JADIDCHILIK: ZO'RAVONLIKSIZ ISLOH PARADIGMASI VA MARKAZIY OSIYODA MODERNLIKNI QAYTA TALQIN QILISH
Full text
195 3 5 JADIDCHILIK: ZO‘RAVONLIKSIZ ISLOH PARADIGMASI VA MARKAZIY OSIYODA MODERNLIKNI QAYTA TALQIN QILISH Rustamov Doniyorbek Avazbekovich, Toshkent amaliy fanlar universiteti Filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD) E-mail: doniyorbekrusta[email protected] ORCID: 0009-0000-0038-5324 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052321 Annotatsiya. Maqola islohotlar tarixidagi turli model va uslublarni (Solon islohotlari, Lyuter reformasi, Linkoln davridagi bekor qilish siyosati, Rossiyadagi krepostnoylik tugatilishi va boshqalar) eslatgan holda, Markaziy Osiyodagi jadidchilikni kuch ishlatishga tayanmagan, ziyolilar rahnamoligidagi ma‟rifiy islohot harakati sifatida talqin qiladi. Harakatning matbuot, ta‟lim, adabiyot va ayniqsa, dramaturgiyadagi ko„rinishlari, uning “musulmon modernizmi” doirasida mahalliylashgan ritorikasi, diniy qadriyatlarni “asl holat”ga qaytarish bilan uyg„un modernlik konsepsiyasi yoritiladi. Garvarddagi ilmiy muhokamalar, Gaspirali matbuot tarmog„i va “usul-i jadid” maktablari, jadidchilikni “millatchilikpanturkizm” bilan aynanlashtiruvchi qarashlar hamda ularni qayta ko„rib chiquvchi zamonaviy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: jadidchilik, musulmon modernizmi, matbuot va nashriyot, mintaqaviy xoslik, semantik teglash, milliy uyg„onish, panturkizm/panislomizm talqinlari. Аннотация. Ссылаясь на различные модели и методы в истории реформ (Реформы Солона, Лютеровская реформа, политика отмены во времена Линкольна, отмена крепостного права в России и другие), статья интерпретирует джадидизм в Центральной Азии как движение просветительских реформ под руководством интеллигенции, которое не опиралось на силу. Освещаются проявления движения в печати, образовании, литературе и особенно в драматургии, его локализованная риторика в рамках “мусульманского модернизма”, концепция модернизма в сочетании с возвращением религиозных ценностей к “истинному состоянию”. Проанализированы научные дискуссии в Гарварде, пресс-сеть Гаспринского и школы “усуль-и джадид”, взгляды, отождествляющие джадидизм с “национализмом-пантюркизмом”, а также современные исследования, пересматривающие их. Ключевые слова: джадидизм, мусульманский модернизм, пресса и издательство, региональная идентичность, семантическая разметка, национальное возрождение, интерпретации пантюркизма/панисламизма. Abstract. Recalling various models and styles in the history of reforms (Solonet's reforms, Luther‟s reform, the abolition policy of Lincoln, the abolition of serfdom in Russia, and others), the article interprets Jadidism in Central Asia as an educational reform movement led by intellectuals, which did not rely on the use of force. The manifestations of the movement in the press, education, literature, and especially in dramaturgy, its localized rhetoric within the framework of “Muslim modernism”, the concept of modernity in harmony with the return of religious values to their “original state” are highlighted. Scientific discussions at Harvard, the Gasprinski press network and the “usul-i jadid” schools, views