YANGI O'ZBEKISTONDA RAHBAR AYOL IMIDJINING SAMARALI TENDENSIYALARI
Full text
73 3 5 YANGI O‘ZBEKISTONDA RAHBAR AYOL IMIDJINING SAMARALI TENDENSIYALARI Jumayeva Sevara Dusmuratovna, Pedagigika fanlari falsafa doktori Alfraganus universiteti, E-mail: jdsever[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18053188 Annotatsiya: Mazkur maqola bugungi davrda mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning har tomonlama qo‘llab quvvatlanayotgani fonida zamonaviy rahbar ayol imidjini shakllantirish xaqida asosli fikrlar berilgan. Ma’lumotlar statistik raqamlar bilan asoslangan, sohaga oid tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: xotin-qizlar, jamoatchilik, gender tenglik, ilm-fan, milliy qadriyatlar, rahbar ayol, notiqlik. Аннотация: В статье представлены обоснованные идеи по формированию образа современной женщины-лидера на фоне возможностей, созданных для женщин в нашей стране сегодня, и их всесторонней поддержки. Информация основана на статистических данных и даны рекомендации для данной сферы. Ключевые слова: женщины, сообщество, гендерное равенство, наука, национальные ценности, женщина лидер, ораторское искусство. Annotation: This article offers insightful perspectives on the portrayal of a modern women leader, set against the backdrop of the opportunities available to women in our country today and their comprehensive support. The information is based on statistical data, and recommendations are given for the field. Key words: women, community, gender equality, science, national values, women leader, oratory. Kirish. Bugungi zamonaviy ayol timsoli bu –mo„tabar ona, sevimli turmush o„rtoq bo„lish bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy soha rivojiga xam katta hissa qo„shayotgan tadbirkor, butun boshli jamoani katta tajriba asosidagi ilm-salohiyati bilan boshqarayotgan va buni uddasidan chiqa olayotgan rahbar ayol qiyofasida maydonga chiqyapti. Millat ayollarining aql-zakovati xar davrda yuqori bo„lganligini tarix xam tasdiqlaydi. Buyuk sarkarda Amir Temurning davlatning ijtimoiy-siyosiy masalalaridagi maslakdoshi Bibixonim, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning chevarasi Shohjahonning turmush o„rtog‟i Mumtoz mahal begimning qimmatli maslahatlarini bevosita davlat boshqaruvida ahamiyati yuqori ekanligini e‟tirof etish muhim. Amir Temur bobomiz va Bibixonim o„rtasidagi xat orqali amalga oshirilgan suhbat haqiqiqy ibratdir. “Amir Temur harbiy yurishlaridan birida Bibixonimga askarlarga maosh berishi kerakligi, mablag„ esa tugab qolganligini bildirib, unga mablag„ yuborishini so„rab maktub yo„llaydi, buni o„qigan Bibixonim mablag‟ingiz tugagan bo„lsa, zakovatingiz xam tugab qoldimi? – deya javob maktubini yozadi”. Bu vaziyatda Bibixonimning yuksak zakovat sohibi bo„lganligini ko„rish mumkin. Yoki Mirzo Bobur va uning avlodlari hukmronligi davrida xam ayollarga bo„lgan yuksak ehtiromni alohida ta„kidlash o„rinlidir. Mirzo Boburning xalq oldida, avval, opasi Gulbadanbegim, so„ngra, opasining ortidan o„zining ko„rinish berishga odatlangani va shoh
74 3 5 oilasidagi ushbu go„zal an‟ana Boburning avlodlarida ham davom etgani, asrlar davomida millatimiz ayollari davlat va jamiyat boshqaruvida ahamiyati yuqori bo„lganligi va bugungi rivojlanib borayotgan fan va texnologiyar davrida xam ayollarning jamiyat rivojidagi sayharakatlari, mamlakat taraqqiyotiga qo„shayotgan hissalari beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Adabiyotlar tahlili. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o„rni, tadbirkorligini qo„llab-quvvatlash borasida qator meyoriy hujjatlar qabul qilinganligi ahamiyatlidir. Sohaga oid 12 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni va 2 ta qarori hamda Hukumatning 7 ta qarori) qabul qilindi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo„lga qo„yish va rivojlantirishni qo„llab-quvvatlashga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” PQ–122-son qaroriga muvofiq, 2024-2025-yillarda tadbirkorlik faoliyati turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo„llab-quvvatlash chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi hamda ijroga qaratildi. Shuningdek, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023yil 11-sentyabrdagi “O„zbekiston – 2030” strategiyasi PF-158 son farmonidagi choratadbirlar mamlakatimiz xotin-qizlarining nufuzini yana bir pog‟onaga oshirdi va mustahkamladi desak, mubolag‟a bo„lmaydi. Farmonga ko„ra, xotin-qizlarni qoʻllabquvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash masalalari doirasida gender tenglikni taʼminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish, shu bilan birgalikda, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, qolaversa, “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish masalalari bo„yicha tizimli va samarali ishlar amalga oshirilishi belgilab qo„yildi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda kompleks ilmiy yondashuv asosida bir qator umumilmiy va maxsus metodlardan foydalanildi. Jumladan, tahlil va sintez metodlari orqali Yangi O„zbekistonda rahbar ayol imidjining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari o„rganildi. Qiyosiy-taqqoslash metodi yordamida O„zbekistonda ayollarning yetakchilikdagi ishtiroki xalqaro tajriba bilan solishtirildi. Shuningdek, statistik ma‟lumotlarni tahlil qilish metodi orqali rasmiy manbalar, davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro tashkilotlar e‟lon qilgan ko„rsatkichlar asosida xulosalar chiqarildi. Kontent-tahlil metodi rahbar ayol imidjiga oid normativ hujjatlar, siyosiy nutqlar va ilmiy manbalardagi g„oyalarni tizimlashtirishda qo„llanildi. Tahlillar va natijalar. “Yangi O„zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo„lib qoladi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo„llab-quvvatlash bo„yicha to„plangan milliy tajriba xalqaro miqyosda keng e‟tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e‟lon qilingan indeksida
75 3 5 O„zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi” [1]. Darhaqiqat, shiddat bilan kechayotgan bugungi globallashuv davrida ayollarning yurt taraqqiyotidagi o„rni va ahamiyati mustahkamlanib bormoqda. Xotin-qizlar ilm-fan, sport, texnologiyar, tadbirkorlik, qo„yingki, jamiyatimizdagi xar bir soha rivojiga va uning barqaror tendentiyalarini yo„lga qo„yishda va mustahkamlashda erkakalar bilan tengma-teng faoliyat olib bormoqdalar. Mustaqillik yillarida 17 nafar hurmatli ayollarimiz “O„zbekiston Qahramoni” degan oliy unvonga sazovor bo„lgan bo„lsa, ularning 7 nafari fan, ta‟lim va san‟at sohasi vakillari ekanini alohida ta‟kidlash lozim. 11 nafar ayol fan sohasidagi eng yuksak darajaga, ya‟ni akademik unvoniga sazovor bo„lgani, minglab xotin-qizlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlanib kelayotgani el-yurtimizning ularga nisbatan yuksak ehtiromi ifodasidir. Shu o„rinda xaqli savol tug‟iladi: Rivojlanish yo„lidan ildam borayotgan mamlakatimizda rahbar ayollar qanday xususiyatlarga ega bo„lishlari samarali hisoblanadi? Rahbar ayol imidji bugun: nazokat ila qat‟iyatni uyg‟unlashtira olgan; o„z hayot faoliyatida oilaviy, milliy qadriyatlarni ish faoliyatiga singdira olgan; faoliyatida kreativ, kommunikativ kompetensiyalarni samarali namoyon eta olgan; zamon bilan hamnafas bo„lgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda, axborot maydonida faol pozitsiyasini ko„rsata olgan; o„z perspektivasiga ega, tanqidiy fikrlay va baholay olish ko„nikmalariga ega bo„lgan; zamonaviy bilimlarni, tillarni chuqur o„zlashtirgan; muomala madaniyati, notiqlik san‟atini egallagan ko„pqirrali yetuk shaxs; mediaga