scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ANALYSIS OF THE MATERIALS OF THE KHOREZM ARCHAEOLOGICAL AND ETHNOGRAPHIC EXPEDITION

Isaqov Rustamjon O'ktamjon o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada “Материалы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции” to‘plamlarining ilmiy ahamiyati va tarkibi tahlil qilinadi. To‘plamlar Xorazmning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, aholi va moddiy madaniyati bo‘yicha birlamchi daliliy manbalarni taqdim etadi. Shu bilan birga, ularning bugungi ilmiy tadqiqotlar uchun ahamiyati, zamonaviy metodlar bilan qayta tahlil qilish zaruriyati va ekspeditsiya topilmalari asosida tarixiy va etnografik tadqiqotlarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Full text

40 ANALYSIS OF THE MATERIALS OF THE KHOREZM ARCHAEOLOGICAL AND ETHNOGRAPHIC EXPEDITION Isaqov Rustamjon O‘ktamjon o‘g‘li Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti ORCID: 0009-0001-5595-507X https://doi.org/10.5281/zenodo.18058057 ANNOTATSIYA KALIT SO‘ZLAR Ushbu maqolada “Материалы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции” to‘plamlarining ilmiy ahamiyati va tarkibi tahlil qilinadi. To‘plamlar Xorazmning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, aholi va moddiy madaniyati bo‘yicha birlamchi daliliy manbalarni taqdim etadi. Shu bilan birga, ularning bugungi ilmiy tadqiqotlar uchun ahamiyati, zamonaviy metodlar bilan qayta tahlil qilish zaruriyati va ekspeditsiya topilmalari asosida tarixiy va etnografik tadqiqotlarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xorazm, arxeologiya, etnografiya, ekspeditsiya, birlamchi manbalar, moddiy madaniyat, tarixiy tadqiqotlar АННОТАЦИЯ КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА В статье рассматривается научное значение и структура “Материалов Хорезмской археологоэтнографической экспедиции”. Данные сборники представляют собой первоисточники по древней и средневековой истории Хорезма, населению и материальной культуре. Особое внимание уделено современному значению этих материалов, необходимости их повторного анализа с использованием современных методов и возможностям развития исторических и этнографических исследований на основе экспедиционных находок. Хорезм, археология, этнография, экспедиция, первоисточники, материальная культура, историческое исследование ABSTRACT KEY WORDS 41 This article analyzes the scientific significance and structure of the “Materials of the Khorezm Archaeological and Ethnographic Expedition”. The collection provides primary sources on the ancient and medieval history, population, and material culture of Khorezm. The study also highlights the contemporary relevance of these materials, the necessity of their reanalysis using modern methods, and the potential for advancing historical and ethnographic research based on expedition findings. Khorezm, archaeology, ethnography, expedition, primary sources, material culture, historical research KIRISH Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi o‘z faoliyati davomida etnologiya va arxeologiya sohalarida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borgan va ularning natijalari turli nashrlarda aks etgan. Ushbu nashrlarning to‘liq ro‘yxatini shakllantirish alohida ilmiy ishni talab qiladi, chunki ular butun bir kutubxonani tashkil qiladi. Shu bilan birga, tadqiqotimiz davomida biz mavjud materiallarni tasniflashga harakat qildik. Hozirga qadar ekspeditsiyaning “Asarlar” to‘plamining 16 jildi, “Materiallar” to‘plamining 10 jildi va 18 ta tematik to‘plami chop etilgan. Bundan