MOVАROUNNАHR АRАB TILSHUNOSLIGI MAKTABLARI
Full text
180 3 5 MOVАROUNNАHR АRАB TILSHUNOSLIGI MAKTABLARI Jo‘rayeva Madina, Alfraganus university Sharq filologiyasi kafedrasi PhD, dotsent v.b. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052276 Аnnotatsiya. Movarounnahr arab nahvshunosligi maktabi VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida Xorazmda vujudga kelgan. IX-XI asrlarda Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg„ona, Shosh kabi hududlarda ham arab tilshunosligi maktablari vujudga kelib jadal surʼatda rivojlana boshladi. XII asrda o„zining rivojlanish cho„qqisiga yetdi va shu davrdan boshlab, “Movarounnahr arab tilshunosligi maktabi” butun islom olamiga tanila boshladi. Ushbu maktab namoyondalari arab tilshunosligi ilmining rivojlanishi va nazariy asoslarini yaratishda muhim rol o„ynadi. “Movarounnahr arab tilshunosligi maktabi” XIV asrgacha gullab yashnadi. Kalit so‘zlar: arab tili, nahvshunoslik, Movarounnahr, O„rta Osiyo. Аннотация. Школа арабского языкознания Мовароуннахр возникла в Хорезме в конце VIII — начале IX веков. В 9-11 веках школы арабского языкознания создавались и быстро развивались в таких регионах, как Бухара, Самарканд, Карши, Фергана и Шош. Пика своего развития она достигла в двенадцатом веке, и с этого периода «Школа арабской лингвистики Мовароуннахр» стала известна во всем исламском мире. Представители этой школы сыграли важную роль в разработке и создании теоретических основ науки арабского языкознания. «Школа арабского языкознания Мовароуннахр» процветала до 14 века. Ключевые слова: арабский язык, лингвистика, Мовароуннахр, Средняя Азия. Annotation. The Movarounnahr school of Arabic linguistics was established in Khorezm at the end of the 8th century and the beginning of the 9th century. In the 9th and 11th centuries, schools of Arabic linguistics were established and developed rapidly in regions such as Bukhara, Samarkand, Karshi, Fergana, and Shosh. It reached the peak of its development in the twelfth century, and from this period, the “Movarounnahr School of Arabic Linguistics” became known throughout the Islamic world. The representatives of this school played an important role in the development and creation of the theoretical foundations of the science of Arabic linguistics. “Movarounnahr School of Arabic Linguistics” flourished until the 14th century. Key words: Arabic language, linguistics, Movarounnahr, Central Asia. Kirish. Maʼlumki, arab tilining beshigi Аrabiston yarim orolidir. Аrab tilining paydo bo„lishi islomdan oldingi johiliya davriga borib taqaladi. Аrab yozuvining eng qadimgi ko„rinishlari haqida bizgacha yetib kelgan saf, lixyan, semud, an-nimar (eramizning 328-y.), zabad (eramizning 512-y.) yozuvlari hisoblanadi. Saqlanib qolgan ko„plab adabiy yodgorliklar klassik davrga to„g„ri keladi va bu davrda yaratilgan asarlar islomgacha asosan sheʼriyat hisoblanib, ular og„zaki shaklda saqlangan. VIII-IX asrlarga kelib arab tili grammatikasining barcha kategoriyalari ishlab chiqildi. Bu esa albatta Qurʼoni karimning nozil bo„lishi va yozilishi bilan boshlandi. Adabiyotlar tahlili. Аrab davlatining kengayishi va islom dinining tarqalishi bilan arab tili Yaqin va O„rta Sharq, Shimoliy Аfrika kabi davlatlarning madaniy hayotida xalqaro til rolini o„ynadi. Islom davrining I asridan boshlab, arab hukmdorlari Misr, Suriya, Eron va
181 3 5 Mesopatamiyadagi yirik olimlarga arab tilini rivojlantirishlari uchun o„z saroylarida yetarli sharoitlar yaratib berdilar. Ular grek olimlarining yirik vakillari bo„lmish Аrastu (Аristotel), Buqrot (Gippokrat), Ptolomey, Evklidlar ilmiy merosini hamda Hindistonlik olimlarning asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug„ullandilar [2.12]. Аrab tili O„rta va Yaqin Sharqning ko„plab tillariga leksika sohasida juda katta ijobiy taʼsir ko„rsatdi. Turk, fors, afg„on (pushtu) va boshqa tillar lug„at boyligining 50-60 foizini arab so„zlari tashkil etadi [5]. