scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGI O'ZBEKISTONDA RAHBAR AYOL IMIDJINI SHAKLLANTIRISHDA MULOQOT MADANIYATINING AHAMIYATI

Jumayeva, Sevara Dusmuratovna

Full text

73 3 5 YANGI O‘ZBEKISTONDA RAHBAR AYOL IMIDJINI SHAKLLANTIRISHDA MULOQOT MADANIYATINING AHAMIYATI Jumayeva Sevara Dusmuratovna, Alfraganus universiteti Pedagigika fanlari falsafa doktori E-mail: jdsever[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18063268 Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi zamonaviy davrda mamlakatimizda xotin-qizlarning xar tomonlama qo‘llab quvvatlanayotgani fonida zamonaviy rahbar ayolning kommunikatsiyalar jarayonida muloqot madaniyati, uning omillari xususida tarixiy misollar asosida yoritilgan. Fikrlar lider ayollarning muloqot jarayonida o‘ziga xos jihatlarini keltirish bilan boyitilib, sohaga oid tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: xotin-qizlar, jamoatchilik, gender tenglik, ilm-fan, milliy qadriyatlar, rahbar ayol, notiqlik. Аннотация. В статье представлены обоснованные идеи по формированию образа современной женщины-лидера на фоне возможностей, созданных для женщин в нашей стране сегодня, и их всесторонней поддержки. Информация основана на статистических данных и даны рекомендации для данной сферы. Ключевые слова: женщины, сообщество, гендерное равенство, наука, национальные ценности, женщина лидер, ораторское искусство. Annotation. This article offers insightful perspectives on the portrayal of a modern women leader, set against the backdrop of the opportunities available to women in our country today and their comprehensive support. The information is based on statistical data, and recommendations are given for the field. Key words: women, community, gender equality, science, national values, women leader, oratory. Kirish. “Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan milliy tajriba xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e’lon qilingan indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi” [1]. Mazkur ko‘rsatkichlar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasi sifatida baholanadi. Globallashuv jarayonlari jadallashayotgan hozirgi sharoitda ayollarning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi roli tobora kengayib, ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki yangi sifat bosqichiga ko‘tarilmoqda. Zamonaviy o‘zbek ayoli nafaqat oila tayanchi va tarbiya maskanining asosiy ustuni, balki tadbirkorlik faoliyati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlayotgan, ilm-fan va ta’lim sohalarida innovatsion g‘oyalarni ilgari surayotgan, shuningdek, boshqaruv tizimida mas’uliyatli qarorlar qabul qila oladigan yetuk rahbar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, biznes, ta’lim, sog‘liqni saqlash va fuqarolik jamiyati institutlaridagi faolligi jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanib bormoqda. Bu esa Yangi O‘zbekistonda ayollarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, 74 3 5 ularning tashabbus va yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatning izchil va barqaror davom etayotganidan dalolat beradi. Adabiyotlar tahlili. Mazkur tadqiqot doirasida rahbar ayol imidji, muloqot madaniyati hamda notiqlik san’atiga oid mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar kompleks tarzda o‘rganildi. Adabiyotlar tahlili jarayonida mavzuning nazariy asoslari, konseptual yondashuvlari va mavjud ilmiy qarashlar tizimlashtirilib, ularning tadqiqot obyekti bilan uzviy bog‘liqligi aniqlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning nutqlari, ma’ruzalari va davlat siyosatiga oid konseptual qarashlarida xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy mavqei, gender tenglikni ta’minlash masalalari hamda ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faolligiga alohida urg‘u berilgani tadqiq etildi. Ushbu qarashlar rahbar ayol obrazining zamonaviy talqinini shakllantirishda muhim g‘oyaviy va metodologik asos sifatida xizmat qildi. Shuningdek, M. Sodiqova va J. Jo‘rayevning notiqlik san’ati, nutq madaniyati hamda kommunikativ kompetensiyaga oid ilmiy ishlari rahbar shaxs nutqining mazmuniy aniqligi, mantiqiy