BADIIY MATNNI TAHLIL QILISHDA MAKON VA ZAMON BIRLIGI TAMOYILI HAQIDA
Abstract
Mazkur maqolada badiiy matn til vositalaridan tarkib topuvchi matn ekanligi hamda uning nutq hodisasi ekanligi haqida, shu bilan birga, badiiy tahlil – matn tahlilining murakkab turlaridan biri ekanlagi borasida, matnni tahlil qilish metodologiyasi va matnni tahlil qilish jarayoninda makon va zamon birligi tamoyili – bu asarda tasvirlangan voqealar bir vaqtning oʻzida, bir joyda va bir qismdan iborat boʻlishi kerak degan qoida ekanligi haqida so‘z boradi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 216 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17983481 BADIIY MATNNI TAHLIL QILISHDA MAKON VA ZAMON BIRLIGI TAMOYILI HAQIDA Aytbayev Dilshodxuja Temirbayevich Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Norboboyeva Habiba Abdimannon qizining Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 5A111701 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ta’lim yo‘nalishi 1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Mazkur maqolada badiiy matn til vositalaridan tarkib topuvchi matn ekanligi hamda uning nutq hodisasi ekanligi haqida, shu bilan birga, badiiy tahlil – matn tahlilining murakkab turlaridan biri ekanlagi borasida, matnni tahlil qilish metodologiyasi va matnni tahlil qilish jarayoninda makon va zamon birligi tamoyili – bu asarda tasvirlangan voqealar bir vaqtning oʻzida, bir joyda va bir qismdan iborat boʻlishi kerak degan qoida ekanligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy asar, til vositalari, badiiyat hodisa, matnning adabiy tahlili, metodologiya, shakl va mazmun birligi tamoyili, makon va zamon birligi tamoyili, xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili, badiiy vaqt, lingvopoetika. АННОТАЦИЯ В данной статье говорится о том, что художественный текст – это текст, составленный языковыми средствами, и что он является речевым
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 217 явлением, в то же время, что художественный анализ – один из сложных видов анализа текста, методология анализа текста и принцип единства пространства и времени в процессе анализа текста-это то, что события, описанные в произведении, происходят одновременно, в одном месте и в одной части. он говорит о том, что это правило, которое должно состоять из. Ключевые слова: художественный текст, художественное произведение, средства языка, художественное явление, литературный анализ текста, методология, принцип единства формы и содержания, принцип единства пространства и времени, принцип перехода от частного к общему, художественное время, лингвопоэтика. ANNOTATION This article tells about the fact that an artistic text is a text composed of language tools, and that it is a speech phenomenon, and at the same time, artistic analysis is one of the complex types of text analysis, the methodology of text analysis and the principle of unity of space and time in the process of text analysis is the rule that the events described Keywords: artistic text, fiction, tools of language, artistic phenomenon, literary analysis of the text, methodology, principle of unity of form and content, principle of unity of space and time, principle of transition from private to general, artistic time, linguopoetics. Badiiy asar haqida gap ketganda, avvalo, uning badiiy kommunikatsiya (badiiy muloqot) vositasi ekanligiga to‘xtash joiz. Ma’limki, muloqot paytidagina til hodisasi nutq hodisasiga aylanadi. Adabiy badiiy asar til vositalaridan tarkib topuvchi matn ekan, demak, u ham mohiyat e’tibori bilan nutq hodisasidir. Zero, adabiy badiiy asar muloqot asosida dunyoga keladi, ya’ni ijod jarayoni mohiyatan muloqotdir. Ko‘ramizki, badiiy matn muddati kechiktirilgan badiiy muloqot, badiiy asar esa shu muloqotning amalga oshrilishini ta’minlovchi vosita. Demak, ijodkor va o‘quvchi