identifying Jadidism with “nationalism-pan-Turkism”, as well as modern studies reviewing them, are analyzed. Keywords: Jadidism, Muslim modernism, press and publishing, regional specificity, semantic tagging, national revival, interpretations of pan-Turkism/pan-Islamism. Kirish. Tarixiy manzara ko„rsatadiki, har qaysi davrda mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni yangilash va yaxshilashga qaratilgan harakatlar yuzaga kelgan. Bunday intilishlar qo„zg„olonlar, inqiloblar, to„ntarishlar, qurolli chiqishlar yoki g„oyaviy chaqiriqlar shaklida
196 3 5 namoyon bo„lgan. Yirik islohotlar qatorida qadimgi Yunonistonda aristokratik boshqaruvdan demokratiyaga o„tishni ko„zlagan Solon islohotlari, Angliyada o„rta asrlarda yuz bergan xartistlar harakati, Germaniyada Martin Lyuter nomi bilan bog„langan reforma g„oyalari, AQSHda Avraam Linkoln boshchiligida qullikni bekor qilish jarayoni hamda datafakkurga kuchli ta‟sir ko„rsatgan Garriet Bicher Stouning “Tom tog„aning kulbasi” romanidagi mafkuraviy qarashlar, shuningdek, Rossiyada krepostnoylikni tugatishga xizmat qilgan Aleksandr II islohotlarini eslash joiz. Jadidchilik esa bu jarayonlardan shunisi bilan farq qiladiki: u kuch ishlatish, to„ntarish yoki revolyutsion yo„ldan emas, balki mavjud eskirgan va zararli tartib-qoidalarni tinch yo„l bilan yangilash, ma‟rifat asosida isloh etish orqali maqsadga yetishni ko„zlagan. Markaziy Osiyoda XIX asrdan boshlab keng yoyilgan jadidchilik harakati ham aynan ana shunday g„oya–chaqiriqlar va mafkuraviy qarashlar orqali ijtimoiy muhitni sog„lomlashtirish, xalq ongi va tafakkurini tubdan yangilashga qaratilgan reformatsiya shakli edi. Harakatning boshlanishi, uning matbuotdagi ifodasi, badiiy va ayniqsa dramatik asarlardagi poetik-nazariy xususiyatlari masalasi jahon va mintaqa ilmiy doiralarida keng muhokama etildi. Jadidchilik turlicha talqin qilindi: bir yo„nalishdagi tadqiqotchilar uni tartibsizlik va boshboshdoqlik belgilariga ega harakat sifatida ko„rsatsa, boshqa guruh olimlar uni jamiyat taraqqiyotiga sezilarli ta‟sir ko„rsatgan ijtimoiy-siyosiy fenomen darajasida baholadi. Adabiyotlar tahlili. 2014 yilda Garvard universitetida aynan jadidlar va ularning matnlari mavzu yo„nalishlariga bag„ishlangan ilmiy anjuman o„tkazildi, unda Garvard professori Jeff Eden, Avstriya Fanlar akademiyasi olimi Paolo Sartori va Indiana universiteti tadqiqotchisi Devin DeWeese hamkorlikda jadidchilik merosini alohida o„rgandilar. Xususan, ularning hammualliflikdagi “Moving Beyond Modernism: Rethinking Cultural Change in Muslim Eurasia (19th–20th Centuries)” maqolasida quyidagi xulosa bildiriladi: “Jadidchilik” tushunchasi boshqa ko„plab “izmlar” singari tarixchilar tomonidan sun‟iy toifa sifatida yaratilmagan; aksincha, u 20-asr boshlaridagi mahalliy manbalarda (masalan, o„zbekcha “jadīdchilik harakati”) izchil qo„llangan atamalarga tayanadi [10.36]. Devin DeWeese va Allenning yondashuvi Yevropa tadqiqotlaridagi eski talqinlarga yangicha ufq ochdi. Avvalroq Hélène Carrère d‟Encausse jadidlar merosini ko„zdan kechirar ekan, ularni “millatchilik, pand-nasihatparastlik va siyosiy kurash” bilan tavsiflagan edi [3]. Keyinroq Aleksandr Bennigsen