INKLYUZIV TA'LIMDA BOLALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Full text
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 508 INKLYUZIV TA’LIMDA BOLALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Xamidova Muattarxon Akmaljon qizi Andijon davlat pedagogika institute Maktabgacha ta’lim fakulteti Maxsus pedagogika logopediya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18055813 Annotatsiya: Mazkur maqolada inklyuziv ta’limda bolalarni Jismoniy rivojlanishi, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, Intellektual (aqliy rivojlanish) omillari hamda inklyuziv ta’limni ahamiyati va tushunchalari haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: aqliy rivojlanish, jismoniy rivojlanish, tasavvur, ko’rish, inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, intellektual. Аннотация В данной статье рассматриваются особенности физического развития детей в инклюзивном образовании, их личностно-психологические качества, а также показатели интеллектуального (умственного) развития. Освещается сущность инклюзивного обучения, его социальная значимость и педагогические условия, создаваемые для детей с ограниченными возможностями. В статье анализируется взаимосвязь таких факторов развития, как воображение, восприятие, зрение и двигательная активность в условиях инклюзивной среды. Ключевые слова: умственное развитие, физическое развитие, воображение, зрение, инклюзивное образование, дети с ограниченными возможностями, личностнопсихологические показатели развития, интеллектуальное развитие. Annotation This article examines the characteristics of children’s physical development within inclusive education, their personal and psychological traits, and indicators of intellectual (cognitive) growth. It also highlights the concept and social significance of inclusive education, along with the pedagogical conditions created for children with disabilities. The paper analyzes the interrelation of developmental factors such as imagination, perception, vision, and motor activity in an inclusive learning environment. Keywords: cognitive development, physical development, imagination, vision, inclusive education, children with disabilities, personal and psychological development indicators, intellectual development. Kirish Mamlakatimizda sog‘lom bolalar va imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tizimida tenglikni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Buning yorqin natijasini davlatimiz tomonidan yaratib kelinayotgan ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan sayharakatlar va qaror va qonunlarda ko‘rishimiz mumkin. Konstitutsiyamizda e’tirof etilgandek “Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’limda o’qish majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida bo’ladi. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 509 bolalar uchun Ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiyani ta’minladilar” deb belgilab qo’yilgan. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlaydi. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashi kerak bo’ladi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etilmoqda. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi. Inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashi kerak bo’ladi. Maktablar alohida ta’lim olish ehtiyoji bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo‘naltirishda har tomonlama yordam ko‘rsatish kerak bo’ladi. Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: Rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratishi; jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirishi; ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirishi ; barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratilishi; o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi; Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, ta’limtarbiya metod va vositalarini qo‘llash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni psixologikpedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash kerak. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Harakatning asosiy turlarini rivojlantirish: -sog‘ligiga qarab yurish va yugurishning barcha turlarini to‘g‘ri bajarish, shartsharoitga muvofiq ulardan foydalanish; -jismoniy mashqlarni dastlabki holatlarga qaraganda aniq, ko‘rsatilgan ritmik, maromda, musiqaga mos, og‘zaki aytilganiday bajarish; -gavdani to‘g‘ri tutish;
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 510 -sog‘ligiga qarab sport o‘yinlarda (suzish, voleybol, futbol, hokkey, stol tenisi, badminton) ishtirok ettirish. Tana qismidagi mushakchalarni rivojlantirish: -qo‘l panjasi va barmoqlar harakatchanligini ta’minlash (barmoqlarni yengil siqish, yozish), barmoqlarini o‘ynatish (barmoqlarda o‘yin ko‘rsatish, qo‘l baroqlari soyasida tamosha ko‘rsatish va h.k.); -tashqi muhit o‘zgarishlariga bardoshlilik kasalliklarga tegishli qarshilik ko‘rsatish, ularning nisbatan yengil va qisqa muddatda asoratlarsiz o‘tishi(chiniqishi); -yaxshi ishtaha (ayrim ovqat turlariga salbiy munosabatlarisiz); -o‘zining jismoniy qiyofasi va sog‘ligi haqida tasavvurni shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga erishish (madaniy – gigiyena malakasini rivojlantirish, har kuni ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishga odatlantirish hamda boshqa malakalar ahamiyatini tushunish); Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari. -Tevarak-atrofni tushunish, bilish: U qayerda yashashini (mamlakat, shahar, qishloq, uy manzili, diqqatga