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 218 orasidagi badiiy muloqotni amalga oshirishga xizmat qilgani uchun ham badiiy asar badiiy muloqot vositasi deb tushuniladi. Badiiyat hodisasi faqat ikki ong tutashgan nuqtadagina mavjud bo‘ladi [1]. Ya’ni badiiy asar o‘qish jarayonidagina badiiyat hodisasiga aylanadi, o‘qilmagan payitda u bir jism – qog‘oz, muqova va rangdan iborat narsa xolos [12]. Badiiy adabiyot va san’at badiiy asar shaklida yashaydi, shunga ko‘ra, badiiy asar adabiyot va san’atning yashash shakli hisoblanadi. Badiiy asar deb badiiy adabiyotga mansub bo‘lgan har qanday asarni tushunamiz, ya’ni “badiiy asar” deganda, biz “adabiy badiiy asarni” nazarda tutamiz. Badiiy asar bu – insonning go‘zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati. Yozuvchi asar yozar ekan, shu asari ichida o‘zi yashaydi. Badiiy asar yaratishda uning kompozitsiyasi, mavzusi, g‘oyasi yetakchi o‘rinda turadi. Endi badiiy asarning g‘oyasi va mavzusi haqida batafsil to‘xtalamiz. Shakl va mazmun kompotentlari ichidan mavzu va g‘oya mazmunga kiradi. Mavzu va g‘oya bir-biridan ayri holda bo‘lmaydi. Chunki mavzu g‘oyaviy jihatdan aniqlangan, g‘oya esa mavzu rivoji natijasida ochilgan bo‘ladi [3; 97]. Badiiy tahlil – matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi, chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir. Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan qahramonlar hayotining ma’lum davridagi voqealar tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy-ijtimoiy, madaniy va axloqiy hayoti o‘z aksini topadi. Matnning adabiy tahlilida quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish lozim: badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqealik va shu voqealikka yozuvchining munosabati aniqlanadi; tahlilda asarning mazmuniga ham, shakliga ham e’tibor berish va mazmunining yetkachi rolini ta’kidlab o‘tish zarurligi; asar tahlilida obrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bog‘liq holda o‘rganilganligi; asar syujeti va kompozitsiyasini o‘rganish ham adabiy tahlilning asosiy vazifasi ekanligi hamda badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozitsiya, muayyan g‘oyani ifodalaydi. Mavzu va g‘oyaning aktualligi, binobarin, xalqchilligi, mazmun va shaklning o‘zaro mosligi, obrazning tipikligi va
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 219 haqqonliyligi, syujet va kompozitsiyaning pishiqligi, badiiy tilning tasviriyligi va ekspressivligi adabiy tahlil jarayonida aniqlanadi. Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnning sharxlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositalarining asarning g‘oyaviy va estetik mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharxlashga lingvistik aspekt asosiy o‘rinni egallaydi. U traditsion adabiy tahlilda ham yetakchi sanaladi, chunki u matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositalarini o‘rganishga ko‘maklashadi [7; 278-281]. Endi matnni tahlil qilish metodologiyasiga e’tiborimizni qaratmoqchimiz. “Metodologiya” yunon tilidan olingan bo‘lib, metodos – yo‘l, usul va logos – ta’limot demakdir. Metodologiya tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot. Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi – umumiy bilish metodi ham deb ta’riflanadi. Metodologiya metodlarga va, umuman, voqelikka qanday yondashish yo‘lini o‘rgatadi [4; 461]. Shundan kelib chiqib, ham lingvist, ham adabiyotshunos olim M.Yo‘ldoshev o‘zining “Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari” asarida badiiy matnni tahlil qilish jarayonini quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko‘rilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi [15] degan fikrlarni bildiradi: shakl va mazmun birligi tamoyili; makon va zamon birligi tamoyili hamda xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili [10; 151]. Olimning bu nazariyasiga asoslangan holda biz boshlang‘ich sinf O‘qish savodxonligi (O‘qish) darslarida badiiy asarni tahlil qilish tamoyillarini ishlab chiqdik [12]. Tadqiqot obyektimiz badiiy matnni tahlil qilish jarayoninda makon va zamon birligi tamoyili bo‘lganligi sababli biz ikkinchi tamoyilni tahlil qilishni afzal ko‘rdik. Badiiy matnni tahlil qilishda makon va zamon birligi tamoyili – bu asarda tasvirlangan voqealar bir vaqtning oʻzida, bir joyda va bir qismdan iborat boʻlishi kerak degan qoida. Ushbu tamoyilga koʻra, dramatik asarlarda ssenariyning bir kun ichida, bir xonada, bir voqea atrofida rivojlanishi nazarda tutiladi. Bunday birlik asarning