va Chantal Lemercier-Quelquejay “Milliy qurollanayotganlar harakati” haqidagi maqolasida jadidchilikdagi islohot diskursini to„rt bosqichda sharhlaydi: avval “diniy islohot”, so„ng “madaniy islohot” (yozuv, til va adabiy shakllardagi o„zgarishlar), undan keyin “ta‟lim islohoti”, va nihoyat 1905-yildan keyin shakllangan “siyosiy millatchilik” [11.31–48]. Bu tasnif jadidlar strategiyasini to„g„ri aniqlaydi: ular aynan ana shu yo„nalishlarda islohot zarurligini ilgari surganlar. Shu o„rinda mualliflar tilga
197 3 5 oladigan “millatchilik” atamasi separatizm emas, millat manfaatlarini boshqa manfaatlar bilan teng va ustuvor himoya qilishni anglatishini ta‟kidlash muhim. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot qiyosiy-tarixiy va konseptual tahlil metodlariga asoslanadi. Jadidchilik harakati jahon islohot tajribalari (antik, diniy va ijtimoiysiyosiy reformalar) bilan qiyosiy kontekstda o„rganilib, uning zo„ravonliksiz, ma‟rifiy islohot paradigmasi sifatidagi xususiyatlari aniqlashtirildi. Manbashunoslik yondashuvi orqali jadid matbuoti, dramaturgiyasi va ta‟limiy asarlari, shuningdek, mahalliy va xorijiy jadidshunoslik tadqiqotlari tahlil qilindi. Diskursiv va funksional-uslubiy tahlil yordamida jadid matnlarida modernlik, diniy isloh va milliy uyg„onish g„oyalarining ritorik modellarini belgilovchi semantik qatlamlar ochib berildi. Tahlillar va natijalar. Zamonaviy Markaziy Osiyo adabiy jarayonini o„rgangan ilk kashshoflardan Edvard Olvort nazarida jadidlar – madaniy va ijtimoiy tanazzulni to„xtatishga umid qilgan islohotchilardir; ular maqsad sari olti vositani moslashtirgan: ta‟limni yangilash, tarixshunoslik, adabiyot, matbuot va nashriyot, din hamda teatr. Tadqiqotchining qayd etishicha, bu yo„llar yangi “intellektual texnologiyalar” va “ijtimoiylik shakllari”ni yaratdi; jadid islohoti esa “madaniy kapital” nuqtai nazaridan ham samarali baholanishi kerak [2.121]. “Ilk millatchilik” siyosatini o„rganishda yana bir yo„nalish jadidlarni panturkizmga tenglashtirib talqin qildi: XIX asr oxirida tatar ziyolilarining arab yozuvini isloh etish tashabbuslari bilan bog„liq ravishda jadidchilik islomni o„z diniy mazmunidan “tozalash”, uni barcha musulmonlar uchun umumiy madaniy shakl sifatida ilgari surishga intildi, degan fikr yuritildi. Dastlab ta‟limni modernizatsiya qilishga yo„naltirilgan bu oqim keyinchalik madaniy avtonomiya doirasida milliy erkin tafakkurni targ„ib etishga qaratilgan kengroq siyosiy yo„nalishga aylandi. Harakat ommaviy mafkuraviy kuchga aylangani sari amaldagi hokimiyat tomonidan keskin tanqid qilindi va qarshiliklarga uchradi; biroq jadid matnlarining markaziy mavzusi baribir xalq va millat manfaatlarini himoya qilish bo„lib qoldi [12.129–130]. Pyakovskiy esa jadidchilikka nisbatan sovet davridagi biryoqlama talqinlarni tanqid qiladi: O„zbekiston suveren taraqqiyot yo„liga kirishi bilan jamiyatda tarixga, xususan, XX asr boshlaridagi Turkiston siyosiy voqealariga qiziqish kuchaydi; milliy taraqqiyparvarlar– jadidlar–jamiyat maydoniga yetakchi kuch sifatida qaytdi. Ularning tarixi yillar davomida yo unutilgan, yo ataylab soxtalashtirilgan edi. Taniqli olim J.Smith buning aksi sifatida jadid