scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MORFOLOGIYA VA ANATOMIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR: RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, FUNKSIONAL MODELLAR VA MOLEKULYAR TADQIQOTLAR INTEGRATSIYASI

Xaitboyev, Feruzbek Alisher o'g'li; Shegay, Olga Alekseyevna

Abstract

This article provides a comprehensive analysis of innovative approaches applied in the fields of anatomy and morphology, which constitute one of the key directions of modern medical science. In particular, the study discusses digital anatomy, 3D and 4D visualization technologies, new opportunities in molecular anatomy, artificial intelligence–based morphological analysis, organoid generation technologies, and functional anatomy approaches. The effectiveness of these methods in clinical diagnostics, medical education, and scientific research is highlighted and substantiated on the basis of scientific sources.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 19 DOI: https://10.5281/zenodo.18063774 MORFOLOGIYA VA ANATOMIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR: RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, FUNKSIONAL MODELLAR VA MOLEKULYAR TADQIQOTLAR INTEGRATSIYASI Xaitboyev Feruzbek Alisher o‘g‘li Urganch Davlat Tibbiyot Instituti Stomatologiya fakulteti 3-bosqich tolibi Ilmiy rahbar: Shegay Olga Alekseyevna Urganch Davlat Tibbiyot Instituti E-mail: [email protected] ABSTRACT This article provides a comprehensive analysis of innovative approaches applied in the fields of anatomy and morphology, which constitute one of the key directions of modern medical science. In particular, the study discusses digital anatomy, 3D and 4D visualization technologies, new opportunities in molecular anatomy, artificial intelligence–based morphological analysis, organoid generation technologies, and functional anatomy approaches. The effectiveness of these methods in clinical diagnostics, medical education, and scientific research is highlighted and substantiated on the basis of scientific sources. Keywords: morphology, digital anatomy, 3D/4D visualization, molecular anatomy, artificial intelligence, organoids, functional anatomy. ANNOTATSIYA Mazkur maqolada zamonaviy tibbiyot fanlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan anatomiya va morfologiya sohalarida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar kompleks tahlil qilinadi. Jumladan, raqamli anatomiya, 3D va 4D vizualizatsiya, molekulyar anatomiyaning yangi imkoniyatlari, sun’iy intellekt asosidagi morfologik tahlil, organoidlar yaratish texnologiyasi va funksional anatomiya yo‘nalishlari haqida so‘z yuritiladi. Ushbu yondashuvlarning klinik diagnostika, tibbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlaridagi samaradorligi yetakchi ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: morfologiya, raqamli anatomiya, 3D/4D vizualizatsiya, molekulyar anatomiya, sun’iy intellekt, organoidlar, funksional anatomiya. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 20 ASOSIY QISM Texnika va texnologiya rivojlangan ayni asrimizda raqamli texnologiyalarning yutuqlarini ko‘pgina sohalar qatorida tibbiyotga ham tadbiq etish o‘zining samarali natijalarini ko‘rsatib kelmoqda. Tibbiyotda bu zamonaviy usullar to‘g‘ri tashxislash va ijtimoiy jihatdan aholini tibbiy yordamga muhtoj qatlamiga elektronlashtirilgan xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Xususan, real vaqt rejimida ishlovchi monitoring tizimlari va raqamli texnologiyalar tibbiyotda diagnostika va davolash jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qilmoqda. Operatsiya jarayonida va undan keyingi davrda bemorning asosiy hayotiy ko‘rsatkichlarini qayd etuvchi raqamli monitoring tizimlari uzluksiz nazoratni ta’minlab, klinik ma’lumotlarning elektron shaklda uzatilishiga imkon beradi [O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, 2023]. Jumladan, anatomiya va morfologiya sohasida zamon talablariga javob bera oladigan metodlarning qo‘llanilishi differensial diagnostika jarayonida ham muhim ahamiyatga egadir. Bularga misol qilib quyidagilar kiradi: • 3D va 4D vizualizatsiya texnologiyalari asosida organ va tizimlarning fazoviy modellarini yaratish, bu usul anatomik tuzilmalarni real vaqt rejimida chuqur tahlil qilish imkonini beradi [Abdullayev, Xudayberganova, 2022]; • Raqamli anatomiya (Digital Anatomy) platformalari yordamida virtual disseksiya jarayonlarini amalga oshirish, bu esa tibbiy ta’limda xavfsiz, interaktiv va samarali o‘qitish muhitini yaratadi [Abdullayev, Xudayberganova, 2022; O‘zbekiston Respublikasi SSV, 2023]; • Mikromorfologiyada elektron mikroskopiyaning yangi zamonaviy avlodlari orqali hujayra va subhujayra darajasidagi tuzilmalarni yuqori aniqlikda o‘rganish, bu patologik o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlashga xizmat qiladi [Mescher, 2021]; • Genlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni Genomika va molekulyar tahlil asosida o‘rganish, bu kasalliklarning patogenezini chuqurroq tushunishga imkon beradi [Kumar V., Abbas A.K., Aster J.C., 2020]; • Molekulyar anatomiyada organoidlar va mini-organlar texnologiyalaridan foydalanib kasallik modellarini yaratish, bu usul irsiy va degenerativ kasalliklarni eksperimental sharoitda o‘rganishga imkon beradi [Lancaster, Knoblich, 2014]; • Sun’iy intellekt algoritmlari