scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA INGLIZ TILI O'QITUVCHILARI UCHUN SAMARALI MULOQOT STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISH: BROWN METODIKASI ASOSIDA TAHLIL

Qurbonova Maftuna Faxriddinovna Alfraganus universiteti Pedagogika va Psixologiya kafedrasi v.b professori Mirzayeva Gulshan A zamatovna Guliston Davlat Universiteti 1 bosqich tayanch doktoranti

Abstract

Ushbu maqolada bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarining muloqot ko’nikmalarinishakllantirishning nazariy va amaliy usullari muhokama qilinib bu jarayongazamonaviy pedagogik va raqamli yondashuvlar ta’siri ilmiy tahlil qilinadi. Globalta’lim muhiti o‘zgarayotgan bir sharoitda Y, Z va Alpha avlod talabalari psixologikxususiyatlari, raqamli kompetensiya talablari hamda kommunikativ-ijtimoiiyfaollikning ta’lim jarayoniga ta’siri D.Brown, Chomksy va Vygotskiy konseptsiyalariasosida ko‘rib chiqiladi.

Full text

120 RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN SAMARALI MULOQOT STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISH: BROWN METODIKASI ASOSIDA TAHLIL Qurbonova Maftuna Faxriddinovna Alfraganus universiteti Pedagogika va Psixologiya kafedrasi v.b professori Mirzayeva Gulshan A zamatovna Guliston Davlat Universiteti 1 bosqich tayanch doktoranti [email protected] Annotatsiya Ushbu maqolada bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarining muloqot ko’nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy usullari muhokama qilinib bu jarayonga zamonaviy pedagogik va raqamli yondashuvlar ta’siri ilmiy tahlil qilinadi. Global ta’lim muhiti o‘zgarayotgan bir sharoitda Y, Z va Alpha avlod talabalari psixologik xususiyatlari, raqamli kompetensiya talablari hamda kommunikativ-ijtimoiiy faollikning ta’lim jarayoniga ta’siri D.Brown, Chomksy va Vygotskiy konseptsiyalari asosida ko‘rib chiqiladi. Annotation This article examines the theoretical and practical approaches to developing communication skills in future English language teachers. It provides a scientific analysis of modern pedagogical and digital approaches, as well as the influence of psychological characteristics and digital competence requirements of Generation Y, Z, and Alpha learners on the learning process. The study interprets mechanisms of communicative competence formation based on D. Brown’s communicative 121 approach, N. Chomsky’s theory of linguistic competence, and L. Vygotsky’s sociocultural development concept. Аннотация В данной статье рассматриваются теоретические и практические методы формирования коммуникативных навыков у будущих преподавателей английского языка. Проводится научный анализ влияния современных педагогических подходов, цифровых технологий обучения, а также психологических особенностей и требований цифровой компетентности обучающихся поколений Y, Z и Alpha на образовательный процесс. Механизмы формирования коммуникативной компетенции интерпретируются на основе коммуникативного подхода Д. Брауна, теории языковой компетенции Н. Хомского и социокультурной концепции развития Л. Выготского. Kalit so‘zlar: muloqotchanlik, bo‘lajak pedagog, kommunikativ kompetensiya, raqamli pedagogika, integrativ yondashuv,Kembrij yondashuvi, Fin modeli, Singapur pedagogikasi. Introduction Bugungi rivojlanib borayotgan global muhitda ta’lim jarayonini uzviy va samarali tashkil etish jahon miqyosida eng ko’p muhokoma etilayotgan dolzarb mavzulardan biridir. Sababi, bugungi ta’lim oluvchilarY (Millennials), Zed va Alpha avlod vakillari — avvalgi avlodlardan tubdan farq qiluvchi psixologik xususiyatlar, kognitiv jarayonlar va kommunikativ ehtiyojlarga ega. Ularning ustunliklari sifatida tezkor axborot qabul qilish, raqamli texnologiyalarni mukammal o‘zlashtirish, multitaskingga moyillik va ochiq muloqotga intilish kabi jihatlar ko‘rsatilsa, kamchiliklari sifatida esa diqqatning tez chalg‘ishi, mavhum tafakkur jarayonlarining sekin shakllanishi, chuqur tahlilga kam vaqt ajratish va ijtimoiy-emotsional muloqotning qisqarishi qayd etiladi. Bugungi talabalar ko‘proq vizual, interaktiv va 122 multimodal o‘quv resurslarini talab qiladilar. Shu boisdan ham zamonaviy pedagogika ularning psixologik profillariga mos ravishda raqamli vositalar, kommunikativ topshiriqlar, kollaborativ platformalar va interaktiv metodlardan foydalanishni zarur deb hisoblaydi. Ayniqsa, muloqotchanlikni rivojlantirish jarayonida yangi avlod vakillarining texnologiyaga yuqori qiziqishi ta’lim samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak pedagoglarda muloqotchanlikni shakllantirish turli pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘un holda talabalarning kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtiradi. Nutq faoliyati, kommunikativ muhit va didaktik o‘zaro ta’sirning tabiati bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik muloqot o‘qitishning asosiy mexanizmlaridan biridir. Shu bois pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish global ta’lim paradigmasining eng muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. UNESCO ta’kidlaganidek, ta’lim “o‘zaro tushunish, madaniy muloqot va hamkorlikka tayyorlik”ni shakllantirishni talab etadi (UNESCO, 2015). Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shuni takidlash joizki, muloqot ko’nikmalarini rivojlantirish, talabalarning ruhiy sotsial ,emotsional holati ularning muloqot jarayonini tashkil etishda juda muhim ekanligi bir qator olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Jumladan, Vygotskiyning sotsiokultural nazariyasi muloqotning ta’lim jarayonidagi o‘rnini chuqur yoritadi. Uning fikricha, insonning intellektual rivojlanishi avvalo ijtimoiy muloqot jarayonida shakllanib, keyinchalik ichki nutqga aylanadi (Vygotsky, 1978). Bu bo’lajak pedagoglar uchun ayniqsa dolzarbdir, sababi xorijiy tillarni o’rganish jarayonida pedagogic faoliyatni samarali tashkil etish dialogik tamoyillar asosiga quriladi va diaologik o‘qitish jarayoni talabalarning muloqotchanligini tabiiy ravishda rivojlanitiradi. Yana bir Amerikalik tilshunos Noam Chomskyning fikriga ko’ra, kompetensiya – bu insonning ichki til qobiliyati, performans esa shu qobiliyatning real muloqot 123 jarayonida namoyon bo‘lishidir (Chomsky, 1965). Bo‘lajak pedagoglar uchun bu shuni anglatadiki, ular nafaqat tilni bilishi, balki uni real kommunikativ vaziyatlarda samarali qo‘llay olishi zarur. H.Brownning “Teaching by principles:An interactive approach to language pedagogy“ kitobi Ingliz tili o’qituvchilari uchun to’laqonli yo’l xaritasi vazifasini bajaradi. Uning talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim haqidagi tamoyillari ham muloqotchanlikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.Olim o’z asarida xorijiy tillarni o’qitishning eng samarali va oson usullarni sanar ekan o’qituvchining roli haqida ham alohida to’xtalib o’tgan. Uning ta’kidlashicha, o‘qituvchi muloqot jarayonini boshqaruvchi emas, balki uni yo‘naltiruvchi fasilitator sifatida faoliyat yuritishi kerak. Chunki haqiqiy o‘rganish aynan ijtimoiy o‘zaro ta’sir orqali yuzaga keladi (Brown, 2001). Shu bois bo‘lajak pedagoglar uchun interaktiv metodlar, bahsmunozara, rolli o‘yinlar, guruhda ishlash, kollaborativ topshiriqlar kabi yondashuvlar ularning muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. CLIL yondashuvi ham kommunikativ ko‘nikmalar rivojlanishiga xizmat qiladi. Coyle (2010) ta’kidlaganidek, CLIL “mazmun orqali tilni, til orqali mazmunni o‘rganishga imkon beradigan integrativ jarayon” bo‘lib, talabalarning muloqotchanlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantiradi. Bo‘lajak pedagoglar uchun bunday yondashuv ikki yo‘nalishda muloqotchanlikni kuchaytiradi: fan mazmunini tushuntira olish va o‘quvchilar bilan samarali dialog tashkil etish. CLIL bilan bir qatorda raqamli pedagogika tushunchasi ham keng ommalashib bormoqda. Raqamli pedagogika va raqamli pedagogik sharoit muhitida bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarid muloqot ko’nikmalarini shakllantirish ham bir qator tamoyillar asosida tashkil etiladi :Raqamli pedagogika sharoiti -muloqotning yangi shakllanib borayotgan formati bo’lib, unda bo‘lajak pedagoglardan onlayn muloqot, raqamli etikaga rioya qilish, virtual muhitda talabalarning faolligini boshqarish kabi 124 kompetensiyalarni talab etadi. Raqamli pedagogika kontekstida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni yanada samarali kechadi. Chunki raqamli vositalar, xususan, onlayn kollaborativ platformalar (Padlet, Flip, Zoom Breakout Rooms, Google Classroom), real vaqtli muloqot imkoniyatlari va multimodal kontent muloqotchanlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Raqamli vositalardan foydalanish jarayoni o‘qituvchilarda raqamli kommunikativ kompetensiyani shakllantiradi; bu kompetensiya zamonaviy ingliz tili o‘qituvchisi uchun muhim kasbiy kompetensiyalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, ilg‘or ta’lim tizimlari – Kembrij yondashuvi, Fin modeli, Singapur pedagogikasi – ham muloqotchanlikni yetakchi kompetensiya sifatida e’tirof etadi. Ushbu tizimlarning barchasida dialogik ta’lim, o‘quvchi markazlilik, konstruktiv yondashuv va interaktiv o‘zaro ta’sir asosiy prinsip sifatida belgilangan. O‘zbekiston olimlarining tadqiqotlarida ham innovatsion, integrativ va kommunikativ metodlar bo‘lajak pedagoglarda muloqotchanlikni samarali shakllantirishini ko‘rsatadi (Xodiyev, 2021) Ular orasida raqamli pedagogika tamoyilining mavjud bo’lishi sohada ko’zda tutilgan samarali o’zgarishlarga asos bo’lib xizmat qiladi. Xulosa Yuqoridagi ilmiy asoslar shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak pedagoglarda muloqotchanlikni shakllantirish murakkab, ammo tizimli jarayondir. Unda psixologik, sotsial, lingvistik va didaktik omillar bir butun holda amal qiladi. Zamonaviy yondashuvlar – konstruktivizm, kommunikativ ta’lim, CLIL, interaktiv metodlar, raqamli pedagogika – ushbu jarayonni samarali boshqarishning asosiy vositalaridir. Shu bois, pedagogik ta’lim jarayonida zamonaviy metodlarni uyg‘un qo‘llash bo‘lajak pedagoglarda kasbiy muloqotning barcha shakllarini – og‘zaki, yozma, raqamli hamda ijtimoiymadaniy muloqotni rivojlantiradi. 125 Foydalanilgan adabiyotlar Brown, H. D. (2001). Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy (2nd ed.). Longman. Chomsky, N. (1965). Aspects of the Theory of Syntax. MIT Press. Council of Europe. (2020). Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment – Companion Volume. Council of Europe Publishing. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.