matnlarining salmoqli qismi diniy masalalarga bag„ishlanganini e‟tirof etadi; u bahsni “modernizatorlar” va “an‟anachilar” qarama-qarshiligi mezonida ko„radi. Jadidchilikni “musulmon islohotchilarning islomni zamonaviylashtirish va uni asrlar davomida jamiyat taraqqiyotini cheklagan qorong„ulikka qarshi safarbar etish” yo„lidagi urinish sifatida tariflaydi. Olim publitsistik matnlarni ko„rib, ularning markazida sof diniy aqidalarni tiklash bilan birga zamonaviy ilm-fan va texnika
198 3 5 yutuqlarini ommalashtirish turganini ta‟kidlaydi. Eng faol islohotchilar–jadidlar–an‟anaviy musulmon maktablarini modernizatsiya qilish, diniy o„quv dasturlariga dunyoviy fanlarni kiritish tarafdori bo„ldilar; bu esa konservativ ruhoniylar noroziligini, “bid‟atchilik” va “tartibga xiloflik” ayblovlarini keltirib chiqardi. J.Cristlov Markaziy Osiyoda, jumladan O„zbekistonda jadidchilikka xos belgilarga to„xtalar ekan, asarlarda istibdod va qaramlikning og„ir oqibatlari teran yoritilgani, shu bois chor Rossiyasi jadidlarni panturkizm va panislomizmda ayblab kelganini qayd etadi. U fikrini davom ettirib, jadidchilik muvaffaqiyat omillarini sanaydi: bu harakat o„rtaosiyoliklarning milliy o„z taqdirini o„zi belgilash tuyg„usini uyg„otdi, zamonaviy ta‟limni yoydi, siyosiy tafakkurda ijobiy o„zgarishlar keltirdi; din sohasida esa munosabatlarni modernizatsiya qildi, o„tmish amallarini yangiladi, islomni zamon talablari bilan uyg„unlashtirdi. Uningcha, jadidchilik islomni hayotiy kuchga aylantirdi va yetmish yillik tazyiqlar ham bu ta‟sirni to„xtata olmadi. Allen Frank qayd etganidek, “jadid” deb aniq belgilash mushkul bo„lgan ko„plab musulmon mualliflari yaratgan adabiyot juda rang-barang bo„lib, turli janrlarni qamrab oladi va ko„plab bahslarga sabab bo„ladi. Shunga qaramay, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ta‟lim atrofidagi bahslar ko„p tarixiy tasvirlarda biryoqlama ko„rinadi: jadidchilikni belgilovchi asosiy polemikalar bizga asosan “jadid” davriy nashrlari prizmasidan ko„ringan. Eng mashhur sahna asarlaridan biri–Mahmudxo„ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi–xalq orasida katta qiziqish uyg„otgan, ammo dastlab tomoshabinlar ko„proq sahna harakatlari va dekoratsiyalarni e‟tiborga olib, chuqur mafkuraviy qatlamni to„liq anglab yetmaganlar [7.496–497]. Shunga qaramay, mazkur pyesa xalq dunyoqarashi va ma‟naviy holatiga oyna tutgan muhim qadam bo„ldi. Amerikalik tarixchi A. Xolid “Markaziy Osiyo jadidchiligi musulmon modernizmi doirasida mahalliylashgan”ini ta‟kidlab, harakatning ritorik tuzilishi mahalliy an‟analardan oziqlanganini qayd etadi: jadidlar islomga tayangan holda zamonaviylikni “islomning haqiqiy ma‟nosi” bilan bog„lab tushuntirdilar; ya‟ni zamonaviylik–an‟anaviy e‟tiqod tozaligida, islomni “asl” holatiga qaytarish yo„lida ko„rinish berishi mumkin edi. Natijada jadidlar yangi dunyoqarashni taklif qilib, musulmonlik mohiyatini qaytadan anglashga undadilar. Edvard Lazerini matbuot va bosma ommaviy axborot vositalarini jadidchilikning eng muhim instrumentlaridan biri sifatida ko„radi: XX asr boshlariga qadar jadid g„oyalari tarqoq va cheklangan bo„lsa-da, ta‟lim islohoti va nashriyot tashabbuslari burilish yasadi. Ismoilbek Gaspiralining yangi usul maktablari (birinchi maktab 1884 yilda ochilgan) va uning “Perevodchik/Tercüman” (“Tarjimon”, 1883–1918) gazetasi Rossiya imperiyasida uzoq umr ko„rgan ilk turkiy nashr bo„lib, butun turkiy mintaqada intellektual uyg„onishga sur‟at berdi. Markaziy Osiyo jadidchiligi va uning adabiy merosi rus, o„zbek va mintaqa adabiyotshunosligi hamda tilshunosligida ham keng o„rganilgan. “O„zbekiston davlatchiligi
