scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PESTITSID QOLDIQLARINING QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARI EKSPORTIGA TA'SIRI VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH

Raxmonov, Erkinjon Komil o'g'li; Sattorova, Kamola Ashraf qizi

Abstract

Maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportida pestitsid qoldiqlarining xavfsizlikka ta’siri, ularning inson salomatligi va atrof-muhitga bo‘lgan xavflari, shuningdek, xavfni baholash ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Meva, sabzavot, don va dukkakli ekinlarda pestitsid qoldiqlari aniqlanishi baholanib, pestitsidlarni aniqlashda GC-MS va LC-MS/MS usullari QuEChERS texnologiyasi bilan qo‘llanildi. Natijalar meva va sabzavotlarda pestitsid qoldiqlari yuqori ekanligini, ba’zi hollarda esa ruxsat etilgan darajani oshishini ko‘rsatdi. Xavfni baholash sezgir guruhlar, masalan, bolalar va homilador ayollar uchun maxsus e’tibor zarurligini tasdiqladi. Tadqiqot pestitsidlarni me’yorida qo‘llash va monitoring tizimlarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 76 DOI: https://10.5281/zenodo.18064134 PESTITSID QOLDIQLARINING QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI EKSPORTIGA TA’SIRI VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH Raxmonov Erkinjon Komil o‘g‘li Qarshi davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Sattorova Kamola Ashraf qizi Qarshi davlat texnika universiteti magistranti E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportida pestitsid qoldiqlarining xavfsizlikka ta’siri, ularning inson salomatligi va atrof-muhitga bo‘lgan xavflari, shuningdek, xavfni baholash ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Meva, sabzavot, don va dukkakli ekinlarda pestitsid qoldiqlari aniqlanishi baholanib, pestitsidlarni aniqlashda GC-MS va LC-MS/MS usullari QuEChERS texnologiyasi bilan qo‘llanildi. Natijalar meva va sabzavotlarda pestitsid qoldiqlari yuqori ekanligini, ba’zi hollarda esa ruxsat etilgan darajani oshishini ko‘rsatdi. Xavfni baholash sezgir guruhlar, masalan, bolalar va homilador ayollar uchun maxsus e’tibor zarurligini tasdiqladi. Tadqiqot pestitsidlarni me’yorida qo‘llash va monitoring tizimlarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: pestitsid qoldiqlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, oziq-ovqat xavfsizligi, eksport nazorati, xavfni baholash, GC-MS, LC-MS/MS, QuEChERS, maksimal ruxsat etilgan qoldiq darajasi. KIRISH Hozirgi yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti jahon bozorida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Eksport qilinadigan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi, asosan, pestitsid qoldiqlarining belgilangan me’yorlardan oshmasligi bilan chambarchas bog‘liq. Xalqaro bozorlarda raqobatlasha olish uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari xalqaro sanitariya va fitosanitariya talablariga to‘liq javob berishi kerak. Shuning uchun pestitsid qoldiqlarining xalqaro standartlarga mosligini tahlil qilish dolzarb muammolardan biridir. Pestitsidlar har doim ham zararkunandalarni o‘ldirmaydi, lekin ular hayotiy funktsiyalarini bostirishi mumkin. Zamonaviy qishloq Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 77 xo‘jaligida ulardan foydalanishni butunlay yo‘q qilish qiyin, ammo yakuniy mahsulotda ularning darajasini nazorat qilish muhimdir. ADABIYOTLAR SHARHI Pestitsidlar, insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, rodentitsidlar, mollyusitsidlar va nematotsidlardan iborat bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishda qo‘llaniladi [1]. Ular hosil yo‘qotilishini kamaytirish, hosildorlikni oshirish va oziq-ovqat sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi [2,3]. Pestitsidlarning keng miqyosda qo‘llanilishi Ikkinchi jahon urushi davrida jadal rivojlanib, sintetik kimyoviy himoya vositalarining ishlab chiqarilishi oshdi [1,4]. 1940-yillardan pestitsidlar global oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib keldi. 