Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 133 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18048689 IJTIMOIY DAVLAT MODELINI RIVOJLANTIRISHDA KRAUDSORSING TEXNOLOGIYALARINING FUNKSIONAL ROLI Utamuradov Akbar Utamuradovich Ahmedov Azizxon Muxsinjon o‘g‘li ANNOTASIYA Mazkur maqolada ijtimoiy davlat modelini rivojlantirish jarayonida kraudsorsing texnologiyalarining funksional roli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kraudsorsing platformalarining fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini faollashtirish, aholining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etishda jamoatchilik salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, kraudsorsing mexanizmlarining ijtimoiy siyosatni shakllantirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashdagi ahamiyati asoslab beriladi. Olingan xulosalar kraudsorsing texnologiyalarini ijtimoiy davlatni barpo etish va uni modernizatsiyalashda muhim raqamli vosita sifatida qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy davlat, kraudsorsing platformalari, raqamli boshqaruv, fuqarolik ishtiroki, jamoatchilik nazorati, ochiqlik va hisobdorlik, ijtimoiy siyosat, davlat va jamiyat hamkorligi. KIRISH Zamonaviy globallashuv jarayonlari sharoitida davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazmunan va shaklan yangilanib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ularning ijtimoiy hayotga keng tatbiq etilishi fuqarolarga ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolroq va bevosita ishtirok etish imkonini
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 134 yaratmoqda. Xususan, kraudsorsing kabi innovatsion mexanizmlar orqali jamoatchilik fikrini tizimli ravishda yig‘ish, uni tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlariga integratsiya etish amaliyoti tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tendensiyalar ijtimoiy davlatni shakllantirish jarayonida, ya’ni aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Kraudsorsing jamoatchilikning intellektual va ijtimoiy resurslarini birlashtirish orqali dolzarb ijtimoiy masalalarga yangicha va samarali yechimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu yondashuv fuqarolarning tashabbuskorligini rag‘batlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda “Mening fikrim”, “Open budjet”, “Fuqarolik jamiyati portali” kabi raqamli platformalarning ishga tushirilishi kraudsorsing tamoyillarining amaliy ifodasi bo‘lib, ular ijtimoiy davlat g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim institutsional qadam sifatida baholanmoqda. Mazkur maqolada ijtimoiy davlat qurilishida kraudsorsing platformalarining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi, xalqaro va milliy tajriba asosida ularning ijtimoiy faollik, ishtirokchilik va samaradorlikka ta’siri o‘rganiladi. Shu orqali jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy masalalarning hal etilishida kraudsorsingning o‘rni falsafiy jihatdan yoritiladi. Bugun rivojlangan mamlakatlarda demokratiyaning muhim belgilaridan biri - davlat idoralari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi, ommaviy axborot vositalarining so‘z erkinligidagi mustaqilligidir. Xususan, O‘zbekistonda ham davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorlik samaradorligini oshirishning innovatsion-zamonaviy, mexanizmlari hamda usullarini keng joriy qilishga erishilmoqda. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida yirik tashkilot va davlat idoralarida 584 ta matbuot xizmati tashkil etildi. Jumladan, boshqaruv organlari o‘z faoliyatida kraudsorsing elementlarini - fuqarolar bilan o‘zaro munosabatning zamonaviy usulini o‘zlashtira boshlanishini “Harakatlar strategiyasi”, “Taraqqiyot strategiyasi”, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalq muhokamasiga qo‘yilgani bilan
