INTERNET SECURITY AND METHODS OF COMBATING CYBER THREATS
Abstract
In today’s era of globalization and digitalization, the Internet has become an integral part of human life. Education, banking systems, public administration, healthcare, and daily communication processes are increasingly carried out through the Internet. At the same time, various cyber threats arise in the process of using the Internet. The theft of personal data, fraud, malicious software, and cyberattacks pose serious threats to public security. Therefore, ensuring Internet security and effectively combating cyber threats has become a pressing issue. This article extensively discusses methods of combating cyber threats and ensuring Internet security.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1427 INTERNET XAVFSIZLIGI VA KIBERXAVFLARGA QARSHI KURASH USULLARI G'ofurov Abdulloh Farg'ona davlat texnika univeraiteti Dasturiy injineringi yo‘nalishi 650-24 guruh talabasi Zokirov Sanjar Ikromjon o‘g‘li Farg‘ona Davlat Texnika Universiteti ATT kafedrasi dotsenti Annotatsiya. Bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida internet inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ta’lim, bank tizimi, davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash va kundalik muloqot jarayonlari tobora ko‘proq internet orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, internetdan foydalanish jarayonida turli kiberxavflar ham yuzaga kelmoqda. Shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi, firibgarlik, virusli dasturlar va kiberhujumlar jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Shu sababli internet xavfsizligini ta’minlash va kiberxavflarga qarshi samarali kurashish dolzarb masalaga aylandi.ushbu maqolada kiberxavfga qarshi kurashish usullari keng yoritildi. Kalit so‘zlar: internet xavfsizligi, kiberxavflar, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoyalash, kiberhujumlar, axborot xavfsizligi Abstract. In today’s era of globalization and digitalization, the Internet has become an integral part of human life. Education, banking systems, public administration, healthcare, and daily communication processes are increasingly carried out through the Internet. At the same time, various cyber threats arise in the process of using the Internet. The theft of personal data, fraud, malicious software, and cyberattacks pose serious threats to public security. Therefore, ensuring Internet security and effectively combating cyber threats has become a pressing issue. This article extensively discusses methods of combating cyber threats and ensuring Internet security. Keywords. Internet security; cyber threats; cybersecurity; data protection; cyberattacks; information security. KIRISH. Bugungi kunda internet va axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ta’lim, bank tizimi, savdo, davlat xizmatlari va kundalik muloqot jarayonlari tobora ko‘proq internet orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, axborot almashinuvi tezlashgani sari internet xavfsizligi masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Internetdan foydalanish jarayonida foydalanuvchilar turli xil kiberxavflarga duch kelishlari mumkin. Jumladan, viruslar, fishing hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi, parollarning buzilishi va zararli dasturlar internet muhitida keng tarqalgan tahdidlardir. Ushbu xavflar nafaqat alohida foydalanuvchilarga, balki tashkilotlar va davlat axborot tizimlariga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, internet xavfsizligini ta’minlash, kiberxavflarni aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish usullarini bilish har bir foydalanuvchi uchun muhim hisoblanadi. Axborotni himoyalash, xavfsiz parollardan foydalanish, antivirus dasturlarini qo‘llash va foydalanuvchilarning axborot madaniyatini oshirish kiberxavflarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1428 