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 220 yaxlitligini taʼminlaydi, tomoshabin uchun voqeani tushunishni osonlashtiradi va asarning taʼsirchanligini oshiradi [14]. Badiiy matn ham shaklan, ham mazmunan mutlaqo o‘ziga xos bo‘lgan murakkab va serqatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun qanchalik muhim bo‘lsa, shakl ham shunchalik favqulodda ahamiyatlidir. Ba’zan shakl, hatto, mazmun darajasiga ko‘tarilishi, mazmun maqomini olib, haqiqiy mazmunning qimmatiga daxl qilishi ham mumkin. Badiiy matnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida, eng avvalo, ana shu jihat, ya’ni shakl va mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida nazarda tutilishi lozim. Shakl va mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi muallif badiiy niyatining aniq va to‘la namoyon bo‘lishi uchun jiddiy zamindar [11]. Badiiy matnning til xususiyatlari tekshirilayotganida undagi har bir hodisaga makon va zamon birligi tushunchasini hisobga olib yondashish kerak. Har qanday badiiy matn makon va zamon bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Makon va zamon tushunchasi badiiy asargagina xos belgi emas. U har qanday matn ko‘rinishiga taalluqlidir. Ushbu tamoyil asosida tahlil olib borilayotganda matn yozilgan davr, matnda ko‘tarilgan mavzu va matn birliklarining tabiatiga qarab diaxron va sinxron aspektlardan biri tanlanishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish savodxonligi” darslarida badiiy matnni tushunish va tahlil qilish asosiy maqsadlardan biridir. Matnni o‘rganish jarayonida undagi voqelarning qayerda (makon) va qachon (zamon) sodir bo‘lganini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu tushunchalar yordamida matnni tahlil qilish yanada samarali kechadi va o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash shakllanadi. Makon va zamon matndagi voqealarning qaysi joyda va qachon sodir bo‘lganini tushunishga yordam beradi. Har qanday matn o‘zining davri va joyi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bu tushunchalar asardagi qahramonlar, ularning harakatalari va muhit tasviri orqali o‘quvchilarga yetkaziladi. Masalan: Vatanga bo‘lgan muhabbatni oshiruvchi, biz tug‘ilib o‘sgan joyimiz, makonimiz – Vatanimiz ekanligini ta’svirlovchi asarlar sirasiga Xurshid Davronning “Yagonadir Vataning sening!” asari misol bo‘la oladi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 221 Unda “Donishmandlardan biri: “Vatan – bu sening kindik qoning tomgan tuproq”, – desa, ikkinchisi: “Vatan – bu sen suygan odamlar manzili!” – deydi. Boshqasi: “Vatan – millat xotirasi”, – deb zavqlanadi” deya ta’riflar keltirilgan[9; 7]. Badiiy makon va vaqt har qanday badiiy asarning, shu jumladan, musiqa, adabiyot, teatr va boshqalarning ajralmas mulki hisoblanadi. Adabiy xronotoplar 1 , avvalo, syujet ahamiyatiga ega, ular muallif tomonidan tasvirlangan asosiy voqealarning tashkiliy markazlari. Shuningdek, xronotoplarning tasviriy ahamiyati shubhasiz, chunki ulardagi syujet voqealari konkretlashtirilgan hamda vaqt va makon hissiyotga xos xususiyat kasb etadi. Janr va janr navlari xronotop bilan belgilanadi. Adabiyotdagi barcha vaqt-fazoviy ta’riflar bir-biridan ajralmas va hissiy jihatdan rangbarang [6; 10]. Badiiy vaqt – bu adabiy asarda takrorlanadigan va tasvirlangan vaqt. Badiiy vaqt, obyektiv berilgan vaqtdan farqli o‘laroq, vaqtni subyektiv idrok etishning xilmaxilligidan foydalanadi. Insonning vaqtni anglashi subyektivdir. U “cho‘zish”, “chopish”, “uchish”, “to‘xtash” mumkin. Badiiy