izchilligi va ta’sirchanligini ochib berishda muhim nazariy manba sifatida tahlil qilindi. Ushbu tadqiqotlarda ilgari surilgan ilmiy xulosalar rahbar ayol imidjini shakllantirishda muloqot madaniyatining tutgan o‘rnini asoslash imkonini berdi. Bundan tashqari, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi ilmiy nashrlar, tahliliy maqolalar va ommaviy axborot vositalarida chop etilgan materiallar orqali ayollarning jamiyat va boshqaruv tizimidagi roli milliy qadriyatlar, an’anaviy ijtimoiy me’yorlar hamda zamonaviy demokratik tamoyillar uyg‘unligida ko‘rib chiqildi. Mazkur manbalar ayol rahbar faoliyatining madaniy, axloqiy va kommunikativ jihatlarini chuqurroq anglashga xizmat qildi hamda tadqiqotning nazariy bazasini boyitdi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga xos bo‘lgan tizimli yondashuv asos qilib olinib, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillariga tayangan kompleks ilmiy metodlar majmuasidan foydalanildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishda ilmiy obyektivlik, izchillik hamda dalillarga tayanish prinsiplari asosiy mezon sifatida belgilandi. Xususan, tarixiy-taqqoshlash metodi yordamida o‘zbek jamiyatida ayollarning boshqaruv va rahbarlik faoliyatidagi o‘rni, ularning ijtimoiy mavqei hamda muloqot madaniyati evolyutsiyasi tarixiy shaxslar va aniq manbalar misolida tahlil qilindi. Ushbu metod ayollarning turli tarixiy davrlardagi ijtimoiy-siyosiy faoliyatini qiyosiy jihatdan o‘rganish hamda zamonaviy rahbar ayol obrazining shakllanish omillarini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, kontent-tahlil metodi orqali ilmiy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, rasmiy nutqlar va zamonaviy ilmiy maqolalarda ilgari surilgan g‘oyalar tizimlashtirildi hamda ularning tadqiqot mavzusi bilan bog‘liqligi aniqlab olindi. Mazkur 75 3 5 metod rahbar ayol imidji va muloqot madaniyatiga doir qarashlarni umumlashtirish hamda mavjud ilmiy yondashuvlarni tanqidiy tahlil qilishga xizmat qildi. Tahlil va sintez metodlari asosida rahbar ayol imidjini shakllantirish jarayonida muloqot madaniyatining tutgan o‘rni, uning boshqaruv samaradorligiga ta’siri aniqlanib, muhim nazariy xulosalar chiqarildi. Tadqiqot yakunida mantiqiy umumlashtirish, ilmiy xulosalash va tavsiyalar ishlab chiqish metodlaridan foydalanilib, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berildi. Tahlillar va natijalar. Millat ayollarining aql-zakovati har davrda yuqori bo‘lganligini tarix xam tasdiqlaydi. Buyuk sarkarda Amir Temurning davlatning ijtimoiysiyosiy masalalaridagi maslakdoshi Bibixonim, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning chevarasi Shohjahonning turmush o‘rtog’i Mumtoz mahal begimning qimmatli maslahatlarini bevosita davlat boshqaruvida ahamiyati yuqori ekanligini e’tirof etish muhim. Amir Temur bobomiz va Bibixonim o‘rtasidagi xat orqali amalga oshirilgan suhbat xaqiqiqy ibratdir. “Amir Temur harbiy yurishlaridan birida Bibixonimga askarlarga maosh berishi kerakligi, mablag’ esa tugab qolganligini bildirib, unga mablag’ yuborishini so‘rab maktub yo‘llaydi, buni o‘qigan Bibixonim mablag’ingiz tugagan bo‘lsa, zakovatingiz xam tugab qoldimi? – deya javob maktubini yozadi”. Bu vaziyatda Bibixonimning yuksak zakovat sohibi bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Yoki Mirzo Bobur va uning avlodlari hukmronligi davrida xam ayollarga bo‘lgan yuksak ehtiromni alohida ta‘kidlash o‘rinlidir. Mirzo Boburning xalq oldida, avval, opasi Gulbadanbegim, so‘ngra, opasining ortidan, ahamiyat bering: ortidan o‘zining ko‘rinish berib, so`ngra, odimlab borishga odatlangani va shoh oilasidagi ushbu go‘zal an’ana Boburning avlodlarida xam davom etgani, asrlar davomida millatimiz ayollari davlat va jamiyat boshqaruvida ahamiyati yuqori bo‘lganligi va bugungi rivojlanib borayotgan fan va texnologiyar davrida xam ayollarning jamiyat rivojidagi say-harakatlari, mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari beqiyos ahamiyat kasb etib borayotganligi e’tirofga loyiqdir. Bugungi kunda xotin-qizlar ilm-fan, sport, texnologiyar, tadbirkorlik, qo‘yingki, jamiyatimizdagi xar bir soha rivojiga va uning barqaror tendentiyalarini