INSON HUQUQI XALQARO HUJJATLARDA
Abstract
Ushbu maqola muallif tomonidan bugungi kunda Oʻzbekiston oʻz mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qoʻyganligi, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilganligi, mamlakatimizning inson huquqlari masalasida xalqaro tashkilotlar bilan keng koʻlamli hamkorlik olib borayotganligi xususida fikrlar yuritilgan.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 385 INSON HUQUQI XALQARO HUJJATLARDA Qodirov Muhammadziyo Baxtiyor o‘g‘li Farg‘ona yuridik texnikumi “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-bosqich 44-24-guruh o‘quvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18059981 Annotatsiya. Ushbu maqola muallif tomonidan bugungi kunda Oʻzbekiston oʻz mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qoʻyganligi, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilganligi, mamlakatimizning inson huquqlari masalasida xalqaro tashkilotlar bilan keng koʻlamli hamkorlik olib borayotganligi xususida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: inson huquqlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Parlamentlararo ittifoq, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi, Inson huquqlari umumjahon konferensiyasi. Аннотация. В данной статье автор размышляет о том, что сегодня Узбекистан вступил в качественно новый этап своего независимого развития, созданы условия для дальнейшего повышения эффективности проводимых реформ, всестороннего и ускоренного развития государства и общества, а также о том, что наша страна осуществляет широкомасштабное сотрудничество с международными организациями по вопросам прав человека. Ключевые слова: права человека, Организация Объединенных Наций, ЮНЕСКО, Международная организация труда, Организация по безопасности и сотрудничеству в Европе, Европейский Союз, Межпарламентский союз, Организация исламского сотрудничества, Шанхайская организация сотрудничества, Содружество Независимых Государств, Всемирная конференция по правам человека. Abstract. In this article, the author reflects on how Uzbekistan has entered a qualitatively new stage of its independent development, creating conditions for further enhancing the effectiveness of ongoing reforms, comprehensive and accelerated development of the state and society, and how our country is engaged in large-scale cooperation with international organizations on human rights issues. Key concepts: human rights, United Nations, UNESCO, International Labour Organization, Organization for Security and Cooperation in Europe, European Union, InterParliamentary Union, Organization of Islamic Cooperation, Shanghai Cooperation Organization, Commonwealth of Independent States, World Conference on Human Rights. “Inson huquqlari hech qaysi madaniyatga begona emas va barcha xalqlarga tegishlidir; inson huquqlari umuminsoniy qadriyat hisoblanadi”. Kofi Annan. Bugungi kunda Oʻzbekiston oʻz mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Dekabr, 2025-Yil 386 Oʻzbekistonda inson huquqlarini ragʻbatlantirish, ularga amal qilish va ularni himoya qilish masalalariga davlat siyosatining hamda xalqaro sheriklar bilan oʻzaro aloqalarning ustuvor mezonlaridan biri sifatida qaraladi. Bugungi kunda mamlakatda hozirgi davr demokratiyasi va inson huquqlari mezonlariga javob beradigan barqaror siyosiy tizim shakllantirilgan. 1 Mustaqillik bois Oʻzbekiston mustaqil xalqaro huquq subyekti sifatida koʻplab nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosi boʻldi va bir qator xalqaro tashkilotlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Parlamentlararo ittifoq, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi kabi xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar bilan faol xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Bu borada yana bir tarixiy qadam qoʻyildi. Yaʼni, yangilangan Konstitutsiyamizning 56moddasida: Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga koʻmaklashadi. Davlat inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi, deb belgilandi. Bu bilan Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarga Konstitutsiyaviy maqom berildi. Maʼlumki, fuqaroning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash faqatgina tegishli sudlar orqali emas, balki inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar koʻmagida ham amalga oshiriladi. Demakki, u Bosh qomusda aks ettirilayotgan ekan, “inson qadri”, “inson huquqi”ning yuksak maqomda boʻlishining yana bir yorqin ifodasi hisoblanadi. 2 Inson huquqlari har bir insonning eng asosiy va ajralmas huquqlari hisoblanadi. Ular shaxs va hokimiyat idoralari, davlat muassasalari bilan boʻladigan munosabatlarning mohiyatini belgilab beradi. Inson huquqlari davlat hokimiyatini cheklash barobarida, davlat tomonidan har bir shaxs inson huquqlaridan toʻla-toʻkis foydalana olishi mumkin boʻladigan muhitning yaratib berilishi uchun ijobiy chora-tadbirlar koʻrilishini talab qiladi. “Soʻnggi 250-yillik tarix aynan shunday muhitning yaratilishi yoʻlidagi zahmatli kurashlarga guvoh boʻldi. XVIII asrning oxirlarida roʻy bergan fransuz va Amerika inqiloblari tufayli inson huquqlari borasidagi gʻoyalar hanuzgacha inqilobiy harakatlarni amaliy kurash va ayniqsa, hokimiyat vakolati qoʻlida boʻlgan shaxslar, yaʼni hukumatlarga nisbatan muxolif sifatida ish yuritishga daʼvat etib kelmoqda”. 3 Inson huquqlarini davlatlar konstitutsiyalari va xalqaro huquqda belgilab qoʻyilgan shaxsiy va jamoaviy huquqlarning yigʻindisi sifatida eʼtirof etish mumkin. Hukumatlar va boshqa davlat idoralari inson huquqlarini hurmat qilish, himoyalash va amalda taʼminlab berishga majbur boʻlib, bu majburiyatlarga rioya etmaslik holatlarining roʻy berishi shaxsning huquqi buzilishi uchun tovon talab qilishi va sudga murojaat qilishiga asos boʻlib xizmat qiladi. darhaqiqat, murojaat qilish va huquqning tiklanishini talab qilish inson huquqlarini axloqiy yoki diniy qadriyatlar tizimi normalaridan ajratib turadigan jihatlardir. Hukumat nuqtayi nazaridan qaraganda, inson huquqlari davlat tomonidan tan olinib, mustaqil davlatlar konstitutsiyalari va xalqaro huquqda belgilab berilgan shaxsiy va jamoaviy huquqlar yigʻindisi hisoblanadi. 1 Inson huquqlari [Matn] : Parlament aʼzolari uchun qoʻllanma. - Toshkent: Baktria press, 2019. – 9-b. 2 F.Sharipov Milliy institutlar faoliyatining Konstitutsiyaviy kafolati. https://parliament.gov.uz/oz/articles/1478. 3 Inson huquqlari [Matn] : Parlament aʼzolari uchun qoʻllanma. - Toshkent: Baktria press, 2019. – 23-b.
