scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM: QOʻRQUT, ONAQUTI VA KECHIRMAS OTA

Davronbek, Oripov

Full text

209 3 5 XORAZM: QOʻRQUT, ONAQUTI VA KECHIRMAS OTA Davronbek Oripov, Renessans taʼlim universiteti dotsent v.v.b filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Orcid raqam: 0009-0003-0025-7287 UDK: 82-131: 398.5 E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052347 Annotatsiya. Dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri boʻlgan Xorazm oʻzida bir necha ming yillik sir-sinoatlarni jamlagani bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqola orqali. Xorazm tuproqlarida Qoʻrqut ota, Onaquti va Kechirmas ota toponimlari birlashishi, uzviy birlik hosil qilishi tadqiq qilinadi. Mazkur maqolada Qo„rqut ota va Kechirmas otaga oid afsonalar, o„g„uzlar tarixi, “Kitobi Dadam Qo„rqud” eposining turkiy xalqlar tarixida tutgan o„rni haqida yangi fikrlar o„rtaga tashlanadi. Va baholi qudrat, ilmiy asoslanadi. Qo„rqut ota shaxsiyati qadimgi manbalar, tarixiy solnomalar, bizgacha yetib kelgan asarlar, zamondosh tadqiqotchilar izlanishlari asosida tadqiq qilingan. Kalit so„zlar: Dada Qo„rqud (Qo„rqut ota), “Kitobi Dadam Qo„rqud”, Xorazm, Onaquti, Kechirmas ota, Beruniy, “Avesto”, toponim. Abstract. Khorezm, one of the oldest civilizations in the world, is notable for the fact that it contains several millennia of mysteries. Through this article, in the lands of Khorezm, the toponyms of Deda Korkut, Onakuti and Kechirmas Ata merge to form a single whole. One of the oldest civilizations in the world, is notable for the fact that it contains several millennia of mysteries. This article presents new ideas about the myths of Deda Korkut and Kechirmas ata, about the history of the Oghuz, about the role of the epic “The Book of my Deda Korkut” in the history of the Turkic peoples. And the estimated capacity is scientifically based. The personality of Deda Korkut was investigated on the basis of ancient sources, historical chronicles, extant works, and research by modern researchers. Key words: Deda Korkut, “The Book of my Deda Korkut”, Khorezm, Anakuti, Kechirmas Ata, Beruni, “Avesta”, toponym. Аннотация. Хорезм, одна из древнейших цивилизаций в мире, примечательна тем, что в ней сосредоточено несколько тысячелетий загадок. Через эту статью на землях Хорезма топонимы Деда Коркуда, Онакути и Кечирмас ата сливаются, образуя единое целое. Одна из древнейших цивилизаций в мире, примечательна тем, что в ней сосредоточено несколько тысячелетий загадок. В данной статье излагаются новые идеи о мифах о Деда Коркуда и Кечирмас ата об истории огузов, о роли эпоса “Книга моего Деда Коркуда” в истории тюркских народов. И оценочная мощность, научно обоснованная. Личность Деда Коркуда исследовалась на основе древних источников, исторических хроник, дошедших до нас произведений, исследований современных исследователей. Ключевые слова: Деда Коркуд, “Книга моего Деда Коркуда”, Хорезм, Анакути, Кечирмас ата, Беруни, “Авеста”, топоним. Kirish. Xorazm haqida eng dastlabki eslatma Doro I ning Behistun yozuvida oʻz aksini topgan boʻlib, ushbu yozuv tarjimada ―Quyosh mamlakati‖ degan maʼnoni anglatar ekan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi ―Avesto‖da ‒ Xvayrizem va Qayrizao istilohlari qayd etilib, Xorazm xudojo‗ylar tomonidan yaratilgan birinchi va eng yaxshi davlatlardan biri ekanligi aytiladi. 