DETALLARNI QAYTA TIKLASH VA PUXTALASHNING MAVJUD USULLARI
Abstract
Mashinasozlik va metallurgiya sanoatida ekspluatatsiya jarayonida detallar ishqalanish, zarba yuklamalari, yuqori harorat va agressiv muhitlar ta’sirida yeyiladi hamda o‘zining dastlabki geometrik o‘lchamlari va mexanik xossalarini yo‘qotadi. metall purkash, elektrokimyoviy qoplash, lazerli qayta tiklash hamda plastiklik deformatsiyasi orqali tiklash.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 40 DOI: https://10.5281/zenodo.18063938 DETALLARNI QAYTA TIKLASH VA PUXTALASHNING MAVJUD USULLARI N.A. Xusanov katta o‘qituvchi (PhD) Toshkent davlat texnika universiteti ANNOTATSIYA Mashinasozlik va metallurgiya sanoatida ekspluatatsiya jarayonida detallar ishqalanish, zarba yuklamalari, yuqori harorat va agressiv muhitlar ta’sirida yeyiladi hamda o‘zining dastlabki geometrik o‘lchamlari va mexanik xossalarini yo‘qotadi. metall purkash, elektrokimyoviy qoplash, lazerli qayta tiklash hamda plastiklik deformatsiyasi orqali tiklash. Kalit so‘zlar: Detallarni qayta tiklash, puxtalash texnologiyalari, sirt mustahkamligi, yeyilishga chidamlilik, kimyoviy-termik ishlov berish, metall purkash, ion-plazma qoplamalari, lazerli qayta tiklash usullari, mexanik xossalar. Eritib qoplash bu mashina detallari va mexanizmlarining xizmat qilish muddatini uzaytirishning samarali usuli. Hozirgi vaqtda metallni qoplash payvandlash ishlab chiqarishning muhim tarmog‘idir. Sirt qoplamalarini qo‘llash bilan elektr stansiyalari, metallurgiya uskunalari, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning detallarini ishlab chiqarishda murakkab muammolar hal qilindi. Mashina va asbob-uskunalarning eskirgan detallarini ta’mirlashda qoplama qoplash umumiy qoplama ishlarining 72,3% ni tashkil qiladi (27,7% yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi). Yirik ustaxonalar va detallarni markazlashtirilgan holda qoplash uchun maydonlar, shuningdek, qoplama materiallari (qattiq qotishmalar, kukunli sim va boshqalar) ishlab chiqaradigan korxonalar yaratildi. Energetikada, metallurgiyada, mexanizatsiyalashgan eritib qoplash keng qo‘llaniladi. Mamlakatimiz sanoatida qoplama ishlarini mexanizatsiyalash darajasi 34,7 foizni, qora metallurgiya korxonalarida esa 67,6 foizni tashkil etadi. Quyidagilar ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan: ochiq yoyli kukunli sim bilan suyuqlantirib qoplash va flyus ostida pishirilgan elektrodli lenta bilan, suyuq qo‘shilma metalli, kompozit qatlamlarni qoplash, elektrshlakli qoplama – murakkab elektrodli va katta kesimdagi elektrod bilan, induksion, gaz-alangali, plazmali.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 41 Biroq detallarini ta’mirlashning murakkabligi ularni ishlab chiqarishning murakkabligidan bir necha baravar yuqori. Ko‘p jihatdan, bu detallarni qoplashning mavjud usullarining nomukammalligi yoki past samaradorligining natijasidir. Elektr yoyini bilan qoplash usullarida detalning metalliga issiqlik ta’siri sezilarli bo‘lib, ba’zi hollarda esa qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan strukturaviy o‘zgarishlarga va natijada yumshatilishga olib keladi. Ko‘pgina suyuqlantirib qoplash usullari samarasiz, ayniqsa, kam yeyilgan detallarni ta’mirlashda. Zamonaviy