scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHLARINI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHDA XORIJIY DAVLATLARNING ILG'OR PEDAGOGIK TAJRIBALARINI QO'LLASH

Fozilboboyeva Mohidil Abdullajon qizi Guliston Davlat Pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-kurs magistranti tel: +998994799470

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini oshirishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ta’limiy yondashuvlar mazmunan tahlil etilib, ularning maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish faolligi, ijtimoiy moslashuvi va psixologik tayyorgarligiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirishning ilmiy-amaliy mexanizmlari asoslab beriladi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHLARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA XORIJIY DAVLATLARNING ILG‘OR PEDAGOGIK TAJRIBALARINI QO‘LLASH Fozilboboyeva Mohidil Abdullajon qizi Guliston Davlat Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs magistranti tel: +998994799470 Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini oshirishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ta’limiy yondashuvlar mazmunan tahlil etilib, ularning maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish faolligi, ijtimoiy moslashuvi va psixologik tayyorgarligiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirishning ilmiy-amaliy mexanizmlari asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Mkatabgacha tayyorlov, maktabga moslashuv, pedagogik tajriba, ta’limiy muhit, xorijiy yondashuvlar, bolalar rivoji. Hozirgi globallashuv jarayonlari barcha sohalar qatori ta’lim tizimiga ham yangi talav va vazifalarni yuklmoqda. Jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan va texnologiyalar rivoji sharoitida inson kapitalini shakllantirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda maktabgacha ta’lim tizimi ta’limning dastlabki va eng muhim bo‘g‘ini sifatida alohida o‘rin egallaydi. Ayniqsa, maktabgacha tayyorlov guruhlarida bolalarni keyingi ta’lim bosqichigacha puxta tayyorlash ta’lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarda o‘qish faoliyatiga bo‘lgan dastlabki qiziqishni shakllantirish, bilim olishga ijobiy munosabatni rivojlantirish hamda maktab muhitiga moslashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu bosqichda bolaning bilish faoliyati, muloqotga kirishish ko‘nikmalarik, ijtimoiy-hissiy holati va mustaqil fikrlash qobiliyatlari izchil rivojlanadi. Shu sababli tayyorlov guruhlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni mazmunan boy, metodik jihatdan puxta tashkil etilishi lozim. newjournal.org zenodo.org 2 Zamonaviy ta’lim tizimida xorijiy davlatlarning ilg‘or oedagogik tajribalarini o‘rganish va ulardan foydalanish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlar maktabgacha ta’lim amaliyotida bolaga yo‘naltirilgan yondashuv, o‘yin orqali o‘rganish, ijtimoiy-hissiy rivojlanishga ustuvorlik berish kabi samarali metodlar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu tajribalarni chuqur tahlil qilish va milliy ta’lim tizimi sharoitiga moslashtirish maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi maktabgacha tayyorlov guruhlarida bolalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlash jarayonida xorijiy davlatlarning ilg‘or pedagogik tajribalarini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda qo‘llashning samarali yo‘llarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida xorijiy tajribalar orqali bolalarning maktabga psixologik, ijtimoiy va intellektual tayyorgarligini oshirish imkoniyatlarini asoslab beriladi. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi: 1.Maktabgacha tayyorlov tushunchasining pedagogik mohiyatini ochib berish orqali uning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy asoslash. 2.Rivojlangan davlatlarning maktabgacha ta’lim sohasida to‘plagan tajriblarini tahlil qilish, ularning asosiy yondashuvlari va metodik xususiyatlarini aniqlash. 3.Xorijiy ilg‘or pedagogik metodlarni milliy ta’lim tizimi sharoitiga moslashtirish imkoniyatlarini o‘rganish. 