sazovor joylar va boshqalar) bilish; -zamon va makon haqida tasavvurni shakllantirish va ularni tushuna bilish (bir yil, necha oy, hafta, necha kun, necha soat, chap-o‘ng va hokazo); -o‘z oilasining tarixi to‘g‘risida (oilasi avval qayerda yashagan, buvasi va buvisi nima bilan shug‘ullanishgan, ularning hayoti biznikidan nimasi bilan farq qiladi va hokazo), ko‘chalar. Tuman, shaharlar, yirik tarixiy voqealar hamda davrlar (Amir Temur davri, Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati va boshqalar), o‘z mamlakatining ramzlari, bayramlari, o‘z xalqi, urfodatlari hamda an’analari va boshqalar haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lish; -jonli va jonsiz tabiat hodisalarning sabab va oqibatli bog‘lanishlari, o‘zaro mutanosibligini bilish (nega qor yog‘adi, qor nima uchun qo‘lda eriydi, qishda o‘simliklar nega bargsiz bo‘ladi);insonning tabiatga ta’siri haqida tasavvurni shakllantirish, bunday ta’sirning natijalari (tabiatga qiziqish va muhabbatni shakllantirish, tabiatning holati, unga inson hayotining manbai sifatida ehtiyotkor munosabat va shu kabi oddiy ekologik tushunchalar). Bolaning ijtimoiy jihatdan rivojlanish darajasi: -umuminsoniy axloq-odob qoidalarini o‘zlashtirish (Nima yaxshiyu, nima yomon tushunchalarini shakllantirish, mumkin va mumkin emas, xohlayman va burchliman tushunchalarni ajrata bilish, vaziyat taqozosiga muvofiq axloq-odob doirasidagi muomala va kayfiyatni tanlay bilish); -o‘z tashabbusi bilan, shuningdek, do‘stlari tashabbusi bilan tanish va notanish bo‘lgan katta yoshdagi kishilar, o‘zidan kichik yoshdagilar bilan erkin muomala qila olish; -fe’latvorning ijobiy xususiyatlarini qaror toptirish (keng fe’llik, e’tibor, g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, mehribonlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, narsalarga, inson mehnati mahsullariga ehtiyotkor munosabat, estetik ong asoslarini shakllantirish, go‘zallikka, tabiat ajoyibotlariga, adabiy, badiiy, musiqiy asarlarga, amaliy san’at namunalariga va boshqalarga qiziqishni rivojlantirish); -mustaqillikni rivojlantirish (o‘z shaxsiy faoliyatini tashkil etish uchun turli xil vositalarni: o‘yin, tamosha ko‘rsatish, tasvirlash, qurish-yasash, o‘yin faoliyatining turlari jarayonida yuzaga keladigan maummolarni mustaqil hal eta bilish);
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 511 -o‘zini-o‘zi anglashni jinsidan kelib chiqqan holda (o‘g‘il bola, qiz bola), shakllantirish, o‘z imkoniyatilari, qobiliyatini, xatti-harakatini o‘zi baholay bilish, katta yoshdagilar, tengdoshlari o‘zidan yosh jihatdan kichiklar davrasida o‘z o‘rnini anglay bilish, boshqa odamni tushunish, uning qiziqishlarini, ehtiyojlarini, istaklarini hurmat qilish, uning oldidagi muammolarini ko‘ra bilish o‘z xattiharakatlarini boshqa odam o‘rnida turib baholay olish. Bolaning o‘z-o‘zini anglashidagi muhim jihat uning o‘z qadr-qimmatini his etish, o‘ziga bo‘lgan munosabatini shakllantirish hisoblanadi. Shu bilan birga maktabgacha yoshdagi bola uchun o‘z shaxsiga ortiqcha baho berish tabiiy va qonuniy holdir, bu uning uchun o‘ziga xos shaxsiy himoya, o‘z kechinmalariga quloq tutish, o‘zining hayajonli holatlarini «men xursandman», «men xafa bo‘ldim», «menga yaxshi», «men roziman» tushunish, boshqa birovga nisbatan: «yashavor», «zo‘r» kabi so‘zlarni ishlatish hisoblanadi. Intellektual (aqliy rivojlanish). Fikrlashni rivojlantirish(obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt): -atrofdagilar bilan muomala qila bilish, o‘ziga qarata aytilgan gapni tushunish, so‘zlashishga kirishish, aniq qilib gapirish, savollarga javob qaytarish, boshqalarga savol berish; -alohida o‘yinlarni tashkil qilish, o‘yin uchun kerakli materiallar va zarur narsalarni tanlab olish; -bolalarda «Men o‘zim qilaman» degan muayyan qat’iyatlilik shakllantirish, (ayrim mehnat malakasi, turmush va tabiatdagi tartibning buzilishini payqash, o‘yinchoqlarni tuzatish, bog‘labmahkamlash, idishlarni yuvish, uyda xo‘jalik ishlariga qarashish, dasturxonni tuzash, oshxona jihozlaridan foydalana bilish, o‘z ust-boshini tuzatish va boshqalar); -boshlagan ishini oxiriga yetkazishga odatlantirish (ya’ni mehnatning samarasi va foydasini anglab yetish); -tasviriy faoliyatini rivojlantirish; -jamoada ishlay bilish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, faoliyat mazmunini boyitish; - musiqaga mos harakatda o‘ziga nisbatan ishonchni his etish. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatda faol ishtirok etishi va o‘z hayotini yaxshilashi uchun maxsus ta’lim va kasbiy tayyorgarlik zarur. Buning uchun davlat tomonidan inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish, moslashtirilgan kasbhunar yo‘nalishlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Bu esa imkoniyati cheklangan shaxslarning hayot sifatini oshirishga va jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishiga yordam beradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Xusnuddinova, Z. X. (2023). Alohida ehtiyojli boshlang'ich sinf o'quvchilarining og’zaki nutqini rivojlantirishda yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari. Ta’lim tizimida yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari. 2. F.U.Qodirova, Z.X.Xusnuddinova, B.M.Abdullayev, B.Z.Fozilov, Sh.T.Shermuxammedova, Sh.Z.Matupayeva. Maxsus pedagogika asoslari o‘quv qo‘llanma. Chirchiq. 2022. 3. “Инклюзивное образование: право, принципы, практика” / Авторы-составители: Н.В. Борисова, С.А. Прушинский. Отв. ред.: М. Перфильева. //М.: Владимир, ООО “ТранзитИКС”, 2009.