mashinalarning birikmalarida ruxsat etilgan oraliqlar doimiy ravishda kamayib bormoqda, shuning uchun kichik yeyilishi bilan ta’mirlashni talab qiladigan detallar soni ortib bormoqda. Undan tashqari, elektr yoyida suyuqlantirib qoplashning barcha usullari kuchli yorug‘lik nurlanishi bilan birga kechadi, shuningdek atmosferani gazlar bilan ifloslantiradi. Metallash usulini termik ta’sirsiz murakkab shakldagi detallarning o‘lchamlarini qayta tiklashda qo‘llash mumkin. Ammo shu bilan birga, qo‘shimcha texnologik usullarsiz turli xil metallizatsiya usullari bilan olingan qoplamalar asosiy metall bilan yaxshi adgeziyaga ega emasligi, notekis qattiqlikka egaligi va cho‘zilishlarga nisbatan zaif qarshilikka egaligi, o‘z navbatida metallashni cho‘zilishga, egilishga va buralishga ishlaydigan mashina detallarini ishlab chiqarish yoki ta’mirlashda foydalanishni istisno qiladi. Bundan tashqari, metallash jarayonida purkash metallining yo‘qotilishi sezilarli darajadadir. Purkaladigan metallning mustahkamlik xususiyatlarini yaxshilash uchun uni keyinchalik elektr yoyi yoki plazma oqimi bilan eritish qo‘llaniladi. Bunday holda, hosil bo‘lgan metall qatlamning uzilishdagi kuchi 4-5 marta oshib, 65-70 kgs/mm2 ni tashkil etadi. Biroq, purkalgan metallning xususiyatlarining bunday yaxshilanishi texnologiyaning sezilarli darajada murakkablashishi va mahsuldorlikning pasayishi bilan bog‘liq, shuningdek, qo‘shimcha uskunalarni talab qiladi. Metall qoplamalarni shakllantirish uchun har xil turdagi galvanik jarayonlar past mahsuldorlik va yuqori energiya iste’moli bilan tavsiflanadi. Ulardan metallning yupqa qatlamlarini qo‘llash uchun foydalanish tavsiya etiladi, ammo murakkab shakldagi detallarni ta’mirlashda texnologik qiyinchiliklar, elektrolitlar tarkibini tez-tez kuzatib borish va sozlash zarurati bilan bog‘liq. Cho‘kma metallidagi sezilarli ichki kuchlanishlar tufayli xrom qoplangan detallarning mustahkamligi15-45% ga kamayishi mumkin. Hozirgi vaqtda detallarni tiklash va puxtalash uchun gaz-termik purkash usullari keng qo‘llaniladi, masalan, yuqori tezlikda alangali purkash - ingliz terminologiyasida HVOF belgisi (High Velocity Oxygen Fuel), tovushdan tez gaz-havoli purkash HVAF (High Velociti Air Fuel), detonatsion, plazmali va sovuq gazodinamik usullari mavjud. Turli GTP usullarining texnik tavsiflari 1.1.1-jadvalda keltirilgan. 1.1.1-jadval
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 42 1.1.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 3000 °K yuqori plazma harorati, kukunning zarracha tezlanish tezligi (200-600 m/s) tufayli plazma bilan purkash qoplamalar olish uchun kengroq texnologik imkoniyatlarga ega ekan. Kukunli purkash yo‘li bilan olingan qoplamalarning asosiy xarakteristikasi, ekspluatatsion yuklanishlar ostida asosga birikish darajasi va mustahkamligini barqarorligi hisoblanadi. Asosga birikish kuchini oshirishga yordam berishning mumkin bo‘lgan omili, asos bilan bog‘lanish zonasidagi haroratni oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, asos yuzasiga yaqin joylashgan plazma oqimi bilan purkash, kukunning harorati taxminan 3000 °C ni tashkil qiladi va asosning qizishi nafaqat uning kattaligi, balki sirt oksid plyonkasining tez o‘sishi bilan