ABDULLA AVLONIY IJODIDA VATAN MAVZUSI
Abstract
Maqolada o‘z millati, xalqi, yurti ozodligi va ertasi uchun fidoiyilik ko‘rsatgan hamda jadidizm yo‘nalishida ijod qilgan ulug‘ allomalardan biri, ma’rifatparvar shoir Abdulla Avloniyning ijodida Vatan mavzusiga to‘xtanilgan.
Full text
49 ABDULLA AVLONIY IJODIDA VATAN MAVZUSI Jumayev Farhod Akmamatovich TIPU dotsenti, filol.fan.nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.18058061 ANNOTATSIYA KALIT SO‘ZLAR Maqolada o‘z millati, xalqi, yurti ozodligi va ertasi uchun fidoiyilik ko‘rsatgan hamda jadidizm yo‘nalishida ijod qilgan ulug‘ allomalardan biri, ma’rifatparvar shoir Abdulla Avloniyning ijodida Vatan mavzusiga to‘xtanilgan. Vatan, jadidizm, ma’rifatparvar, ta’lim, maorif, adabiyot, uslub, she’riyat, tashbeh, kreativ, renessans. АННОТАЦИЯ КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА В статье рассматривается тема Родины в творчестве Абдуллы Авлони, одного из великих ученых и просвещенных поэтов, проявившего самоотверженность ради свободы и будущего своего народа, нации и страны и работавшего в направлении джадидизма. Родина, джадидизм, Просвещение, образование, просвещение, литература, стиль, поэзия, аллегория, творчество, Возрождение. ABSTRACT KEY WORDS The article examines the theme of the Motherland in the works of Abdullah Avloni, one of the great scholars and enlightened poets who showed dedication for the freedom and future of his people, nation and country and worked in the direction of Jadidism. Homeland, Jadidism, Enlightenment, education, enlightenment, literature, style, poetry, allegory, creativity, Renaissance. KIRISH Adabiyot o‘qitish ta’limining eng muhim vazifasi – dunyoqarashi keng, kreativ fikrlashi, olamni go‘zallik ila his etivchi barkamol va salohiyatli yoshlarni tarbiyalashdir. Binobarin, badiiy asarda inson qalbi, uning ruhiy kechinmalari, ruhiy holati aks etadi va bu holat bevosita o‘quvchi qalbini ham zabt eta oladi.
50 Bizning salaflarimiz dunyo tamaddunida barcha ilm – fan sohalarida o‘z nomlarini muhrlagan bo‘lsalar – da, ularning deyarli barchasi badiiy tafakkur jihatidan o‘ta zukko bo‘lishgan. Garchi Abu Ali ibn Sino tibbiyot olamida mashhur bo‘lsa-da, uning ko‘plab dostonlari, musiqaga oid asarlari ham bisyor. Yoki buyuk mutaffakir Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni deya e’tirof etilsa – da, shoirning arxitektura, musiqa, irrigatsiya sohalariga doir ham asarlari mavjud. Yuqoridagi fikrlarimizning davomi o‘laroq jadidizm yo‘nalishida ijod qilgan ulug‘ allomalar, jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Botu, Elbek, Cho‘lpon hamda Abdulla Qodiriy singari bobolarimiz ham aynan ana shunday daholarimizning munosib davomchilaridir. Ular ikkinchi Uyg‘onish davri (Renessans)ni boshlab bergan – yurtimizning munosib o‘g‘lonlari edilar. Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz”- deb ta’kidlaganlari bejiz emasligini bugunnung ijtimoiy – siyosiy hayoti o‘zi isbotlab turibdi. Jadidchilar o‘sha davrning deyarli barcha sohalarida faol bo‘lishgan. Masalan: teatr, dramaturgiya, maorif va ta’lim, madaniyat va matbaa kabi sohalari shular jumlasidandir. Eng muhimi, ular o‘z millati, xalqi, yurti ozodligi va ertasi uchun barcha imkoniyatlari doirasida fidoiyilik qildilar. Ayniqsa, ularning ilmga bo‘lgan munosabati nafaqat o‘sha davr, balki barcha zamonlar uchun muhim sanalishini ta’kidlash joizdir. Shulardan biri milliy uyg‘onish davrining e’tiborli vakili, jurnalist, ma’rifatparvar, shoir, olim va dramaturg Abdulla Avloniy bo‘lib, usha davrning suronli va og‘ir kunlarida yashab, ijod qildi. Abdulla Avloniyning ijodiy va ijtimoiy faolligi XX asrning boshlariga tog‘ri keladi. “…o‘z she’rlarini “Hijron” taxallusi bilan e’lon qildi. Maqolalarini esa “Mulla Abdulla”, “Avloniy” va “Abdulla Avloniy” nomlari bilan bostirdi. 1 Abdulla Avloniyning ijodi o‘zining didaktik jihatdan mukammalligi hamda o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi. Shu bois shoirning mashhur “Turkiy guliston yohud axloq” asaridagi ko‘plab hikoya rivoyatlari, shuningdek, turli mavzularni qamrab olgan she’lari maktab darsliklaridan o‘rin olgani bejiz emas. 1 Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar. I jild. Toshkent. 1998.- B.8-9.
51 “Alhosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur” 2 -deydi shoir. Darhaqiqat, inson kamoloti uchun tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, uning Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi bilan uyg‘unlashganda bu yaqqol namoyon bo‘ladi va bu insonga xos bo‘lgan fazilatlarning eng ulug‘iga aylanadi. Filologiya fanlari doktori, jadidshunos olim, prof. B.Qosimov: “Vatan tuyg‘usi – eng insoniy, eng mo‘tabar tuyg‘ularning biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Vatan onadek muqaddas. Uni qadrlash, e‘zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo‘lish, g‘am – g‘ussasini baham ko‘rish farzandning burchidir. Abdulla Avloniy Vatan va uning oldidagi burchini shunday tushunadi” 3 - deganda naqadar haq gapni aytgan edi. Shopirning “Maktab gulistoni” turkum she’rlaridan, jumladan, “Vatan” nomli she’ri ham o‘rin olgan bo‘lib: Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim sening qadring bilmasaqli pastdur. Sening tuyg‘ing yuraklarga savdo solar, Sening darding boshqa dardni tortib olur. 4 Yuqoridagi bandda shoirning inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati borasidagi fikrlarni bildirish barobarida bu tuyg‘u barcha boshqa kechinmalardan ustun ekanligini ifodalaydi. Yering, suving bizni boqib to‘ydiradur, Semiz – semiz qo‘ylaringni so‘ydiradur. Olma – anor, anjir – uzum mevalaring, Ot-u ho‘kuz, echki, taka, tevalaring. Bizlar uchun xizmat qilur barchalari, Har birlari noz-u ne’mat parchalari. Yuqoridagi satrlarda esa shoir ona Vatanda biz bahramand bo‘layotgan ne’matlarning beminnat va xolis hamda naqadar qadrli ekanligini ta’riflaydi. Shoir ularning har birida, har qatrasi-yu har donasida, mevalarida Vatan aksini, taftini, lazzatini tuyadi va o‘quvchiga ham bu hissiyotni yuqtiradi. Shoir satrlarni davom ettirar ekan: Sendan tug‘ib, katta bo‘lib, qaytib borub, Yana senga kiradurmiz bag‘ring yorub. Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan! 2 Abdulla Avloniy. Jadid. Uz. Teleg.kanali. 3 Qosimov B. A.Avloniy. Tanlangan asarlar..-Toshkent.1998.-B.34-35. 4 Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar. I jild. Toshkent. 1998.- B.196.