210 3 5 Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot tarixiy-qiyosiy, folkloristik va manbashunoslik metodlari asosida olib borildi. Qo‗rqut ota, Onaquti va Kechirmas ota toponimlari etimologik hamda toponimik jihatdan tahlil qilindi. Shuningdek, og‗zaki rivoyatlar va yozma manbalar qiyosiy o‗rganilib, umumlashtirish metodi asosida ilmiy xulosalar chiqarildi. Adabiyotlar tahlili. Qo‗rqut ota va ―Kitobi Dadam Qo‗rqud‖ eposi turkiy xalqlar adabiy merosida muhim o‗rin tutadi. Mahmud Koshg‗ariy, Alisher Navoiy va Abulg‗oziy Bahodirxon asarlarida Qo‗rqut ota donishmand, avliyo va urug‗ oqsoqoli sifatida tilga olinadi. A. Divayev, A. Samoylovich, S. Tolstov hamda zamonaviy tadqiqotchilar ishlari Qo‗rqut ota obrazining folklor va tarixiy qatlamlarini ochib beradi. Ushbu manbalar Xorazm hududida Qo‗rqut ota, Onaquti va Kechirmas ota toponimlarining mushtarak madaniy-tarixiy ildizlarga ega ekanini tasdiqlaydi. Tahlil va natijalar. Onaquti qoʻlidagi zumrad tosh Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanidagi Qirqqiz mavzesidagi Burgut qalʼa (milodiy VI—VIII asrlar) qadimiy yodgorliklardan biri hisoblanadi. A.Terenojkin (1937), Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi (1946), Y.Nerazik (1953-56) tomonidan oʻrganilgan ushbu qalʼa oʻzida koʻplab sinoatlar, moʻjizalarni jo qilgani bilan qimmatlidir. Xususan, ―Saodat‖ jurnalida chop etilgan ―Onaqutining saxovati‖ maqolasida Navroʻz, uning qaysi oʻlkada kelib chiqqani, ushbu qadimiy bayramning Burgut qalʼaga nechogʻlik aloqasi borligi xususida asosli javob berilgan (elib.buxdu.uz.). Unga koʻra: ―Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani boʻlgan, dunyoviy fanlarga asos solgan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navroʻz bayrami ilk bor xuddi shu zaminda Niso (yaʼni, ayol shahri poytaxti boʻlmish Parfiyona) yunon va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Bunga Burgut qal‘a, Jomboq qal‘a va Niso qoʻrgʻonlarida (har uchchalasi ham Qadimiy Xorazm arxeologik yodgorliklari hisoblanadi ‒ D.O) bunyod qilingan va shu kunlargacha saqlanib qolgan “olov uy”lari yaqqol misol boʻla oladi. Jumladan, Burgut qal‘a markazida moviy gumbazli maqbara boʻlib, uning mehrobida Onaqutining koʻtarilgan qoʻlida Zumrad tosh boʻlgan. Bahorgi teng kunlikda-shamsiy hisob bilan hamal oyining birinchi kuni, hozirgi taqvimimiz boʻyicha 22-martda maqbara gumbazidagi tuynukdan quyosh nuri Onaquti qoʻlidagi Zumrad toshiga tushib, sumalak pishirish uchun tayyor turgan qozonning oʻtxonasiga oʻt yoqqan‖, deya qayd etiladi. Kat ‒ hosildorlik, suv ma‟budasi shahri Milodiy 305-yildan keyin Xorazm davlatining poytaxti Kat (Kos) shahriga koʻchiriladi. Kot, Kat, Kas nomlari bilan mashhur boʻlgan Xorazmdagi qadimiy shahar xarobasi hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy shahridan 2,5 km shimolroqda 211 3 5 joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, Kat xorazmiy tilida ―qishloq― degan maʼnoni anglatgan. 