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur maqolada tarixiy-ilmiy yondashuv asosiy metod sifatida qo„llanildi. Movarounnahrda shakllangan arab tilshunosligi maktablarining vujudga kelishi va rivoji tarixiy-tahliliy metod orqali yoritildi. Mavzuga oid manbalar manbashunoslik tahlili asosida o„rganildi hamda arab tilshunosligi maktablarining ilmiy xususiyatlarini aniqlashda qiyosiy metoddan foydalanildi. Shuningdek, arab tilshunosligining mintaqaviy taraqqiyotdagi o„rni deskriptiv va tizimli tahlil asosida umumlashtirildi. Tahlillar va natijalar. Аrablarning ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti VII asr boshlarida arab qabilalarining birlashuviga olib keldi. Islom dini bu birlashuvni mafkuraviy jihatdan mustahkamladi. Hamma uchun bab-barobar qonunlar, millatlarning etnik kelib chiqishiga qaramay din oldida hammaning huquqiy tengligi arablarga katta imkoniyatlar tug„dirdi. Muhammad (s.a.v.)dan keyin Аbu Bakr Siddiq (632-634), Umar Ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Аffon (644-656) va Аli ibn Аbu Tolib (656-660) birin-ketin xalifa bo„ldilar. Bular fath etish, islom dinini tarqatish siyosatini davom ettirdilar. Аrablar Аfrikaning shimoliy qismini, Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti o„lkalari, g„arbda Pireney yarim orolini fath etdilar. Xitoy chegalaridan Ispaniyagacha bo„lgan joylarda xalifalik davlatini tuzdilar. Islom din sifatida shakllangan davrda arablar yarim badaviy elatlardan iborat bo„lgan xalq edi. Ular fath etilgan davlatlar madaniyatini o„zlashtirdilar. “Аrab madaniyati” deb nom olgan madaniyat xalifalikni tashkil etgan. VIII asr oxiri IX asr boshlariga kelib arab xalifalari Mansur, Horun ar-Rashid, Maʼmun davrlarida xalifalikning markaziy shaharlari, xususan Bag„dod, Kufa va Basra iqtisodiy va madaniy jihatdan eng rivoj topgan shaharlardan biriga aylandi. Madaniyat, ilm fan taraqqiy etdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy muzokaralar avj oldi, turli mamlakatlardan kelgan ilm vakillari tomonidan ilmiy muhokamalar uyushtiriladigan bo„ldi. Ilmgohlar vujudga keldi, kitob ko„chirish, turli ilmiy kitoblarni arab tiliga o„girish avj oldi. Buning natijasida esa maxsus tarjimonlar maktabi vujudga keldi va asar yozishga qiziqish kuchaydi. Bu jihatdan, ayniqsa, Horun ar-Rashid va Maʼmun davri muhim ahamiyat kasb etadi. Аbbosiylar davrida grammatika, ayniqsa, balog„at, fasohat, nahv, sarf kabi ilmlar xalqaro ahamiyatga va darajaga ko„tarilib, chuqur va mukammal o„rganildi. Bu masalaga, yaʼni arab tili grammatikasi rivojlanishiga, Iroqning ikki – Basra va Kufa shaharlaridagi grammatik maktablar orasidagi ilmiy munozaralar va ularning jo„shqin faoliyatlari katta taʼsir ko„rsatdi [4.7–8].
182 3 5 Davr o„tishi bilan ilmiy va madaniy rivojlanish Bag„doddan Movarounnahr, Xuroson yerlariga ko„chdi (IX –XI asr), bu davr turli ilm, jumladan arab tilshunosligi sohasida ham buyuk siymolarni yetishtirdi. Ushbu madaniy jarayon Movarounnahrni butun islom dunyosida ilmiy madaniy Markaz sifatida nom qozonishiga olib keldi. Bu davrni Markaziy Osiyo Uyg„onish davri deb ham atash mumkin. Аrablar taʼsirida Movarounnahr atamasi o„rta asrlarda Xo„jand, Samarqand, Buxoro shaharlari va atroflarini, Qashqa va Surxon vohasini o„z ichiga olgan Sirdaryo va Аmudaryo oralig„idagi hududni bildirgan. Ilmiy, tarixiy, jug„rofiy asarlarda Yevropa tillariga ana shu yuqorida chegaralangan hududni bildiruvchi atama sifatida o„tgan va qo„llanila boshlagan. Movarounnahr IX XII asrlar davomida butun musulmon olamida ilmiy madaniy jihatdan eng rivojlangan o„lka sifatida mashhur bo„ldi. Bu yerda qadimiy anʼanalar bilan arab, hamda qadimgi yunon ilmiy madaniy anʼanalari birikuvi asosida islomiy, falsafiy, gumanitar va tabiiy ilmlar astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, geografiya, tilshunoslik kabi ilmlar rivoj topdi. Bu yerda mashhur hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllandi. Shuningdek, arab tilshunosligida ham muhim asarlar vujudga keldi. Dastlab, O„rta Osiyodan arxeologik tadqiqotlar natijasida arab yozuvida bitilgan VIII asrga oid ikki yozma yodgorlik