Mazkur maqolada internet xavfsizligi tushunchasi, eng ko‘p uchraydigan kiberxavflar hamda ularga qarshi kurashishning asosiy usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Internet xavfsizligi - bu foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini, moliyaviy resurslarini va axborot tizimlarini noqonuniy kirish, zararli dasturlar hamda kiberhujumlardan himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir. Internet xavfsizligi nafaqat texnik himoya, balki foydalanuvchilarning axborot savodxonligi va mas’uliyatli xatti-harakatlarini ham o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda axborot savodxonligi barcha uchun juda ham muhim. Chunki insoniyatning internet bilan bog‘liqligi kundan kunga avj olmoqda. Internetdan foydalanayotganda albatta extiyotkor bo‘lish lozim. Chunonchi,har bir qadamda kiberxavf bizga xavf solidi. Hozirgi kunda eng ko‘p uchraydigan kiberxavflar quyidagilardan iborat: Phishing (firibgarlik xabarlari) — foydalanuvchini aldab, parol yoki bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish. Zararli dasturlar (viruslar, troyanlar) — kompyuter yoki telefon tizimini ishdan chiqarish yoki nazoratga olish. Shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi — login, parol, fotosurat va hujjatlarning tarqalishi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xavflar — soxta akkauntlar, kiberbulling, psixologik bosim. Kiberhujumlar — davlat yoki yirik tashkilotlarning axborot tizimlariga hujum qilish. Bu kabi kiberxavflar juda ko‘p. Bularning hammasini oldini olish uchun,albatta, kiberxavfga qarshi kurashish usullarini bilish bilandir. Kiberxavflarga qarshi kurash usullari: Kuchli parollardan foydalanish. Internet xavfsizligining asosiy elementlaridan biri — bu ishonchli parollardan foydalanishdir. Statistik tadqiqotlarga ko‘ra, kiberhujumlarning katta qismi aynan oddiy yoki qayta ishlatilgan parollar sababli amalga oshiriladi. Kuchli parollar kamida 8–12 belgidan iborat bo‘lib, katta va kichik harflar, raqamlar hamda maxsus belgilarni o‘z ichiga olishi lozim. Bundan tashqari, ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) tizimlari akkauntlarni himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu usul foydalanuvchidan paroldan tashqari qo‘shimcha tasdiqlash (SMSkod, biometrik ma’lumot yoki maxsus ilova orqali) talab qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, 2FA’dan foydalanish akkaunt buzilishi ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi. Antivirus va himoya dasturlaridan foydalanish Zamonaviy internet muhitida zararli dasturlar (malware, spyware, ransomware) tobora murakkablashib bormoqda. Shu sababli antivirus dasturlaridan foydalanish internet xavfsizligini ta’minlashning muhim shartidir. Antiviruslar zararli fayllarni aniqlaydi, bloklaydi va tizimga yetadigan zararni minimallashtiradi. Shuningdek, firewall (himoya devori) tizimlari tarmoq orqali keluvchi noqonuniy kirishlarni oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. Operatsion tizimlar va dasturiy ta’minotni muntazam yangilab borish esa xavfsizlikdagi zaifliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shubhali havolalardan ehtiyot bo‘lish Kiberjinoyatchilar ko‘pincha phishing usulidan foydalanib, foydalanuvchini soxta elektron pochta xabarlari, SMS yoki ijtimoiy tarmoq havolalari orqali aldaydi. Shu bois noma’lum manbalardan kelgan xabarlarni ochmaslik, shubhali havolalarga bosmaslik internet xavfsizligini ta’minlashning muhim qoidalaridan biridir. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kiberjinoyatlarning katta qismi foydalanuvchining ehtiyotsizligi natijasida yuzaga keladi. Demak, texnik himoya bilan bir qatorda inson omili ham muhim rol o‘ynaydi. Ikki bosqichli autentifikatsiya