1950-yillarda pestitsid ishlab chiqarish hajmi 0,2 mln tondan 2000-yillarda 5 mln tonnagacha yetdi, hozirda yiliga 3 milliard kilogramm pestitsid ishlatiladi [5,6]. Ammo ularning faqat 1% i samarali ishlatiladi, qolgan qismi atrof-muhitni ifloslantiradi [7]. Pestitsidlar uzoq muddatli ta’sirda asab tizimi, jigar va endokrin tizimni buzishi mumkin [8–9], bolalar va homilador ayollar esa sezgir guruh hisoblanadi. Meva va sabzavotlarda pestitsid qoldiqlari ko‘proq aniqlanadi, bu ularning biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi bilan bog‘liq [10]. Pestitsid qoldiqlarining eksport qilinadigan mahsulotlarda aniqlanishi xalqaro savdoga cheklovlar kiritadi [11]. Zamonaviy ilmiy ishlarda pestitsid qoldiqlarini aniqlashda GC-MS va LC-MS/MS metodlari afzal ko‘rilmoqda [12]. Shuning uchun pestitsidlarni me’yorlashtirish va xalqaro standartlarga mos monitoring tizimlarini joriy etish zarur [13]. TADQIQOT METODLARI Pestitsid qoldiqlarini aniqlash zamonaviy instrumental va skrining metodlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu metodlar yuqori aniqlik, past aniqlash chegarasi (LOD) va ishonchlilikka ega bo‘lib, eksport nazoratida majburiy hisoblanadi. Pestitsidlarni aniqlashda eng keng qo‘llaniladigan metodlardan biri Gaz xromatografiyasi–Massspektrometriya (GC-MS) hisoblanadi. GC-MS metodida pestitsidlar avvalo gaz xromatografiyasi (GC) yordamida ajratiladi. Pestitsidlar gaz fazasida ajratilib, keyinchalik mass-spektrometriya (MS) yordamida ionlanadi va ularning molekulyar massasiga asoslanib kimyoviy tuzilishi aniqlanadi. Bu metod pestitsidlarni yuqori sezuvchanlikda aniqlash imkonini beradi va ultra past konsentratsiyalarga qadar tahlil qilishni taminlaydi. Pestitsidlarni aniqlash uchun namuna tayyorlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: mahsulotlardan pestitsidlarni ajratish uchun acetonitril yoki etil asetat kabi erituvchilar ishlatiladi. Namuna erituvchi orqali ekstraksiyalashdan keyin, pestitsidlar tozalash usuli orqali (masalan, QuEChERS metodidan) o‘tkaziladi va so‘ngra GC-MS tizimida tahlil qilinadi. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 78 NATIJALAR Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarida pestitsid qoldiqlarining keng tarqalganligini ko‘rsatdi. Meva va sabzavotlarda pestitsid qoldiqlari 60–90 % darajada aniqlangan, bu pestitsidlar qo‘llanilayotganining muhimligini, ammo nazoratsiz foydalanish eksport xavfsizligini tahdid qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq, ko‘pchilik namunalar ruxsat etilgan maksimal qoldiq darajalaridan past bo‘lgan. Meva va sabzavotlarda pestitsid qoldiqlari yuqoriroq aniqlanib, bu ularning keng yuzasi va bir necha marotaba kimyoviy ishlovdan o‘tishini anglatadi. Don va dukkakli ekinlarda esa pestitsid miqdori kamroq bo‘ldi. Xavfni baholash bolalar va homilador ayollar kabi sezgir guruhlar uchun pestitsid qoldiqlari xavf tug‘dirishi mumkinligini ko‘rsatdi, ba’zi namunalar esa belgilangan kunlik iste’mol darajasini oshdi. Bu eksport mahsulotlarida pestitsid nazoratini kuchaytirish zarurligini anglatadi. Instrumental tahlil natijalari, xususan, GC-MS va LC-MS/MS metodlari yuqori aniqlikni ta’minladi. LC-MS/MS va QuEChERS usullari pestitsidlarni ultra past konsentratsiyalarda aniqlash imkonini berdi, bu eksport nazorati uchun ishonchli va takrorlanuvchan natijalar berdi. Quyidagi jadvalda tadqiqot davomida eng ko‘p uchragan mahsulot guruhlari bo‘yicha pestitsid qoldiqlarining aniqlanish darajasi va xavf bahosi umumlashtirilgan. 1-jadval. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarida pestitsid qoldiqlarining aniqlanishi va xavf bahosi Mahsulot guruhi Pestitsid aniqlanishi (%) O‘rtacha qoldiq darajasi (MRL ga nisbatan) Xavf darajasi Mevalar 80–90 MRL ga yaqin / ayrim hollarda oshgan Yuqori Sabzavotlar 70–85 MRL dan past yoki yaqin O‘rta Don ekinlari 40–55 MRL dan past Past Dukkakli ekinlar 35–50 MRL dan past Past MUHOKAMA Olib borilgan tadqiqotlar pestitsid qoldiqlarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarida mavjudligi global muammo ekanligini tasdiqladi. Pestitsid qoldiqlari keng tarqalgan bo‘lsa-da, nazorat mexanizmlarining samaradorligi yetarli emas. Meva va sabzavotlarda pestitsidlar ko‘p marotaba kimyoviy ishlovdan o‘tkazilishi va keng yuzasi bilan izohlanadi. Bu, shuningdek, meva-sabzavotlar eksportida xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor berishni talab qiladi. Aniqlangan pestitsidlar har doim Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 79 xavfli emas, ko‘plab holatlarda ruxsat etilgan darajalardan past bo‘lsa-da, ayrim holatlarda chegaraviy qiymatlarga yaqinlashadi. Bu, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar kabi sezgir guruhlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Xavfni