tashqari, ekspeditsiya a’zolarining maqolalari “Вестник древней истории”, “Вопросы истории”, “Советская археология”, “Советская этнография” keyinchalik 2022-yilgacha Scopus bazasida indekslangan “Этнографическое обозрение” jurnalida nashr qilingan. Tadqiqot guruhlarining ishlari bo‘yicha hisobotlar KSIIMK (Madaniyat tarixi instituti qisqa axboroti) va KSIE (Etnografiya instituti qisqa axboroti) yillik nashrlarida, shuningdek, “Археологические открытия” jurnalida muntazam e’lon qilingan. Ekspeditsiyaning muhim manbalaridan biri “Материалы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции” to‘plamlaridir. Maqola davomida ushbu to‘plamdagi materillarni tahlil qilinadi. Ushbu nashrlarda turli yo‘nalishlarga oid boy ma’lumotlar jamlangan bo‘lsa-da, ularni yakuniy ilmiy asar sifatida qabul qilish mumkin emas; ular asosan ekspeditsiya guruhlarining ma’lum davr va obyektlarga oid ilmiy hisobotlaridan iborat bo‘lib, to‘liq tadqiqotga aylanishi uchun uzoq muddatli tahlil va ishlov talab qilgan. Ba’zi yillarda ekspeditsiya tarkibida sakkiztagacha mustaqil guruh faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning topilmalari keng ko‘lamli ma’lumotlar bazasini tashkil qilgan. Shu bois, hisobotlar mualliflari ularni mukammal ilmiy asarga aylantirish uchun qo‘shimcha tahlil va ishlov berishni zarur deb bilgan. 42 Mazkur to‘plamlar 1959–1975-yillarda 10 jild sifatida chop etilgan bo‘lib, ular asosiy “Труды ХАЭЭ” dan farqli ravishda ekspeditsiyaning oraliq dala tadqiqotlari, maxsus mavzuli izlanishlar va dastlabki hisobotlarni jamlagan. Ushbu jildlar Xorazmning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, aholi va moddiy madaniyati haqidagi birlamchi daliliy manbalarni taqdim etishi bilan ilmiy ahamiyatga ega. TADQIQOT METODOLOGIYASI (Research Methodology). 1. Manbalarni tahlil qilish – asosiy manba sifatida ekspeditsiya to‘plamlari (1–10 jild) va ulardagi arxeologik, etnografik, antropologik materiallar olinadi. Nashrlardagi dala tadqiqotlari, maqolalar va hisobotlar matni sistematik tarzda o‘rganiladi. Har bir jilddagi topilmalar, xronologik davr, geografik hudud va ilmiy yo‘nalish (arxeologiya, antropologiya, etnografiya) bo‘yicha tasniflanadi. 2. Tadqiqotlararo integratsiya – arxeologik, antropologik va etnografik ma’lumotlar o‘zaro bog‘lanadi va ularning hududiy, tarixiy va madaniy konteksti aniqlanadi. Fanlararo yondashuv orqali Xorazm vohasining qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, aholisi va moddiy madaniyati chuqur tahlil qilinadi. 3. Xronologik tahlil – topilmalar va tadqiqotlar neolit, bronza, antik, o‘rta asr va zamonaviy davrlar bo‘yicha tabaqalanadi. Har bir davrga oid arxeologik va etnografik materiallar solishtirma tarzda tahlil qilinadi, hududiy tarqalishi va davrlararo bog‘liqligi aniqlanadi. 4. Taqqoslash va sintez – ekspeditsiya natijalari boshqa ilmiy manbalar (Xorazm tarixi, Markaziy Osiyo arxeologiyasi va etnografiyasi) bilan solishtiriladi. Topilmalar, antropologik tiplari va madaniy obyektlar bo‘yicha umumiy xulosalar chiqariladi. TAHLIL VA NATIJALAR (Analysis and results). Birinchi jild “Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1954– 1956 гг.” 1 (Xorazm ekspeditsiyasining 1954–1956 yillardagi dala tadqiqotlari) deb nomlanib 1959-yilda chop etilgan. Bu jild Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan dala tadqiqotlarining dastlabki nashri bo‘lib, unda 1954–1956-yillarda erishilgan natijalar jamlangan. To‘plam S.P. Tolstovning ekspeditsiya faoliyatiga umumiy bahosi bilan boshlanadi. Keyingi maqolalarda ekspeditsiya a’zolarining turli yo‘nalishlarda