1947-yilgi arxeologik qazilmalar davrida topilgan hosildorlik, suv ma‘budasi Anaxita haykalchasi va undan bir muncha keyinroq Kat qal‘adan topilgan Xorazmshoh Artavning zarb qildirgan asosiy pul birliklari hisoblanmish kumush va oltin tangalar ushbu hududning naqadar qadimiy va koʻhna markaz ekanidan dalolatdir. Tumanda Aqchaxon, Al-Fir, Qizil, Kat qalʼalari, Sulton Uvays Qoraniy, Kechirmas Bobo ziyoratgohlari, Badr ota, Eshon bobo masjidlari, Shayx Abbos Valiy jomeʼ masjidi, Abu Rayhon Beruniy muzey-majmuasi turizm va aholi ziyoratgohlariga aylangan. Kitobiy eposlar Tabiiyki, koʻchish natijasida oʻgʻuzlar oʻzlari bilan xalq ogʻzaki ijodi namunalari, jumladan, epos, dostonlarini ham olib ketishadi. Darvoqe, turkiy xalqlardan to bugungi kunga qadar ikki kitobiy epos qolgan boʻlib, ular ―Kitobi Dadam Qo‗rqud‖ va ―O‗g‗uznoma‖ asarlaridir. Gʻarbga qarab koʻchgan oʻgʻuzlar tomonidan Dada Qoʻrqut, Solur Qozon, Tepakoʻz, Oʻruz haqidagi boʻylar oʻzgarishga uchrab, baʼzi joylari unut boʻlib, baʼzilariga esa qoʻshimcha voqealar kiritiladi. Nazarimizda, Dada Qoʻrqut qabri oʻgʻuzlar yashagan, Vatan tutgan Movarounnahr va Xorazmning shimoliy va shimoli-g‗arbiy hududlari, Sirdaryoning quyi havzasi hududlarida boʻlishi kerak. Ahamiyatlisi, taxminiy u yashagan davr deya qaraladigan milodiy VIII-X asrlarda ham oʻgʻuzlar aynan shu yerlarda istiqomat qilishgan. Keyinchalik oʻgʻuzlar koʻchib borgan tuproqlarida oʻzlari avliyo, pir deb bilgan zotga ramziy qabrlar yaratgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Turkiyaning Bayburt, Rossiyaning Darband, Eronning Turkmansahrosidagi qabrlar shular jumlasidan. Qoʻrqut ota Umumturkiylar shomon, urugʻ oqsoqoli, qabila sardori, homiy (shamol homiysi), donishmand, roviy, baxshi, o‗zon, bahodir, avliyo, tabib, piru komil, qo‗biz asoschisi, musiqachi sifatida ulugʻlaydigan zot Dada Qoʻrqut, Qoʻrqit ota, Dede Korkut, Gorkut ata, Bobo Qoʻrqit kabi turli nomlar bilan ataladi. Abubakr Divayev, Choʻqon Valixonov tomonidan qirg‗iz-qozoq cho‗llarida yashovchi xalqlardan yozib olingan ko‗plab asotir, rivoyatlar Qo‗rqut otaning turli qirralari haqida qimmatli ma‘lumotlar beradi. Muhim jihatlardan yana biri ―Do‗st Sulton tarixi‖ kitobida Qo‗rqut ota baxshilar piri sifatida gavdalanadi. Shu bois, qozoqlar orasidan chiqqan atoqli kuychi-baxshilar, oqin jirovlar oʻzlariga Qoʻrqit Otani pir-ustoz deb bilgan. Ular aytayotgan jirlari oldidan albatta, Qoʻrqit otaning nomini tilga olishni oʻzlarining burchi deb bilishgan (Келимбетов, 1991: 62). Toponim haqida farazlar 212 3 5 Atoqli olim Abubakr Divayev Qozonli hududidagi Xorxut toponimi bilan aloqador afsona haqida yozib qoldirgan. Unga ko‗ra, Xorxutning qabri 1880-yilgacha saqlangan, keyinchalik uni Sirdaryo yuvib ketgan (Диваев, 1896: 193-194). Demak, hozirgi