nutqi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 74 Shu bilan bir qatorda rangtasvir fanini o‘qitishda ham zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va matodlardan foydalanib kelinmoqda. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar, vizual mashqlar va ijodiy topshiriqlar orqali kompozitsion tafakkur qanday rivojlantirilishi ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, talabalarda tasviriy qarashni shakllantirish, badiiy elementlarni to‘g‘ri joylashtirish va syujetni izchil yaratish metodlari ilmiy asos bilan tahlil qilinadi. Shunday ekan, rangtasvir san’ati o‘quv jarayonida ijodiy tafakkur va badiiy qobiliyatni rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Rangtasvir bilan shug‘ullanish talabalarda nafaqat texnik ko‘nikmalarni shakllantiradi, balki estetik qarash, ijodiy tafakkur va muvozanatni his qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Kompozitsion tafakkur o‘zi nima? U asarning barcha strukturaviy elementlarini anglash, ularni bir butunlikda uyg‘unlashtirish va badiiy ifodani kuchaytirish qobiliyatidir. Bu jarayon nafaqat san’at nazariyasi asoslarini, balki amaliy mashg‘ulotlar va tajriba orqali shakllanadi. San’atshunoslar, rassomlar va pedagoglar uni tasviriy san’atning eng muhim jihatlaridan biri sifatida baholaydi, chunki bu qobiliyat talabaning ijodiy qarorlarini shakllantiradi va badiiy ifodaning samaradorligini oshiradi. Kompozitsion tafakkur quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: Nuqta va chiziq – asarda diqqatni jalb qiluvchi markazlar, harakat yo‘nalishi va ritmni belgilaydi. Masalan, chiziqlar orqali ko‘zni bir nuqtadan boshqasiga yo‘naltirish, kompozitsiyadagi diqqat markazini yaratish mumkin. Shakl va hajm – ob’ektlarning tashqi konturlari, ularning o‘lchami va fazoda joylashishi orqali makon hissi yaratiladi. Bu talabaga tasviriy joylashtirishni va ob’ektlar o‘rtasidagi nisbatni anglashga yordam beradi. Rang va tekstura – rangning issiq yoki sovuq ohanglari, kontrast va uyg‘unlikni o‘rganish orqali his-tuyg‘ularni ifodalash, syujet va atmosferani yaratish imkonini beradi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 75 Muvozanat va ritm – elementlarning joylashuvi, ularning og‘irlik hissi va vizual muvozanati, ritm orqali tasviriy qarashlarni boshqarish. Shu orqali asar diqqat markaziga ega bo‘ladi va tomoshabinning ko‘zini chalg‘itmaydi. Fazo va perspektiva – ob’ektlarni uch o‘lchamli makon hissi bilan tasvirlash orqali sahna chuqurligi va tasviriy realizm yaratiladi. Kompozitsion tafakkur o‘quv jarayonining nazariy va amaliy qismi sifatida tahlil qilinadi. Rangtasvir mashg‘ulotlari talabaning vizual idrokini rivojlantirish, ularni ijodiy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish va mustaqil tafakkurini shakllantirishga qaratilgan. Rangtasvirni o‘qitishda metodik yondashuvlar quyidagilardan iborat: Elementlar bilan ishlash: O‘quvchilarga rang, nuqta, chiziq, shakl, hajm va rang uyg‘unligini tushuntirish uchun metodik mashqlar amalga oshiriladi. Masalan, geometrik shakllar bilan ishlash orqali muvozanatni tushuntirish, rang kontrastlarini tajriba qilish va ob’ektlarni fazoviy joylashtirish mashqlari. Kompozitsion mashqlar: Talabalar turli mashqlar orqali ob’ektlar va fon o‘rtasidagi nisbati, makon hissi va vizual ritmni o‘rganadilar. Masalan: Bo‘sh va to‘ldirilgan maydonlar bilan eksperimentlar o‘tkazish, kompozitsiyaning ritmik strukturasini tushuntirish. Rang va tekstura kontrastlarini qo‘llash orqali tasviriy effekt yaratish va diqqat markazini yaratish, syujetni vizual tarzda boshqarish mashqlari. Ijodiy mashg‘ulotlar: Talabalarni individual yoki guruh bo‘yicha ijodiy topshiriqlar orqali o‘z tasviriy qarashlarini shakllantirishga rag‘batlantirish ya’ni kompozitsiyalar va tafsilotlarga boy ijodiy ishlar yaratish. Milliy ornamentlar va xalq bezak elementlarini zamonaviy rangtasvirga qo‘shish shuningdek, hayotiy mavzularni badiiy tarzda ifodalash, syujet va g‘oyani tasviriy vositalar orqali yetkazish. Kritika va tahlil: Har bir mashqdan so‘ng talabalarning ishini pedagog va guruh a’zolari bilan tahlil qilish. Kamchiliklarni aniqlash, yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatish, badiiy tafakkurini chuqurlashtirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar Rangtasvirni o‘qitishda metodik yondashuvlari hisoblanadi. Mazkur izlanishimiz natijasida quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 76 Mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich, oddiy shakldan murakkab kompozitsiyalarga o‘tkazish. Vizual misollar, san’at asarlari va ijodiy ilhom manbalaridan keng foydalanish. Talabalarni o‘z ishlarini tahlil qilishga, fikr bildirishga va konstruktiv tanqidni qabul qilishga o‘rgatish. Multimedia vositalari, virtual dekoratsiya va rang o‘yinlarini amaliy mashg‘ulotlarga kiritish. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, rangtasvirni o‘qitish jarayonida kompozitsion tafakkurni shakllantirish metodikasi talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, estetik qarashlarini kengaytirish va badiiy tafakkurini mustahkamlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilar turli vizual elementlar, ranglar va shakllar bilan ishlashda mustaqil qaror qabul qilishga o‘rganadi. Kompozitsion tafakkur nafaqat tasviriy san’atning sifatini oshiradi, balki talabani ijodiy fikrlash, badiiy yondashuv bilan muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, metodik yondashuvlar talabalarda ijodiy mustaqillikni mustahkamlash va san’atshunoslik bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yuqoridagi metodlardan foydalangan holda tasviriy san’at fanlarini o‘qitilishi talabalarni darsni yanada chuqurroq o‘zlashtira olishlarini kafolatlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1. X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y. 2. A. I. Avazboyev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho‘lpon nomidagi ijodiy matbaa uyi. 2014 y. 3. Abdirasilov S.F., Boymetov B.B., Tolipov N.X. Tasviriy san’at.–T.: 2010 35 b GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 77 4. Botir Boltabayevich Baymetov, Laylo Mirsoatova “Oliy pyedagogik ta’limda inson qomatini tasvirlashning nazariyasi va metodikasi” maqolasi "Science and Education" Scientific Journal November 2020 G‘ Volume 1 Issue 8. 5. Lakowskaya, V. L. (1985). Poslevoennaya stankovaya zhivopis Uzbekistana. Tashkent: Fan. 6. Zarifova Dilfuza Omon qizi. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational research in universal sciences, 2(5), 159–162. https://doi.org/10.5281/zenodo.8033991 7. Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393. 8. Zarifova, D. (2025). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(3), 271-274.