baholashda faqat umumiy aholi emas, balki sezgir guruhlar uchun ham yondashuvlar qo‘llanilishi kerak. GC-MS va LC-MS/MS metodlari pestitsid qoldiqlarini aniqlashda yuqori sezuvchanlikka ega. QuEChERS usuli bilan birgalikda LC-MS/MS metodining ko‘p komponentli pestitsidlarni ultra past konsentratsiyalarda aniqlash imkoniyati eksport nazorati va xalqaro sanitariya talablariga javob beradi. Ammo, bunday yuqori aniqlikdagi usullar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun cheklov bo‘lishi mumkin. Pestitsidlar xavfi mahsulot sifatiga ta’sir qilishi bilan birga, xalqaro savdo va eksport salohiyatiga ham ta’sir qiladi. Pestitsid qoldiqlari bo‘yicha qat’iy talablar eksport qiluvchi mamlakatlarda kompleks nazorat tizimini joriy etishni talab qiladi. Shuning uchun, pestitsidlarni optimallashtirish, agrotexnik savodxonlikni oshirish va integratsiyalashgan zararkunandalarga qarshi kurash tizimlarini keng joriy etish zarur. XULOSA Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarida pestitsid qoldiqlari va ularning eksport xavfsizligiga ta’sirini dolzarb muammo sifatida ko‘rsatdi. Pestitsidlar hosildorlikni oshirishda muhim bo‘lsa-da, ularni noto‘g‘ri qo‘llash mahsulot sifatiga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Meva va sabzavot mahsulotlaridagi yuqori pestitsid qoldiqlari ishlab chiqarish va qayta ishlashda kuchaytirilgan nazorat zarurligini ta’minlaydi. Olingan natijalar pestitsid qoldiqlari xavf darajasini turlicha ko‘rsatdi, ayrim holatlarda esa ruxsat etilgan darajalarga yaqinlashishi yoki oshishi sezgir guruhlar uchun xavf tug‘diradi. Xavfni baholashda, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar uchun ehtiyotkorlik zarur. Pestitsid xavfini baholashda differensial yondashuvlar va monitoring tizimlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda qo‘llanilgan GC-MS va LC-MS/MS metodlari pestitsid qoldiqlarini aniqlashda yuqori aniqlikni ta’minladi. QuEChERS usuli bilan birgalikda ushbu metodlar eksport nazorati va xalqaro sanitariya talablariga javob beradi, bu esa qishloq xo‘jalik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda ilmiy asoslangan yondashuvlarning ahamiyatini oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Sattorova K., Xolmurodov B., Rakhmanov E. THE IMPORTANCE OF INCREASING THE SHARE OF BIOLOGICALLY ACTIVE SUBSTANCES IN THE DIET OF THE POPULATION AND ITS CHARACTERISTICS //Universum: технические науки. – 2024. – Т. 8. – №. 10 (127). – С. 13-15. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 80 2. Erkinjon R., Feruz K. FOOD PRESERVATION TECHNIQUES: HOW TECHNOLOGY IS CHANGING THE WAY WE STORE AND CONSUME FOOD //Web of Scientists and Scholars: Journal of Multidisciplinary Research. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 37-40. 3. Fenik J., Tankiewicz M., Biziuk M. Properties and determination of pesticides in fruits and vegetables // TrAC Trends in Analytical Chemistry. 2011. Vol. 30. P. 814– 826. 4. Pimentel D. Environmental and economic costs of the application of pesticides primarily in the United States // Environment, Development and Sustainability. 2005. Vol. 7. P. 229–252. 5. Hayes T.B. et al. From silent spring to silent night: Agrochemicals and the anthropocene // Elementa. 2017. Vol. 5. P. 1–24. 6. Damalas C.A., Eleftherohorinos I.G. Pesticide exposure, safety issues, and risk assessment // International Journal of Environmental Research and Public Health. 2011. Vol. 8. P. 1402–1419. 7. Hernández A.F. et al. Pesticide exposure and genetic variation // Food and Chemical Toxicology. 2013. Vol. 61. P. 144–151. 8. Mostafalou S., Abdollahi M. Pesticides and human chronic diseases // Toxicology and Applied Pharmacology. 2013. Vol. 268. P. 157–177. 9. Alavanja M.C.R. Pesticides use and exposure extensive worldwide // Journal of Agricultural and Food Chemistry. 2009. Vol. 57. P. 394–401. 10. Reiler E. et al. Pesticide residues in fruits and vegetables // Food Control. 2015. Vol. 52. P. 8–15. 11. European Commission. EU Pesticides Database. Brussels, 2020. 12. Lehotay S.J. et al. Determination of pesticide residues using QuEChERS // Journal of AOAC International. 2010. Vol. 93. P. 355–367. 13. Kamola S., Bahodir X., Erkinjon R. ANALYSING THE COMPOSITION OF AGRICULTURAL PRODUCTS IN THE DIET OF THE POPULATION IN THE MODERN WORLD //Universum: технические науки. – 2024. – Т. 5. – №. 9 (126). – С. 54-56.