scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB TILI MORFOLOGIYASIDA MUBOLAG'A SIYG'ALARI

Po'latova, Maxmuda

Full text

217 3 5 ARAB TILI MORFOLOGIYASIDA MUBOLAG‘A SIYG‘ALARI Po‘latova Maxmuda, Alfraganus universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052355 Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilidagi mubolag‘a siyg‘alari ( ًنا غيصةغناب ) ning morfologik, semantik va nahviy jihatlari keng yoritildi. Maqolada ularning yasalish qonuniyatlari, asosiy va g‘ayri qiyosiy vaznlari, Qur’on oyatlarida uchraydigan shakllari, shuningdek, fe’l kabi amal qilish xususiyatlari ilmiy tahlil qilindi. Mubolag‘a siyg’alari nutqda ma’no kuchaytirish, ta’kid yaratish, sifatning davomiyligini ifodalash kabi funksiyalari bilan arab tili balog‘atining muhim vositasi hisoblanadi. Mazkur maqola ushbu shakllarning nazariy asoslari, sarfiy istisnolari, adabiy qo‘llanilishi va zamonaviy talqini orqali o‘quvchiga to‘liq ilmiy tasavvur beradi. Kalit so‘zlar: mubolag‘a siyg’alari, sarf, nahv, arab tili morfologiyasi, vaznlar tizimi, semantika, Qur’on tili, balog‘at, fe’l-ism munosabati, grammatik amal, ta’kid ma’nosi, davomiy sifat. Aннотация. В данной научной работе подробно рассматриваются морфологические, семантические и синтаксические особенности арабских форм интенсивности — تغنابمنا غَيص. В статье анализируются их способы словообразования, основные и не образцовые модели, примеры, встречающиеся в Священном Коране, а также функции, которые эти формы выполняют в предложении, действуя подобно глаголу. Формы интенсивности служат важным средством усиления смысла, выражения постоянства действия или черты, а также создания выразительности в арабской речи. Исследование дает всестороннее представление о теоретической базе, морфологических исключениях, литературных примерах и современном толковании данных форм. Ключевые слова: формы интенсивности, арабская морфология, сарф и нахв, семантика, язык Корана, риторика. Annotation. This research paper provides a detailed analysis of the morphological, semantic, and syntactic characteristics of the Arabic intensive forms known as Ṣīghat al-Mubālagha (ةغنابًنا غيص). It examines their derivational patterns, major and non-standard morphological templates, occurrences in the Holy Qur’an, and their grammatical function, including their ability to operate similarly to verbs. Intensive forms play a crucial role in enhancing meaning, emphasizing continuity or intensity of an action or trait, and contributing to the rhetorical richness of the Arabic language. This study offers a comprehensive overview of their theoretical foundations, morphological exceptions, literary applications, and modern linguistic interpretations. Keywords: intensive forms, Arabic morphology, Ṣīghat al-Mubālagha, semantics, Qur’anic language, rhetoric. Kirish. Arab tili balog‗atga nihoyatda boy til bo‗lib, unda so‗zlarning tovushi, tuzilishi va vazni orqali ma‘no kuchaytiriladi. Ayniqsa, sarf ilmidagi mubolag‗a siyg‘alari amalning kuchi, davomiyligi va takroriyligini ko‗rsatishda juda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada mubolag‗a siqalari haqida mavjud nazariy qarashlar, Qur‘ondagi misollar, klassik sarf manbalari, zamonaviy tadqiqotlar va amaliy namunalarga tayangan holda keng yoritiladi. 