olib borgan izlanishlari yoritilgan. Masalan, N.N. Vakturskaya Janubiy Qizilqumdagi kuzatuvlarni tasvirlaydi, M.A. Itina Tozabog‘yob madaniyatiga oid yangi stoyankalarni aniqlaydi, M.G. Vorobyova esa Dingildjedagi arxaik manzilgoh qazilmalarini bayon qiladi. E.E. Nerazik, M.S. Lapirov-Skoblo va Yu.A. Rapoport Xorazm yodgorliklaridagi qazishmalar orqali shaharsozlik va mudofaa tarixiga oid ma’lumot beradi. B.V. Andrianov qadimgi sug‘orish tizimlarini tadqiq etib, qoraqalpoqlarning o‘troqlashuv 1 Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1954-1956 гг. / МХЭ. Вып. 1. – М., 1959. – 212 с. 43 jarayoniga oid dalillar keltiradi. I.I. Vakturskaya va O.A. Vishnevskaya Xorazmshohlar davri yodgorliklarini o‘rganadi. G.P. Vasilyeva turkman etnografik otryadi ishlarini, T.A. Jdanko esa qoraqalpoqlarning xo‘jalik va marosimlariga oid kuzatuvlarni yoritadi. Tomda tadqiqotlarning asosiy qismi arxeologiyaga 70–75 foiz to‘g‘ri keladi, etnografiya 20 – 25 foizni tashkil etadi. Ikkinchi jild T.A.Trofimova muallifligida 1959-yil “Древнее население Хорезма по данным палеоантропологии” 2 (Paleoantropologiya ma’lumotlariga ko‘ra Xorazmning qadimiy aholisi) nomi bilan nashr etiladi. Xorazm hududida 1950-yillarda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan suyak qoldiqlarini tahlil qiladi. Unda Tazabog‘yob madaniyati, Qal’aliqir, Kangakola, Kubatau, Barqutqalin vohasi va Bayram-Ali nekropollaridan olingan bosh suyaklari va skelet materiallari o‘rganilgan. Asar Xorazm aholisi antropologik tipini, boshsuyak deformatsiyasi ta’sirini va etnogenez masalalarini yoritib, mintaqa qadimiy etnik shakllanish jarayonlarini tushunishga muhim hissa qo‘shadi. Amudaryo quyi oqimlari, Sariqamish havzasi va O‘zboy irmog‘ining qadimgi tabiiy-geografik rivojlanishi hamda inson tomonidan o‘zlashtirilish jarayoniga bag‘ishlangan uchinchi tom S.P. Tolstov va A.S. Keslarning muharrirligida “Низовья Аму-Дарьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения” 3 (Amudaryo quyi oqimi, Sariqamish, O‘zboy. Shakllanish va o‘rganilish tarixi) nomi ostida nashr etiladi. Asarda eng so‘nggi geomorfologik va arxeologik tadqiqotlarga asoslanib, Amudaryoning qadimgi yo‘nalishlari, AqchaDaryo va Sariqamish deltasining shakllanishi, shuningdek O‘zboy irmog‘ining o‘zgarish jarayonlari keng yoritilgan. Shuningdek, mintaqaning tabiiy landshafti va qadimgi aholi joylashuvi jarayonlari tarixiy dalillar asosida tahlil qilingan. Asar Xorazm vohasi va unga tutash hududlarning geologik hamda arxeologik o‘tmishini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu jild mazmuni fanlararo yo‘nalishda bo‘lsa-da, asosiy urg‘u antropologik tadqiqotlarga qaratilgan. Jumladan, antropologiya (paleoantropologiya, kraniologiya, etnogenez) 85 foizni tashkil etadi. Arxeologiya 15 foiz ulushga ega bo‘lib, u asosan qazishmalar natijasida topilgan materiallarga qisqa izoh tarzida kiritilgan, ammo tadqiqotning asosiy maqsadi emas. Etnografiya esa deyarli uchramaydi, chunki etnik jarayonlarga oid masalalar antropologik materiallarga asoslangan holda yoritilgan bo‘lsa-da, sof etnografik kuzatuvlar asarda mavjud emas. 2 Трофимова Т.