ham cheklangan. Shu bilan birga, plazma mash’alining mundshtukdan chiqishida u tomonidan olingan kukunning yuqori boshlang‘ich haroratini asos yuzasiga nisbatan masofada ushlab turish ma’lum texnik va texnologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Plazma oqimining issiqlik samaradorligini oshirish, maqsadida plazmatron munshtugini purkaladigan sirtga yaqinlashishi, shu bilan birga zarrachalar haroratini oshirish istalgan effektni bermaydi, aksincha asosni haddan tashqari qizishi va oksidlanishiga olib keladi. Ayrim ishlarda ko‘rsatilishicha, plazma yordamida purkab qoplamani turli xil materiallardan olish mumkinligi aytib o‘tilgan. Shu bilan birga, ushbu usulning asosiy kamchiliklari, ishda ko‘rsatilgandek, quyidagilarni o‘z ichiga oladi, ya’ni elektr energiyasidan foydalanish koeffitsiyentining past darajasi (0.001-0.020 kukunlari bo‘yicha); qoplamaning uzilishi (g‘ovakliligi) mavjudligi (2-15%), ba’zi hollarda g‘ovaklilik moylash materialini qoplamada ushlab turishga yordam beradi, bu tutash detallarni ishqalanish holatlarini yaxshilaydi ishlashi qoplamaning asosga va qoplamaning o‘zaro birikish kuchining pastligi 80-100 MPa. Yuqori tezlikdagi purkash 2 № Tiklash usullari Asosiy vaqt, min Asosiy vaqtdan foydalanish darajasi Quvvatdan foydalanish darajasi Maxsus energiya unumdordigi g/kvt. soat Uskunaning solishtirma energiya,unumdorlig i kg/soat 1 1 Flyus ostida qoplash 4,8 0,98 0,48 393 181 2 2 Vibroyoyli qoplash 4,74 0,79 0,41 416 172 3 3 CO2 da qoplash 2,57 0,85 0,64 241 241 4 Elektrkontaktli pishirish 1,50 0,99 0,80 268 268 5 Plazmali qoplash 1,48 0,9 0,75 231 231
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 43 (HVOF) – bu gaz va detonatsion purkash afzalliklarini birlashtiradigan jarayon bo‘lib, ishlarda ta’kidlanganidek, boshqa gazotermik usullar bilan solishtirganda yuqori tezlik (400 m/s ga nisbatan 800), past harorat (15000 K ga nisbatan 3000) va hosil bo‘lgan qoplamaning minimal g‘ovakliligi (1-4%) bilan tavsiflanadi. Biroq, ma’lum (HVOF) qurilmalari va texnologiyalarining kamchiligi shundaki, ular katta energiyani talab qiladi va 4 MPa bosimli gazlardan foydalanadi. Bu gazni boshqarish tizimini murakkablashtiradi, xavfsizlik talablarini oshiradi va gaz ballon tizimlarining samaradorligini pasaytiradi, qoplamani shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, purkash samaradorligini pasaytiradi va atmosfera ifloslanishini oshiradi. Ishda ko‘rsatilgandek tizimning ish faoliyatini yaxshilash sovutish sistemalarini murakkablashtiradi va energiya sarfini oshiradi, bu esa oxir-oqibat qoplamalar tannarxining oshishiga olib keladi. So‘nggi yillarda metall qatlami o‘sishining yangi usullari ishlab chiqildi, ular ma’lum darajada sanab o‘tilgan kamchiliklarga ega. Mashina detallarining sirtlarini elektr uchqunli legirlash va mashina detallari sirtini tiklash usuli keng qo‘llaniladi. Impulsli oqim bilan elektr uchqunli ishlov berish murakkab uskunalarni talab qilmaydi. Elektr uchqun usulida yeyilgan yuzalarni tiklash uchun qattiq qotishmali elektrodlar VK2, VK3, T4K30, T5K10, sormayt, ferroxrom, ferrobor va boshqalar ishlatiladi. Mikroqattiqlik ferroxrom qo‘llanilganda 670-700 kgs/mm2, ferroborda 1100-1200 kgs/mm2, qattiq qotishmalar T15K6, VK8 