199 3 5 tarixi ocherklari” to„plamida qadimdan XX asr boshlarigacha bo„lgan siyosiy taraqqiyot manzaralari yoritilib, R. Muqminova va G. A‟zamova Xiva xonligi tarixi, D. Alimova jadidchilik tarixi, xususan Xiva jadidlarining davlatchilik qarashlari, R. Rajabov esa Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining demokratik tuzilishiga doir jihatlarni tahlil qiladi. M. Qayumov 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Xiva xonligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni arxiv hujjatlari asosida tadqiq etadi. Xuddi shu davr Xorazmidagi voqealar va harakatlar N. Qo„shjonov va N. Polvonov monografiyasida ham keng yoritiladi: unda Xivaning Rossiya tomonidan bosib olingach, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, tub islohotlar zarurati va Qo„shbegi Islomxo„janing roli atroflicha baholanadi. Polvonov “Xorazmdagi ijtimoiy harakatlar va siyosiy partiyalar tarixi” asarida Xiva jadidchilik harakati ildizlarining kapitalistik manfaatlar bilan tutashganini, istilodan keyin yuzaga kelgan ta‟lim va islohot g„oyalari siyosiy qayta tiklanish jarayoniga ta‟sir ko„rsatganini ta‟kidlaydi. Muallif Xorazm jadidchiligini Turkistonning boshqa hududlaridan farqlovchi belgilar – xususan, matbuotning sustligi – sababli asosiy manba sifatida ko„proq xotira va qo„lyozmalarga tayanish lozimligini qayd etadi. Turkistonda jadid matbuoti ko„p jihatdan 1905-yilgi Oktyabr manifesti oqibatida paydo bo„ldi; biroq “Turkiston viloyatining gazeti”, shuningdek, Usmonli Turkiya, Kavkaz va Volgabo„yi musulmon matbuoti bu jarayonga kuchli ta‟sir o„tkazdi [9]. B. Do„stqo„rayev va Z. Abdirashidovlar Ismoil Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi Turkistonda musulmon matbuotining ildiz otishida hal qiluvchi o„rin tutganini alohida ta‟kidlaydilar; Abdirashidov, qo„shimcha ravishda, Eron, Hindiston va Misrning forsiyzabon matbuotining Buxoro muhitida modernistik g„oyalar shakllanishiga ko„rsatgan ta‟sirini ham ko„rsatadi. Do„stqo„raev esa har bir nashrning tashqi ko„rinishi, publitsistik uslubi va muharrirlik siyosatini mazmuniy misollar bilan tavsiflaydi; N. Avazov, H. Saidov, S. Halimovalarning ishlari Behbudiy va “Sadoi Turkiston”ning publitsistik-tahririy faolligini yoritadi. Ayrim qozoq tadqiqotchilar esa jadidlarni Rossiya imperiyasi musulmonlarini “taraqqiyparvar” va “konservativ” lagerlarga keskin bo„lib yuborganlikda tanqid qiladilar [6.181]. Jadid matnlarini tahlil qilish harakatning o„z davridayoq boshlangan. Masalan, Ibrohim Tohiriy “Padarkush” va “To„y” dramalari haqida “mahalliy shevalarda yozilgan asarlarda til jihatidan tozalikka yetarli e‟tibor yo„q” deya yozgan [4]. “To„y” pyesasining hammuallifi Xoji Muin esa bu tanqidni qisman tan olib, “Tanbehga