BUXORO AHOLISI ETNIK TARKIBI VA ETNOGRAFIK XUSUSIYATLARI (XIX- XX -ASR BOSHLARI)
Abstract
Mazkur tadqiqot XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro hududi aholisining etnik tarkibi hamda etnografik xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda Buxoro amirligi davrida shakllangan ko‘p millatli aholi tarkibi, xususan, o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, yahudiylar va boshqa etnik guruhlarning hududiy joylashuvi, ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur davrda aholi turmush tarzi, an’anaviy xo‘jalik faoliyati, urf-odatlar, kiyim-kechak, oilaviy va marosim madaniyati kabi etnografik jihatlar yoritiladi.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 378 BUXORO AHOLISI ETNIK TARKIBI VA ETNOGRAFIK XUSUSIYATLARI (XIXXX -ASR BOSHLARI) Maxammadiyeva Barno Maxammadi qizi Osiyo xalqaro unvirsetiti magistranti. Yarashova Mohlaroyim SHuhrat qizi Ilmiy raxbar. Tel:943643424 Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18059892 Annatatsiya. Mazkur tadqiqot XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro hududi aholisining etnik tarkibi hamda etnografik xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda Buxoro amirligi davrida shakllangan ko‘p millatli aholi tarkibi, xususan, o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, yahudiylar va boshqa etnik guruhlarning hududiy joylashuvi, ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur davrda aholi turmush tarzi, an’anaviy xo‘jalik faoliyati, urf-odatlar, kiyim-kechak, oilaviy va marosim madaniyati kabi etnografik jihatlar yoritiladi. Kalit so`zlar: Buxoro aholisi, etnik tarkibi, urug`, qabila, Heman Vamberi, etnografik xususiyat. Mavzuning dolzarbligi XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi Markaziy Osiyodagi eng muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lib, murakkab etnik tarkib va boy etnografik an’analarga ega edi. Mazkur davr Rossiya imperiyasi ta’sirining kuchayishi, ichki ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va an’anaviy jamiyat tuzilmasining transformatsiyasi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun Buxoro aholisining etnik tarkibi va etnografik xususiyatlarini o‘rganish tarixiy-antropologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Buxoro aholisi turli etnik guruhlardan iborat bo‘lib, ularning turmush tarzi, kiyim-kechak, hunarmandchilik va bayram an’analari etnografik jihatdan o‘rganish talab etadi. Bu ma’lumotlar milliy madaniyat tarixini qayta tiklashda va turli etnik guruhlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni tushunishda muhim ahamiyatga ega.Herman Vamberi 1863-yilda mintaqaga tashrif buyurib amirlik hududida yashovchi o`zbek,turkman,tojik va qozoq urug`lari ularning ijtimoiy-madaniy hayoti ,yurish turishi, o`ziga xos xususiyatlari ,urf-odatlari to`g`risida batafsil ma`lumotlar o`zining ‘‘Путишествие по Средний Азии’’(O`rta Osiyoga sayohat )deb nomlangan kitobida yozib qoldirgan. Buxorodagi turkiy tilli aholi etnik tarixini o‘rganishda etnografiya maktabining yirik vakili Olga Aleksandrovna Suxareva (1896–1983) alohida o‘rin tutadi. U 1940–1960-yillar davomida Buxoro shahri va uning guzarlarini, mahalliy aholi tarkibini, ijtimoiy-madaniy hayotini, ayniqsa o‘zbek urug‘larining tarixi va etnografiyasini keng miqyosda tadqiq etgan. Uning ilmiy merosi bugungi kunda Buxoro o‘zbeklarining urug‘-qabila tizimi, etnik tarkibi, xo‘jalik-madaniy hayoti va an’anaviy turmush tarzini chuqur anglashda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur mavzuning qayta ilmiy tahlili bugungi kunda etnologiya, va tarix fani uchun dolzarbdir. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr va XX asr boshlarida Buxoro hududida yashagan aholining etnik tarkibini, ya’ni o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, arablar, yahudiylar va boshqa guruhlarning shakllanishi, joylashuvi hamda etnografik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Dekabr, 2025-Yil 379 Tadqiqot vazifalari: 1.Tarixiy manbalarni o‘rganish:XIX -asr va XX asr boshlaridagi rasmiy statistik ma’lumotlar, sayohatnomalar, amirlik hisobotlari va boshqa arxiv hujjatlarini tahlil qilish. 2.Etnografik xususiyatlarni tadqiq etish: Hudud aholisi orasida mavjud bo‘lgan urf-odatlar, kiyim-kechak, oilaviy va ijtimoiy tuzilma, an’anaviy hunarmandchilik va dehqonchilik kabi etnografik xususiyatlarni o‘rganish. 