Qozog‗iston hududiga to‗g‗ri keladigan mintaqalarda ko‗proq Xorxut toponimi mashhur bo‗lgan hamda shu tarzda qo‗llangan. Baloyu qazodan, turli ofatlardan qo‗rqqanlar, yuragiga qo‗rquv tushganlar avliyodan panoh izlab borgan bo‗lishlari mumkin. Har holda, Qo‗rqut ota milodning VII-X asrlarida yashagan deb qarasak, u paytlari ushbu zotning avliyolik bilan birga shomon, urug‗ oqsoqoli, ta‘birchi bo‗lgani ehtimoldan xoli emas. Qut (kut) ‒ ilohiy kelib chiqadigan odamning hayotiy kuchi, Xudoning inoyati odamni so‗nggi nafasigacha u bilan birga qoladi. Bu ruhning zamonaviy tushunchasiga yaqin, qut (ruh) o‗limdan keyin boshqa dunyoga o‗tadi. Eʼtiborlisi, aynan shu faraz Xorazm tuproqlariga oid, otashparastlik taʼlimoti, Onaquti qoʻlidagi zumrad tosh va quti soʻzlari maʼnosiga juda mos keladi. Qoʻrqut ota va Oʻzbekiston ―Kitobi Dadam Qo‗rqut‖ eposi aniqlanib, fanga ma‘lum qilinishi XIX asrning boshlari sifatida ko‗rsatilsa-da, aslida, bu epos ikki daryo oralig‗idagi xalqlar, jumladan, o‗zbeklar turmush-tarzi, urf-odatlari, o‗y-kechinmalarini o‗zida jamlagan, ular orasida mashhur bo‗lgan qadimiy dostondir. Qoraqalpoq olimi Jalg‗asbay Xoshniyazovning qayd etishicha, ulug‗ bobokalonimiz, buyuk qomusiy olim Mahmud Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗otit turk‖ asarida “Kobuzlug kishi” so‗zi uchraydi (Koshg‗ariy, 1960: 346). Xususan, bu hozirgi tarixiy musiqiy asbob sanalgan qo‗biz haqidagi dastlabki ma‘lumot bo‗lib, ma‘nosiga ko‗ra, ovulma-ovul yurib, jir (doston) aytadigan insonni bildiradi (Xoshniyazov, 2022: 5-6). Tabiiyki, bu ma‘lumot qardosh olimning nuqtayi nazari bo‗lib, dastavval, uni chuqur o‗rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish lozim. Qo‗rqut otaga oid dastlabki tarixiy qaydlar Hazrat Navoiyning ―Nasoyim ulmuhabbat‖ asarida uchraydi. Gʻazal mulkining sultoni Qo‗rqut otani quyidagicha ta‘riflaydi: “Qo„rqut ato a. r. Turk ulusi arosida shuhrati andin ortug„roqdurki, shuhratqa ehtiyoji bo„lg„ay. Mashhur mundoqdurki, necha yil o„zidin burunqini, necha yil o„zidin so„nggi kelurni debdurlar. Ko„p mav‟izaomiz mag„izliq so„zlari aroda bor” (Navoiy, 2001:421). ―Nasoyim ul-muhabbat‖ning 1495-yili yaratilganini inobatga olsak, Qo‗rqut ota Hazrat Navoiy davrida O‗rta Osiyo mintaqasida, biz yashab turgan tuproqlarda ma‘lum va mashhur bo‗lgani, Navoiydek zot ehtirom ko‗rsatib, Qo‗rqut otani avliyo sifatida bilishi, uning ushbu zaminga aslo begona emasligi, tarixiy ildizlari shu yerda ekani, tarixiy shaxs sifatida aks sado berayotganiga ishora qiladi. Hazrat qaydlaridan so‗ng ikki daryo oralig‗idagi Qo‗rqut otaga oid ma‘lumotlar Xiva xoni Abulg‗oziy Bahodirxon (1603-1664)ning ―Shajarayi tarokima‖ asarida uchraydi. Unga 213 3 5 ko‗ra, “Qayi Qora xo„janing o„g„li Qo„rqut ota Salur Ankash xo„ja va Avashbanxo„ja boshliq barcha O„g„uz eli yig„ilib, qayi xalqindin Inalyovini, podshoh ko„tardilar, vaziri Qo„rqut ota erdi, Qo„rqut ota har nimarsa tesa Inalyovi aning so„zindin chiqmas erdi. Qo„rqut otaning karomatlari ko„p (43-bet) erdi ikki yuz to„xson besh