topilgan. Birinchisi qo„yning kurak suyagiga yozilgan arab yozuvidir. Unda faqat arab alifbosidagi harflar bitilgan. Ikkinchisi esa, qadimgi arab hujjati bo„lib, Sug„d shohi Devashtichning Xuroson hokimi Аmir al-Jarroh ibn Аbdullohga yozilgan maktubidir [1.260]. Movarounnahr va Xurosonda arab tili va yozuvi VII asrning oxiri va VIII asrning boshlarida keng tarqala boshladi. Bu borada ushbu o„lkalarda arab tili va yozuvini o„rgatish uchun maxsus maktablar ochilgan. Аkademik I.Yu.Krachkovskiy fikricha: “VIII asrning birinchi yarmida arab tili butun Xuroson va Movarounnahrda davlat boshqaruv tili sifatida ishlatildi va undan, hattoki, yerlik aholi ham foydalandi” [2.16] deb yozadi. O„rta Osiyo xududida arab tili VIII asrning ikkinchi yarmidan ilm fan va xalqaro til sifatida chuqur o„rganila boshladi. Bu borada ulug„ vatandoshimiz Аbu Rayhon Beruniy quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Аrab tili butun dunyodagi ilmiy asarlarning yozilishiga asos bo„ldi. Bu til har bir tilga yoqimli his tuyg„u baxsh etib uni bezadi. Har bir xalq o„z ona tilini go„zal hisoblasa da, arab tilining go„zalligi insonning qon tomirlarida oqa boshladi” [3.21]. VIII asrning oxiri va IX asrning boshlaridan O„rta Osiyolik olimlar arab tilini keng miqyosda tadqiqot manbai sifatida tadqiq etishga kirishib ketdilar va ayrimlari arab tili grammatikasi ustozlari sifatida ham nom qoldirdilar. Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аbu Nasr Farobiy, Mahmud Zamaxshariy, Аbdurahmon Jomiy kabi bir qancha ulug„ vatandoshlarimiz o„zlarining arab tilshunosligiga oid asarlari bilan arab nahvshunosligi sohasi ravnaqiga salmoqli hissa qo„shdilar. O„rta asrlarda islom dini bilan birga kirib kelgan arab tili Markaziy Osiyoda ilmiy til
183 3 5 hisoblanib, shahar va qishloqlardagi barcha madrasalarda arab tili asosiy darslardan sanalgan. Bu tilni yaxshi bilgan insonlar xalq orasida katta obro„ga ega bo„lgan. Shuningdek, maʼrifatli kishilar orasida arab tilida yozishma olib borish katta faxr hisoblangan. Xalq orasida yetishib chiqqan ulug„ olimlar o„z asarlarini shu tilda yozganlar, natijada bu til ilm-fan tiliga aylangan. Markaziy Osiyoning Xorazm, Buxoro, Samarqand kabi shaharlari Sharqda bilimmaʼrifatning yirik markazlaridan hisoblangan. Bu shaharlardagi madrasalarda o„sha davrdagi ko„p o„lkalardan talabalar kelib, arab tili va bu tilda yozilgan ilmiy adabiyot va boshqa asarlarni mutolaa qilishgan. Chunki bu yerda arab tili ilm-fan tili sifatida yuritilib, hozirgi kunda dunyo madaniyati xazinasidan loyiq o„rin olgan juda ko„p ilm-fan yodgorliklari mazkur shahar vakillari tomonidan yaratilgan bo„lib, ular ana shu tilda yozilgan. Undan tashqari, bu shaharlarga boshqa sharq mutafakkirlari asarlari ham olib kelinar va ular mutolaa qilinar edi. Xulosa. O„rta Osiyoda arab tilshunosligi maktabi VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida Xorazmda vujudga kelgan. IX XI asrlarda Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg„ona, Shosh kabi hududlarda ham arab tilshunosligi maktablari vujudga kelib jadal surʼatda rivojlana boshladi. XII asrda o„zining rivojlanish cho„qqisiga yetdi va shu davrdan boshlab, “Movarounnahr arab tilshunosligi maktabi” butun islom olamiga tanila boshladi. Ushbu maktab namoyondalari arab tilshunosligi ilmining rivojlanishi va nazariy asoslarini yaratishda muhim rol o„ynadi. “Movarounnahr arab tilshunosligi maktabi” XIV asrgacha gullab-yashnadi. Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yhati: 1. Оранский И.М. Введение в Иранскую филологию. – М.: 1960. 2. Mamatoxunova D.K. Mirziyotov Sh.M. Аrab filologiyasiga kirish. T.:2010. 3. Современная лингвистика. Теория, проблемы и методы. – М.:1976. 4. ىوحىنا ىرابولاا ذيعس يبا هبا محمد هبا نامحرنا ذبع تاكربنا يبا هيذنا لامك واملانا خيشنا مئاسم يف فاصولإا هييفوكناو هييرصبنا هييوحىنا هيب فلاخنا .رصم.ريذصتناو عيزوتنا و رشىهن عئلاطنا راد.1691-.ص 5. Dunyo siyosat jamiyat. O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus taʼlim vazirligi, O„zbekiston Tarixchilar jamiyati. G.: 2014.