ochiq; mavjud muammoga turli rakurslardan yondashgan holda, bir muammoga bir necha optimal yechimlar bera oladigan; va albatta, eng muhimi, shu Vatanga daxldorlik hissini tuygan zabardast rahbar sifatida namoyon bo„lib, o„z ish faoliyatida vatanparvarlikni singdirgan va boshqalarga xam shuni singdira oladigan xususiyatlarga ega bo„lishi, fikrimizcha, rahbar ayol imidjining asosini belgilaydi. Bugungi taraqqiyot davrida yurtimizda gender tenglik masalalarida xam faoliyatlar quvonarli ekanligini ta‟kidlash ahamiyatlidir. Dunyo xamjamiyatida Gender tenglik ko„rsatkichlari bo„yicha davlatning ijtimoiy-siyosiy, umuman barcha jabhalarida qarorlar qabul qilishda ayollar yetarli darajada ishtirok etmaydi va bu holatda gender tengligiga erishish nisbatan qiyinroq ekanligi ko„rinadi. Mamlakatimizda esa bu borada amalga oshirilayotgan ko„plab islohatlar quvonarlidir. O„zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkolniyatlar kafolatlari to„g„risida”gi O„RQ-562-son qonunining 13-moddasida “Davlat organlarining rahbarlari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‟minlash masalalari bo„yicha tadbirkorlik subyektlarining, shuningdek, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ishtirokida maslahat kengashi tuzish mumkin” ekanligi belgilab qo„yilganligi va buning natijasida oliy ta‟lim muassasalarida ushbu yo„nalishda maslahat kengashlari tuzilgan bo„lib, samarali faoliyat olib borayotganligini ta‟kidlash muhimdir. Mamlakatimizda xotin-qizlarga
76 3 5 qaratilayotgan e‟tibor xalqaro miqyosda e‟tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e‟lon qilingan indeksida O„zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. Shuningdek, barcha oliy ta‟lim muassasalarida jamoatchilik asosida xotin-qizlar masalalari bo„yicha rektor maslahatchisi lavozimining joriy etilganligi xam sohada xotin-qizlarga qaratilayotgan davlat siyosati darajasidagi e‟tiborning, talaba-qizlar bilan tizimli va samarali ishlashda uyangicha yondashuv asosida faoliyat olib borilayotganligining isboti sifatida ko„zga tashlanyapti. Ilm-fan sohasida yutuqlarga erishib kelayotgan, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka ibrat sifatida olib chiqayotgan va ularni qo„llab-quvvatlashga qaratilgan, “Yil ayoli” “Gender tenglik faoli” Respublika milliy tanlovlarining xar yili o„tkazilishi xam xotin-qizlarning ta‟limiga qaratilayotgan yuksak e‟tibor, ularning xar tomonlama qo„llab-quvvatlanishiga zamin yaratmoqda. Yurtimizda xotin-qizlarga e„tibor o„laroq, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona islohatlar samarasida, shuningdek, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo„lishi zarurligi mustahkamlab qo„yildi. Hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017yildagi 27 foizdan 35 foizga yetgani, ayniqsa, e‟tiborlidir. Shu bilan birga, yuzlab oqila ayollar hayotimizning barcha sohalarida jonbozlik bilan faoliyat ko„rsatayotgani barchamizni quvontiradi. Taqqoslash uchun quyida keltiriladigan ma‟lumotlar, fikrimizcha, ahamiyatlidir. Kunchiqar Yaponiya davlatida ayollarning yetakchilik pozitsiyalari nisbatan pastligi ko„zga tashlanadi. Eastasiaforum axborot manbasining bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2024/2025yillarda menejerlarning atigi 11,1 foizi, rahbarlarning esa 8,4 foizi ayollar bo'lib, bu global o„rtacha ko„rsatkichlardan ancha past ekanligi ta‟kidlanadi. Yurtimiz xotin-qizlari ilm-fanda ham katta natijalarga erishib kelmoqdalar. So„nggi yetti yilda 5 ming 247 nafar ayollar ilmiy darajalar olgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta‟lim olgan yoshlarning 47 foizini qizlar tashkil etgan. Qanchalik qiyin bo„lmasin, biz qo„shimcha imkoniyat topib, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xotin-qizlarimizning o„z salohiyatini