scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISTIQLOL DAVRI ROMANLARIDA MIFOLOGIK MOTIV VA OBRAZLAR TALQINI (X.Do'stmuhammad va T.Po'latov romanlari misolida)

Axmadiy, Komila Shavkat qizi

Full text

236 3 5 ISTIQLOL DAVRI ROMANLARIDA MIFOLOGIK MOTIV VA OBRAZLAR TALQINI (X.Do„stmuhammad va T.Po„latov romanlari misolida) Axmadiy Komila Shavkat qizi, Guliston davlat universiteti “O„zbek adabiyoti” kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052435 Annotatsiya. Maqolada taniqli yozuvchilar X.Do„stmuhammad hamda T.Po„latov romanlarida yaratilgan mifologik motiv va mifologik obrazlar o„rganildi. Xususan, adibning “Donismand Sizif” hamda “Taroziy toshbaqasi” romanlarida yunon mifologik motivlari hamda mifologik obrazlari Sizif hamda Prometey haqidagi motiv va obrazlar sintezi yaratilgan. Maqolada ana shu masala xususida so„z yuritiladi. Kalit so‘zlar: mifologik motiv, mifologik obraz, o„zbek folklori, jahon folklori, yunon mifologik obrazi, Sizif, Benishon, Toshbaqa, Temur Po„latov, Xurshid Do„stmuhammad. Аннотация. В статье изучены мифологические мотивы и мифологические образы, созданные в романах известных писателей Х.Дустмухаммада и Т.Пулатова. В частности, в романах писателя “Донисманд Сизиф” и “Черепаха Тарази” создан синтез греческих мифологических мотивов и мифологических образов о Сизифе и Прометее. В статье обсуждается именно этот вопрос. Ключевые слова: мифологический мотив, мифологический образ, узбекский фольклор, мировой фольклор, греческий мифологический образ, Сизиф, Бенишон, Черепаха, Темур Пулатов, Хуршид Дустмухаммад. Abstract. The article examines mythological motifs and mythological images created in the novels of famous writers Kh.Dustmukhammad and T.Pulatov. In particular, in the writer‟s novels “Sisyphus the Donishman” and “The Tortoise of Tarazi”, a synthesis of Greek mythological motifs and mythological images about Sisyphus and Prometheus was created. This issue is discussed in the article. Keywords: mythological motif, mythological image, Uzbek folklore, world folklore, Greek mythological image, Sisyphus, Benishon, Tortoise, Temur Pulatov, Khurshid Dostmuhammad. Kirish. Istiqlol davri nasrida o„zbek adiblarining tasvir va talqinda o„zgacha yo„llardan yurganini ko„rish mumkin. Binobarin, T.Po„latov, X.Do„stmuhammad, Sh.Bo„tayev, N.Eshonqul, I.Sulton, U.Hamdam kabi yozuvchilar nasrida jahon va o„zbek folklorining ta‟siri, zamonaviy o„zbek nasrining an‟anaviy realizm unsurlari, modernizm va postmodernizm, fusunkor realizm an‟analarining ajib sintezi kuzatiladi. T.Po„latovning “Taroziy toshbaqasi”, X.Do„stmuhammadning “Bozor”, “Donishmand Sizif”, Sh.Bo„tayevning, “Shox”, “Qo„rg„onlangan oy”, “Utashan. Yettinchi tong” romanlarida jahon va o„zbek folklorida mash‟hur bo„lgan mifologik motivlar hamda mifologik obrazlarning qayta transformatsiyasi ko„zga tashalanadi. Xususan, bu adiblar romanlarida “hayot va o„lim motivi”, “muhabbat motivi”, “safar motivi”, “sinov motivi”, “suv toshqini motivi”, “evrilish motivi”, “bo„ri motivi”, “jin to„polon motivi”, “tush motivi”lari kuzatiladi. Shu bilan birga mazkur romanlarda jahon va o„zbek mifologiyasida mash‟hur mifologik obrazlar “Shayton” (Ximer obrazi), “Sizif”, “Toshbaqa”, “Bo„ri”, “Burgut” kabilar katta mahorat bilan yaratilgan. 