va boshqalarda 900-1100 kgs/mm2 teng bo‘ldi. T15K6 elektrodlari yordamida mashina detallarining yeyilgan yuzalarini elektr uchqun bilan tiklashda qatlam qalinligi 0,3 mm ga yetadi, uning asosiy metall bilan bog‘lanish kuchi 90 kgs/mm2 ni tashkil qiladi. Ferroxromdan foydalangan holda elektr uchqun usuli bilan qoplangan metall qoplamaning yeyilishga qarshiligi po‘lat 45 ning yeyilishga qarshiligiga nisbatan 10-14 baravar yuqori. Elektr uchqun hosil qilish usulining turlaribu aylanadigan elektrodlar (mikro suyuqlantirib qoplash) oqimi bilan qoplangan. Usulning mohiyati shundan iboratki, elektrod oqimining aylanishi va uning detal bilan bog‘lanish paytida elektr razryadlari paydo bo‘ladi va metall qoplanilayotgan sirtga o‘tkaziladi. Elektr uchqunli qoplashning barcha usullarining kamchiliklari detallarning toliqish kuchining sezilarli darajada pasayishi va nisbatan past ish unumidir. Elektrod metallining kombinatsiyalangan usulda o‘tkazilishi mikro suyuqlantirib qoplashning yangi usullaridan biridir. Suyuqlanib qoplanadigan qatlamning qalinligi 0,37-0,42 mm, asosiy metall bilan bog‘lanish kuchi 15-20 kgs/sm2, mikroqattiqlik esa 400-490 kgs /mm2 teng. Ushbu usulning kamchiligi – qoplanayotgan qatlam va asosiy metall o‘rtasidagi bog‘lanishning yetarli emasligi. Mahsulotlar yuzasida metallni qoplashning istiqbolli usullaridan biri bu metall lenta bilan elektrkontakt plakerlashdir. Ushbu usul GOSNITIda ishlab chiqilgan va
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 44 avval mahsulot yuzasiga mahkamlab chiqilgan lentani kontaktli payvandlashdan iboratdir. Elektr kontaktli plakirlash maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi, ularning payvandlash zanjiri kondansatorli impuls toki generatorlari bilan quvvatlanadi. Bu usul nihoyatda unumdor (250 sm2/min gacha) po‘lat va cho‘yan buyumlarida turli metallarni qoplash imkonini beradi. Elektr kontaktli plakirlashning asosiy kamchiliklari - bu qoplangan metall qatlamining kichik qalinligi (0,2 mm gacha) va o‘tkazish lentasi sohasida plastik deformatsiyaning yo‘qligi sababli uni asosiy metall bilan bog‘lashning mustahkamligining pastligi, bu o‘z navbatida qattiq fazada metallarni birlashtirish uchun zaruriy shartdir. Sim materiallar rezba va val bo‘yinlarini, lentalar esa-val bo‘yinlari va korpus detallaridagi teshik yuzalarini, kukunlardan val klapan konus yuzalarini tiklashda keng foydalanilmoqda. Simlarni elektrkontakt usulida pishirish qoplamani tiklanadigan yuza bilan yaxshi birikishini ta’minlaydi, sekin asta birikkan va asosiy metall o‘rtasidagi o‘tish zonasining xossalarini o‘zgartiradi, simlar cho‘lg‘ami orasida suyuqlangan zona hosil qilish bilan birga kuydirilgan zonani ham hosil qiladi, u past mustahkamlikni, mayda dispersli strukturani tashkil qiladi va o‘z navbatida nafaqat qattiqlikni, balki metallni zarbiy qovushoqlikni ham oshiradi, oqibatda yeyilishni kamayishiga sababchi bo‘ladi. Simlarni pishirib qoplash qoplamalarni yuqori yeyilishbardoshligini ta’minlaydi, lekin toliqish mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sv08GS va 65G simlarni pishirib qoplash normallashgan po‘lat 45 va VCh-50 cho‘yaniga nisbatan toliqish mustahkamligini 10...25% kamaytiradi. Qoplash usullari orasida lentalarni