Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 214 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O‘ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Xaitov Shaxzod Sharipboevich “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Chakana biznes departamenti, direktor o‘rinbosari So‘nggi yillarda Islom moliya tizimi tushunchasi ko‘plab mamlakatlar moliyachilarining so‘z boyligidan mustahkam o‘rin oldi. Darhaqiqat, turli mamlakatlarda, hattoki aksariyat aholisi islom diniga mansub bo‘lmagan davlatlarda ham, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada, ushbu moliyaviy institut an’anaviy bank xizmatlariga muqobil moliyalash tizimi sifatida barqaror rivojlanmoqda. Shuning uchun islom bankchiligini o‘rganish global iqtisodiyotda dolzarb mavzu hisoblanadi. An’anaviy bank tizimiga muqobil moliyalash shakllari mavjudligini bilish qiziqarli va foydalidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi”, deb ta’kidlab o‘tdilar. Jahonda 1960 yillarda Misrda islom bank tizimining paydo bo‘lishi olamshumul voqea bo‘ldi, ammo yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida ushbu soha barqaror rivojlanib kelmoqda. So‘nggi yillarda Islom moliya tizimi tushunchasi ko‘plab mamlakatlar moliyachilarining so‘z boyligidan mustahkam o‘rin oldi. Darhaqiqat, turli mamlakatlarda, hattoki aksariyat aholisi islom diniga mansub bo‘lmagan davlatlarda ham, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada, ushbu moliyaviy institut an’anaviy bank xizmatlariga alternativ moliyalash tizimi sifatida barqaror rivojlanmoqda. Shuning uchun islom bankchiligini o‘rganish global iqtisodiyotda dolzarb mavzu hisoblanadi. An’anaviy bank tizimiga alternativ moliyalash shakllari mavjudligini bilish qiziqarli va foydalidir. Yillik 15-20% o‘sish sur’atiga ega Islomiy bank dunyo bo‘ylab o‘zining ufqlarini kengaytirdi va 75 dan ortiq mamlakatda o‘z muassasalariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Islom Taraqqiyot Bankiga (ITB) 2003 yilda a’zo bo‘lgan. Ushbu qisqa muddatli hamkorlik davomida ITB Guruhining O‘zbekistondagi portfeli ko‘p jihatdan Hukumat bilan faol hamkorlik tufayli jiddiy miqdorda o‘sdi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyaviy dasturlari qator ustuvor milliy loyihalarining moliyalanishi ma’qullanishida namoyon bo‘ldi. Ayni paytda ITBning O‘zbekistondagi portfeli Markaziy Osiyo hududida eng yirik (1,8 mlrd. dollardan ziyod) hisoblanadi.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 215 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Islomiy moliyalashtirishning ananaviy moliyalashtirishdan asosiy farqi shundan iboratki, islomiy moliya foyda va zararni bo‘lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha qilib aytganda, islomiy moliyalashtirish sherikchilikka, hamkorlikka asoslangan. Bunda islomiy banklar mijoz talabi bo‘yicha ob’ektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, homashyolar sotib olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi. Pul muomala vositasi sifatida ko‘riladi, ya’ni pulni o‘zini foizga yoki biron-bir naf/foyda evaziga qarz sifatida berish taqiqlanadi. Ijara yoki islomiy lizingni unga muqobil bo‘lgan an’anaviy lizingga avtomobil sotib olishni solishtiradigan bo‘lsak, an’anaviy bank avval siz bilan lizing shartnomasini tuzadi, keyin 25% yoki bankni ixtiyoriga qarab boshqa miqdorda oldindan to‘lov oladi, keyin mijoz salon bilan avtomobil oldi-sotdi shartnomasiga asosan to‘lovni amalga oshiradi. Keyin yillik 25% (misol tariqasida) miqdorida ustama xaqini hisoblab, sizga 3 yilga bir xil to‘lovda oyma oy to‘lash jadvalini taqdim etadi. To‘lov kechikadigan bo‘lsa, unga nisbatan jarima sifatida komissiya undiriladi va u foydaga kiritiladi. Islomiy bank esa sizning talabingizga asosan salon bilan avtomobil oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi, to‘lovlarni amalga oshiradi, keyin uni sizga ustiga foydasini qo‘ygan holda ma’lum bir muddatga egalik huquqini oxirida o‘tkazib berish sharti bilan ijaraga beradi. To‘lov kechikkan holda jarima olish taqiqlanadi, lekin bu holatni suiste’mol qilmaslik uchun intizomiy chora sifatida shartnomaga qo‘shishga ruhsat etilgan. Biroq, an’anaviy bank tizimidan farqli o‘laroq bu jarima qo‘llanilgan holatda u foydaga olinmaydi va hayr ehsonga ishlatib yuboriladi. Ko‘rinib turganidek, birinchi holatda an’anaviy bank sizga pulni foizga berayapti, ikkinchi holatda esa bank sizga o‘z mulkini ijaraga berish orqali foyda qilyapti. Islom tarqqiyot banki guruhi tarkibiga bir qancha tashkilotlar kirib, shulardan Hususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (HSRIK) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) O‘zbekiston banklari bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 dekabrdagi 596-sonli qarori bilan O‘zbekiston HSRIKga azo bo‘lgan va 2006 yildan boshlab mahalliy tijorat banklari va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilib keladi. Hususan Murobaxa (ustama haqi evaziga sotish) moliyalashtirish usuli orqali tijorat banklariga moliyalashtirish liniyalari ajratilgan. Ushbu liniyalardan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlab kelayotgan korxonalar o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun foydalanadilar.