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1429 Internetda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish kiberxavflarning asosiy sabablaridan biridir. Foydalanuvchilar o‘z pasport ma’lumotlari, bank kartasi raqamlari, yashash manzili va shaxsiy fotosuratlarini ochiq platformalarda joylashtirishdan ehtiyot bo‘lishlari zarur. Ijtimoiy tarmoqlarda maxfiylik sozlamalarini to‘g‘ri tanlash, begona shaxslar bilan shaxsiy axborot almashmaslik ham internet xavfsizligini mustahkamlaydi. Axborot savodxonligini oshirish. Internet xavfsizligini ta’minlashning eng muhim va barqaror usullaridan biri — bu axborot savodxonligini oshirishdir. Foydalanuvchilarga kiberxavflarning turlari, ularning oqibatlari va oldini olish usullari haqida bilim berish kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida, ayniqsa boshlang‘ich va o‘rta ta’lim bosqichlarida internetdan xavfsiz foydalanish qoidalarini o‘rgatish kelajakda mas’uliyatli va ongli internet foydalanuvchilarini shakllantiradi. Huquqiy va tashkiliy choralar Internet xavfsizligini ta’minlashda davlat va xalqaro tashkilotlarning huquqiy mexanizmlari ham muhim o‘rin tutadi. Kiberjinoyatlarga qarshi qonunlar, maxsus xizmatlar va xalqaro hamkorlik tizimlari global internet xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tashkilotlarda axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish, xodimlarni muntazam o‘qitish va xavfsizlik auditlarini o‘tkazish kiberxavflarning oldini olishda samarali hisoblanadi. Internet xavfsizligi nafaqat texnik choralar bilan bog‘liq, balki mamlakatlar siyosati va huquqiy bazasi bilan mustahkamlanadi. Buning eng yaqqol misollaridan biri - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kiberxavfsizlik sohasida huquqiy asoslar yaratish haqida bevosita ishtirokida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Shuning uchun bugun kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonunni imzoladim. Bu yangi qonun hozirgi zamon tahdidlariga qarshi kurashish uchun huquqiy asos bo‘ladi.” Demak, kiberxavf nafaqat insonlar o‘rtasidagi balki, davlatlar aro tushunmovchilik va turli nizolarga ham sabab bo‘lishi mumkinligini yuqoridagi imzolangan qonunlardan ham bilib olsa bo‘ladi. Ta’lim tizimida internet xavfsizligi darslarini olib boorish juda muhimdir. Boshlang‘ich ta’lim bosqichidanoq bolalarda internetdan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, begona shaxslar bilan muloqotda ehtiyot bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimdir. Bu nafaqat texnologik, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega jarayondir. Bu haqda farzandlarimizga ko‘nikma bermas ekanmiz, ularni shani, qadr-qimmati, shaxsiyatini himoya qilmagan bo‘lamiz. So‘nggi yillarda kiberxavflarning soni hamda moliyaviy zararlar tez o‘smoqda. Jahon miqyosida kiberjinoyatchilik ta’siri iqtisodiyotga og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda: Global zararlar. Mutaxassislar tahminicha, 2025-yilda kiberxavflar global iqtisodiyotga 10.5 trillion AQSh dollar zarar yetkazadi, bu ko‘rsatkich butun dunyo iqtisodiyotining yirik qismiga teng hisoblanadi. Har daqiqada zarar: Bu zarar yiliga taxminan 28,8 milliard dollar, ya’ni har daqiqada millionlab dollarlar yo‘qolishi bilan izohlanadi.) Phishing & ijtimoiy muhandislik. 2024-yilda phishing (aldovchi elektron xabarlar) va ijtimoiy muhandislik hujumlarini 42% tashkil qildi, bu kompaniyalar va foydalanuvchilarni ma’lumotlarini yo‘qotishga olib keldi. (reports.weforum.org) Cyber hujumlar. Malware va ransomware kabi zararli dasturlar ham keng tarqalgan bo‘lib, ma’lumotlar uzilishi va tizimlarni bloklashi orqali katta iqtisodiy yo‘qotishlar keltirib chiqaradi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1430 Shuningdek, rasmiy FBI ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha taxminan 859 mingdan ortiq internet jinoyati haqida shikoyat qoldirilgan, va ular natijasida 16 milliard dollardan ortiq yo‘qotishlar yuzaga kelgan. Xulosa Bugungi raqamli jamiyat sharoitida internet xavfsizligini ta’minlash masalasi global ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb muammolardan biriga aylandi. Internet orqali axborot almashinuvi, onlayn ta’lim, elektron tijorat va raqamli davlat xizmatlarining kengayib borishi bilan bir qatorda, kiberxavflar ham murakkablashib, ularning ko‘lami va oqibatlari tobora ortib bormoqda. Jahon miqyosidagi statistik ma’lumotlar kiberjinoyatchilik nafaqat alohida shaxslar yoki tashkilotlarga, balki butun global iqtisodiyotga milliardlab, hatto trillionlab dollar zarar yetkazayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, internet xavfsizligi faqat texnik muammo sifatida emas, balki ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy masala sifatida ham qaralishi lozim. Kuchli parollar, ikki bosqichli autentifikatsiya, antivirus va himoya tizimlari kiberxavflarning oldini olishda muhim texnik vositalar bo‘lsa-da, ularning samaradorligi foydalanuvchining axborot savodxonligi va mas’uliyatli xulq-atvoriga bevosita bog‘liqdir. Inson omili kiberxavfsizlik tizimining eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Shuningdek, davlat miqyosida olib borilayotgan huquqiy islohotlar va normativ-huquqiy bazaning mustahkamlanishi internet xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiberxavfsizlik sohasida qonunchilikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar mamlakatda xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bu esa kiberxavflarga qarshi kurashda davlat, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni taqozo etadi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, internet xavfsizligini ta’minlash uzluksiz, tizimli va kompleks jarayon bo‘lib, u texnologik himoya vositalari, huquqiy mexanizmlar va axborot savodxonligini uyg‘unlashtirish orqali amalga oshirilishi lozim. Ta’lim muassasalarida, ayniqsa yosh avlod o‘rtasida internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirish kelajakda kiberxavflarning oldini olishda eng samarali va barqaror yechimlardan biri hisoblanadi. Faqatgina ana shunday kompleks yondashuv orqali jamiyatda ishonchli, xavfsiz va barqaror raqamli muhitni yaratish mumkin bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2. Kaspersky Lab. Cybersecurity Basics. 3. UNESCO. Digital Literacy and Online Safety. 4. Microsoft Security Intelligence Reports. 5. ITU rasmiy portali — global kiberxavfsizlik hisobotlari. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligini rivojlantirishga oid nutqlari va farmonlari. 7. Anderson R. Security Engineering: A Guide to Building Dependable Distributed Systems. — Wiley. 8.Auezov, O. P., Baltaniyazov, A. S., Tursimuratov, S. Ye., & Xojabaev, N. M. (2025, November). Saksavul ekadigan seyalkaning yangi egat shakllantiruvchi ishchi organining texnologik va konstruktiv parametrlarini asoslash. In Conferences (Vol. 1, No. 4, pp. 425-428). 9.Tursimuratov, S. E., Iskenderova, S. O., & Kadirimbetova, T. S. (2025). Investments and legal issues in agriculture. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(3), 86-90.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1431 10.Ауезов, О. П., & Турсымуратов, С. Е. (2022). РАЗРАБОТКА ПОЛОЛЬНОРЫХЛИТЕЛЬНОЙ ЛАПЫ ХЛОПКОВОГО КУЛЬТИВАТОРА И РЕЗУЛЬТАТЫ ЕЁ ИСПЫТАНИЯ. ИЛМИЙ МАҚОЛАЛАР ТЎПЛАМИ, 235. 11.Турсымуратов, С. Е., & Ибрагимов, К. Ж. (2020). ПРИМЕНЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ. Матрица научного познания, (6), 108-110. 12. Турсымуратов, С. Е., & Ибрагимов, К. Ж. (2020). ИНФОРМАЦИОННОКОММУНИКАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В СИСТЕМЕ АГРАРНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Академическая публицистика, (7), 29-31. 13. Турсымуратов, С. Е. (2019). Сравнение сельскохозяйственных машин по показателям безопасности. In Традиции и инновации в развитии АПК (pp. 527-530). 14. Турсымуратов, С. Е. (2019). Анализ технологий посева зерновых культур. In Традиции и инновации в развитии АПК (pp. 508-511).