MATEMATIKA DARSLARIDA SINGAPUR TA'LIM TIZIMIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Abstract
Mazkur maqolada matematika darslarini tashkil etishda Singapur ta’lim tizimining o‘rni va ahamiyati, uning metodik asoslari, interaktiv yondashuvlari hamda o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, Singapur matematika metodikasini O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari, amaliy tajribalar va kutilayotgan natijalar yoritiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1112 MATEMATIKA DARSLARIDA SINGAPUR TA’LIM TIZIMIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Mamatova Xurshida Nematilloyevna Saxatmurodova Iroda Erkin qizi Tosheva Mavjuda Choriyevna https://doi.org/10.5281/zenodo.18059167 Annotatsiya. Mazkur maqolada matematika darslarini tashkil etishda Singapur ta’lim tizimining o‘rni va ahamiyati, uning metodik asoslari, interaktiv yondashuvlari hamda o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, Singapur matematika metodikasini O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari, amaliy tajribalar va kutilayotgan natijalar yoritiladi. Kalit so‘zlar: Singapur ta’lim tizimi, matematika ta’limi, CPA modeli, interaktiv metodlar, mantiqiy tafakkur, muammoli ta’lim. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimida raqobatbardosh, mustaqil fikrlay oladigan, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan shaxsni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, matematika fani o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri, tahliliy fikrlashi va muammolarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirishda yetakchi fanlardan biri hisoblanadi. Xalqaro baholash dasturlari — PISA, TIMSS, PIRLS natijalari shuni ko‘rsatadiki, Singapur o‘quvchilari matematika bo‘yicha doimiy ravishda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Bu natijalarning asosiy sababi Singapur ta’lim tizimida qo‘llaniladigan samarali metodlar, o‘quvchi markazli yondashuv hamda chuqur mazmunli ta’lim jarayonidir.Shu bois, Singapur ta’lim tizimini matematika darslariga joriy etish masalasi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Singapur ta’lim tizimining nazariy asoslari. Singapur ta’lim tizimi dunyo miqyosida eng samarali va innovatsion ta’lim tizimlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu tizim qisqa tarixiy davr ichida yuqori natijalarga erishgan bo‘lib, uning muvaffaqiyati puxta ishlab chiqilgan nazariy konsepsiyalar, aniq strategik maqsadlar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslanadi. Ayniqsa, matematika ta’limida Singapur tajribasi global miqyosda namunaviy model sifatida o‘rganilmoqda. Shu oʻrinda biz, Singapur ta’lim tizimining shakllanish omillariga toʻxtalib oʻtamiz. Singapur 1965-yilda mustaqillikka erishgach, inson kapitalini rivojlantirishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi. Tabiiy resurslar yetishmasligi sharoitida mamlakat taraqqiyoti faqat sifatli ta’lim orqali ta’minlanishi mumkinligi anglab yetildi. Shu sababli ta’lim tizimi iqtisodiy rivojlanish strategiyasi bilan uzviy bog‘landi. Ta’lim mazmuni mehnat bozorining real ehtiyojlariga moslashtirildi, fanlar chuqur va tizimli o‘rgatildi, o‘quvchilarning amaliy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Natijada Singapur ta’lim tizimi qisqa muddat ichida xalqaro reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallay boshladi. Singapur ta’lim tizimining asosiy falsafasi — “kamroq mavzu, ammo chuqur o‘zlashtirish” (Teach Less, Learn More) tamoyiliga asoslanadi. Bu yondashuvda ko‘p mavzularni yuzaki o‘rganish emas,muhim tushunchalarni chuqur anglash,bilimlarni real hayotda qo‘llay olish asosiy maqsad qilib belgilanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1113 Matematika fanida bu tamoyil formulalarni yodlashdan voz kechish, tushunishga asoslangan o‘qitish, mantiqiy bog‘lanishlarni ochib berish orqali amalga oshiriladi. Singapur ta’lim tizimining muhim nazariy asoslaridan biri — o‘quvchi markazli yondashuv hisoblanadi. Bu yondashuvga ko‘ra:o‘quvchi bilim oluvchi passiv subyekt emas,faol ishtirokchi va bilim yaratuvchidir. Matematika darslarida o‘quvchi savollar beradi,muammolarni tahlil qiladi,mustaqil yechimlar izlaydi,o‘z fikrini asoslaydi.O‘qituvchi esa jarayonni boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi va motivatsiya beruvchi rolni bajaradi. Singapur ta’lim tizimi konstruktivizm nazariyasiga tayangan holda ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra, bilim tayyor holda berilmaydi, balki o‘quvchi tomonidan avvalgi bilimlarga tayanib,yangi tajribalar asosida muloqot va muhokama jarayonida shakllantiriladi.Matematika darslarida bu muammoli vaziyatlar yaratish,bir nechta yechim yo‘llarini taqqoslash,xatolar orqali o‘rganish orqali namoyon bo‘ladi. CPA modeli nazariy asos sifatida Singapur matematika ta’limining nazariy poydevorini CPA (Concrete–Pictorial–Abstract) modeli tashkil etadi. Ushbu model psixologik va pedagogik tadqiqotlarga asoslanib ishlab chiqilgan bo‘lib, u