yo‘lga qo‘yishda va mustahkamlashda erkakalar bilan tengma-teng faoliyat olib borayotganliklari quvonarlidir. Bugungi globallashuv va raqobat kuchayib borayotgan jamiyatda rahbar shaxsining imidji muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, rahbar ayolning professional qiyofasi, jamoadagi nufuzi va ijtimoiy mavqei ko‘p jihatdan uning muloqot madaniyatiga bog‘liq. Muloqot madaniyati rahbar ayolning nafaqat bilim va tajribasini, balki shaxsiy fazilatlarini ham namoyon etuvchi asosiy omillardan biridir. Ayol jamiyatda nafaqat a’zo, balki, yo‘lboshchi sifatida xam o‘z o‘rnini topishi lozim. Rahbarlik – bu faqat lavozim yoki mas’uliyat emas, balki, san’atdir. Ayolning rahbarlik qobiliyati uning sabr-qanoati, adolatparvarligi va insoniy fazilatlari orqali namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ayollar nafaqat oilada, balki boshqaruv sohasida xam o‘z o‘rnini topib,boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan ayol 76 3 5 jamiyatda adolat, halollik va insoniylik tamoyillarini targ’ib etadi. Bu tamoyillar jamiyat taraqqiyotining asosiy poydevorlaridan biridir. Ayolning boshqaruvdagi o‘rni uning jamiyatga bo‘lgan mehribonligi, kuchli analitik fikrlashi va samarali qaror qabul qilish qobiliyatlari bilan belgilanadi [2.63]. Rahbar ayol imidjining ijobiy shakllanishida nutq madaniyati alohida o‘rin tutadi. Muloyim, lekin talabchan ohangda gapira olish, tanqidni to‘g‘ri va o‘rinli yetkazish, vaziyatga mos munosabat bildirish rahbar ayolning yetukligini ko‘rsatadi. Bunday rahbar atrofdagilar tomonidan hurmat qilinadi, uning so‘zi va qarorlari jiddiy qabul qilinadi. Aksincha, qo‘pol, keskin yoki befarq munosabat rahbar ayol imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, muloqot madaniyati rahbar ayolning tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatlari bilan ham chambarchas bog‘liq. Tana tili, mimika, ko‘z bilan aloqa qilish, o‘zini tutish madaniyati rahbar ayolning ichki dunyosi va professionalligini aks ettiradi. O‘zini erkin va ishonch bilan tutadigan, suhbatdoshga e’tibor qaratadigan rahbar ayol ijobiy taassurot qoldiradi.Muloqot madaniyati tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, u nutq madaniyati, muomala etikasi, tinglash qobiliyati, hissiy barqarorlik hamda muloqot jarayonida yuzaga keladigan turli vaziyatlarga moslashish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Rahbar ayol uchun bu sifatlar alohida ahamiyatga ega, chunki u nafaqat boshqaruvchi, balki jamoani birlashtiruvchi, xodimlarni ruhlantiruvchi shaxs sifatida ham namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri tashkil etilgan muloqot jarayoni rahbar ayolga xodimlar bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirish imkonini beradi. Muloqot madaniyati deganda nutqning ravonligi, fikrni aniq va tushunarli ifodalash, suhbatdoshni tinglay bilish, muomala jarayonida odob-axloq qoidalariga rioya etish tushuniladi. Rahbar ayol uchun bu jihatlar ayniqsa muhim, chunki u jamoa bilan ishlash, muammolarni hal qilish, qarorlar qabul qilish jarayonida doimo odamlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladi. To‘g‘ri va samarali muloqot rahbar ayolga xodimlar ishonchini qozonish, ularni bir maqsad sari yo‘naltirish imkonini beradi. Darhaqiqat, ayollar boshqaruvda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan jihatlarga ega bo‘lish bilan birgalikda yana bir muhim jihat, notiqlik san`atini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Bugungi axborot almashinuvi, kommunikatsiyalar davrida, muloqot madaniyati xar bir soha rivojida liderlik nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Notiqlik ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbar ayollar o‘z jamoalarida quyidagi jihatlari bilan ajralib turadilar: 1. O‘z o‘ziga ishonch oshadi; 2. Muhim qarorlar qabul qilish jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatadi; 3. Jamoada o‘zgarishlarni targ’ib qilishda muhim ahamiyatga ega; 4. Jamoani samarali boshqarishda ustunlik beradi; 5. Kutilmagan vaziyatlar va savollarga improvizatsiya bilan asosli javoblar beradi. 