yil umr topdi, uch podshohga vazir bo„ldi… (Abulg‗oziy, 1995:26). Samoylovich topgan marvarid 1906-yili rus akademigi A.Samoylovich Xo‗jayli shahrida yashovchi Mulla Zarif ismli odamdan ko‗pgina eski qo‗lyozmalarni qoʻlga kiritadi. Ularning ichida “Qo„rqut Bahodur” nomli qo‗lyozma ham bo‗lgan. Uning atamasi: “Qo„rqut (qurt) bahadur va uning hayoli Xalima Qiniq podshoning qizi” (Bu manbani tarixchi olim O.Yusupov Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutining Leningraddagi bo‗limidan topgan) deb atalgan (Палымбетов, 2021:545). Shuningdek, Qoraqalpog‗istonda XX asrning 1920-yillarigacha faoliyat yuritgan ―Qoraqum iychan‖ madrasasida ko‗pgina tabarruk kitoblar bilan birga “Qissa Qo„rqut ota yoki Aqsan shayix” nomli qo‗lyozma ham bo‗lgani qayd etiladi (Yusupov, 1993:7). Afsuski, bugungi kunda ushbu manba va qoʻlyozma haqida deyarli maʼlumotlar uchramaydi. Ularni aniqlash, ilm-fanga maʼlum qilish uchun esa Samoylovich ―xazina‖sini chuqur tadqiq etib, asl haqiqatni roʻyobga chiqarish lozim. Bu ikki noyob manba hamda qoʻlyozma Qoʻrqut ota gezezesi koʻhna Xorazm tuproqlariga borib yetishi, qardosh qoraqalpoqlar uchun ham birdek qadrli zot ekaniga ishora qiladi. Ildizi qadim Xorazm tuproqlariga tutash... ―Kitabi Dadam Qoʻrqud‖ ustida koʻplab tadqiqotlar olib borgan Safarboy Roʻzimboyev xulosalariga koʻra, Salor Qozon haqidagi qahramonlik qoʻshiqlari bir vaqtlari Xorazmda mashhur boʻlgan. Qoʻshiqlarning Kavkaz, xususan, Ozarbayjonga oʻtishida bu qadimiy oʻlka koʻprik boʻlib xizmat qilgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas (Roʻzimboyev, 2019:125). Folklorshunos fikricha, ―Kitobi dadam Qo‗rqut‖ning kitobiy nusxasi Abulgʻoziy davrida Xorazmdagi qissaxonlar va xalfalar repertuarida mavjud boʻlgan. Uning tarkibidagi ayrim qoʻshiqlar alohida holda kuylangan ham. Keyinchalik vohada ―Goʻroʻgʻli‖ turkumi dostonlarining ogʻzaki variantlari keng darajada tarqalgan. Ushbu turkumning ustuvorlik qila boshlashi bilan Qoʻrqut ota toʻgʻrisidagi doston unutilib ketgan. Yana shuni alohida eʼtirof etish lozimki, qadimiy Xorazm tuproqlaridan, Amudaryo boʻylaridagi hududlardan Qoʻrqit ota hamda eposga oid bir nechta afsonalar yozib olingan boʻlib, ular kitobiy epos boʻylari bilan hamohanglik kasb etadi. Masalan, 1964-yili uyushtirilgan ekspeditsiyada Safarboy Roʻzimboyev Toʻrtkoʻl tumani (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) Shoʻroxon qishlogʻida yashovchi Yoʻldosh Toʻxtaboyevdan “Jon shirin” 214 3 5 afsonasini yozib olgan boʻlsa, 1982-yili esa Mangʻit shahrida yashovchi Shukurullo Yusupovdan “Yakka koʻz” afsonasi qogʻozga tushiradi. ―Jon shirin‖ ―Kitabi Dadam Qoʻrqud‖ning ―Devxoʻja oʻgʻli Dali Domrul‖ boʻyiga oʻxshasa, ―Yakka koʻz‖ ―Bosotning Tepakoʻzni oʻldirishi‖ voqealariga juda mos keladi. Nazarimizda, ushbu boʻylar Xorazm tuproqlarida shakllanib, oʻgʻuzlarning gʻarbga siljishi natijasida Saljuqiylar imperiyasi hududlarida transformatsiyaga uchragan boʻlishi kerak. Shuningdek, rus olimi, xorazmshunos S.Tolstovning taʼkidlashicha, kelinning kuyov bilan