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 216 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Mazkur yo‘nalishda HSRIK shu kungacha 15 ta tijorat banklari va 2 ta lizing kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va bugungi kungacha banklarga 285 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyalarini ajratish ma’qullangan. Bundan tashqari, XISMK tomonidan, tadbirkorlarga qisqa muddatli (1 yil mobaynida qaytariladigan) savdoni moliyalashtirish liniyalari bir nechta mahalliy banklar bilan hamkorlikda taqdim etilmoqda. Bunda ham Murobaxa moliyalashtirish usuli ishlatilib asosan homashyo va uskunalar sotib olish uchun mo‘ljallangan. XISMK tomonidan ma’qullangan loyihalar qiymati 82 million AQSh dollarini tashkil etdi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, mahalliy banklar yordamida Murobaxa usuli orqali bir qancha loyihalar amalga oshirilyapti, bundan tashqari bir qancha xususiy va aksiyadorlik kompaniyalari orqali Islom tamoyillariga to‘g‘ri keladigan muddatli sotish yoki lizingga asoslangan xizmat turlarini ham taklif etmoqdalar. Islom taraqqiyot banki ham ijara, bo‘lib to‘lab berish sharti bilan sotish va istisno tarzida Hukumat loyihalarini ham moliyalashtirib kelmoqda. Biroq O‘zbekistonda mahalliy tijorat banklari tomonidan shariatga muvofiq moliyalashtirish uslublari mavjud emas. Bunga asosiy sabab O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan qonunchilikning yo‘qligi va mavjud qonunchilikda bu tizimni ishlashi uchun nomutanosibliklarning mavjudligidir. O‘zbekiston aholisining qariyb 90 foizini musulmonlar tashkil qiladi va shu faktning o‘zi O‘zbekistonda Islomiy moliya va bankchilikka bo‘lgan qiziqishning qanchalik katta ekanligidan dalolat beradi. Bilamizki, Islomda sudxurlik, ya’ni pulni foizga berish orqali foyda olish taqiqlangan, an’anaviy bank tizimi esa foizlarga tayanadi. Diniy e’tiqodlarga tayangan, foiz, kredit va shu kabi bank xizmatlaridan foydalanishni istamagan aholi qatlami uchun Islomiy moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan bank xizmatlari taklif etilsa, bu O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va ichki investitsiya hajmining ortishiga katta turtki bo‘ladi, deb bemalol ayta olamiz. Bu tizimni joriy qilinishi O‘zbekistonda jamg‘arma va foydalanilmayotgan pul mablag‘larini bank tizimiga jalb qilish, xufiyona iqtisodiyot salmog‘ini kamaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Islom bankchiligini O‘zbekistonda joriy qilinishining asosiy mezonlaridan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, banklar va banklar foaliyati to‘g‘risidagi Qonunlarga, soliq va fuqarolik kodekslariga va boshqa qonun osti hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki alohida qonun qabul qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonda bu sohada kadrlarni tayyorlash O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida 2018 yilda boshlangan edi, lekin 2019 yilda bu yo‘nalish bo‘yicha qabul amalga oshirilmadi. Bu o‘z-o‘zidan mazkur sohada
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 217 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us kadrlar yetishmasligini keltirib chiqaradi, ayniqsa Shariat kengashlariga munosib nomzodlar juda kam yoki umuman yo‘q, desa ham bo‘ladi. Shuningdek, bu borada aholining savodxonligini oshirish ham muhim sanaladi, chunki islomiy moliyalashtirish bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmagan aholi, uni an’anaviy moliyalashtirishdan farqini tushunib yetmasligi yoki noto‘g‘ri talqin qilinishiga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/4057. 2020 yil 29 dekabr. 2. B. Jurayev. (tarj) “Islomiy moliya va bank tizimi”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y. 138-bet. 3. Musaev R.A., Magomedova Yu.D. Tendensii razvitiya islamskix finansovыx institutov v usloviyax globalizatsii v jurnale Problemы teorii i praktiki upravleniya, izdatelstvo OOO «Mejdunarodnaya Media Gruppa» (Moskva), № 11 4. Rafik Yunus al-Misri. Fikkh imushchestvennykh otnosheniy. / per. s arab. [Fiqh property relations. / translated from Arabic] / D.Adzhi; redsovet: B.F.Mulyukov and others, - Moskva: Islamskaya kn., 2014. – P. 320. 5. Abul A’lo Mavdudiy “ISLAMIC ECONOMICS”. https://azon.uz/ content/v iews/ islom-moliyasi-rivojlanish-bosqichlari-m