6. Insonlar bilan aniq va ishonchli muloqot natijasida yetakchi ayollar o'z qarashlarini obyektiv ifoda eta oladilar, o'z jamoalarini faoliyatda ilhomlantira oladilar. 77 3 5 Natijada, ikki tomonlama samarali muhit shakllanadi, fikrlar aniq qarorlarga aylanadi, obyektiv yondashuvlar aniq va kreativ natijalarga erishishga zamin yaratadi. Aslida, xar qanday samarali rahbarlikning zamirida muloqot madaniyati turadi. Rahbar ayolning o'z tashkilotiga murojaati bo‘ladimi yoki ko'ngillilarni yig'ayotgan jamoa rahbari bo'ladimi, g'oyalarni ravshanlik va ishonch bilan yetkazish qobiliyati lider ayol faoliyatining samarasini belgilaydi. Ma’lumki, notiqlik san’atida tinglovchini, ommani o‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi o‘rinda turadi. Notiq nutqi chiroyli, jozibali bo‘lishi shart. Chiroylilikka erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalar jimjimadorligiga katta e’tibor berishi kerak. “Notiqlik avvalo chiroyli gapirishdir. Ammo nutqning faqat chiroyli bo‘lishi yetarli emas, har qanday bema’ni safsatalarni ham juda chiroyli qilib gapirish mumkin. Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik sanaladi” [3.7–8]. Aytilayotgan fikrning tinglovchiga yetib borishida va unga qay darajada ta’sir etishi rahbar ayolning nutqiy mahoratiga bog`liq. Ma’ruza paytida fikrlar his-hayajon, emotsiyalar bilan ifodalanishi maqsadga muvofiq emas. Aksincha, muloqotga ochiqlik, tinglovchiga samimiy nutqiy muhit yaratish, shu bilan birgalikda, maslaga turli rakurslardan yondashgan holda, hayotiy misollar, kerak bo‘lsa o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib erkin muloqot olib borishi rahbar ayol faoliyatida muhim muloqot omili hisoblanadi. Rahbarlar, xalq deputatlari notiqlik mahoratini o‘rganar ekan, ular ommabop nutqning ham qanday bo‘lishi mumkinligini bilib qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Rahbar o‘z ish faoliyatida fikrni ifodalashda xilma xil shakllardan foydalanadi. Ularning har biri til materiallari asosida yuzaga keladi. Notiq tayyorlagan matn lo‘nda va soddaligi, mantiqiyligi bilan ajralib turishi kerak [4.344]. Xulosa. Muxtasar qilib aytganda, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat siyosati ayollarning siyosiy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlashga yo‘naltirilgan aniq va tizimli chora-tadbirlar bilan tavsiflanadi. Ayollarning yuqori davlat lavozimlarini egallash imkoniyatlarining kengayib borayotgani, ularning qonun ijodkorligi va hududiy boshqaruv jarayonlaridagi ishtiroki oshayotgani gender tenglik tamoyillarining amaliy jihatdan ta’minlanayotganini ko‘rsatadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga deputatlikka nomzod ayollar ulushini 30 foizdan 40 foizga yetkazishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlarining qabul qilinishi xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi rolini kuchaytirishga qaratilgan muhim institutsional islohot sifatida baholanadi. Mazkur normativ-huquqiy o‘zgarishlar ayollarning saylov jarayonlarida faol ishtirokini rag‘batlantirish, ularning yetakchilik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda davlat boshqaruvida gender muvozanatini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu kabi yondashuvlar jamiyatda qaror qabul qilish jarayonlarining yanada inklyuziv va muvozanatli bo‘lishiga, turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarining har tomonlama hisobga olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga zamin hozirlamoqda. 78 3 5 Umuman olganda, oqilona va izchil amalga oshirilayotgan gender siyosati mamlakatda demokratik islohotlarning chuqurlashuvi, ijtimoiy adolat tamoyillarining mustahkamlanishi hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayonda ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faolligi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan. 07.03.2024. 2. “Ayol xam ona xam kelajak tarbiyachisi” maqola. “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy badiiy jurnal. – 1-2025-soni. 3. Sodiqova M., Jo‘raev J. So‘zdan so‘zning farqi bor. Toshkent: Fan, 1966. 4. Xalikulova G.E. “Science and Education” Scientific Journal / Impact Factor 3.848, March 2023 / Volume 4 Issue 3, Olima va rahbar ayollarning notiqlik mahoratini oshirishga doir.