tashakkur” sarlavhali maqolada e‟tirozlarni qabul qilganini bildiradi. “To„y” o„zbek dramaturgiyasi tarixida “Padarkush”dan keyingi ikkinchi pyesa bo„lib, chop etilishi adabiy jamoatchilikda katta quvonch uyg„otgan: “Oyna” uni “ibratomuz” deb, “Sadoi Turkiston” “bunday yosh fikrli zotlar yashasun!” deya olqishlagan; “Al-Isloh” esa ayrim til nuqsonlarini ko„rsatgan. Mahmudxo„ja Behbudiy “Tiyatr nedür?” maqolasida teatrning jamiyatdagi vazifasini “ibratnoma, va‟zxona, axloqiy jazolash vositasi va ko„zgudek haqiqatni ko„rsatuvchi sahna”
200 3 5 tarzida sharhlaydi. Uningcha, teatr zararli odat va yomon urf-odatlarning qabihligini ochiq namoyish etadi, savodsiz kishilar ham ko„rish-eshtish orqali haqqoniylikni idrok etadi. Behbudiy yetuk mamlakatlarda teatrga ko„rsatilgan yuksak e‟tibor, o„yinchilarning millat manfaatiga xizmat qiluvchi yuksak maqomi haqida yozadi. Turkiston va Buxoroda milliy teatr yo„qligini ta‟kidlab [8.6–7], “Padarkush” spektaklining Samarqand, Qo„qon, Buxoro, Toshkent va Kattaqo„rg„onda sahnaga qo„yilib, bir necha kechada maktablar foydasiga yuzlab-minglab so„m mablag„ yig„ilgani haqidagi dalillarni keltiradi [5.550]. Jadidchilik mohiyati, maqsadi va tasnifi avvalo M. Behbudiy tomonidan tizimlashtirilgan. Sho„ro davrida jadidchilikni o„rganish ishlarini Sh. Rahimiy ijobiy baholash bilan boshlab bergan bo„lsa, F. Xo„jaev Turkistonda jadidlar harakati tarixiga oid ilk asarlarida harakatning ijtimoiy manbayi va milliy kadrlar yetishtirishdagi rolini yoritdi [1.157–158]. Biroq 1920-yillar oxirlaridan boshlab munosabat keskin o„zgardi: ayrim maqolalarda jadidlar bilan “taraqqiyparvar ruhoniylar”ni aynanlashtirish, jadidchilikni dindan ajralmaydigan oqim sifatida talqin qilish, maktab islohoti g„oyalarini “inqilobga qarshi chiqish” deb baholash holatlari kuzatildi. Mustaqillik yillarida esa jadidchilik yangi nazariy-metodologik asoslarda chuqur o„rganildi: B. Qosimov, P. Mirzo-Axmedova, D. Rashidova, R. Shamsitdinov, I. G„afurov, D. Alimova, R. Sharipov va boshqa ko„plab olimlar harakatning tushunchaviy doiralari, mazmuni, tarkibi va ko„lamini kengroq talqin etdilar. M. Fattoev, A. Zohiriy, Q. Rajabov, X. Ismatullaev, R. Sharipov, Z. Eshmurodova va boshqa tadqiqotchilar jadidlarning vatanparvarlik g„oyalari, ma‟naviy-ma‟rifiy manbalari, turmush madaniyatini isloh etish masalalari hamda falsafiy-estetik qarashlarini tahlil qildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Behbudiy shaxsiyati – uning ma‟rifatparvarlik faoliyati va ijtimoiy-siyosiy qarashlari – keng ko„lamda tadqiq qilindi (S. va B. Qosimovlar, X. Suvon, Sh. Turdiyev, N. Avazov, H. Sayyid, N. Karimov, D. Alimova, D. Rashidova, A. Aliev, Sh. Rizaev, shuningdek, Ingeborg Baldauf). Abduqodir Shakuriy haqidagi dastlabki ma‟lumotni uning shogirdi V. Mahmud keltirgan; Shakuriy pedagogik faoliyati va “usul-i jadid” maktablaridagi yangi metodlarning samaradorligi avvalo M. A. Fattoev tomonidan o„rganilgan. Hoji Muin Shukrullo jurnalistik va nashriyot ishlaridagi faolligi haqida 1927-yildayoq Zarif Bashir yozgan, ammo 1980-yillargacha uning ijodi deyarli tilga olinmadi. Mustaqillik davrida Hoji Muinning adabiy merosi va ijtimoiy faoliyatini keng o„rganish