ADABIYOTSHUNOSLIK TERMINLARNING YASALISH USULLARI
Full text
191 3 5 ADABIYOTSHUNOSLIK TERMINLARNING YASALISH USULLARI Xudoyberdiyeva Maxbuba Murodovna, Qarshi davlat universiteti O„zbek tilshunosligi kafedrasi o„qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052304 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‟zbek tilining izohli lug‟atlarida berilgan adabiyotshunoslik terminlarining yasalish usul va yo‟llari haqida ma‟lumot beriladi. Jumladan, o„zbek terminosistemasida olib borilayotgan qator tadqiqotlar, soha terminlarini takomillashtishga oid masalalar, o„zbek tilining izohli lug„atlarida adabiyotshunoslik terminlarining berilishiga oid fikrlar misollar bilan asoslanadi. Kalit so‘zlar: terminologiya, soha terminlari, izohli lug„at, adabiyotshunoslik terminlari, shakliystruktur xususiyat. Аннотация. В статье представлены сведения о методах и способах создания литературоведческих терминов, приводимых в толковых словарях узбекского языка. В частности, ряд исследований, проведенных по узбекской терминологической системе, вопросы совершенствования отраслевых терминов, а также идеи по представлению литературоведческих терминов в толковых словарях узбекского языка подкреплены примерами. Ключевые слова: терминология, отраслевые термины, толковый словарь, литературоведческие термины, формально-структурный признак. Abstract. This article provides information on the methods and ways of creating literary terms given in explanatory dictionaries of the Uzbek language. In particular, a number of studies conducted on the Uzbek terminological system, issues related to improving field terms, and ideas on the provision of literary terms in explanatory dictionaries of the Uzbek language are supported by examples. Keywords: terminology, field terms, explanatory dictionary, literary terms, formal-structural feature. Kirish. Tilshunoslikda maxsus lug„atlarning shakllanishida terminlarning shakliystruktur xususiyati terminologiyaning muhim jihati sanaladi. Terminning shakli hamda uning ichki tuzilishi o„rtasidagi munosabat turli bilim sohalarida terminologiyani tushunish hamda ulardan foydalanish uchun juda muhimdir. Terminologiyada ruscha-baynalminal tillaridan o„zlashgan terminlarni shakllantirish usullari leksik, sintaktik va morfologik nuqtayi nazardan o„ziga xos. G.I.Litvinenko va A.N.Dyadechko ta‟kidlaganidek, “terminologik lug„at lug„atning eng rivojlanayotgan qismidir. Shu lug„atda til qonunlarining, asosan, so„z shakllanishining ta‟siri aniq namoyon bo„ladi. Yangi obyektlar uchun ushbu tilda mavjud bo„lgan so„zlarni shakllantirishning barcha usullari, milliy tilning har qanday leksik manbalari, xalqaro lug„at fondi resurslari, boshqa milliy tillarning lug„atidan foydalaniladi”. [7. С.142-150.] Metodlar va o‘rganilish darajasi. Terminologiyada olib borilgan bir qator tadqiqotlardagi turli qarashlarini umumlashtirib terminlarni quyidagi guruhlar asosida tasniflash mumkin: sodda(sodda tub, sodda yasama), qo„shma, murakkab(ikki, uch, to„rt, besh komponentli...) Terminologiyani tizimlashtirishda terminlarning shakliy-strukturaviy xususiyati muhim sanaladi. U termin tizimlarini tartibga solish, ular o„rtasida iyerarxik va assotsiativ
192 3 5 aloqalarni o„rnatish, ma‟lum bir bilim sohasi doirasida tushunchalarni kategoriyalarga ajratishni osonlashtiradi. U leksikografiya va terminologik lug„atlarni ishlab chiqish, turli sohalarda terminologiyani standartlashtirish, mashina tarjimasi va tabiiy tilni qayta ishlash, muayyan bilim sohalarida mutaxassislarni tayyorlash uchun ahamiyatlidir. Terminlarning shakliy-struktur xususiyati ularning shakllanishi, faoliyati va rivojlanishida muhim rol o„ynaydigan maxsus lug„atning asosiy xarakteristikasi. Ilmiy va amaliy faoliyatning turli sohalarida terminologiya bilan samarali ishlash uchun