237 3 5 Adabiyotlar tahlili. Adabiyotshunos M.Qo„chqorova hozirgi o„zbek nasrida uchraydigan bunday motiv va obrazlarni “neomifologizm” deb ataydi. Xususan, olima yozadi: “…mif qadimgi odam uchun ishonchli hikoya bo„lsa, zamonaviy kishi uchun olam va odam, ibtido va intiho, yaratish va yaralish va h.k mavzularini izohlovchi afsona, ya‟ni metaforik-ramziy-majoziy og„zaki shakldagi hikoyalardir. Bizningcha, “neomifologik asar” (roman-mif, hikoya-mif, esse-mif) tushunchasi yozma adabiyot uchun xos tushuncha bo„lib, u qadim insoniyat yaratgan miflar, mifologik obrazlar, syujet va motiv asosida yuzaga keladi. Dunyo xalqlari juda qadimiy miflarga boy. Jumladan, antik yunon miflari, arab miflari, rus xalqi miflari, nemis miflari, turkiy xalqlarning miflari va h.k. Har bir xalq o„z miflariga ega. Miflarni o„rganuvchi sohani folklor ilmida mifologiya deb ataladi. Zamonaviy ijodkor uchun xalq ijodi, o„z xalqining yozma adabiyoti va jahon xalqlari adabiyoti va shu bilan birga qadimgi xalqlar yaratgan boy, sirli miflar katta ijodiy energiya, omil bo„lib xizmat etishi mumkin” [1.137–138], – degan fikrni bildirgan. Mif – qadimgi odamning olam haqidagi ilk-ibtidoiy tasavvurlari majmui bo„lib, borliqning yaratilishi inson, o„simlik va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo„lishi, tabiiy hodisalarning yuz berishi sabablari va mohiyati; afsonaviy qahramonlar, ma‟buda va ilohlar haqidagi e‟tiqodiy qarashlarni o„z ichiga oladi. Mif ibtidoiy odamning voqelikka bo„lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo„lib, tabiat va jamiyat hayotining turli jihatlari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. M.I. Steblin – Kamenskiy mif tabiatini izohlar ekan: “Mif–bu voqelik bo„lib, u qanchalik haqiqatga zid bo„lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyda ayni haqiqat deb qabul qilindi” [2.4–5]. Chindan ham, qadimgi inson sodir bo„lgan voqelikni inkor etib bo„lmas ayni haqiqat sifatida qabul qilgan. Ayni shu jihat ham ularni og„izdan og„izga, avloddan avlodga o„tib kelishiga sabab bo„lgan. “Mifologizm” biror-bir muallif tomonidan yaratilgan badiiy asarda qo„llanilgan mifologik obraz yoki mifologik motivning qayta ishlanishi yoki shunday an‟anaviy obraz hamda motivlar asosida yangidan yaratilganlari bo„lib, u folklorizmdan faqat mifga asoslangani bilan farq qiladi. Mifologik motiv va obrazlarning yozma adabiyotga ta‟siri masalasi N.Mallayev, M.Saidov, O.Madayev, T.Xo„jayev, M.Rajabova, M.Narziqulovalarning tadqiqotlarida tahlilga tortilgan. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada qiyosiy-tipologik, tarixiy-adabiy va mifopoetik tahlil metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, matn ichidagi mifologik motiv va obrazlarning semantik hamda ramziy qatlamlarini ochishda struktural-tahliliy yondashuvga murojaat qilindi. Tahlillar va natijalar. T.Po„latov, Sh.Bo„tayev, X.Do„stmuhammad kabi adiblarning keyingi yillarda yaratilgan romanlarida mifopoetik talqinning turli xil ko„rinishlari, jumladan, mifologema va mifostrukturadan foydalanish ezgulik va yovuzlik kurashi bilan bog„liq dualistikmiflarga asoslangan tasvir usuli, mifologik arxetiplar va obrazlarga xos sifatlarini 238 3 5 personajlar ruhiyati talqiniga singdirish va boshqa usullar ko„zga tashlanishi o„zbek adabitodida ham mifologik yo„nalish yangilanish jarayonini boshdan kechirayotganligidan dalolat beradi. Xususan, X.Do„stmuhammadning “Bozor”, “Donishmand Sizif” romanlarida neomifologizm unsurlari yaqqol ko„zga tashlanadi. “Donishmand Sizif” romani o„z vaqtida olimlar va yosh tadqiqotchilar o„rtasida shov-shuvga sabab