3.Madaniy aloqalarni aniqlash: Turli etnik guruhlar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot obyekti: Buxoro aholisi va ularning jamiyatdagi joylashuvi, turli etnik guruhlarning mavjudligi inobatga olinadi. Tadqiqot predmeti: Buxoro aholisining XIX -asr oxiri va XX -asr boshlaridagi etnik tarkibi. Ularning etnografik xususiyatlari: kundalik hayot, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzi, kiyim-kechak, ovqatlanish odatlari, hunarmandchilik madaniyati, oilaviy va ijtimoiy tuzilmalaridan iborat. Ilmiy yangiligi: Tadqiqotda Buxoro aholisi etnik guruhlar soni, joylashuvi, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatdagi o‘rni kabi jihatlarini chuqurroq tahlil qiladi. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi demografik va etnik jarayonlar Rossiya imperiyasi statistik materiallari, sayyohlar va sharqshunos olimlar ma’lumotlari asosida qayta tahlil qilnadi. Etnik guruhlararo madaniy ta’sir va uyg‘unlik jarayonlari (masalan, o‘zbek–tojik madaniy aloqalari) kundalik hayot misolida yoritiladi. Buxoro hududida yashovchi etnik guruhlarning kundalik hayoti, kiyim-kechak, turmush tarzi, oilaviy va mahalla urf-odatlari, til va diniy amaliyotlarini tarixiy manbalar va arxiv materiallari asosida tizimli tahlil qiladi. Bu, avvalgi tadqiqotlarda ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan milliy madaniyatning turli qatlamlarini ochib beriladi. Tadqiqot natijalari: Buxoro vohasining etnik tarkibini o`zbeklar va tojiklar turkiy va fors tojik tillarida so`zlashgan etnoslar va etnik guruhlarning o`zaro uzoq davom etgan etnik va madaniy aloqalari natijasida shakllangan.Voha va uning atroflarida yashovchi aholining soni,etnik tarkibi to`g`risidagi dastlabki,ancha keng ma`lumotlar 1924-yilda O`rta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi munosabati bilan aniqlangan edi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro,Qorako`l va Karmana vohalari aholisining etnik tarkibi ham xilma xil bo`lib,o`zbeklar ko`pchiligikni tashkil qilgan (284753).Tojiklar (39044 kishi) va turkmanlar(12773) ham ko`psonli bo`lgan xalqlar qatoriga kirgan Tadqiqot natijasida Buxoro aholisining har bir etnik guruhning turmush tarzi, oilaviy munosabatlari, kiyim-kechak odatlari, bayram va urf-odatlari, turli tilda so‘zlashuvi, madaniy va diniy an’analari haqida ma’lumotlar tizimli tarzda taqdim etiladi. Aholining yashash joylari (shahar va qishloq hududlari), kasb-hunar, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikdagi roli, shuningdek, ijtimoiy tabaqalanishi tadqiqot natijasida batafsil o‘rganiladi. Xulosa. XIX -asr va XX asr boshlarida Buxoro aholisi asosan o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, shuningdek, arablar, yahudiylar va boshqa kichik etnik guruhlardan iborat edi. O‘zbeklar va tojiklar hududning asosiy etnik qatlamini tashkil etib, shaharlarda va qishloqlarda yashashgan.
Dekabr, 2025-Yil 380 O‘zbeklar asosan savdo, hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan bo‘lsa, tojiklar ko‘proq ilm-fan, diniy xizmat va adabiyot sohasida faoliyat yuritganlar. Buxoro aholisi boy xalq an’analari va madaniyati bilan ajralib turardi. Har bir etnik guruh o‘zining kiyim-kechak, urf-odat, bayram va maishiy odatlarini saqlab, voha hayotining rang-barangligini ta’minlagan. Shahar va qishloq aholisi orasida turli hunarmandchilik tarmoqlari, savdo aloqalari va diniy markazlar orqali madaniy almashinuv kuchli bo‘lgan.Shuningdek, XIX -asr va - XX asr boshlarida Buxoro xalqining etnik tarkibi va etnografik xususiyatlari, hududning siyosiy-iqtisodiy holati, ijtimoiy tabaqalanishi va madaniy o‘ziga xosligini chuqur aks ettirgan. Shu davrda Buxoro aholisi orasida urf-odatlarni saqlashga intilish va mahalliy madaniy an’analarni davom ettirish muhim o‘rin tutgan.Umuman olganda, Buxoro aholisi etnik xilma-xillik va boy etnografik merosga ega bo‘lib, bu hududning tarixiy, madaniy va ijtimoiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Foydanilgan adabiyotlar 1. Сухарева О. А. Бухара XIX – начала XX в. (позднефеодальный город и его население). – Москва: Наука, 1966. 2. Арминий Вамбири.Путишествие по Средний Азии.-Москва ‘‘Восточная литература’’.2003. 3. Ashirov A. – O`zbek xalqining qadimiy e’tiqodlari va marosimlari. T., “Milliy kutubxona” 2007-yil 4. Jabborov I. – O`zbeklar. T., 2008-yil 5. Jabborov I. – O`zbek xalq etnografiyasi. T., 1994-yil 6. Jo`rayev M. Xudoyqulova G. – Marosimnoma (o`zbek xalqining urf-odatlari to`g`risida qisqacha ma’lumotnoma). T., 2008 yil 7. Jumayev.A.SH. Qurbonova.M.B. - “Buxoro etnografiyasidan lavhalar”- Buxoro.,2006-yil.