ushbu xususiyatni chuqur tushunish zarurdir. “Shakliy-struktur xususiyat” atamasi birinchi marta rus tilshunosi V.M.Leychik tomonidan “Тeрминoвeдeниe: прeдмeт, мeтoды, структурa”[8.c.56] (“Terminologiya: mavzu, usullar, tuzilish”) asarida ilmiy muomalaga kiritilgan bo„lib, unda terminlarni tahlil qilishda kompleks yondashuv zarurligi asoslab berilgan. Terminlarning shakliy-struktur xususiyati ko„p qirrali hodisa bo„lib, uni o„rganish kompleks, fanlararo yondashuvni talab qiladi. Uning ma‟nosi faqat lingvistik tadqiqotlar doirasidan tashqariga chiqib, maxsus lug„at faoliyatining kognitiv, ijtimoiy va texnologik jihatlariga ta‟sir qiladi. Ushbu xususiyatni o„rganish tilshunoslik, kognitiv fanlar va axborot texnologiyalari chorrahasida sezilarli yutuqlarga olib kelishi mumkin. O„zbek tilshunosligida terminologiya sohasi doirasi olib borilgan tadqiqotlarda sohaviy terminlarning birdan ortiq asosdan tashkil topgan birliklariga qo„shma, juft, murakkab, tarkibli, birikmali, birikma terminlari qo„llangan. Xususan, R.Doniyorov birdan ortiq leksik uzvdan tashkil topgan terminlarga sintaktik yo„l bilan hosil bo„lgan termin sifatida qaraydi. Olimning fikricha, o„zbek tilining texnik terminologiyasida yakka so„zli terminlarga nisbatan sintaktik usul bilan hosil bo„lgan terminlar salmoqli o„rinni egallaydi. Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar, barcha tillarda bo„lganidek, o„zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi.[9.c.148] Tadqiqotchilar M.Ahatova, N.Qosimov, T.Valiyev, E.Sobirova, K.Karimovlar ham terminlarning shakliy-struktur xususiyatlari xususida qimmatli ma‟lumotlar bergan. [12.] Tadqiqot natijalari. O„zbek tilining izohli lug„atlarida mavjud adabiyotshunoslik terminlarini shakliy-struktur jihatdan tasniflashda sodda terminlarni yasalishiga ko„ra quyidagi ikki guruhi yaqqol namoyon bo„ladi: sodda tub terminlar; sodda yasama so„z shaklidagi terminlar. O„zbek tilida mavjud O„TILlarida sodda tub terminlarga quyidagilarni kiritish mumkin: aruz, badiha, barmoq, bahr, bayon, bayoz, bayt, doston, epik, epitet, epopeya, esse, fabula, fard, fiqra, sifatlash, tipiklashtirmoq, tragediya, rukn, hikoya, intriga, o„xshatish. Adabiyotshunoslikka oid tub sodda terminlar ichida fe‟lning vazifa shakllarini olib kelgan leksemalar mavjud. Masalan, sifatlash, tipiklashtirmoq. Mazkur leksemalar adabiyotshunoslikka xos terminologik xarakter kasb etgan: SIFATLASH 2 ad. Predmetning biror xususiyatini ajratib ko„rsatish yoki unga boshqa
193 3 5 bir predmetga xos xususiyatni ko„chirishdan iborat badiiy-tasviriy vosita; epitet. Shunga asoslanib, tasviriy vositalardan o„xshatish, metafora, sifatlashni o„xshashli ko„chimlarga; sinekdoxa, metonimiya, mubolag„a, kichraytirish, allegoriya, qochiriq hodisalarini o„xshashsiz ko„chimga kiritish mumkin. “O„TA”.[5.] TIPIKLASHTIRMOQ 2 ad. Tipik belgilar va shakllarda gavdalantirmoq. Tipiklashtirilgan obraz.[5.] Mazkur misollardan tushuniladiki, bu leksemalar sifatla+sh, tipiklashtir+moq, shaklida terminologik ma‟no ifodalagan. Adabiyotshunoslikka oid sodda yasama terminlar ham O„TILlarida o„ziga xos o„ringa ega. Bunday terminlar morfologik usul bilan hosil qilingan. Quyidagi affikslar yordamida adabiyotshunoslikka oid sodda yasama terminlar hosil bo„lganligini kuzatish mumkin: 1 -chilik Bayon+chilik, doston+chilik 2 -lik To„rt+lik, besh+lik, sakkiz+lik 3 -izm Parallel+izm, real+izm 4 -ma Tugalla+ma, to„qi+ma 5 -li Turoq+li, vazn+li N.Qosimov qo„shma terminlarning bir ko„rinishi sifatida gibrid terminlarni ham ajratgan. Uning fikricha, “gibrid terminlar o„zbek ilmiy-texnikaviy terminologiyasida keyingi yillarda paydo bo„lgan yangi tipdagi qo„shma terminlar. “Gibrid” so„zi keng ma‟noda “turli til elementlaridan tuzilgan “duragay” so„zlar.