orqali morfologik tasvirlarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish, bu diagnostika aniqligini oshirish va inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirishga xizmat qiladi [O‘zbekiston Respublikasi SSV, Tibbiyotda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dastur, 2023]. Zamonaviy anatomiya organlarning nafaqat morfologik tuzilishini, balki ularning funksional faoliyatini ham o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu funksional anatomiya va Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 21 biomexanika integratsiyasi orqali amalga oshiriladi [Standring, 2020]. Bu esa funksional anatomiya va biomexanikaning integratsiyasi asosida amalga oshadi. Misol uchun: • Mushaklarning 3D harakat modellari; • Bo‘g‘imlarning mexanik yuklama va harakat amplitudasini tahlil qilish (biomechanics); • Yurak mushaklarining qisqarish va elektr faolligi simulyatsiyasi. Bunday modellashtirish klinik qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi hamda individual davolash rejasini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida olingan morfologik ma’lumotlar tibbiy xatoliklar xavfini kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, 3D bio-printer texnologiyasi yordamida anatomiya va morfologiya sohasida muhim ahamiyat kasb etib, qon tomirlarining modeli, teri qatlamlari va to‘qimalarning segmentlari tushirilgan tasvirlar bosib chiqarilmoqda. Bu usullar jarrohlik amaliyotlarini rejalashtirish va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqishda keng qo‘llanilmoqda. Molekulyar anatomiya yutuqlarini alohida ta’kidlashimiz mumkin. Bu yondashuv ayni vaqtda tibbiyotda turli kasalliklarning erta diagnostikasiga asos bo‘lmoqda. Bu usul yordamida erta va aniq qo‘yilgan tashxis bemorlarda uchraydigan og‘ir asoratli holatlarga, kasallikning ilk davrlaridan bartaraf berishga erishilib kelinmoqda. Mazkur yondashuvda patologik jarayonlar suyak, mushak yoki qon tomiri darajasida emas, balki oqsillar, lipidlar va metobolitlar darajasida tahlil qilinadi. Tibbiy ta’lim jarayonida ham talabalarning bilim va malakalarini oshirishda, klinik fikrlashni rivojlantirishda ko‘pgina metodlarda dars o‘tish amalga oshirilmoqda. Vizualizatsiya texnologiyalari yordamida odam anatomiyasini o‘rganishda keng foydalanilmoqda. Organlar joylashuvi, qon tomirlari tarmog‘i, suyak tuzilishini real ko‘rish talabalarda vizual tushunishni kuchaytiradi. Misol uchun, raqamli anatomiyaning afzalligi sifatida yana ta’kidlashimiz joizki, o‘quv jarayoniga ham, operatsiya oldi jarayonlarida rejalashtirishga ham katta yordam beradi. Organoidlar va mini-organlar texnologiyasi yordamida organlarning rivojlanishi va kasallik modellarini laboratoriya sharoitida o‘rganish imkoniyati yaratildi, bu esa anatomiya va morfologiyani dinamik biologik jarayon sifatida talqin qilishga xizmat qiladi [Lancaster, Knoblich, 2014]. Virtual Cadaver Lab sistemalari yordamida hozirda ko‘plab universitetlarda anatomiya fanini shu usulda o‘tishda keng foydalanib kelinmoqda. Ya’ni, Virtual Cadaver Lab tizimlari zamonaviy tibbiy ta’limda anatomiyani o‘rganishning interaktiv va xavfsiz muqobil usuli sifatida keng joriy etilmoqda. Maxsus hujayralardan mini-organlar (organoidlar) olish texnologiyasi rivojlandi: Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 22 • mini yurak, • mini jigar, • mini o‘pka modellarini yaratish orqali anatomiya rivojlanayotgan biologik tizim sifatida o‘rganilmoqda. Anatomiya va morfologiya sohasidagi yutuqlarni fiziologiya sohasiga integratsiyalashtirish orqali kasalliklarni kechish davrlari bilan birgalikda reabilitatsiya jarayonlarini olib borish ham qulay va samarali usul hisoblanadi. Morfologiya, fiziologiya va klinik fanlarning integratsiyasi kasalliklarning kechish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga hamda reabilitatsiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etishga imkon beradi [Kumar et al., 2020]. Bilamizki, morfologiya sohasi normal anatomiya, embriologiya va gistologiya fanlari bilan uzviy bog‘langan. Demak, morfologiya sohasidagi yangi yondashuvlar natijasida og‘ir asoratli holatlarni ham erta aniqlab kasalliklarning oldini olishga erishiladi. XULOSA Morfologiya va anatomiya sohasida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar tibbiy ta’lim, klinik amaliyot va ilmiy izlanishlarda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, molekulyar tahlil, organoidlar kabi metodlarning integratsiyasi kasalliklarni erta tashxislash, individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish va optimallashtirish, shuningdek, yuqori malakali tibbiy mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Abdullayev A., Xudayberganova D. Raqamli anatomiya va tibbiy ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T.: O‘zMU nashriyoti, 2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. Tibbiyotda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dastur, 2023. 3. Standring S. Gray’s Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice. 42nd Edition, Elsevier, 2020. 4. Lancaster M.A., Knoblich J.A. Organogenesis in a dish: Organoid models of development and disease. Science, 2014. 5. Mescher A.L. Junqueira’s Basic Histology: Text and Atlas. 16th ed. McGrawHill, 2021. 6. Kumar V., Abbas A.K., Aster J.C. Robbins and Cotran Pathologic Basis of Disease. 10th ed. Elsevier, 2020.