imkoniyati tug„ildi (A. Jalolov, M. Mahmudov, R. Muqumov, B. Qosimov, S. Halimov, G. Qarshieva va b.). Jadid adabiyoti yetakchi janri masalasida ilmiy bahslar davom etadi: bir guruh olimlar XX asr boshida she‟riyat yetakchi mavqega ega bo„lganini, yana biri esa nasrning pozitsiyasi kuchli bo„lganini ta‟kidlaydi. S. Mirzaev yangi o„zbek adabiyotida mumtoz an‟ana davomiyligi bois she‟riyatning yetakchiligini ilgari sursa, boshqa izlanishlarda jadid she‟riyati vazn, til, uslub va g„oyada mumtozdan keskin farqlanib, yangi adabiy yo„nalishga tamal toshi bo„lgani aytiladi. N. Afoqova esa “eski” va “yangi”ning aynan jadidlar, xususan
201 3 5 she‟riyatda, yuzma-yuz kelganini umumlashtiradi. Nasrga ustuvorlik beruvchi tadqiqotchilar esa (masalan, D. Quronov) epik turdagi badiiy-konseptual imkoniyatlar XX asr boshida ayni dolzarb bo„lganini asoslaydi. Mustaqillik davrida fitratshunoslik, qodiriyshunoslik, cho„lponshunoslik, avloniyshunoslik, behbudiyshunoslik, hamzashunoslik kabi yo„nalishlar shakllandi. Biroq ko„plab jadid ijodkorlarining adabiy merosi, tilshunoslik qarashlari, umuman, faoliyati hali to„la tadqiq etilmagan. Bugungacha Behbudiy, Ashurali Zohiriy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, Elbek, Fitrat, Cho„lpon, Ibrohim Davron, Qayum Ramazon, G„ozi Olim kabi ijodkorlarning tilga doir qarashlari va asarlari tili chuqur o„rganilgan bo„lsa-da, keng qamrovli tizimli tadqiqotlar hanuz davom etmoqda. A. Qayumov, D. Alimova, H. Ziyoev, N. Karimov, B. Qosimov, B. Nazarov, U. Normatov, Sh. Rizaev, Sh. Turdiyev, U. Sultonov, S. Ahmedov, U. Dolimov, R. Tojiboev, B. Do„stqo„raev, M. Qodirova, R. Sharipov, B. Karimov, L. Azizzoda, Yo. Tojiev, A. Majidiy, L. Olimiy, Tursunqul, B. Imomov, O. Sharafiddinov, M. Davron, K. Olimova, G. Raimova, A. Ziganshina va boshqalar bu yo„nalishda samarali izlanishlar olib borishgan. M. Qodirova fikricha, Qo„qon jadidchilik maktabi va uning peshqadam namoyandalarini (Hamza, Ashurali Zohiriy, Mavlaviy Yo„ldosh, Ibrohim Davron) tadqiq etish mustaqillik davri adabiyotshunosligi uchun nihoyatda muhim; bu jihatlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva jadidlarida ham yetarli darajada o„rganilmagan. Shu vaqtgacha Behbudiy, Avloniy, Qodiriy, Fitrat, Cho„lpon, Miyon Buzruk, Elbek, Ashurali Zohiriy kabi ma‟rifatparvarlarning asar tili va til haqidagi qarashlari ancha keng yoritildi. M. Yo„ldoshev, Yo. Sayidov, Z. Choriyeva, L. Jalolova, D. Ne‟matova tadqiqotlari, XX asr 20–30-yillaridagi lisoniy jarayon haqida yozilgan maqolalar va anjuman materiallari, M. Qurbonova, B. To„ychiboev, Sh. Bobomurodova monografiyalari alohida ahamiyatga ega. A. Abdunazarov, G„. Karimov, B. Turdialievlar esa XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida o„zbek milliy va adabiy tilining asosiy lisoniy xususiyatlarini belgilashga hissa qo„shganlar. Davr adabiy tili xususiyatlarini badiiy matn asosida tahlil qilgan ishlardan biri–L. Jalolovaning “O„tkan kunlar” romani tili bo„yicha tadqiqi: unda Abdulla Qodiriyning so„z tanlash mahorati, uslubiy vositalardan foydalanishi hamda yangi o„zbek adabiy tilining shakllanishidagi romanning o„rni asoslangan. Eng muhim muammolardan biri–yangi o„zbek adabiy