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 135 bog‘lashimiz mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bunday vositalarni xalqaro amaliyotda qo‘llash 20 yildan ortiq tarixga ega. Dastlabki, yirik kraudsorsing loyihalardan biri 2001 yilda vujudga kelgan – InnoCentive1 platformasidir. 1420 dan ortiq turli ijtimoiy-siyosiy masala va muammolarni hal qilishda qatnashgan, dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan 250 ming kishini jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan bu platformada 500,000 ga yaqin eng yaxshi mutaxassislar mavjud. Ularning 60% dan ortig‘i magistr, doktorlik yoki boshqa ilmiy darajalarga ega. Olinadigan noyob fikrlar (feedbeck) turli sohalardagi muammolarga yechim topishga imkon bermoqda. METODOLOGIYA O‘zbekistonda fuqarolar hamda ekspertlar hamjamiyatining davlat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, farmonlar, farmoyishlar va qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonlarida ishtiroki, avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan uzviy bog‘liqdir. So‘nggi yillarda davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining jadal joriy etilishi, shuningdek, yuqori lavozimli mansabdor shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqot mexanizmlarini sezilarli darajada takomillashtirdi. Natijada fuqarolarning davlat boshqaruvi subyektlari bilan bevosita aloqaga chiqishi, o‘z taklif va e’tirozlarini ochiq ifoda etishi uchun yangi institutsional va raqamli imkoniyatlar vujudga keldi. Bugun deyarli barcha davlat tashkilotlari muntazam ravishda jurnalistlar uchun brifinglar o‘tkazib jamoatchilik oldida o‘z hisobdorligini anglagan holda faoliyatini tashkil etmoqda. Aksariyat davlat idorlari rahbarlarining virtul qabulxonalari mavjud. Albatta davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining hozirgi holati yetarli darajada emas. Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv tizimining ochiqligi va samaradorligi yo‘lida qo‘llanilayotgan uslub va mexanizmlarni o‘rganish va amaliyotga keng joriy qilish lozim. Shuningdek, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan kraudsorsing konsepsiyasini to‘liq o‘rganish, undan foydalanish prinsiplarini mutaxassislar darajasida tizimli tahlil qilish va normativ-huquqiy hujjatlarda 1 https://www.innocentive.com/about-us/about/
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 136 rasmiylashtirishni taqqazo etmoqda. O‘zbekistonda kraudsorsingni davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga tizimli joriy etilishi deyarli kuzatilmadi. Garchand, ikki katta Strategiya, idoralararo loyihalar, davlat dasturlarining xalq muhokamasiga qo‘yilishida kraudsorsingni passiv amaliyotini kuzatish mumkin. Ijtimoiy davlat qurish sharoitida, elektron hukumatning barcha elementlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilar ekan, bu xalqaro tajribani tatbiq etishda dolzarb hisoblanadi. ADABIYOTLAR SHARHI Bizning fikrimizcha, ushbu zamonaviy texnologiyadan muvaffaqiyatli foydalanish uchun kraudsorsing mohiyati va davlat boshqaruvini takomillashtirishdagi o‘rnini aniqlab olish kerak. Ayniqsa, davlat boshqaruvi organlarining aholi bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan, uning afzalliklari va kamchiliklarini baholash lozim. Kraudsorsing - doimiy ravishda, davlat boshqaruvidagi zarur va muammoli masalalar bo‘yicha jamoatchilikka murojaat qilishning xalqaro tajribadagi muhim amaliyotlardan biridir. Dastlab, 1714 yilda Britaniya parlamenti geografik uzunlikni aniqlashning ishonchli usulini ishlab chiqish uchun mukofot ta’sis etadi (Longitude Prize of 1714). Sovrinning o‘zi dengiz xronometri yaratuvchisi Jon Xarrisonga yarim asr o‘tgach berilgan bo‘lsa-da, ushbu misol bu turdagi eng mashhur tarixiy pretseduralardan biridir. Olimpiada emblemasi uchun tanlov o‘tkazilishi, kraudsorsing yordamida hatto Islandiya Konstitutsiyasining yangi matni yaratilganligi (The New York Times, october 24, 2012) bularning barchasi aholining keng doiralarini jalb qilish uchun uzoq vaqtdan beri qo‘llanib kelinayotgan amaliyot ekanini isbotlaydi. Shakl jihatidan kraudsorsing autsorsingga o‘xshaydi, agar autsorsingda bunday faoliyat kompaniya tashqarisida professional ijrochilar tomonidan muayyan ish haqi hisobiga amalga oshirilsa, kraudsorsingda, odatda berilgan topshiriq bo‘yicha bildirilgan g‘oya, loyiha uchun ish haqi to‘lash ko‘zda tutilmaydi yoki faqat eng e’tiborli hamda o‘rinli takliflarga muayyan miqdorda mukofot berilishi mumkin. Bunda berilgan topshiriq shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bo‘sh vaqtini muayyan tadqiqot yoki
