"TELBA" ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA SUJET QURILISHI
Abstract
Maqolada yozuvchi Fyodor Dostoyevskiyning “Telba” romanining sujeti, undagi asosiy voqealar rivoji va muhim obrazlar tahlil qilinadi. Qahramonlarning xarakteri, ularning ruhiy holati hamda asar davomida yuz beradigan o‘zgarishlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, asarda ko‘tarilgan ijtimoiy va ma’naviy masalalar, muallifning asosiy g‘oyasi hamda nega asar nomi aynan “telba” deb nomlanganiga javob beriladi.
Full text
974 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 “TELBA” ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA SUJET QURILISHI Soatova Aziza Termiz davlat universiteti talabasi. Hafizova Feruza Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18054332 Annotatsiya. Maqolada yozuvchi Fyodor Dostoyevskiyning “Telba” romanining sujeti, undagi asosiy voqealar rivoji va muhim obrazlar tahlil qilinadi. Qahramonlarning xarakteri, ularning ruhiy holati hamda asar davomida yuz beradigan o‘zgarishlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, asarda ko‘tarilgan ijtimoiy va ma’naviy masalalar, muallifning asosiy g‘oyasi hamda nega asar nomi aynan “telba” deb nomlanganiga javob beriladi. Kalit so‘zlar: sujet, obraz, konflikt, tugun, kulminatsiya, ekspozitsiya, prolog, yechim. Annotation. The article analyzes the plot of Fyodor Dostoevsky’s novel “The Idiot”, the development of its main events, and an examination of its important characters. It discusses the personalities of the protagonists, their psychological states, and the changes they undergo throughout the novel. In addition, the article explores the social and moral issues raised in the work, the author’s main idea, and explains why the novel is titled “The Idiot”. Keywords: plot, character, conflict, knot, climax, exposition, prologue, resolution. Аннотация. В статье анализируются сюжет романа Фёдора Достоевского «Идиот», развитие основных событий и важные образы. Рассматриваются характеры героев, их психологическое состояние и изменения, происходящие с ними на протяжении всего произведения. Кроме того, затрагиваются социальные и нравственные проблемы, поднятые в романе, основная идея автора, а также объясняется, почему произведение названо именно «Идиот». Ключевые слова: сюжет, образ, конфликт, завязка, кульминация, экспозиция, пролог, развязка. Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy jahon adabiyotining taniqli vakillaridan biri bo‘lib, o‘zining asarlari bilan realistik roman janrini har tomonlama rivojlantirdi. Uning asarlari o‘zining chuqur ziddiyati, insonlar qalbidagi ruhiy inqiroz va fojeaviylikni aks ettirishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Dostoyevskiy hayoti davomida voqealarni ortiqcha bo‘yoqlardan holi, haqqoniy tasvirlashga intilib, yomonliklarni ayovsiz tarzda fosh etadi. Balki, bu realist yozuvchi aynan shu xislati bilan ko‘p insonlar qalbidan joy olgan bo‘lsa ajab emas. Hatto Lev Tolstoy Dostoyevskiy o‘limidan keyin o‘z kundaligiga ushbu jumlalarni qayd etib o‘tgan: “U (Dostoevskiy) bilan tenglashishni hech qachon xayolimga ham keltirmaganman, hech qachon. U yozganlarning hammasi yaxshi, haqqoniy narsalar yozgan, menga shunday tuyuladiki, u qancha ko‘p yozsa, men uchun shuncha yaxshi edi…” 1 . Dostoyevskiyning “Telba” romani esa qabohat botqog‘iga botgan jamiyatda chin insoniy xislatlarga ega insonning qanday sinovlarga uchrashi mavzusini o‘zida aks ettiradi. Asar konsentrik sujetda yozilgan asarlar sirasiga kirib, o‘zida ko‘plab kulminatsiyalarni mujassamlashtiradi. Romandagi dastlabki muhim kulminatsiya knyaz Lev Mishkin va Parfen Rogojin o‘rtasidagi qarshilikning kuchayib borishi bilan yuzaga keladi. Ular o‘rtasidagi bu ziddiyat Nastasya Filippovnaga bo‘lgan muhabbat tufayli yuzaga keladi. 1 https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/jovli-xushboq-fyodor-dostoevskiy-hayotidan-ayrim-lavhalar.html