elektrkontakt pishirish usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu usul lentalarni aniq kesish va dastlabki egish dastgohlaridan foydalanishni talab etadi. «REMDETAL» korxnasi tomonidan tayyorlangan dastgoh lentalarni qo‘lda tayyorlashdan ko‘ra 5 marotaba unumlidir. Yaxlit, turli tarkibdagi pishirilgan va qattiqlikdagi lentalarni qo‘llash tiklangan detallarni yeyilishbardoshligini yangi detallarga nisbatan 5...10 martagacha oshirish imkonini beradi. Lentalarni elektrkontaktli pishirishning cheklangan qo‘llanilishi sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan metall lentalarning keng assortimenti va ishlab chiqarish qobiliyatiga qaramay, usul kam o‘rganilganligi bilan izohlanadi. Usul shuningdek, bog‘lanish kuchining jarayon texnologik rejimlariga sezilarli darajada bog‘liqligi, keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazorat usullarining yo‘qligi va yuqori qoldiq kuchlanishlar ko‘rinishidagi kamchiliklar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, yoriqlar, teshiklar va siniqlar kabi nuqsonlar mavjud. Bunday nuqsonlar hosil bo‘lgan suyuqlik fazasining asos tomon siljishi, issiqlikning birlashma joyidan detalning tanasiga chiqishi bilan bog‘liq. EK jarayoni mis va uning qotishmalaridan tayyorlangan ishchi rolik elementlarini yeyilishi bilan birga keladi. Roliklarning
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 45 yeyilishini kamaytirish, qoplama va asos o‘rtasidagi bog‘lanishning zarur kuchini olish uchun po‘lat setkalarni payvandlash taklif etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Николайчук В.Я. Определение оптималных методов процесса электрконтактного препикания порошковых покрытий / В.Я. Николайчук, А.В. Лопата // Вестник Полоского государственного университета. Серия В. Промышленност, прикладные науки. Металловедение и машиностроение – 2015 – №:3 – С. 39-44. 2.Коробов Ю.С. Анализ свойств газотермических покрытий. Част И. Основные методы и материалы газотермического напыления / Ю.С. Коробов, В.И. Панов, Н.М. Разиков / -Екатеринбург: Изд-во Урал. Ун-та, 2016. -80 с. с. 7-12. 3.Катахара С. И др. Исследование спекания под давлением напыляемых покрытий / перевод из журнала Всесу гаккай. – 1972, Т.41 №:8 с. 925-930. 4.Иванов В.П. Восстановление и упрочнение деталей / В.П. Иванов, В.С. Ивашко, В.М. Константинов и др. Под ред. Пантелеенко. –М.: Наука и технологии, 2013. -368 с. с. 67-109. 5.Дубровский В.А. Изменение формы поперечного сечения проволоки при электрконтактной наплавке. / В.А. Дубровский, В.В. Булычев И.Н. Зыбин // Сварочное производство – 2001 – №:6 – с. 23-27. 6.Воловик Е.Л. Справочник по восстановлению деталей. М.: Колос, 1981. -351с. с. 276, 232-243, 62-96. 7.Булычев В.В. Разработка элементов теории м технологических путей обеспечения стабилности формирования зоны соединения при электрконтактной приварке проволоки: автореф. дисс… д-ра техн. наук: 05.02.10 / Всеволод Валериевич Булычев. – М. 2012. – 32 с. 8.Бурак П.И. Соединение поверхностей при электрконтактной приварке. Текст / П.И. Бурак // Труды ГОСНИТУ 2008. – С.70-75. 9.Аскинази Б.М. Упрочнение и восстановление деталей машин электромеханической обработкой. / Б.М. Аскинази / –Л.: Машиностроение. 1989. 3е изд. перераб. и доп. -304с. с. 19,185.