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 137 ishlanmaga sarflash xohishi bo‘lgan, ish haqi olishni ko‘zlamaydigan havaskorlar va mutaxassislar tomonidan bajariladi. NATIJALAR Innovatsion rivojlangan davlatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib ixtisoslashgan saytlarda loyihalarni amalga oshirishning kraudsorsing modellari amaliyotga tadbiq etilgan. Bu jamoatchi ekspertlarning maqsadli doirasini sezilarli darajada kengaytiradi, muammolar yechimi va ish samaradorligini oshiradi. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan an’anaviy ravishda o‘z xodimlari yoki tor doiradagi mutaxassislarga, takomillashtirish maqsadida topshirilgan loyihani kraudsorsing platformasi foydalanuvchilarning keng jamoatchiligiga ochiq murojaat shaklida, taklif va mulohazalar uchun joriy qilinsa bu innovatsiyalar shakliga aylanadi. Agar O‘zbekistonda ham kraudsorsing platformalari sohalar va hududlar kesimida yaratilsa ular ijtimoiy davlat qurishda muvafaqqiyatli innovatsion loyihalardan biri bo‘lishiga ishonish mumkin. Chunki, bugun respublikada 27 mlndan ortiq faol internet foydalanuvchilari ega (Xalq so‘zi - 11 yanvar 2022). Shu bilan bir qatorda, vikipediya saytida o‘zbek tilidagi 292 476 dan ortiq, 62907 ta ko‘ngillilar tomonidan yozilgan maqolalar mavjud (Oʻzbekcha Vikipediya. 10 may 2025). Bu esa fuqarolarimizning ilm-fanga, jamiyat rivojiga befarq emasligini ko‘rsatadi. Taraqqiy etgan, mamlakatlarda kraudsorsingdan foydalanishning muhim va juda ommabop yo‘nalishi bu davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari, boshqaruv qarorlarini ommaviy muhokama qilish, korrupsion holatlar bo‘yicha ma’lumotlar berish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining strategik dasturlarini takomillashtirish qo‘llaniladi. Ushbu amaliyot O‘zbekistonda qonun loyihalarini tayyorlashda qo‘llanilmoqda va internetda keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmoqda. Shu o‘rinda aytish joizki, jamoatchilikka murojaat qilish muammoning aniq yechimini mutloq kafolatlamasligi ham mumkin, lekin ko‘plab holatlarda muammoni yechimini topish ehtimollik darajasi ortadi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 138 Har qanday texnologiya singari, kraudsorsing texnologiyasining ham kamchiliklari va cheklovlari mavjud, ular hisobga olinishi lozim. Kraudsorsing loyihalarini amalga oshirish, munozarali ishtirokchilarning keng doirasini jalb qilishga asoslangan bo‘lib, ular o‘z vaqtlarini sarflashlari va jamoatchilik muhokamalarida qatnashish uchun g‘oyalar va takliflarni yaratishlari kerak. Shu munosabat bilan loyiha ishtirokchilarini rag‘batlantirish vazifasi paydo bo‘ladi. Shu o‘rinda, kraudsorsing platformalarini yaratilishi fuqarolarga ham quyidagi imkoniyatlar beradi: - O‘rinli taklif, soha samaradorligiga hissa qo‘shgan tashabbus mualliflariga moddiy rag‘batlantirish berilishi; - turli muammolarni hal qilishda shaxsiy qiziqish yoki uning katta ijtimoiy ahamiyati, foydalanuvchilar uchun qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati; - Tashabbuskorning qaysidir tashkilotda ish faoliyatini boshlashda uning kreativligi (rezyumisida u qatnashgan loyihalar ko‘rsatiladi) ko‘rinadi. Rossiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, fuqarolar o‘zlarining manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan qonun loyihalarini shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat apparati faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilishda juda faol bo‘lib, jamoaviy tashabbuslar federal okruglar, regionlar hamda tarmoq sohalar kesimida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan(https://www.roi.ru/poll/ 2021. Aprel 