975 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Rogojinning keskin va tajovuzkor muhabbati Mishkinning sokin va rahm-shafqatga asoslangan munosabatiga qarshi qo‘yiladi. Ularning o‘rtasidagi bu keskinlik asarda ko‘plab voqealar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Romandagi eng og‘ir kulminatsion nuqta sifatida esa Nastasya Filipovovnaning Rogojin tomonidan o‘ldirilishini olish mumkin. Ekspozitsiya esa Mishkinning poyezdda Parfen Rogojin bilan tanishuvi orqali boshlanib, shu nuqta ular o‘rtasidagi ziddiyat boshlanishiga ishora qiladi. Shuningdek, Mishkinning Yepanchinlar oilasi, Peterburg jamiyati va Nastasya Filippovna bilan tanishuvini ham o‘z ichiga oladi. Mishkinning Nastasiya bilan tanishuvi va unga rahm-shafqat, mehr aralashgan muhabbatini izhor etishi, Rogojin bilan o‘rtalarida ziddiyat boshlanishi asar tuguni hisoblanadi.Yechim esa rashk tufayli Rogojinning Nastasyani o‘ldirishidir. Nastasiya ham unga qarshilik qilmaydi, balki bu hayotdagi chigalliklardan o‘zi ham qutilib, mangu uyquni afzal deb topadi. Mishkin esa bu voqeadan ruhiy zarba olib, yana Shvetsariyadagi kasalxonaga qaytadi. Shu orqali Dostoyevskiy mutlaq yaxshilik va poklik real hayotda yashab keta olmasligini, bunday insonlar jamiyat tomonidan qabul qilinmasligini ko‘rsatadi. Demak, romanning yechimi fojea orqali asarning asosiy g‘oyasini ochib beradi. Asar sujetini tashkil etuvchi eng muhim unsurlardan yana biri konflikt hisoblanadi. Mashhur dramaturg N.Pogodin bejiz ushbu gaplarni aytmagan: “ Sujet oddiy, tabiiy, ya'ni bosh konfliktdan, pyesaning mohiyatidan kelib chiqadigan hayotiy voqea va to‘qnashuvdanlarning bir-biriga ulanishidir” 2 . Romanda esa konfliktning uchta turi ham mavjud. Knyaz va Rogojin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni xarakterlararo konflikt sifatida olish mumkin. Sof insoniy xislatlar egasi bo‘lmish knyaz Mishkin va shafqatsiz jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat qahramon va muhit konfilikti hisoblanadi. Mishkinning Aglayaga bo‘lgan chin muhabbati va Nastasiyaga rahmi o‘rtasidagi ichki azob esa ichki konfliktning yaqqol namunasidir. Mishkin Aglaya Ivanovnani chin dildan sevardi. Lekin u Mishkin edi, o‘sha pok qalbli Mishkin. U bilardiki, agar Aglayani tanlasa, Nastasiya yashay olmasdi. Shu tufayli Mishkin Nastasyani tanlaydi. Buning sababi muhabbat emas, balki rahm-shafqatdir. Mishkin Nastasya Filippovnaning ruhiy jihatdan ezilganini, o‘zini aybdor va “yo‘qolgan” inson deb bilishini chuqur his qiladi. U Nastasya Filippovnani tashlab ketishni axloqan to‘g‘ri deb hisoblamaydi, chunki bunday qaror uni butunlay halokatga yetaklashini anglaydi.Bu holat Mishkin o‘z manfaatidan ko‘ra boshqalarni ko‘proq o‘ylaydigan obraz ekanligi ko‘rsatadi. Yuqorida sujet unsurlari orqali badiiy asar g‘oyasini oz bo‘lsa-da, tushunishga harakat qilindi. Ammo muallif g‘oyasini mufassal anglab yetish uchun asar obrazlariga ham yuzlanish darkor. Obraz atamasi ham keng, ham tor ma'noda qo‘llana