bo„lganligi borasida biroz ochiqlanadi professor M.Qo„chqorova o„z dissertatsiyasida: “Y.Solijonov, O.Eshniyozovalar romanga ijobiy baho bergan bo„lsalar-da, N.Ofoqova esa Sizif metaforasi mohiyatdan uzoqlashib, noto„g„ri talqin etilganlikda yozuvchini biroz ayblaydi” [1.144]. M.Qo„chqorova esa romanni ,,falsafiy esse” deb ataydi: “X.Do„stmuhammadning “Donishmand Sizif” falsafiy essesida yaratilgan neomifologik Sizif obrazini ba‟zi bir adabiyotshunoslarimiz “O„zbekona Sizif” deb yuksak baholashdi. Kamina esa Sizifni hech to„n va do„ppi kiygan O„zbek qiyofasida tasavvur qila olmadim. Chunki, Sizif antik yunon afsonasi qahramoni sifatida lungi taqib olib, katta xarsangtoshni dumalatib, yoki yelkasiga ortmoqlagan holda mening tasavvurimga qattiq o„rnashib qolgan. Sizif qanday qilib, O„zbekona obraz bo„la olishi mumkin. To„g„ri, uni aynan milliy qahramonga aylantirishni yozuvchi badiiy maqsad qilmagan. Iste‟dodli adib yunon afsonasini o„z ijodiy laboratoriyasida shu qadar ziynatlaydiki, natijada esa neomifologik obraz Sizif qaytadan hozirgi o„zbek nasrida timsolli ramziy obrazga aylanadi. Sizif haqidagi yunon afsonalarida uning aqlli, ayyor, firibgar, shakkok, qaysar, isyonkor, tadbirkor kabi o„nlab qiyofalari ochiladi. Nazarimizda, X.Do„stmuhammad o„zi yaratgan Sizif xarakteriga aql va donishmandlikni odamiylik belgisi sifatida yuklaydi” [1.147–148]. Qadim yunon afsonasi qahramoni Sizif haqida jahon adabiyotining mashhur adiblari Homer, Ovidiydan tortib, to Kamyugacha yozishdi. Masalan, A.Kamyuning “Sizif haqida afsona” essesi absurd falsafaning nazariyasini o„zida ifodalagan. Asar haqida N.Afoqova shunday yozadi: “A.Kamyuning ko„pchilikni maftun aylagan kashfiyoti – tosh dumalab pastga tushgan muddatda Sizif xayolidan kechgan o„ylar. Qahramonning mahkum bo„lsa-da, o„zini ozod his etishi va tafakkur qilishi, abadiy jazo ichidan ham mazmun topishi! Sizifning Kamyu kashf etgan isyoni, iroda kuchi, erkinligi mana shu!” Aslida nima bo„lgan edi? Sizif nega jazolandi? – degan savolga qadimgi yunoniston afsonalari javob beradi. Xususan, N.A. Kunning , “Qadimgi yunoniston afsona va rivoyatlari” asarini misol qilsak bo„ladi. Qisqasi, Sizif yer yuzida qilgan makkorliklari, shakkokligi uchun xudolar tomonidan qattiq jazolanadi. Ushbu jazo esa shundan iboratki, Sizif baland tog„ning tikka yonbag„ridan katta xarsangtoshni dumalatib tog„ cho„qqisiga olib chiqishga mahkum etiladi. Xullas, Sizif toshni dumalatib, cho„qqiga olib chiqish jazosiga mustahiq qilingan mahkum obrazdir. M.Qo„chqorova X.Do„stmuhammad yaratgan asariga shunday ta‟rif beradi: “X.Do„stmuhammad qalami bilan yaralgan yangi Sizif neomifolegemasi undan oldin yaratilgan Siziflardan farqli ravishda mehnat mashaqqatlariga 239 3 5 katta kuch-iroda, mehnat sarf etib, o„z gunohlaridan va mahkumlikdan forig„ bo„ladi. Nazarimizda, aynan shu yangilik X.Do„stmuhammadning neomifologik Sizif obrazini yangilagan deyish mumkin” [1.149]. Haqiqatan ham, X.Do„stmuhammad yaratgan Sizif misolida biz haqiqiy donishmand va aqlli inson timsolini ko„rishimiz mumkin bo„ladi. Chunki avvaliga u ulkan xarsangtoshlar bilan jang barobarida bisotidagi bor so„kishlarni ishlatib, ayamay so„kadi. Lekin keyin esa mulozamatga o„tgan holda, uni erkalaydi, silaydi, go„yoki yorini yoki o„z egasiga yoqish uchun suykaladigan mushuk yo kuchukdek quchoqlashga ham o„tadi. Bundan shu narsa ko„rinadiki, bugungi global dunyoda faqatgina aql bilan ish ko„ruvchilar