tilining fonetik, leksik va grammatik me‟yorlarini belgilash–Fitrat tomonidan amaliy hal etila boshlagan; Yo. Sayidov uning adabiy til va me‟yor haqidagi konsepsiyasini millatparvarlik, purizm va yetuk tilshunoslik mezonlari bilan izohlaydi. Fitrat o„zbek tilining turkiy lug„at boyligini saqlash, soflashtirish, kirishma birliklarni imkon qadar cheklash, unutilgan turkiy so„zlarni qayta jonlantirish, ichki imkoniyatlar bilan yangi so„zlar yasash tarafdori bo„lgan; zarur hollarda kirishma so„zni saqlab, uni fonetik-grammatik jihatdan “turkiylashtirish”ni ma‟qul ko„rgan. Jadid adiblari badiiy asarlari leksikasiga bag„ishlangan
202 3 5 doktorlik ishlarida o„z va o„zlashma qatlam miqdoriy nisbatlari ham tahlil qilinib, o„z qatlam birliklari ustun ekani (taxminan 59%/41%) ko„rsatiladi. Xulosa. Hamza Hakimzoda dramaturgiyasi bo„yicha dastlabki maqolalar 1960-yilda “Hamza haqida maqolalar” to„plamida e‟lon qilingan. Muhsin Olimov “G„olibiyat” pyesasini grajdanlar urushiga bag„ishlangan sahna asari sifatida tavsiflab, uning 1929-yildan boshlab “Yosh tomoshabinlar” teatri va so„ngra Qo„qon, Namangan, Farg„ona, Samarqand, Buxoro, Chimkent sahnalarida qo„yilganini qayd etadi; 1932-yil Buxoro teatrining repertuaridan o„rin olgani, keyinchalik ittifoq miqyosida gastrollarda iliq kutib olingani ta‟kidlanadi. Biroq Hamzaning “To„la asarlar to„plami”da bu pyesa haqida batafsil ma‟lumot keltirilmagani, ayrim maqolalarda faqat nomi tilga olingani ko„rsatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Ш.М.Мирзиѐев. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент: “Ўзбекистон”. 2017. 2. E.A. Allworth, The Modern Uzbeks: From the Fourteenth Century to the Present: A Cultural History (Stanford: Hoover Institution Press, 1990). 3. H. Carrère d‟Encausse, Islam and the Russian Empire: Reform and Revolution in Central Asia, tr. Quintin Hoare (Berkeley: University of California Press, 1988). 4. Ibrohim Tohuriy. Matbuot va isloh. “Аl-Isloh” jurnali 1915-yil, 5-6-sonlar. 5. Mahmudhoca [Behbudî], “Tiyatr Nedür?”, Ayna, No. 29, 10 May 1914 [24 Mayıs 1914] / 28 Cemaziyü‟l Ahir 1332. 6. N. Karimov, “Islam and Politics in Twentieth Century Uzbek Literature.” In Islam in Politics in Russia and Central Asia (Early Eighteenth to Late Twentieth Centuries), ed. S.A. Dudoignon and H. Komatsu (London: Kegan Paul, 2001). 7. P. Sartori, “An Overview of Tsarist Policy on Islamic Courts in Turkestan: Its Genealogy and Effects.” Cahiers d‟Asie centrale 17/18 (2009). 8. Sinem Küçükağaoğlu Tunç. “Oyna” jurnalida “Padarkush” mavzusidagi maqola va e‟lonlar//jadid dramalari poetikasi va sahnalashtirish masalalari mavzusidagi xalqaro ilmiy -amaliy konferensiya. 9. Абдирашидов З. Исмаил Гаспринский и Туркестан в начале XX века: связи - отношения - влияние. Ташкент, 2011. 10. Jeff Eden, Paolo Sartori, Devin DeWeese. Moving Beyond modernism: rethinking cultural change in muslim Eurasia (19th-20th century) // journal of the economic and social history of the orient. 2016. 11. Bennigsen and C. Lemercier-Quelquejay, Islam in the Soviet Union (New York: Praeger, 1967). 12. J. Smith, The Bolsheviks and the National Question, 1917-1923 (New York: St. Martin‟s Press, 1999).