Dekabr, 2025-Yil 387 Ikkinchi jahon urushiga qadar inson huquqlari asosan davlat tomonidan rivojlantirib kelingan boʻlsa, urushdan soʻng inson huquqlarini ishlab chiqish va uning xalqaro maydonda oʻz ahamiyatini, oʻrnini topishida Birlashgan millatlar tashkiloti muhim rol oʻynab kelmoqda. Shu munosabat bilan, inson huquqlari koʻplab davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan bir qator xalqaro va mintaqaviy huquqiy hujjatlarda kodifikatsiyalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda umumjahon miqyosida eʼtirof etilgan qadriyatlar tizimini ifoda etadi. Inson huquqlari koʻpqirrali hodisa sifatida Inson huquqlari inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi. Inson huquqlaridan amalda foydalanish har bir shaxsning oʻz hayotini erkin qurishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi, tenglik va inson qadr-qimmatini hurmat qilishga koʻmaklashadi. Inson huquqlari fuqarolik va siyosiy huquqlar, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, shuningdek, jamoaviy huquqlar majmui hamdir. Inson huquqlarini bir-biridan alohida holda tasavvur qilish mumkin emas, ular bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, shaxsning biron-bir huquqining buzilishi uning boshqa huquqlardan amalda samarali foydalanishiga taʼsir koʻrsatadi. Aytish mumkinki, yashash huquqi oziq-ovqat bilan taʼminlanish va munosib turmush kechirishga boʻlgan huquqlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab etadi. Uning umumiy oʻrta taʼlim olish huquqidan mahrum qilinishi shaxsning odil sudlov va davlat hayotida ishtirok etish imkoniyatilariga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning targʻib qilinishi va muhofaza etilishi uchun soʻz, namoyishlar oʻtkazish va birlashmalarga uyushish erkinligi amalda taʼminlanishi zarur. Bundan tashqari, fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bir-birini toʻldirib turishidan tashqari har bir shaxsning obroʻ-eʼtibori, qadr-qimmati himoya qilinishi uchun birdek muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, jahonda barqaror tinchlik amal qilishi hamda taraqqiyotga erishish uchun esa barcha huquqlarga, albatta, hurmat bilan munosabatda boʻlish darkor. Avstriya poytaxti Venada 1993-yilda boʻlib oʻtgan Inson huquqlari umumjahon konferensiyasida xalqaro hamjamiyat tomonidan inson huquqlariga keng qamrovli yondashish zarurligi alohida taʼkidlangan edi. “Barcha inson huquqlari umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Ular boʻlinmasdir, ularni birbiridan ayri tasavvur qilib boʻlmaydi va ular bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Xalqaro hamjamiyat inson huquqlariga umumjahon miqyosida bir xil asoslarda va ularga bir xil urgʻu berib, odil va teng munosabatda boʻlishi kerak. Milliy va mintaqaviy xususiyatlar, turli xil tarixiy, madaniy va diniy jihatlarning muhim ahamiyati hisobga olinishi zarur boʻlsa-da, siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimlardan qatʼi nazar inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish va targʻib etish barcha davlatlarning majburiyati hisoblanadi”. 4 Soʻzimiz yakunida aytish mumkinki, Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan bugungi kunda “inson qadri” tushunchasi oliy qadriyat sifatida nafaqat qonun hujjatlarida, balki amalda ham oʻzini ifodasini topmoqda. Bu esa Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan mamlakatimizda inson huquqlariga boʻlgan eʼtibor bilan birgalikda xorijlik sarmoyadorlarning ham yurtimizga katta qiziqish bilan qaratayotganliklari eʼtirof etilmoqda. 4 Inson huquqlari umumjahon konferensiyasi, Vena, 1993-yil, Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturining 5-bandi.
Dekabr, 2025-Yil 388 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. F.Sharipov Milliy institutlar faoliyatining Konstitutsiyaviy kafolati. https://parliament.gov.uz/oz/articles/1478. 3. Inson huquqlari [Matn] : Parlament aʼzolari uchun qoʻllanma. - Toshkent: Baktria press, 2019. – 9-b. 4. Inson huquqlari umumjahon konferensiyasi, Vena, 1993-yil, Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturi. 5. Inson huquqlari nima? http://pravacheloveka.uz/uz/menu/chto-takoe-prava-cheloveka. 6. Inson huquqlarini taʼminlash — bosh maqsadimiz. https://constitution.uz/uz/pages/maqola55.