218 3 5 Mubola siyg‘alari arab tili morfologiyasida juda muhim o‗rin egallaydi. Bu shakllar ism I foilning kuchaytirilgan ko‗rinishi bo‗lib, biror fe‘lning ko‗p takrorlanishiga, davomiy tarzda bajarilishiga yoki kuchli sodir bo‗lishiga dalolat qiladi. Adabiyotlar tahlili. Mubolag‗a siyg‘alari arab adabiyotida, qur‘on oyatlarida, hadis matnlarida, klassik she‘riyatda, jumladan, Al-Mutanabbiy, Zuhayr ibn Abi Sulma kabi shoirlar asarlaida keng qo‗llanadi. ز ُي زحس ي هن ذهك ز ُ ً ن — bu yerda ―ٌ ‖ so‗zi juda jozibador, sehrli manzarani ifodalaydi. ٌإ الله رىف غ ىي حر — ―رو غ‖ va ―ىي حر‖ Allohning keng kechirimliligi va rahmini bildiradi. ذه مجز ن — ko‗p ichuvchi, odatiy holatda kuchaytirilgan sifatdir. ٍ ك يزح ىه ع ىي ُ ت ك قو — ―ص ي ح‖ so‗zi kuchli ehtiyotkorlikni bildiradi. ت َ ق يدص ٌ ىعي — yordam berishga juda moyil do‗st ma‘nosida. ٌ ك لىس ر الله ي — Payg‗ambar (s.a.v.)ning bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi sifatlarini bildiradi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda ilmiy-tavsifiy, qiyosiy-tahliliy va semantik yondashuv metodlaridan foydalanildi. Mubolag‗a siyg‗alarining yasalishi va qo‗llanilishi klassik sarf manbalari asosida o‗rganildi. Jumladan, Sibavayh, Zamaxshariy, Ibn Hishom, Abdulqohir Jurjoniy asarlaridagi nazariy qarashlar tahlil qilindi. Shuningdek, Qur‘oni Karim oyatlarida uchraydigan mubolag‗a siyg‗alari alohida guruhlarga ajratilib, ularning kontekstual ma‘nolari izohlandi. Zamonaviy tilshunoslarning ishlari bilan qiyoslash orqali mubolag‗a shakllarining hozirgi til tizimidagi o‗rni aniqlandi. Tadqiqot davomida nazariy xulosalar amaliy misollar bilan mustahkamlandi. Tahlillar va natijalar. Mubolag‗a siyg‘alari: «ء ًس ق ش ت ٍي ل ع لأ ة نلاده ن ىه ع ىُ عي ىس مع ف ن د ق ب ةغ ن ب ً ن ». Ya‘ni, fe‘llardan yasalgan otlar bo‗lib, ismi foilning kuchliroq ma‘nosini bildiradi. Bu shakllar ba‘zan biror shaxsning doimiy xulqini, ba‘zan kasb-korini, ba‘zan esa holatini ifodalaydi. Masalan: — ―و ى ‖ — ko‗p ro‗zador — ―و ىق‖ — ko‗p ibodat qiluvchi — ―ٌ ب ج‖ — juda qo‗rqoq Mazkur shakllar fe‘lning odatli ma‘nosini kuchaytiradi va nutqning ifoda kuchini oshiradi. Arab tilida mubolag‗a siyg‘alari ,asosan, quyidagi vaznlarda keladi: 1) ل ع — ،ب ذ ك ب ز . Bu vazn amalning ko‗pligini va takrorlanuvchanligini bildiradi. 2) لىع — ،رىك ش رىف غ. Alloh sifatlarida eng ko‗p ishlatiladi, bu amal/ sifatlardagi chuqurlikni bildiradi. 3) مي ع — ،ىي ه ع ىي ك ح. Bu vazn ,ko‗pincha, mustahkam va doimiy sifatlarni ko‗rsatadi. 219 3 5 4) مي ع — ق، ي د زي ك س. Shaxsning biror xususiyatni haddan tashqari ko‗p bajaruvchiligini bildiradi. 5) ل عف ي — ،ل ذب ي ٌ ىع ي. Yordam beruvchi, ko‗p tuhfa qiluvchi, mehnatni ko‗p bajaruvchi kishilarni tavsiflashda ishlatiladi. G‗ayri qiyosiy vaznlar esa qur‘onda va adabiyotda uchraydi va ular tilning boyligini namoyon etadi. qur‘on mubolag‗a siyg‘alari bilan nihoyatda boydir. Misollar: — « وزكيو زكي ر ب ك» — ularning makri haddan tashqari kuchli. — «ٌإ ذه ء شن ب جع» — juda hayratlanarli narsa. — «الله لا ه نإ لاإ ىه ح ن وى يقن » — doimiy hayot sohibi va boshqaruvchi. — «كه ً ن و دقن » — Mutlaq pok Zot. Bu shakllar Qur‘on oyatlarida semantik ta‘kid, ta‘sirchanlik, ma‘no chuqurligini oshirish uchun ishlatiladi. Mubolag‗a siyg‘alari fe‘l kabi amal qiladi: 1) Lozim fe‘l bo‗lsa → faqat foilni ko‗taradi. 