oladi.Keng ma'noda qo‘llanganda inson tasviri, peyzaj, detallar, buyumlar, hayvonot dunyosi va shu kabilar tushuniladi.Tor ma'noda esa faqat inson hayoti tasviri anglashilinadi. Prof.L.I.Timofeyev ta'rificha, “obrazto‘qima yordami bilan yaratilgan va estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va konkret manzarasidir” 3 .Yuqoridagilardan tushunish mumkinki, obraz inson hayotining badiiy manzarasi ekan. Inson hayotining badiiy manzaralarini tasvirlash 4ta xususiyatni o‘zida aks ettiradi. Bular: 1. Umumlashmalik, 2. Konkretlilik, 3. Badiiy to‘qimadan foydalanish, 2 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent-2002.B.113 3 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent-2002..B.42
976 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 4. Tasvirlashda ta’sirchanlikka erishish. Badiiy obrazning umumlashmaligi bu bitta dehqon yoki boy obrazini yaratish uchun ko‘plab dehqon yoki boylarning hayotini, turmush-tarzini o‘rganishi, ularning xarakterlarini belgilovchi xususiyatlarini va odatlarini bir shaxsda umumlashtirishi. Demak, biron asar qahramoni hayotdagi kishilarga juda o‘xshab ketsa-da, ularning aynan o‘zi bo‘la olmaydi. Dostoyevskiyning ushbu asaridagi Afanasy Ivanovich Totskiy obrazi - XIX asr rus zodagonlarining axloqiy yemirilishi, ta'magirlik-u yengil hayotga mukkasidan ketganligini o‘zida umumlashtiradi. Uning yosh va yetim qolgan qiz (Nastasiya Filipovovna)ga o‘tkazgan zug‘umlari, har qadamda o‘z foydasini ko‘zlashi, ikkiyuzlamachiligi orqali Dostoyevskiy ruslarning “madaniy” zodagonlar sinfini ayovsiz tarzda fosh qiladi.Shuningdek, asardagi Lizaveta Prokofyevna obrazini ham umumlashma obraz desak bo‘ladi. Negaki, yozuvchi Lizaveta Prokofyevna siymosida Rossiyadagi zodagon ayollarning barcha xislatlarini birlashtirgan.Ularning tantilikka moyilligi, obro-e'tibor, boylikka intilishi, jamiyat fikriga tobeligi, ya'ni “odamlar nima deydi?” degan so‘zga amal qilishi shular jumlasidan.Qolaversa, Lizavetaning onalik mehri, qizlari Aleksandra, Adelaida, Aglayalarning taqdirini doimiy o‘ylashi, “munosib joyga turmushga berish” haqidagi qayg‘urishlari XIX asr rus ayollariga, umuman, onalarga xos xislatlardandir. Adabiy asarda obrazlar nafaqat umumlashtiriladi, balki individuallashtiriladi ham. Yozuvchi asar yozar ekan, uning oldida turgan asosiy vazifalaridan biriqahramonini ko‘p qirrali, takrorlanmas xislatlar sohibi sifatida tasvirlash, albatta, hayot haqiqatlariga asoslangan holda. O‘ziga xos, takrorlanmas obrazlarni mujassamlashgan kitoblargina kitobxon qalbiga yo‘l topadi. “Telba” romanining kitobxonlar qalbidan joy olganligi ham aynan uning boshqa asarlarda uchramaydigan obrazlari tufaylidir. Nastasiya Filipovovna - Yepanchin, Rogojin, Totskiy singari zamona zo‘rlari qurboniga aylangan murakkab obraz. “Xuddi uning yuragi yurak emas, toshga o‘xshardi. Hissiyotlari esa abadulabad qurib-qaqshab bitgandek edi. U ko‘p vaqtini yolg‘izlikda o‘tkazar, kitob o‘qir, ilm o‘rganar, musiqani sevar edi” bu jumlalar kitob sahifasida Nastasiyaga berilgan ta'riflardir. Uning bu qadar hissiyotsiz va yolg‘iz ekanligining sababi aynan o‘sha jamiyatdir. U Totskiydan ham, Yepanchinlardan ham, Rogojindan ham nafratlanardi. Shu tufayli ham u o‘zini toshyurak, kibrli ko‘rsatar, aslida esa go‘zal qalbli, mehribon, kambag‘al oilalarga doimo yordam beradigan, o‘ta bilimli, kitobsevar edi. Mishkin esa o‘sha Nastasiyani ko‘ra olgan asardagi yagona obrazdir. Asardagi obrazlarni