bolalarning tafakkur rivojlanish bosqichlarini hisobga oladi. Concrete (aniq bosqich). Bu bosqichda o‘quvchilar real buyumlar (kubiklar, tayoqchalar, figuralar) yordamida matematik tushunchalarni o‘zlashtiradilar. Masalan, qo‘shish va ayirish amallari real predmetlar orqali tushuntiriladi. Pictorial (tasviriy bosqich). Keyingi bosqichda o‘quvchilar o‘zlashtirilgan tushunchalarni rasm, sxema, diagrammalar orqali ifodalaydilar. Bu bosqich o‘quvchilarning vizual tafakkurini rivojlantiradi. Abstract (mavhum bosqich). So‘nggi bosqichda matematik belgilar, formulalar va ifodalar bilan ishlash amalga oshiriladi. Bu bosqichga o‘tishdan avval o‘quvchi tushunchani to‘liq anglab yetgan bo‘lishi zarur. CPA modeli matematika fanining murakkab mavzularini oson va tushunarli o‘zlashtirish imkonini beradi. Singapur ta’lim tizimida baholash jarayon davomida o‘quvchining rivojlanish dinamikasiga asoslanib amalga oshiriladi. Faqat yakuniy natija emas, balki, fikrlash jarayoni, yechimni tushuntirish qobiliyati mantiqiy asoslash ham baholanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari xususida fikr bildirib oʻtsak, Singapur metodikasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash uchun o‘qituvchilarni qayta tayyorlash, metodik qo‘llanmalarni moslashtirish, darsliklarni takomillashtirish, sinfda interaktiv muhit yaratish zarur. Ayrim elementlarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Singapur metodikasiga asoslangan darslar o‘tkazilgan sinflarda o‘quvchilarning matematik savodxonligi oshgani, masala yechishga bo‘lgan qiziqish kuchaygani, mustaqil fikrlash darajasi yuqori ekani kuzatilgan. Bu esa metodikaning samaradorligini tasdiqlaydi. Xulosa qilib aytganda, Singapur ta’lim tizimi matematika darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni chuqur va ongli o‘zlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda yuqori samaradorlikka ega.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1114 Ushbu tizim elementlarini O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirib joriy etish matematika ta’limi sifatini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Singapore Ministry of Education. Mathematics Syllabus. 2. Rashidovna, J. M. (2025). THE ROLE OF TECHNOLOGY IN MODERN EDUCATION. Journal of Modern Educational Achievements, 4, 2-4. 3. Juraeva, M. R. (2025). THE IMPACT OF INTERACTIVE PLATFORMS ON DEVELOPING PRONUNCIATION AND INTONATION SKILLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 4(3), 38-42. 4. Xamdamovna, I. M. (2022). Stylistic features of the use of asindetone in languages of different systems. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11, 30-33. 5. Hamidov, B. B. O. G. L., & Kamolova, D. O. (2021). ZAMONAVIY HAYOTDA ROBOTLARNING O’RNI. Academic research in educational sciences, 2(12), 694-704. 6. Abdurakhimov, B. (2023). A SYSTEMATIC APPROACH TO THE MANAGEMENT OF WORKING CONDITIONS. HEALTH STATUS AND RISK FACTORS OF THE WORKERS OF COPPER PRODUCTION ENTERPRISES. 7. Uktamovna, B. M., & Uktamovna, B. L. COMMUNICATIVE-ORIENTED TEACHING AT FOREIGN LANGUAGE LESSONS. Chief Editor. 8. Baymenova, K. (2022). PISA TADQIQOTLARI DOIRASIDA O ‘QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. Science and innovation, 1(B4), 582-584. 9. Daniyarov, K., Baymuratova, Z., Aytmuratova, U., Dauletalieva, A., & Ospanova, F. (2023). Financial support for agricultural business subjects in the innovative development of the economy. In E3S Web of Conferences (Vol. 389, p. 09054). EDP Sciences. 10. Оспанова, Ф. Б. Динамика изменений в сельском хозяйстве, теория трансакционных издержек и оптимизация. 11. Zoirovich, Q. B. (2025, June). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TAYYORGARLIK JARAYONIDAGI GIMNASTIKA VOSITALARI. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 2, No. 6, pp. 162-165). 12. Фозилов, У. (2021). Критерии оценки эффективности управленческого персонала. Экономика и инновационные технологии, (5), 245-250. 13. Khusanova, G., & Husanboyeva, K. (2025, December). Uzbekistan’s Cooperation With International Organizations. In International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research (Vol. 1, No. 6, pp. 4-6). 14. Soliyeva, Z. (2021). The impact of social learning in English language learning process. Студенческий вестник, (11-4), 11-12. 15. Бегбудиева, П. (2021). Анализ педагогических взглядов Махмудходжи Бехбуди, их влияние на становление национальной системы образования Туркестана. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (78)), 82-85.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1115 16. Esbosynovna, T. G. (2022). Sarsenbaevich AM PROBLEMS WITH FINANCING EXPORT OF AGRICULTURAL PRODUCTS. EPRA International Journal of Economic and Business Review (JEBR), 10(6), 5-8. 17. Satimova, H. K. (2023). THE COMPARISON OF THE USAGE OF GENDER CATEGORY IN PROVERBS IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 705-709. 18. Mullis I.V.S., Martin M.O. TIMSS International Results in Mathematics. 19. Polya G. How to Solve It.