2) Muta‗addiy bo‗lsa → foil + 1 maf‘ul. 3) Ikki maf‘ullik bo‗lsa → foil + 2 maf‘ul. Masalan: — ―الله ر فغ بى َذ ن ‖ — ―ز يدً ن ُي ٍ يز ئ ف ن ز ئ ىج‖. Mubolag‗a siyg‘alari quyidagi holatlarda amal qiladi: — Ma‘rifa bo‗lsa (―ز يدق ن ‖) — Tanvin bilan kelsa (― يًس ء عدن ‖) — Inkordan keyin , nafiydan keyin kelib, ta‘kid kuchayadi: 1. ٌَوُهًَْعَت اهًَع ٍمِفاَغِب ُه اللَّ اَي (Alloh qilayotgan ishlaringizdan aslo bexabar emas.) 2. ِديِبَعْهِن ٍوه لََّظِب َكُّبَز َ سْيَن (Rabbing bandalarga mutlaqo zulm qiluvchi emas.) Istifhomdan keyin ,savol shaklida kelib, ta‘kid va taajjubni bildiradi: 1. ؟ٍَيًِِكاَحْنا ِىَكْحَأِب ُه اللَّ َ سْيَنَأ (Alloh hukm qiluvchilarning eng hikmatlisi emasmi?) 2. ؟ِبوَُُّرهِن ٌزاهفَغ ٌّبَز َوُهَأ (U gunohlarni juda ko‗p mag‗firat qiluvchi Zot emasmi?) Mubtadodan keyin mubolag‗a siyg‗asi xabar bo‗lib keladi. 1. ٌىيِحَز ٌزوُفَغ ُه اللَّ(Alloh nihoyatda mag‗firatli va rahmlidir.) 2. ِءَ لََّبْنا يِف ٌزاهبَص ٍُِيْؤًُنا(Mo‗min baloda juda sabrli bo‗ladi.) Sifat sifatida kelganda ,ismni sifatlab keladi. 1. ِةًَْعُِّهِن ٌزوُكَش ٌمُجَز (Ne‘matga juda shukr qiluvchi odam.) 2. ِه اللَّ يَنِإ ٌباهوَت ٌدْبَع (Allohga ko‗p tavba qiluvchi banda. Hol sifatida kelganda ,fe‘l egasining holatini mubolag‗a bilan bildiradi: 1. َءاَج اًكاهحَض ُمُجهسنا (Odam juda kuluvchan holda keldi.) 2. اًزاهبَص ُدِهاَجًُْنا َمَخَد (Mujohid nihoyatda sabrli holda kirdi.) ٌإ va ٌ ك bilan ishlatilganda هٌإ bilan: 1. َباَت ًٍَِْن ٌزاهفَغ َه اللَّ هٌِإ 220 3 5 2. ِبوُيُغْناِب ٌوه لََّع َكهبَز هٌِإ � ٌاك bilan: 1. اًًيِحَز اًزوُفَغ ُه اللَّ ٌَاَك 2. ىَذَْ لْا يَهَع اًزاهبَص َىههَسَو ِهْيَهَع ُه اللَّ يههَص ُلوُسهسنا ٌَاَك Har bir holatning o‗z amaliy misollari mavjud va ular arab nahvining asosiy qismidir. Mubolag‗a siyg‘alari zamonni bildirmaydi, balki amalning davomiyligini bildiradi: — hozirgi: ده ش ز ُي ب — o‗tgan: ٌ ك مجز ن ح فس — kelajak: ٌى كأس رىب Ammo ilmiy haqiqat yoki doimiy sifatda zamon ko‗rsatilmaydi: — م ك ٍيؤي و ى و ىق — ء رو م ك ةض ه َ ر بج ىهع مًعو Arab tili sarf va nahv tizimida mubolag‗a siyg‘alari alohida o‗rin tutadi. Ular nafaqat grammatik shakl sifatida, balki ma‘no kuchaytiruvchi balog‗at vositasi bo‗lib ham xizmat qiladi. Ushbu maqolada mubolag‗a siyg‘alarning yasalishi, vaznlari, semantik vazifalari, qur‘on oyatlaridagi qo‗llanilishi, amaliy jihatlari va klassik manbalardagi qadimiy sharhlar keng tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, mubolag‗a shakllari arab tilining ichki tizimida chuqur ildizga ega bo‗lib, ular fe‘lning tabiiy ma‘nosini kuchaytirish, takroriylikni ifodalash, shaxsdagi doimiy sifatni ko‗rsatish va nutqda ta‘kid yaratishda o‗ta muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, mubolag‗a siyg‘alari uch harfli fe‘llardan qiyosiy tarzda yasalishi, bu tilning morfologik mukammalligidan dalolat beradi. Fe‘lning mazmuni faqat bajarilgan amalni emas, balki uning sifatini, kuchini, chuqurligini ham ifodalashi arab tilining semantik imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayniqsa, ميعف ،لوعف ،لاّعف kabi vaznlar orqali inson fazilatlari, illatlari, axloqiy sifati va kundalik faoliyatlarining darajasi ifodalanadi. Bu esa mubolag‗a siyg‘alari nafaqat grammatik shakl, balki axloqiy-ta‘limiy ohangga ega bo‗lgan lingvistik vosita ekanini ko‗rsatadi. Ikkinchidan, Qur‘oni Karimda mubolag‗a siyg‘alarning keng qo‗llanishi ularning muhimligini tasdiqlaydi. Allohning sifatlarini ifodalovchi مويق ،سودق ،ميحر ،روفغ kabi shakllar semantik jihatdan chuqur ma‘no yuklaydi. Bu shakllar orqali Allohning buyukligi, rahmati, pokligi, kechirimliligi va doimiy