4.Maktabgacha tayyorlov guruhlarida ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolani maktab ta’limiga bosqichma-bosqich moslashtirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik muhit hisoblanadi. Ushbu bosqichda bolalarning faqat akademik bilimlari emas, balki ularning psixologik tayyorgarligi, ijtioiy moslashuvi va mustaqil faoliyat yurita olish qobiliyatlari shakllanadi. Tayyorlov guruhlarida olib boriladigan ta’lim jarayoni bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi zarur. Pedagogik nuqtai nazardan, maktabgacha tayyorlov jarayoni bolada o‘quv faoliyatining dastlabki elementlarini shakllantirish, diqqatni jamlash, topshiriqlarni tushunish va bajarish, muloqot madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu newjournal.org zenodo.org 3 jarayonda ta’lim mazmunining izchil va tizimli tashkil etilishi bolalarning maktab ta’limiga oson moslashuvini ta’minlaydi. Xorijiy davlatlar maktabgacha ta’lim tizimida tayyorlov guruhlariga alohida e’tibor qaratiladi. Rivojlangan mamlakatlarda bolalarni maktabga tayyorlash jarayoni majburiy akademik mashg‘ulotlar asosida emas, balki tabiiy rivojlanish, qiziqish va ehtiyojlarga tayangan holda tashkil etiladi. Aksariyat xorijiy ta’lim tizimlarida o‘yin orqali o‘rganish asosiy metod sifatida qaraladi. O‘yin faoliyati orqali bolalarda muammoli vaziyatlarni aniqlash, mustaqil qaror qabul qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, jamoada ishlash va o‘zini tutish madaniyatini shakllantirishga ustuvor ahamiyat beriladi. Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha tayyorlov bosqichida bolani baholash jarayoni rag‘batlantiruvchi xarakterga ega bo‘lib, bolaning individual yutuqlari va rivojlanish dinamikasi e’tiborga olinadi. Xorijiy pedagogik amaliyotda qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltiriligi bilan ajralib turadi. Jumladan, integratsiyalashgan mashg’ulotlar orqali bilim, ko‘nikma va malakalar kompleks tarzda shakllantiriladi. Bunda nutq rivoji, matematik tasavvurlar, ijodiy faoliyat va jismoniy rivojlanish o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. Shuningdek, individual yondashuvga asoslangan metodlar orqali har bir bolaning rivojlanish darajasi va qizqishlari hisobga olinadi. Bu esa bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi va o‘quv jarayoniga faol jalb etilishiga yordam beradi. Xorijiy tajribalar samaradorligi shundaki, ular bolaning shasx sifatida shakllanishini markazga qo‘yadi. Xorijiy pedagogik tajribalarni milliy ta’lim tizimiga joriy etishda ularni to‘liq ko‘chirish emas, balki mahalliy sharoit va milliy qadryatlar asosida moslashtirish muhim hisoblanadi. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tzimida xorijiy tajribalarni qo‘llash jarayonida ta’lim mazmuni, pedagoglashning kasbiy tayyorgarligi va mavjud moddiy-texnik baza inobatga olinishi lozim. Moslashtirish jarayonida o‘yin texnoligiyalarini keng joriy etish, bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni kuchaytirish muhim newjournal.org zenodo.org 4 ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, pedagoglarning xorijiy metodlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha metodik kompetensiyasini oshirish zarur. Xulosa qilib aytganda tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xorojiy davlatlarning ilg‘or pedagogik tajribalari maktabgacha tayyorlov guruhlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi. Ushbu tajribalar bolalarning bilish faolligini oshirish, ijtimoiy moslashuvini yengillashtirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xorijiy tajribalarni ilmiy asosda va milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tatbiq etish maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga hamda bolalarning maktab ta’limiga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlashga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.Toshkent2020. 2. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslari. O‘quv-metodik nashr, Toshkent-2019. 3. Zamonaviy maktabgacha pedagogika nazariya va amaliyot. “Fan va texnologiya”, Toshkent-2021. 4. Ibuka.M “Uchdan keyin kech”. Toshkent:Sharq-2018. 5. UNESCO. Early Childhood Care and Education: Global Perspectives, Paris-2018. 6. OECD. Starting Strong: Early Childhood Education and Care. Paris-2019.