vaqt vaqtni ushbu subyektiv idrok etishni voqelikni tasvirlash shakllaridan biriga aylantiradi. Biroq, obyektiv vaqt ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Badiiy adabiyotda vaqt voqealar – nedensel 2 yoki assotsiativ 3 aloqalar orqali qabul qilinadi. Badiiy makon esa asarning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Uning matndagi o‘rni voqea sodir bo‘lgan joyni, syujet chiziqlari bog‘langan, belgilar ko‘chirilgan joyni aniqlash bilan cheklanmaydi. Badiiy makon, vaqt kabi, xarakterlarni axloqiy baholash uchun maxsus tildir. Belgilarning xatti-harakatlari ular joylashgan joy bilan bog‘liq. Bo‘sh joy yopiq (cheklangan) bo‘lishi mumkin – ochiq; haqiqiy (taniqli, haqiqatga o‘xshash) – haqiqiy bo‘lmagan; o‘zi (qahramon bu yerda tug‘ilib o‘sgan, 1 Xronotop (yunoncha “xronos” – vaqt, “topos” – joy) – adabiyotshunoslikda qoʻllaniladigan tushuncha boʻlib, badiiy asardagi vaqt va makonning uzviy bogʻliqligi, bir-biriga taʼsirini ifodalaydi, yaʼni qahramon hayotining maʼlum bir vaqt va makonda qanday aks etishidir; bu hodisa asar mazmunini ochishda, qahramon ruhiyatini tasvirlashda muhim rol oʻynaydi. 2 “Nedensel” (nedensellik) deganda biror narsaning sababini, ya’ni bir hodisaning boshqa hodisaga olib kelishini tushunamiz; har bir natijaning o'z sababi borligini, bir sababdan doimo bir xil natija kelib chiqishini bildiradi, bu esa fanda va falsafada muhim tushuncha bo'lib, sabab-oqibat bog'liqligini ifodalaydi. 3 Assotsiativ aloqalar – bu ongda yoki tilda bir-biriga bogʻliq boʻlgan fikrlar, tushunchalar, soʻzlar va tasvirlarning paydo boʻlishi, yaʼni bir narsani oʻylaganda ikkinchisining yodga tushishi; bu bogʻlanishlar umumiy mavzu, oʻxshashlik, qarama-qarshilik yoki biror tajriba orqali yuzaga keladi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 222 o‘zini qulay his qiladi, makonga munosib) – begona (qahramon chet ellik kuzatuvchidir, chet elga tashlangan, o‘zini topa olmaydi); bo‘sh (minimal obyektlar) – to‘ldirilgan. U har xil harakatlarga to‘la va harakatsiz, “harakatsiz” narsalar bilan to‘ldirilgan dinamik bo‘lishi mumkin. Koinotdagi harakat yo‘nalishli bo‘lganda, eng muhim fazoviy shakllardan biri – yo‘l paydo bo‘ladi, bu butun matnni tartibga soluvchi fazoviy dominantga aylanishi mumkin [6; 11]. Buni yirik so‘z san‘atkori Abdulla Qahhor hikoyasidan olingan quyidagi parcha asosida ko‘zdan kechiramiz: Qobil bobo ro‘para bo‘lganda amin og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin bag‘baqasini osiltirib kuldi. – Ha, sigir, yo‘qoldimi? – Yo‘q... sigir emas, ho‘kiz, ola ho‘kiz edi. – Ho‘kizmi?.. Ho‘kiz ekan-da! Himm... Ola ho‘kiz? Tavba!.. – Bori-yo‘g‘im shu bitta ho‘kiz edi... Amin chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi. – Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qandaqa ho‘kiz edi? – Ola ho‘kiz... – Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi? – Qo‘sh mahali... – Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi? – Bisotimda hech narsa yo‘q... – O‘zi qaytib kelmasmikin?.. Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig‘lanadi? A? Yig‘lanmasin! Qobil bobo yerga qarab tek qoldi [16]. Bu suhbat qayerda, qaysi davrda, qanday odamlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotganligini keltirilgan ushbu kichik parchadan ham bilsa bo‘ladi. Savol ham qisqa, javob ham. Savol berish tarzida kibr, mensimaslik, voqelikka arzimas bir narsaga qarayotgandek beparvo munosabat seziladi. Piching, kesatiq va masxara ohangi aniq aks etgan. Javobdan esa qahramonning soddaligi, faqirligi anglashiladi. Suhbat amin huzurida bo‘lib o‘tyapti. Shunga muvofiq rasmiy nutq elementlaridan foydalanilgan. Badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari tekshirilayotganda undagi har bir til hodisasiga makon va zamon birligi tushunchasini hisobga olib yondashish kerak. Chunki har qanday asar davr va makon bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ertak, hikoya va