[5.] T.Valiyevning fikricha, mazkur gibrid terminlarning ikkinchi komponentlarining barchasi ham, albatta, o„zbekcha so„zlar emas. [11.c.53] Adabiyotshunoslikka xos terminlar ichida ham gibrid xarakterli terminlar mavjud bo„lib, ularning ikkala komponenti ham o„zbekcha qatlamga mansub emas. Masalan: ANTOLOGIYA [yun. anthologia < anthos – gul + lego – terish; gullar dastasi]. TETRALOGIYA [tetra + yun. logos – fan, ta‟limot TRAGEDIYA [yun. tragoidia – echki qo„shig„i < tragos – echki + ode – qo„shiq; yunon mifologiyasida: nabotot, vino va xursandchilik ma‟budi Dionis sharafiga echki qurbonlik qilinayotgan paytda aytiladigan birinchi qo„shiq] TRAGIKOMEDIYA [tragediya + komediya] TRILOGIYA [yun. trilogia < tri – uch + logos – so„z] TARKIBBAND [a. + f. – bandlardan tarkib topgan]. Ko„rinadiki, mazkur terminlar ikki komponentdan tashkil topgan bo„lib, ikkala komponenti ham o„zlashma qatlamga mansub. O„TILlarida juft terminlar sanoqli keltirilgan. Masalan: SHIR-U SHAKAR [l.m. qandli sut]
194 3 5 Birikmali adabiyotshunoslik terminlari struktur jihatdan ikki uzvli, uch uzvli, to„rt uzvli, besh uzvli bo„lishi mumkin. Ammo O„TILlarida faqat ikki uzvli adabiyotshunoslikka xos terminlar berilgan bo„lib, ular kam miqdorni tashkil etadi. ERKIN SHE’R ad. Qofiyasi bo„lmagan she‟r.[5.c.592] BARMOQ VAZNI ad. Har bir satrda bo„g„inlar sonining bir xil bo„lishiga, mutanosibligiga asoslangan she‟riy vazn. [5.c.680] Xulosalar. Anglashiladiki, terminlarning tarkibiy xususiyatlarini tahlil qilish turli ilmiy fanlarning epistemologik asoslarini tushunishga, shu bilan birga, inson miyasida turli shakl-strukturaviy xususiyatlarga ega terminlarni idrok etish va qayta ishlash mexanizmlarini o„rganishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Ҳомидий Ҳ., Абдуллаева Ш., Иброҳимова С. Адабиётшунослик терминлари луғати. – Тошкент, 1970. 2. N. Hotamov, B. Sarimsoqov “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o„zbekcha izohli lug„ati”. – Toshkent: O„qituvchi, 1979. 3. Қуронов Д. ва б. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. 4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли. – Москва: Издательство “Русский язык”, 1981. 5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. – Тошкент: ЎзМЭ, 2007. 6. O„zbek tilining izohli lug„ati. 6 jildli. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. 7. Литвиненко Г.И., Дядечко А.Н. Способы словообразования как фактор системности в терминологии (на материале терминов химического машиностроения // Вестник СумДУ. Серия Филология, № 1, 2007. Т.1. – С.142-150. 8. Лейчик В. М.Терминоведение: предмет, методы, структура. Изд-е 5-е. – Москва: Книжный дом “Либроком”, 2009. – 56 с. 9. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. – Тошкент: Фан, 1977. – Б. 148. 10. Қосимов Н. Ўзбек тили илмий-техникавий терминологияси масалалари (Сўз ўзлаштириш ва аффиксация масалалари). – Тошкент: Фан, 1985. – Б. 47. 11. Валиев Т.Қ. Ўзбек тили йўлсозлик терминларининг структур-семантик хусусиятлари ва лексикографик талқини: филол. фан. бўйича фалс. докт. … дисс. – Самарқанд, 2018. – Б. 53. 12. Аҳатова М. Ўзбек тили ёғочсозлик терминологияси. Филол. фанлари номзоди … дисс. автореф. – Тошкент, 2004. – 24 б. – Б. 6.; Қосимов Н. Ўзбек тили илмий-техникавий терминологияси масалалари (Сўз ўзлаштириш ва аффиксация масалалари). – Тошкент: Фан, 1985. – Б. 47.; Валиев Т.Қ. Ўзбек тили йўлсозлик терминларининг структур-семантик хусусиятлари ва лексикографик талқини: филол. фан. бўйича фалс. докт. … дисс. – Самарқанд, 2018. – Б. 55.; Собирова Э. “Ўзбек тилининг изоҳли луғати”да ҳуқуқий терминларнинг берилиши: Филол.фан.бўй.фал.док-ри (PhD) дисс... – Тошкент, 2022. – 179 б. – Б. 45.; Хусусий фан терминларини таснифлаш ва лексикографик тавсифлаш асослари (фалсафий терминлар мисолида): филол. фан. бўйича фалс. докт. … дисс. – Андижон, 2023. – Б. 40. – 178 б.