faoliyati ta‘kidlanadi. Qur‘on ularni o‗ta balog‗at bilan ishlatadi — bu esa arab tilining i‗jodiy (mo‗jizaviy) kuchining bir bo‗lagi hisoblanadi. Uchinchidan, mubolag‗a siyg‘alari nahv nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir. Ularning fe‘l kabi amal qilishi, bir yoki ikki maf‘ul boshqarishi, turli sintaktik sharoitlarda ishlatilishi nahv tizimining murakkab va moslashuvchan tabiatini ko‗rsatadi. Tanvinli kelishi, istifhom, nafiy, mubtado, sifat, hol, ― ّنإ‖ va ―ناك‖ bilan kelganda amal qilishi — bularning barchasi ushbu shakllarning keng grammatik funksiyasini yaqqol namoyon etadi. 221 3 5 To‗rtinchidan, mubolag‗a siyg‘alari adabiyotda, she‘riyatda va nutq san‘atida tilning estetik qiymatini oshiradi. Shoirlar va notiqlar bu shakllarni kuch, jo‗shqinlik, hayrat, qo‗rquv yoki muhabbat kabi hissiyotni ifodalashda mahorat bilan qo‗llaydilar. Masalan, ―ناّتف” ،“حاّفس” ،“ب ّ لّخ” ،“راّبج ‖ kabi shakllar poetik matnga estetik ohang bag‗ishlaydi. Beshinchidan, sarfiy istisnolar — ajvaf va noqis fe‘llardan yasalgan mubolag‗a siyg‘alari ham tilning moslashuvchanligini va qadimiy arablarning fonetik-morfologik tajribasini aks ettiradi. ماع →ما ّ وع va ىكب →ءاّكب kabi misollar til taraqqiyotining tabiiy jarayonini ko‗rsatadi. Oltinchidan, mubolag‗a siyg‘alari zamon bilan bog‗liq bo‗lmay, ko‗proq amalning o‗ziga xos sifatini ifodalaydi. Bu jihat ularni fe‘l shakllaridan farqlaydi. Ular nutqda zamon emas, balki holatning mustahkamligi, odatga aylanishi yoki doimiylikni ko‗rsatish uchun ishlatiladi. Shuning uchun ham ilmiy, axloqiy, ijtimoiy matnlarda ularning qo‗llanishi ma‘noni kuchaytiradi. Yettinchidan, mubolag‗a siyg‘alari insonning ruhiyati, his-tuyg‗usi va axloqiga oid tushunchalarni ta‘kidlashda alohida ahamiyatga ega. Masalan, ― رابص” ،“روكش” ،“با ّ وت ‖ kabi shakllar insonning ma‘naviy yetukligini ifoda etadi. ― حاّفس” ،“نابج” ،“باذك ‖ esa salbiy sifatlarning tashqi ko‗rinishini kuchaytiradi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, mubolag‗a siyg‘alari nafaqat morfologik tizimning bir qismi, balki arab tilining balog‗atli ruhini yaratadigan nozik semantik vositadir. Ular orqali nutq kuchayadi, ta‘sirchanlik oshadi, ma‘no chuqurlashadi va estetik go‗zallik hosil bo‗ladi. Har bir vazn o‗ziga xos semantik yuklamaga ega bo‗lib, arab tilini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Shuning uchun mubolag‗a siyg‘alari sarf ilmining eng muhim poydevorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kengaytirilgan ilmiy tahlil o‗quvchi uchun mavzuning to‗liq manzarasini yaratadi va arab tili sarf ilmidagi ushbu shakllarning nazariy hamda amaliy ahamiyatini yuksak darajada ochib beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Ibrohimov N., Yusupov T. Arab tili grammatikasi. 1-jild. – Toshkent: 1998. 2. Ibrohimov N., Yusupov T. Arab tili grammatikasi. 2-jild. – Toshkent: 2003. 3. Abu-Chacra F. Arabic: An Essential Grammar. – London: Routledge, 2007. 4. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. 5. Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. 6. Abdujabborov A. Arab tili. – Toshkent: 2005. 7. Baranov H. Arabcha–ruscha lug‘at. – M.: 1985. 8. Kovalev A. A., Sharbatov G. Sh. Arab tili darsligi. – M.: 1998. 9. Talabov E. Arab tili. – T.: O‗zbekiston, 1993. 10. Xalidov B. Z. Arab tili darsligi. – Toshkent: O‗qituvchi, 1981. 11. ا زهاقنا دبعيناجزجن . ساجعلإا مئلاد . – ةزهاقنا.