52 Javlon urub yashaydurg‘on xonamizsan! 5 Shu tabarruk tuproqda tug‘ilib, voyaga etib, yana shu tuproqqa qaytishimizning o‘zi ham – inson uchun Vatan nechog‘lik aziz va muqaddas ekanligini anglash mumkin. Biz doim eng qadrli tushunchalarni onalarimiz nomi bilan bog‘lshimiz va bu o‘rinda Vatan ana shu qadriyat ichida eng ulug‘i ekanligi ham shundandir, ehtimol. Seni sotmoq mumkinmidur, o‘zing o‘yla, Tiling bo‘lsa, hasratlaring tuzuk so‘yla! Bizlar sotmoq burun qilar erding faryod, Biz sotgan so‘ng nega dersan bizlardan dod. 6 Eng muqaddas tuyg‘ularning, tushunchalarning bahosi yo‘q, albatta. Shoir ona Vatanini hur va ozod ko‘rishni istaydi. Mustamlaka jarohatlarini shoir yaxshi anglaydi va “Vatan faryodini” chuqur his etadi. Zotan, adabiyotshunos olim B.Qosimov aytgalaridek: “Turkistonni savodli va ma’rifatli, to‘q va farofon, ozod va obod Vatanga aylantirish, birinchi navbatda, mustaqillikka erishish, mustamlakachilik iskanjasidan xalos bo‘lish jadidchilik harakatining asosiy maqsad – vazifasini tashkil qilar edi ” 7 . Abdulla Avloniyning ham qarashlari aynan ana shunday g‘olar bilan sug‘orilgan edi. Shoir “Hijron so‘zi” she’rida yana shunday ta’riflarni keltiradi: Tug‘ub o‘sdim bu Vatanda, Vatanim misli yo‘q jahonda! Tufrog‘lari o‘sumlikdur, Manzarasi ko‘rumlikdur. Bir tarafda tog‘lari bor, Mevasi mo‘l bog‘lari bor. Tog‘laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar 8 . Yuqoridagi keltirilgan she’rda ham shoir Vatan manzaralarini o‘ziga xos mahurat bilan ta’riflaydi. Bunday sodda va xalqchil uslubni o‘quvchilar oson o‘zlashtiradi hamda shoirning asosiy g‘oyasi ular qalbidan tezda joy oladi. Masalan: Suvlaridur ta’mli totli, Mevasi qandu navotli. Bog‘laridur Shirin-sharbat, Anjir, uzum, anor, nashbat. 5 Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar. I jild. Toshkent. 1998.- B.197. 6 Shu manba. B.197. 7 Qosimov B. Jadidchilik-Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari.Toshkent.1993.-B.21-22. 8 Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar. I jild. Toshkent. 1998.- B.197.
53 Shoir Vatanning har bir zarrasidan ilhom oladi va ularni tashbehlarda ta’rif-u tavsir etadi. Toshkent emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur. Ishlaganga xazinadur, Dangasaga harinadur 9 . Ona Vatanga bo‘lgan yuksak muhabbat namunasi o‘laroq, shoir Toshkand so‘ziga qofiyadosh sifatida toshqand so‘zini qo‘llaydi va bu ohangdoshdoshlik she’rning o‘qilishida ham o‘ziga xos ifoda jozibaligini yuzaga keltiradi. Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida barcha umuminsoniy fazilatlarni ta’riflar ekan, Vatanni sevmoq borasidagi tuyg‘ularni o‘zgacha ehtiros bilan ifodalaganligini ko‘ramiz: “Vatan har bir kishining tug‘ilib o‘skan Shahar va mamlakatni shul kishining vatani deyilur”. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan erini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan his-tuyg‘si hayvonotlarda ham bordur… Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumliklar, issiq cho‘llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymaslar edi, havosi yaxshi, tirikchilik oson yerlarga o‘z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi” 10 . Darhaqiqat, hamma uchun u tug‘ilib o‘sgan tuproq muqaddas. Inson qalbida u dunyoning qaysi burchagiga bormasin, uni vataniga bo‘lgan muhabbati o‘z bahriga, yurt og‘ushiga chorlayveradi. O‘zga yurtlarda ya’ni musofirlikda yashayotganlar o‘sha yurt haqida qanchalik go‘zal latiflar bilan ta’riflamasin, lekin baribir qalbining tub – tublarida o‘zi tug‘ilgan yurtni qo‘msashi, qalbida jo bo‘lgan Vatan sog‘inchi orom bermaydi. Binobarin, muqaddas Hadisi Shariflarda ham: “Vatanni sevmoqiymondandir” - deb bejiz aytilmagan. Vatan, vatan deya jonim tanimdan o‘lsa ravon, Banga na g‘am, qolur avlodima uy – u vatanim. G‘ubora do‘nga g‘amim yo‘q vujud zeri vahm, Choraki o‘z vatanim hokidur go‘r-u kafanim. Tug‘ib o‘san yerim ushbu Vatan vujudim xok, O‘lursa aslina roje’ bo‘lurmi man g‘amnok 11 . 9 Shu manba. B.197. 10 Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yohud axloq. www.ziyouz.com. Kutubxonasi. 11 Shu manba. B.15.