8). Rivojlangan davlatlar amaliyotida, kraudsorsing loyihalarini amalga oshirish tajribasi, innovatsion loyihalar, turli tashabbuslar ishtirokchilari uchun shaxsiy turtki berishning yana bir turini ta’minlaydi: qo‘yilgan muammolarni muvaffaqiyatli hal qilganligi uchun olingan mukofotlarni shaxsiy rezyumega qayd etib o‘tish, yaxshi ustunliklar hamda ish beruvchilar e’tiborini jalb qilishga yordam beradi. Davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy masalalarda fuqarolar bilan muloqotiga sabab bo‘luvchi loyihalari aholi orasida juda faol muhokamalarga olib boradi, chunki ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni jarayon, hokimiyat faoliyatini takomillashtirishda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Hokimiyat organlari va aholi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonida kelib tushayotgan takliflarni
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 139 hisobga olish bo‘yicha aniq tartibga solinadigan shaffof mexanizmlarning mavjudligi elektron hukumatning yangi elementlariga bo‘lgan ishonchni va moddiy shakllarni ko‘zlamaydigan kraudsorsing platformalari ishtirokchilarining faolligini oshiradi. 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi va hududiy Xalq qabulxonalariga 6 272 804 murojaatlar kelib tushgan. Bu murojaatlar tarkibida ko‘plab takliflar ham mavjud. Ular qaysidir tuzilma faoliyati doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan o‘zgarishlarga ham turtki bo‘lmoqda. Agar tarmoq va hududiy kraudsorsing platformalari keng joriy etilsa, mavjud byurokratiya qisqarib, Xalq qabulxonalarining ish hajmi kamayishi va optimallashtirilishi, buning natijasida shart-sharoitga yo‘naltirilgan byudjet xarajatlari qisqartirilishiga erishish mumkin. Kraudsorsing loyihalarida qatnashishga undash, an’anaviy rag‘batlantirish bo‘lib, ayniqsa tijorat loyihalari uchun odatiy hol hisoblanadi. Jumladan, 2020 yil may oyiga qadar InnoCentive platformasida amalga oshirilgan loyihalar doirasida o‘rinli fikr-mulohazalar uchun 35 million AQSh dollari miqdorida haq to‘langan (innocentive.com 2022. May 3). Innovatsion g‘oyalarni kraudsorsing platformasidan izlash jarayonida resurslarni taqsimlash va kraudsorsinga xos bo‘lgan muhim muammoni hal qilish usullarini aniqlash lozim ya’ni, ko‘p miqdorda kelgan taklif va mulohazalarni tahliliy qayta ekspertizasini tashkil etish zarur. Ushbu muammoni kam baholash loyihaning haqiqiy muvaffaqiyatsizligiga olib kelishi mumkin. Kraudsorsing fuqarolar va davlat organlarining o‘zaro aloqasi uchun yaratilgan elektron platformalarda xususan, Berlin, Tokio, London, Moskva meriyasi tomonidan ishlab chiqilgan platformalarda muloqotning ommaviyligi fuqarolar yoki davlat idoralari tomonidan ko‘tarilgan masalalar va muammolar bo‘yicha tezkor, aniq choralar ko‘riladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari faoliyatiga tatbiq etish darajasi bunday xizmatlarni elektron hujjat aylanishi tizimlari bilan birlashtirib, tezkor javob berish va fuqarolarning murojaatlariga javoblar ustidan aniq idoralararo nazoratni tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek, ayni platformalarni shakllantirilishi byudjetni rejalashtirishda ma’sullarga ayrim ma’lum
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 140 bo‘lmagan, zarur byudjet parametrlarni qayd etishga imkon beradi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari ishtirokidagi keng jamoatchilik ko‘magi mavjud rejalarni tuzatishga va muammoni tezroq hal qilishga yordam ko‘rsatadi. Bir martalik loyihalarni amalga oshirish yoki jamoat muhokamasi uchun vositalarni joriy etishning dastlabki bosqichlarida maxsus platformalarni yaratish shart emas. Xalqaro amaliyotda kraudsorsing sohasidagi professional vositachilar – bilim brokerlariga murojaat qilish qulay va samaraliroq ekanligini ko‘rish mumkin. Vositachi kompaniyalar jamoatchilik muhokamasini tashkil etish va rag‘batlantirish, bilimlar bazasini shakllantirish, kelib tushayotgan takliflarni baholash va saralash uchun tasdiqlangan texnologiyalardan foydalanadilar. Asosan ular beriladigan gonorarning 10 foiziga egalik qilishadi. Kraudsorsing loyihalarini ko‘p holatlarda izchillik yo‘qligi uchun tanqid qilinadi va ishonchsiz qaraladi. Bunday qarash shakllanishiga amalda uyushmagan va keraksiz ijrochilar ommasiga murojaat qilinganligi hamda takliflar bazasini soha mutaxassislari ekspertizadan o‘tkazmaganligi sabab bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarni hozirgi vaqtdagi eng dinamik axborot tizimlaridan biri deb aytish mumkin, xususan, u kraudsorsing jarayonida qator qo‘shimcha afzalliklarni beradi. Ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarni tezroq tarqatish uchun foydali bo‘lib, ko‘plab munozara ishtirokchilarini aniqlashga va shu asosda qo‘shimcha xulosalar chiqarishga imkon beradi. Masalan, olis hududlarni rivojlantirish dasturlarini shaklantirishda, takliflarni ayni hudud vakillari bilan bir qatorda shu sohadagi mutuxassislardan olish hamda mualliflarining geografik joylashuvi asosida ayrim mintaqalarda tovar va xizmatlarga iste’molchilarning maqsadli guruhlarini aniqlash mumkin. XULOSA. Kraudsorsing platformalari ijtimoiy davlat barpo etish jarayonida fuqarolarning faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va qarorlar qabul qilishda ochiqlikni ta’minlashda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistonda bu boradagi dastlabki tashabbuslar — “Mening fikrim”, “Ochiq budjet” kabi loyihalar — davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqdi. Tadqiqot shuni
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 141 ko‘rsatadiki, kraudsorsing faqat texnologik innovatsiya emas, balki ijtimoiy-falsafiy tamoyillarga asoslangan yangi boshqaruv modeli sifatida ijtimoiy davlat konsepsiyasini amalga oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Fikrimizcha, kraudsorsing muhokamaning ochiqligini ta’minlash uchun uning ko‘lamini cheklamaslik zarur. To‘g‘ri buning natijasida keraksiz fikr-mulohazalar oqimi katta bo‘ladi, lekin shu qatorda muammoning yechimlari ham ko‘rsatib o‘tilishi tayin. Bunda, tijoriy hamda davlat sirlariga aloqador bo‘lgan, maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan masalalarni istisno qilinadi. Aholi orasida elektron xizmatlarning ommabopligi va internet-saytlardagi munozara ishtirokchilarining faolligi, munozaralarda ishtirok etish qulayligi kraudsorsing platformalarining faoliyati muvafaqqiyatli amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi. Aholini ijtimoiy foydali faoliyatga ko‘ngilli ravishda undash oson bo‘lishi uchun, ular o‘z uyidan chiqmasdan kompyuter yoki telefon orqali qiyinchiliklarsiz takliflarini bildirishi lozim. Agar fikr-mulohaza yoki shikoyat yozish uchun murakkab protseduralardan o‘tish kerak bo‘lsa, bu holatda kraudsorsing texnolgiyalari foydali bo‘lmasligi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bularning barchasi, internet ijtimoiy hayotning real sektoriga o‘tishini rag‘batlantiradi. Bugungi kunda, respublikamizdagi ba’zi vazirlik va idora rahbarlari dastlab o‘z faoliyatiga kirishish bosqichida ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga murojaat yo‘llab, ayni tizimni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar so‘rayotganiga guvoh bo‘lamiz, yana ba’zi bir yosh rahbarlar telegram messenjeri orqali ovozli chat uyushtirib jamoatchilik fikrini o‘rganmoqda, albatta bu ijobiy qabul qilinayotgan jarayon hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, bu amaliyotlar davomli bo‘lishi hamda hududlar kesimida ham amalga oshirilishi lozim. Shu bilan bir qatorda, to‘laqonli aynan messenjer yoki ijtimoiy tarmoqda emas balki, ayni sohada tashkil qilingan kraudsorsing platformalarida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu o‘rinda aytish lozimki, jamoatchilik bilan aloqa mexanizmlarini yanada takomillashtirish, zamonaviy aloqa imkoniyatlaridan davlat boshqaruvi organlari faoliyat samaradorligini bosqichma-bosqich oshirishda foydalanish bugungi zamon ta’labi bo‘lib qolmoqda. Elektron hukumatni yangi bosqichga olib chiqish oraqali