o„z maqsadlariga erisha olishi mumkin degan, badiiy-falsafiy g„oya anglashiladi. X.Do„stmuhammadning “Donishmand Sizif” romanida yunon mifologik obrazi Sizif hamda shu obraz haqidagi motiv asosida shakllantirilgan bo„lsa, Sh.Bo„tayevning “Shox” romanida Ximer (Shayton) obrazini Shayton haqidagi G„arb va Sharq adabiyotidagi mifologik motivlar hamda diniy manbalardagi rivoyat va suralardagi manbalar asosida shakllantirilgan. T.Po„latovning “Taroziy toshbaqasi” romani esa jahon ertak va afsonalaridagi Toshbaqa obrazi va u haqda yaratilgan motiv asosida shaklantirilgan. Taroziy obrazi Sharq allomalarining ramziy obrazidir. U yolg„iz va darbadar odam. Romanda “safar” va “sinov motivi”dan unumli foydalanilgan. U odamlarning ko„ziga telba odamga o„xshab ko„rinadi. Taroziy odamning xayoliga kelmagan ishlarni qiladi. Masalan, karvonsaroyga echkiemarni sumkasiga solib olib keladi, olomon toshbo„ron qilayotgan katta toshbaqaga homiylik qiladi. U toshbaqashunos edi. Bu romanda ham Prometey haqidagi yunon afonasi motivi singdirib yuborilgan. Tuz qatlami ichidagi jasad, uning jigarini cho„qilayotgan burgut obrazlari “Prometey haqidagi yunon afsonasi”ga ramziy ishoralar beradi. Romanda “Benishon” obrazi timsolida “ma‟naviy buzilishning jismoniy buzilishga olib kelganini” shu timsol misolida shafqatsiz tarzda ochilgan. T.Po„latov X.Do„stmuhammadning so„z san‟atida ustozidir. Shuning uchun har ikki ijodkor nasrida murakkab metaforalar, ramziy timsolli obrazlar, qavatma-qavat ramziyfalsafiy badiiy xulosalar keng o„rin olgan. Har ikki adib romanlarida ramziylik va falsafiylik yaqqol ko„zga tashalanadi. Shuningdek, adiblarning romanlarida jahon mifologiyasiga morajaati, dunyo va o„zbek folkloridan unumli foydalangan holda yaratgan yangicha “neomifolegemalar” tasviri yetakchilik qiladi. Yuqorida “Donishmand Sizif” hamda “Taroziy Toshbaqasi” romanlarida qo„llanilgan “Sizif” va “Prometey” haqidagi yunon afsonalrining romanga sintez qilinganini kuzatdik. X.Do„stmuhammad roman haqida shunday yozadi: “Temur Po„latov, xarakter birinchi navbatda muayyan g„oyani, ramziy-falsafiy qarashlarni ifodalash vositasi, deb hisoblaydi. Shu tufayli kitobxon tasavvurida adib qahramonlarning obrazi emas, har bir xarakterida 240 3 5 mujassam topgan g„oyaning obrazi, fikr – konsepsiya gavdalanadi. Takror aytish lozim: Temur Po„latovning g„oya va obrazlari biz ko„rib, eshitib ko„nikkan hayot realliklarida emas, balki, rivoyatlar, afsonalar bilan qorishib ketgan muallifning ramziy-simvolik realligida yashaydi” [3.349]. Xulosa. Ustoz-shogird T.Po„latov hamda X.Do„stmuhammad romanlarida katta mahorat bilan yaratilgan mifologik motivlar va mifologik obrazlarning to„liq tasnifini, tizimini o„rganish bugungi adabiyotshunosligimiz uchun nihoyatda dolzarbdir. Shuningdek, mazkur romanlarda mifologik obrazlarning zamonaviy falsafiy tafakkur bilan uyg„unlashuvi orqali inson va jamiyat muammolari ramziy yo„sinda yoritilganini ko„rish mumkin. Bu holat istiqlol davri o„zbek nasrida neomifologik tafakkurning barqaror estetik hodisaga aylanganidan dalolat beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Қўчқорова М. Ҳозирги ўзбек насрида бадиий шартлилик: филол. фан. док. дис. – Тошкент: 2020. 2. Steblin-Kamenskiy M.I. Mif. – L: Nauka, 1976. 3. Дўстмуҳаммад Х. Маърифат дарвозалари / Пўлатов Т. Тарозий тошбақаси. Шинаванда. (Рус тилидан Н.Отахонов таржимаси) – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989.