ro„yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratmoqdamiz va bu ishlarimiz albatta davom etadi. Chunki ayollarning, xususan, qiz bolaning o„qib, oliy ma‟lumotli bo„lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi. Yuqoridagi ko„rsatkichlardan ma‟lum bo„ladiki, yurtimizda xotin-qizlarga barcha sohalarda yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlar, faqat va faqat ularning rivojlanishlari, imkoniyatlardan foydalangan holda hamma sohalarda, ayniqsa, ilm-fanda katta natijalar ko„rsata olishlari uchundir. Zamonaviy fikrlaydigan ayol rahbarning mavjud vaziyatlarga ko„proq mehribonlik, hissiy intelekt asosida, daxldorlik nuqtai nazaridan yondashishi jamiyatimizdagi ba‟zi masalalarda samaraliroqdir. Mavjud muammolarga samarali yechim berishda ular qarorlarni
77 3 5 nisbatan ehtiyotkorlik bilan, muammoning yechimini oldindan ko„ra olgan xolda qabul qiladilar. Ayol rahbarlardagi bu jihat esa, tabiiyki, vaziyatlarni turli rakurslaradan to„g‟ri baholab, ularga optimal yechimlar bera olishida ko„rinadi. Rahbar ayol faoliyatida quyidagi omillar muhimdir: Jamoatchilik bilan to„g‟ri kommunikatsiya o„rnata olish, xar qanday muammoga atroflicha yondashib, kreativ yechimlar bera olish rahbar ayol shaxsini asosini tashkil etadi. Ayollar erkaklarga nisbatan, shogirdlariga ustozlik borasida xam ancha jonkuyardirlar, ulardagi tabiiy onalik hissi bevosita ustoz-shogird jarayonlarida xam samimiy ifodasini topadi. Yana bir muhim jihat bu-notiqlik mahoratiga ega bo„lishdir. So„zlar ta„sirli, fikrlar tizimli va tasdiqlangan faktlar asoslangan bo„lishi bu jarayonda zarur omildir. Yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‟naviy, siyosiy, qo„yingchi, barcha sohalarida xotinqizlar pozitsiyasini yanada oshirishda quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: – xotin-qizlar ta‟limida yanada ko„proq imkoniyatlarni taqdim etish: bunda, katta ta‟limiy tajribaga ega bo„lgan davlatlar oliy ta‟lim muassasalariga “Yil ayoli” milliy tanlovi g‟oliblarini tajriba almashish maqsadida qisqa muddatga yuborishni tashkil etish maqsadga muvofiq; – oliy ta‟lim muassasalarida o„qituvchi, katta o„qituvchi lavozimlarida ishlash muddatlari va talablarini qayta ko„rib chiqish maqsadga muvofiq; – ommaviy axborot vositalarida jamiyatimizda ilm-fanda yutuqlarga erishayotgan olima ayollar bilan doimiy tarzda ko„rsatuvlar tayyorlanib, maqolalar yozib borilishini yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq; – milliy qadriyatlarimiz doim zamonaviy muloqot va faoliyatimizda aks etishi muhim: rahbar ayollarda oila va ish bilan integratsiyalashgan sog‟lom va ibrat bo„ladigan jarayonlarni jamoatchilikka yetkazib borish, jamoat joylarida ayolning oilasidagi samimiy va sog‟lom muhit aks etgan targ‟ibot bannerlarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Xulosa. Xulosa o„rnida aytadiganimiz, bugungi kun rahbar ayoli zamonaviy fikrlaydigan, innovatsion yondashuvga ega, chet tillarini o„zlashtirgan, o„z faoliyatida hamisha oilani muqaddas bilib, Vatan ravnaqi yo„lida butun ilm-zakovati ila faoliyat olib boradigan, doim o„zini rivojlantirib boradigan, milliy qadriyatlarimizni eng yuksak o„ringa qo„yadigan kuchli, o„z o„rnida nafis va nazokatli, ham oilada ham jamiyatda o„zining mustahkam o„rniga ega ko„pqirrali ayol sifatida namoyon bo„lishi kerak. Muammoga kreativ yondashuv Muloqotga ochiqlik va samimiyat Kuchli ustozlik mahorati Notiqlik mahorati
78 3 5 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag„ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan. 07.03.2024.https://gov.uz/oz/wcu/news/view/1 2. https://president.uz/oz/lists/view/ 3. https://lex.uz/uz/ 4. https://www.unwomen.org/en/articles/facts-and-figures/facts-and-figures-womens-leadership-andpolitical-participation 5. https://www.proofhub.com/articles/women-in-leadership-roles#3