А. Древнее население Хорезма по данным палеоантропологии. / МХЭ. Вып. 2. – М., 1959. – 176 с. 3 Низовья Аму-Дарьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения. / МХЭ. Вып. 3. – М., 1960. – 348 с. 44 1960-yilda “Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1957 г.” 4 (Xorazm ekspeditsiyasining 1957-yilgi dala tadqiqotlari) nomi bilan nashr etilgan to‘rtinchi tom asosan, ekspeditsiyaning mazkur yildagi ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda arxeologik, etnografik va irrigatsion tadqiqotlarning natijalari jamlangan. Jildning boshida S.P. Tolstov, M.G. Vorobyova va Yu.A. Rapoport ekspeditsiya ishlarining umumiy ko‘rinishini beradi. A.V. Vinogradov neolit davriga oid yangi topilmalarni ta’riflaydi, M.A. Itina esa Tozabog‘yob madaniyatiga oid stoyankalar qazilmalari haqida so‘z yuritadi. B.I. Vaynberg ikki maqola bilan ishtirok etib, biri Qo‘ng‘irot sufiylari tarixiga, ikkinchisi esa Daryoliq hududidagi turkman qishloqlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Jildda 80 foiz arxeologiyaga oid ma’lumotlar geografiya, geomorfologiya (fanlararo)ga oid esa 20 foiz ma;lumotlar uchraydi. G.P. Snesaryov Xorazm o‘zbeklari odatlari va marosimlarida ibtidoiy jamoa davri qoldiqlarini ko‘rsatib o‘tadi. T.A. Jdanko Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi ishlarini, B.V. Andrianov esa Jani-Daryo havzasida 1956 – 1957-yillarda olib borilgan qoraqalpoq sug‘orish tizimlari tadqiqotlarini yoritadi. Kitobning “Mayda maqolalar” bo‘limida N.N. Vakturskaya Urganchdan topilgan eroniy idish va Kavatqal’adagi o‘rta asr mis idishlari haqida yozadi, G.P. Snesaryov suvga qurbonlik qilish marosimining qadimgi hosildorlik kultiga bog‘liqligini tahlil qiladi, R.V. Fyodorova esa polen (chang) tahlili asosida qadimgi dehqonchilik madaniyatlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Jildda 60 foiz arxeologik, 40 foiz etnografik materialalar mavjud. Beshinchi tom 1961-yilda “Могильник бронзового века Кокча 3” 5 (Ko‘kcha 3 bronza davri qabristoni) S.P. Tolstov tahriri ostida nashr etilgan bo‘lib, asosan Tozabog‘yob madaniyatiga oid Kokcha 3 qabristoni qazilmalari natijalariga bag‘ishlangan. Jildda M.A. Itina ushbu qabristonda olib borilgan arxeologik qazishmalarni batafsil yoritadi. T.A. Trofimova esa topilgan bosh suyaklarini paleontropologik jihatdan tahlil qilib, antropologik tip va etnogenez masalalarini ochib beradi. Ilovalarda G.V. Lebedinskaya bir bola bosh suyagi asosida yuz rekonstruksiyasi jarayonini tasvirlaydi, Yu.A. Durnovo esa skeletlarning uzun suyaklarini o‘rganadi. Ushbu jild Xorazmning bronza davri aholisi, ularning dafn marosimlari, antropologik xususiyatlari va moddiy madaniyatini o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi. Jild 65 foiz arxeologiyaga 35 foiz antropologiyaga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Oltinchi tom S.P. Tolstov, T.A. Jdanko va M.A. Itina tomonidan 1958–1960 yillardagi ekspeditsiya ishlarini umumiy tarzda “Полевые исследования 4 Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1957 г. / МХЭ. Вып. 4. – М., 1960. – 208 с. 5 Могильник бронзового века Кокча 3. / МХЭ. Вып. 5. – М., 1961. – 154 с. 45 Хорезмской экспедиции в 1958-1961 гг. Т. I. Общий отчёт. Памятники первобытного и античного времени” 6 (Xorazm ekspeditsiyasining dala tadqiqotlari (1958–1961-yillar). I-jild. Umumiy hisobot. Qadimgi davr va antik davr yodgorliklari) yoritgan. A.V. Vinogradov Kaltaminor madaniyatiga oid materiallarni, M.A. Itina Qavat-3 va Yakka-Parsan-2 manzilgohlarini, V.N. Yagodin Kavat-2 (Amirobod madaniyati)ni tadqiq qilgan. Yu.A. Rapoport va M.S. LapirovSkoblo Qal’aliqir-1 dagi saroy qazilmalarini, M.G. Vorobyova, Lapirov-Skoblo va E.E. Nerazik Xazoraspdagi ishlarga bag‘ishlagan. S.A. Trudnovskaya va B.A. Loxovits Chirik rabotdagi dafn inshootlarini o‘rgangan. T.A. Trofimova “Orolbo‘yi saklari” kraniologik ocherkini yozgan, A.V. Gudkova va V.N. Yagodin Amudaryo deltasining o‘ng irmog‘idagi arxeologik tadqiqotlarni bayon etgan. Yettinchi tom 1963-yilda “Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1958-1961 гг. Т. II. Памятники средневекового времени. Этнографические работы” 7 (Xorazm ekspeditsiyasining 1958–1961-yillardagi dala tadqiqotlari. II tom. O‘rta asr yodgorliklari. Etnografik ishlar) nomi bilan nashr etiladi. Bu tom Xorazm ekspeditsiyasining 1958–1961-yillardagi ishlariga bag‘ishlanib, asosan o‘rta asr yodgorliklari va etnografik tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Bu jildda E.E. Nerazik, N.N. Vakhturov, O.A. Vishnevskaya, V.N. Yagodin, Yu.V. Steblyuk, G.A. Pugachenkova kabi arxeologlarning ishlari, shuningdek, G.P. Vasilevaning sharqiy Xorazm turkmanlarining kubadag‘li urug‘i tarixi, joylashuvi, mashg‘ulotlari va zamonaviy turmushini aks ettirgan, G.P. Snesaryovning o‘zbek va turkmanlardagi erkaklar ittifoqlari (erkaklar uyushmalari)ni, ularning ayollardan ajratilgan ijtimoiy hayotini, yoshlar bilan aloqalarini, harbiy funksiyalarini, “qirq” sonining muqaddaslik ramzini hamda keyingi davrlardagi o‘zgarishlarini tahlil qilgan etnografik ishlari mavjud. A.V. Vinogradov tomonidan 1968-yilda nashr etilgan “Неолитические памятники Хорезма” 8 (Xorazmning neolit yodgorliklari)ning asari sakkizinchi tomni tashkil etadi. Ushbu jil Xorazm vohasidagi neolit davri yodgorliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tabiiy-geografik sharoitlar, tadqiqotlar tarixi va uslubiy muammolar haqida umumiy ma’lumot beriladi. Ikkinchi bobda Aqcha-Daryo deltasi, Janubiy delta, Sharqiy va Shimoliy delta hududlari, shuningdek, Chokolak va Aqcha-Daryo koridori kabi hududlardagi turli guruh stoyankalar (Djanbas, Qavat, Vayramkazgan, Mamur, Kurgashin, Tadjikazgan va boshqalar) batafsil tahlil qilinadi. Uchinchi bobda neolit 6 Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1958-1961 гг. Т. I. Общий отчёт. Памятники первобытного и античного времени. / МХЭ. Вып. 6. – М., 1963. – 276 с. 7 Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1958-1961 гг. Т. II. Памятники средневекового времени. Этнографические работы. / МХЭ. Вып. 7. – М., 1963. – 206 с. 8 Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма. / МХЭ. Вып. 8. – М., 1968. – 180 с. 46 yodgorliklarining nisbiy va mutlaq xronologiyasi muammolari ko‘tarilib, vaqt jihatdan tabaqalanishi masalasi ochib beriladi. To‘rtinchi bobda esa Kaltaminor madaniyatining tarqalish hududi, kremniy sanoati xususiyatlari (jumladan, “mikrolit texnikasi” bilan bog‘liq muammolar), hamda Aqcha-Daryo hududidagi neolit aholisi tarixi va madaniyatiga oid masalalar yoritilgan. 1973-yilda “Дингильдже. Усадьба I тысячелетия до н.э. в Древнем Хорезме” 9 (Dingilje. Miloddan avvalgi I mingyillikka oid Xorazmdagi qo‘rg‘on-uy) nomi bilan M.G. Vorobyova tomonidan nashr etilgan ushbu to‘qqizinchi jild qadimgi Xorazm hududida joylashgan Dingilje yodgorligi arxeologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Asarda miloddan avvalgi I mingyillik davriga oid xo‘jalik-ijtimoiy majmua qo‘rg‘on-uy (usadba)ning me’moriy tuzilishi, uy-joy va xo‘jalik binolari, ularning mudofaa va xo‘jalik vazifalari tahlil qilingan. Shuningdek, qazishmalar davomida topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari (spool buyumlar, mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari) asosida o‘sha davr aholisi turmushi, xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy munosabatlari haqida ilmiy xulosalar chiqarilgan. Asar to‘liq arxeologiyaga oid bo‘lib, qadimgi Xorazmning ilk shaharsozlik va xo‘jalik tizimini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu turkumning so‘nggi o‘ninchi jildi “Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего заселения и освоения Внутренних Кызылкумов” 10 (Qadimgi Lyavlyakan. Ichki Qizilqumlar hududining eng qadimiy o‘zlashtirilishi va aholi joylashuvi bosqichlari)nomi bilan A.V. Vinogradov hamda E.D. Mamedovlar chop ettiradi. Ushbu jildda Markaziy Osiyoning markaziy qismi Ichki Qizilqumlar hududida joylashgan Lyavlyakan yodgorliklarining arxeologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Asarda hududning eng qadimiy aholi joylashuvi va o‘zlashtirilish bosqichlari bosqichma-bosqich yoritiladi. Asar to‘liq holda arxeologik tadqiqotlarga bag‘ishlangan. XULOSA VA TAKLIFLAR (Conclusion/Recommendations) Xulosa qilib aytganda, “Материалы Хорезмской археологоэтнографической экспедиции” to‘plamidan joy olgan tadqiqotlar Xorazmning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, aholi va moddiy madaniyati haqidagi birlamchi daliliy manbalarni taqdim etadi. Ushbu to‘plam ekspeditsiyaning oraliq dala 9 Воробьёва М.Г. Дингильдже. Усадьба I тысячелетия до н.э. в Древнем Хорезме. / МХЭ. Вып. 9. – М., 1973. – 220 с. 10 Виноградов А.В., Мамедов Э.Д. Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего заселения и освоения Внутренних Кызылкумов. / МХЭ. Вып. 10. – М., 1975. – 288 с. 47 tadqiqotlari, maxsus mavzuli izlanishlar va dastlabki hisobotlarini jamlagan bo‘lib, keng ko‘lamli ilmiy tahlil va ishlov talab qilsa-da, hududning arxeologik va etnografik merosini o‘rganishda noyob manba vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, ekspeditsiya materiallari Xorazm tarixini chuqurroq tadqiq etish va hududning madaniy merosini saqlash bo‘yicha keyingi ilmiy izlanishlar uchun mustahkam platforma yaratadi. “Материалы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции” to‘plam nafaqat tarixiy va etnografik ma’lumotlarni saqlab qolgan birlamchi manba sifatida ahamiyatlidir, balki zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun ham asosiy resurs hisoblanadi. Bugungi kunda Xorazm hududi va uning madaniy merosi bilan bog‘liq ilmiy tahlillar, hududning arxeologik obyektlarini saqlash va restavratsiya qilish, shuningdek etnologik izlanishlarni rivojlantirish zarurati oshmoqda. Shu sababli, ushbu to‘plamlarni qayta tahlil qilish, ularni zamonaviy metodlar bilan tadqiq etish va mavjud bilimlar bazasini kengaytirish bugungi kunning ilmiy va madaniy ehtiyojlariga javob beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1954-1956 гг. / МХЭ. Вып. 1. – М., 1959. – 212 с. 2. Трофимова Т.А. Древнее население Хорезма по данным палеоантропологии. / МХЭ. Вып. 2. – М., 1959. – 176 с. 3. Низовья Аму-Дарьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения. / МХЭ. Вып. 3. – М., 1960. – 348 с. 4. Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1957 г. / МХЭ. Вып. 4. – М., 1960. – 208 с. 5. Могильник бронзового века Кокча 3. / МХЭ. Вып. 5. – М., 1961. – 154 с. 6. Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1958-1961 гг. Т. I. Общий отчёт. Памятники первобытного и античного времени. / МХЭ. Вып. 6. – М., 1963. – 276 с. 7. Полевые исследования Хорезмской экспедиции в 1958-1961 гг. Т. II. Памятники средневекового времени. Этнографические работы. / МХЭ. Вып. 7. – М., 1963. – 206 с. 8. Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма. / МХЭ. Вып. 8. – М., 1968. – 180 с. 9. Воробьёва М.Г. Дингильдже. Усадьба I тысячелетия до н.э. в Древнем Хорезме. / МХЭ. Вып. 9. – М., 1973. – 220 с. 48 10. Виноградов А.В., Мамедов Э.Д. Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего заселения и освоения Внутренних Кызылкумов. / МХЭ. Вып. 10. – М., 1975. – 288 с.