yakkama-yakka kurash tushib, yengilgach, turmushga chiqish odati Xorazmda yashagan shak (sak) qabilalari urf-odatiga aloqadordir (Tolstov, 1948:323). Biz ushbu odatni ―Kitabi Dadam Qoʻrqud‖ kitobiy eposidagi ―Qom Bo‗raning o‗g‗li Bamsi Bayrak dostoni‖ hamda maʼlum maʼnoda ―Qangli Bahodir o‗g‗li Qonto‗rali dostoni‖da koʻrishimiz mumkin. Bayrak hamda Bonu Chechak oʻrtasidagi kurash tasviri bunga yaqqol misol boʻla oladi. Onaquti va Qoʻrqut Maqolalarimizdan birida Qoʻrqit toponimi haqida batafsil toʻxtalib oʻtgan edik (Oripov, 2022: 20-23). O‗zbek tilining izohli lug‗ati beshinchi jildi da Qo„r-qut so‗zi joy olgan (Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 2008: 416). Ushbu so‗zga Qo‗r-qut ‒ yig‗ib, to‗plab, g‗amlab qo‗yilgan narsa, boylik, zaxira; qut-baraka deya ta‘rif berilgan. E‘tiborimizni tortgan so‗z qut-baraka bo‗lib, Qo‗rqut otaning urug‗ oqsoqoli sifatida aytgan har bir so‗zi, qilgan amali elu yurtga qut-baraka keltirgan. Mamlakat ahli boyigan. Shu boisdan, turkiylar ulug‗ zotni e‘zozlab Qo‗rqut ota deya atagan boʻlishi mumkin. Yuqorida Xorazm tuproqlaridagi Burgut qal‘adagi maqbara mehrobida Onaqutining koʻtarilgan qoʻlida Zumrad tosh boʻlganini qayd etgan edik. Buni qarang-ki, Onaqutining koʻtarilgan qoʻlidagi zumrad tosh ham elu yurtga qutbaraka, toʻkin-sochinlik keltirgan, sumalak oʻtiga oʻt yoqqan. Nazarimizda, Onaquti va Qoʻrqut nomlari deyarli bir xil maʼnoni anglatmoqda. Har ikkisida ham urugʻ va qabilalar boshligʻiga xos, qut-baraka, yil boʻyi toʻkin-sochinlik tilangan yoʻlboshlovchilik, shomonlik, oqsoqollik xislatlari namoyon boʻlgan. Va asosiy omil, har ikkisi ham bir hududga: Xorazmga tegishli ekanidir. Qoʻrqut otaning qabri ‒ Oʻzbekistonda! Xorazmda istiqomat qiluvchi yoshi ulugʻ oqsoqollar, yoshullilar yoshligida biron narsadan qoʻrqqanda, yuragini vahm bosganda Beruniy tumanidagi ―Kechirmas bobo‖ ziyoratgohiga borishgani, nazr-niyozu ehson qilishganini taʼkidlashadi. Qizigʻi, bu qadamjo avvallari ―Qoʻrqut ota‖, ―Qoʻrquv ota‖ nomlari bilan atalgan ekan. ―Kechirmas bobo‖ nomli ziyoratgoh Beruniy tumanida joylashgan boʻlib, hozirgi kunda juda abgor holatda. Afsonaga koʻra, Kechirmas bobo qadim zamonlarda bu yerlar choʻl boʻlgan paytlar yashagan avliyoning ismi ekan. Kechirmas bobo agar biror kishi gunoh 215 3 5 qilsa, unga har xil kasalliklar yuborgan. Kasallikdan faqat xatolaridan tavba qilib shifo topib boʻlgan. Agar u inson shifo topgandan soʻng ham yana gunoh qilishda davom etsa, u yana kasal boʻlib qolgan va bundan keyin kechirim yoki shifo olmagan. Shuning uchun avliyo Kechirmas bobo nomini olgan ekan. Shuningdek, ushbu avliyodan zurriyod qolmagan ekan. Oq toshlar haqidagi afsona ham Kechirmish boboga nisbat berilarmish. Yuqorida ushbu yerlar juda qadimdan oʻgʻuzlar istiqomat qilib, hozirga qadar umrguzaronlik qilayotgan tuproqlar ekanini qayd etgan edik. Mana shu sanab oʻtilgan jihatlar bizda bu maqbara aslida oʻgʻuz-turklar ardoqlagan, tarixiy shaxs deya hisoblaydigan Qoʻrqut ota maqbarasi degan fikrni ilgari surishimizga zamin yaratdi. Soʻnggi