54 Abdulla Avloniy shu zaminda tavallud topgani uchun va qachondir yana ushbu tuproqqa qo‘yilishining o‘zini ham bir baxt deb biladi. Chunki o‘zim ham shu tuproqdan yaralib, yana shu tuproqqa aylanaman, - deydi shoir. Jadidchilik harakati garchi Ismoil Gasprinskiy tomonidan asos solingan bo‘lsa-da, bu harakat bizning yurtimizda ham o‘zinig munosib izdoshlarini topdi. A.Avloniy ana shunday ma’rifatni va maorifni yuksaltirishga butun borlig‘ini fido qilgan g‘oya vakillaridan biri edi. “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkistonliklar tilida “jadid”, “Usuli jadid” degan so‘z va ibora aylanib qoldi. Dastlab ziyolilar orasida qo‘llanilib yurilgan bu so‘z va ibora borgan sari oddiyroq odamlarning tiliga ko‘cha boshladi” 12 , - deydi adabiyotshunos olim Sh.Rizayev. Ammo bu harakatni o‘sha davr uchun yangilik bo‘lgani uchun hamma turlicha qabul qiladi. A.Avloniy ana shunday muhitda, sharoitda va vaziyatda ijod qildi. U barcha jadidlar qatori yurtni ozod va obod, millatning ma’rifatli bo‘lishini chin dildan istadi. I.Gasprinskiyning ilg‘or fikrlarining munosib davomchilari bo‘lgan, vatanimiz ozodligi, hurriyati va kelajagi uchun kurashgan Avloniy kabi millatimizning fidoyi farzandlari xizmatlari taqsinga sazovordir. Bu haqda jadidshunos olim Z.Abdurashidov jumladan shunday yozadi: “Albatta, Gasprinskiyning Turkistonga qilgan safari izsiz bo‘lmadi. Uning ishini bu o‘lkada ham davom ettiruvchilar talaygina edi. Ular Gasprinskiyni “Muhtaram uztozimiz”, - deb tilga oladilar” 13 . Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abdulla Avloniy tom ma’noda o‘z vatanini sevgan va ardoqlagan ijodkor. Abddulla Avloniyning Vatan mavzusiga doir asarlarini tahlil etar ekanmiz, uning ta’rif-u tavsiflarida, ba’zan sodda, ba’zan keskin fikrlarida faqat Avloniygagina xos tasvir yo‘sinlarida duch kelamiz. Shu bois uning barcha asarlari zamirida ana shu muqaddas tuyg‘u – ya’ni Vatanga bo‘lgan ulkan muhabbatbarq urib turadi. 12 Rizayev Sh. Jadid dramasi. Toshkent.1997.-B.4-5. 13 Abdurashidov.Z. Ismoil Gasprinskiy va Turkistonda jadidchilik. Toshkent.2008.-B.11-12.