boshqa turdagi janrlarda voqealar afsonaviy joylarda sodir bo‘ladi va joyning tasviri hikoyaning mazmunini tushunishga, qahramon tushgan vaziyatni his etishga yordam beradi. Berilgan parchada: “Yuragim orqaga tortib ketdi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 223 Jiydazorda ajina borligi esimga tushib, talmovsirab qoldim. …G‘ira-shira ko‘roydinda sirli sukut cho‘kkan jiydazorga kirdim. Nazarimda, har bir daraxt orasida nimadir berkinib turgandak edi” [5; 64] – qahramonning haddan tashqari qo‘rqib ketgani makonni tasvirlashi bilan ifoda etilgan. Makon va zamon birligi til vositalari orqali qanday ifodalanishiag qo‘yidagicha javob berishimiz mumkin – makon va zamon birligi matnda ishlatilgan leksik-grammatik biriklari yordamida ifodalanadi. Bu birlik voqealarning davrini va makonini aniqroq tushunishga yordam beradi. Masalan: “Qadimgi shahar”– voqeaning tarixiy davrda sodir bo‘lganini bildiradi. “Ertalab quyosh chiqqanda”, “Quyosh endigina tog‘ ortidan ko‘tarilgan, hali o‘t-o‘lanlar yuzida shudring yaltiraydi. O‘tkir yuzini chala yuvganmi, uyqusi o‘chmagan, yengil shabadada ham eti junjikadi”[4; 10] – hodisalarning zamonini aniqlashga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun makon va zamon birligi tushunchasini o‘rganish ularning fikrlash qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilar asardagi qahramonlarning qayerda yashashganini aniqlaydi, shu bilan birga voqealarning qachon sodir bo‘lagnini ham tushunib oladi. Asarda ishlatilgan so‘zlar va tasvirlar orqali voqealarning davr va muhitini tasavvur qiladi. Masalan, o‘quvchilar tarixiy ertakni o‘qiyotganda voqealar qanday davrda sodir bo‘lganini muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishni o‘rganadilar. Bu esa ularning matnni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantiradi va bilim doirasini kengaytiradi. “O‘qish savodxonligi” darslarida bu kabi tahlillarni o‘tkazish bolalarning, nafaqat o‘qish qobiliyatini, balki tasavvur qilish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YIXATI 1. Abdulla Qahhor. O‘g‘ri (O‘tmishdan). https://tafakkur.net/ogri/abdullaqahhor.uzhttps://tafakkur.net/ogri/ abdulla-qahhor.uz. 2. Baxtin M. Вопросы литературы и эстетики. – M.: Художественная литература. 1975.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 224 3. Erkinova M.T. Badiiy asarda mavzu va g‘oya. Uzbek Scholar Journal. Volume – 28, May – 2024, – B. 97. 4. Hamidova M. “Arining qasosi”. O‘qish savodxonligi. 4-sinf. 3-qism. Aydarova U.B, Azizova N.K, Toirova M.E. Novda edutainment. – Toshkent, 2023. – B.10. 5. Hoshimov O‘. “Qoziq”. O‘qish savodxonligi. 4-sinf. 3-qism. Aydarova U.B, Azizova N.K, Toirova M.E. Novda edutainment. – Toshkent, 2023. – B. 64. 6. Mo‘minova A.A., Ibragimova N.T. Badiiy asarda zamon va makon tahlili. Innovative achievements in sciens 2022. Челябинский государственный институт культуры. – Челябинский, 2022. –B. 10. 7. O‘saraliyeva G.M. Badiiy matn va uni tahlil qilish metodologiyasi. Экономика и социум. №5(108)-2 2023. 278-281. 8. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. / 12 jildli. M harfi T.: “UME”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2004. – 461 b. 9. Xurshid Davron “Yagonadir Vataning sening!”. O‘qish savodxonligi. 4-sinf. 1qism. Toirova M.E. Novda edutainment. – Toshkent, 2023. – B. 7. 10. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvonoetik tahlili asoslari. – T.: Fan, 2007. – B.151. 11. https://abiturtest.uz/mavzular/badiiy-matnni-tahlil-qilish-tamoyillarihaqida/. 12. http://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/89. 13. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/adabiyot/badiiy-asar-haqida. 14. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/tilshunoslik/badiiy-matnni-tahlilqilish-metodologiyasi. 15. https://cyberleninka.ru/article/n/badiiy-matnda-so-roq-gaplar-lingvopoetikasi. 16. https://tafakkur.net/ogri/abdulla-qahhor.uzhttps://tafakkur.net/ogri/ abdulla-qahhor.uz.