Shayxulislomning nabirasi Abdurahim hoji Aminjon oʻgʻli ‒ Xorazmning so‗nggi Shayxulislomi Otajon eshonning nabirasi. Shajarasi quyidagicha: Niyozmuhammad Axun, o‗g‗li Muhammadsharif Axun, uning o‗g‗li Otajon eshon, uning o‗g‗li Aminjon eshon, Abdurahim hoji Aminjon oʻgʻli. Bobokalonlari Munis tomonidan boshlanib, Ogahiy nihoyasiga yetkazgan ―Firdavsu-liqbol‖da nomlari keltirilgan. Tarixiy ildizi Xulafoi Roshidinlarning kattasi Abu Bakr Siddiq (r.a)ga borib taqaladi. Beruniy tuman bosh imom-xatibi boʻlib ishlagan. Abdurahim hoji: ―Hozirda ―Kechirmas ota‖ deya ataladigan ushbu maqbara ilgari Qoʻrqut ota deb aytilgan. Ota-bobolarimizdan bu haqda koʻplab rivoyatlar eshitganman. Aynan shu maqbara joylashgan hudud qadimgi Kat shahrining shimoliy chekkasidir. Atrofdagi qabriston juda qadimiydir. Otamning aytishicha, 80-100 yillar oldin bu yerlar Qoʻrqut buva deb aytilgan, odamlar bu avliyoning qabri yonidan o‗tishga qo‗rqqan. Qo‗rqib o‗tish kerak, bo‗lmasa bu yerda yotgan odam (avliyo) kechirmaydi deb xalq tilida aytilaverganidan davr o‗tishi bilan Kechirmas buva, Kechirmas ota nomiga oʻzgarib ketgan. Xulosa. Tarixiy manbalarga koʻra, Kat qalʼasini suv bosgach, Xorazmshoh bu yerga juda yaqin Fil qalʼaga koʻchib oʻtadi. Fil qalʼasi qoldiqlari ana shu saroydan meros qolgan. Hozirgi kunda ushbu koʻhna Fil qalʼa sayyohlar hamda mahalliy ziyoratchilar bilan gavjum. ―Qoʻrqut ota‖ maqbarasi ―Sulton Uvays Qaroniy‖, ―Shayx Abbos valiy‖ maqbaralari bilan birgalikda qadim Xorazm tuproqlaridagi koʻhna, sinoatga boy hamda turkiy olamdagi muqaddas qadamjolar sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati: 1. Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami 20 tomlik.17-tom. ―Nasoyim ul muhabbat‖, ―FAN‖ nashriyoti.T, 2001.‒ Б.421. 2. Oripov D. Korkut toponımı üzerıne üç fıkır. Göçebe Dergısı. Fıkır, Kültür, Sanat ve Edebıyat Dergısı. Ağustos 2022 Sayı: 15. 3. Абулғозий Б. Шажарайи тарокима. ‒ Тошкент:―Чўлпон‖, 1995. – Б.26. 4. Келимбетов Н. Ежелгі дәуір әдебиеті. ‒ Алматы: Ана ТІЛІ, 1991. B.62. 5. Китоби Дада Қўрқуд. Сафарбой Рўзимбоев таржимаси. Урганч: ― УрДУ ноширлик бўлими‖, 2019. – Б.126-127. 6. Маҳмуд Кошғарий. ―Девону луғатит турк‖ I том Т.; Ўзб. ССР Ф.A. нашриѐти 1960, 346-бет. 216 3 5 7. Палымбетов К. Қўрқут ота ҳақида қорақалпоқ афсоналари.―Istiqlol davri oʻzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining dolzarb masalalari‖ respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari, 2021. ‒ 544-552. 8. Қорқут ата китабы. ‒ Ташкент: ―Anorbook‖, 2022. – Б.5-6. 9. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. ―Ўзбекистон миллий энциклопедияси‖ Давлат илмий нашриёти. Бешинчи жилд. ‒ Тошкент: ― Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти‖, 2008. – Б.415-416. 10. Юсупов О., Қәлимбетов А. «Қарақалпақстан» баспасына 60 жыл. Қарақалпақстан, – Н.: 1993. – Б. 64 11. Диваев А. Несколько слов о могиле Хорхут-ата-ЗВО РАО, Т.Х.СП.б.1896. – С.193-194. 12. Толстов С. Древний Хорезм: Опыт ист.-археол. Исследования. Москва: 1948. С.248. 13. elib.buxdu.uz.