umumiylashtirish yoki individuallashtirishni badiiy to‘qimasiz tasavvur qilish mumkin emas. Badiiy to‘qima yozuvchining konkret odamlardagi yaxshi va yomon xislatlarini o‘z ijodiga muvofiq ravishda o‘zgartirib ko‘rsatishidir. Badiiy to‘qima, shuningdek, muallifning hayotdan olgan real xulosalariga asoslanadi. U yasama va sun'iylikdan uzoq va hayot haqiqatlariga to‘g‘ri keladigan, asar o‘quvchisini ishontira oladigan bo‘lishi kerak. “Telba” romanidagi knyaz Mishkinni esa badiiy to‘qima obraz sifatida olish mumkin. Dostoyevskiy unda jamiyatdagi insonlarning barcha yaxshi xislatlarini jamlagan. Knyaz Mishkin shu qadar yaxshi ediki, u hatto yovuzlikka qarshi nafrat bilan emas, balki yaxshilik bilan javob qaytarar edi. Shaxvatparastlik, ikkiyuzlamachilik, shuhratparastlik g‘uboridan charchagan o‘sha zodagonlar ham gohida Mishkindagi poklikka muhtoj bo‘lib qolar, u bilan suhbatlashishni, undan maslahat olishni yoqtirar edilar. Kitobxon asarni mutolaa qilar ekan, salbiy obrazlardan nafratlansa, ijobiy obrazlardan esa bevosita zavq-shavqqa to‘ladi. Kitobxonda bu singari xissiyotlarni uyg‘otish asarda badiiy obrazning estetik ta'sirchanligi bilan bog‘liqdir.
977 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Jumladan, “Telba” romanidagi sil kasalligiga chalingan 18 yoshli Ippolit Terentyev yoki Nastasiya Filipovovnaning o‘lim manzaralari chuqur qayg‘u, ko‘zda yosh bilan mutolaa qilinadi. Shuningdek, yozuvchi asardagi har bir obrazda muayyan g‘oya ifodalagan bo‘lishi darkor. Dostoyevskiy esa Ippolit obrazi orqali insonlarni chuqur tanqid qiladi. Ularni hali hayoti oldinda bo‘la turib, yashash uchun oldilarida 60 yili bo‘la turib, uni behuda sarflayotganlikda ayblaydi. Ippolit Terentyev obrazi insonlarni hayotda o‘z o‘rniga ega holda yashashga undovchi obrazdir. Yuqoridagi asar sujeti va obrazlari tahlilidan nega asar “Telba” deb nom olgan ekanligini tushunish qiyin emas. Knyaz Mishkin obrazi asarning aynan “telba” deb nom olishiga sababchi bo‘lgan. Dostoyevskiy ham “Telba” romanini yozar ekan Mishkin obraziga shunday ta'rif keltiradi: “Ajoyib bir pok odamni tasvirlash g‘oyasi meni ko‘pdan beri qiynab keladi, ayniqsa, bizning zamonda bundan mushkulroq ish bo‘lmasa kerak. Qahramonni qanday qilib kitobxon uchun jozibali ko‘rsatish mumkin? Don Kixot va Pikvik fazilatli odamlar jozibali tuyuladi, obraz sifatida muvaffaqiyatli chiqadi, chunki ular kitobxonda zavqli kulgi qo‘zg‘atadi. Roman qahramoni knyaz kulgili bo‘lmasa ham, uning boshqa bir jozibasi bor – u pok, begunoh” 4 . Muallif tasvirlagani singari knyaz Mishkin pok, begunoh bo‘lgani uchun uning atrofini o‘rab olgan muhit, ya'ni toshmehr, pulga o‘ch, manfaatparatlar uchun o‘z qadrini, foydasini bilmaydigan bir “telba” edi. Muallif “Telba” romani orqali mutlaq yaxshilik real hayotda yashay olmasligini, uning oxiri fojia bilan yakun topishini ko‘rsatib o‘tadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2002. 2. Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. — Toshkent, 2018. 3. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. — Toshkent, 2004. 4. Dostoyevskiy F. M. Telba (roman). — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1973. 5. “Fyodor Dostoyevskiy hayotidan ayrim lavhalar”. — kh-davron.uz 6. https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/jovli-xushboq-fyodor-dostoevskiy-hayotidanayrim-lavhalar.html 4 Dostoyevskiy F. M. Telba (roman). — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1973.