scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Ingliz funksional tilshunoslikda metaforaning tasnifi masalasi

Kurbanboeva, Anbarjon; Mutallapova, Elena; Pulatova, Maftuna

Abstract

Ushbu maqola funksional tilshunoslikda metaforaning tasnifi masalasini o'rganadi. Metaforalarning turli xil turlari, ularning kommunikatsiyadagi roli va ma'no shakllanishidagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Turli tilshunoslik tizimlarini tahlil qilish orqali maqola metaforalarning til ichidagi funksiyasi va nutqdagi ta'sirini to'liq tushunishga yordam berishni maqsad qiladi.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1320 Ingliz funksional tilshunoslikda metaforaning tasnifi masalasi Kurbanboeva Anbarjon Otkir kizi The teacher at Maʼmun university, Khorezm, Uzbekistan Email: [email protected] Mutallapova Elena Ruslanovna The teacher at Ma’mun university, Khorezm, Uzbekistan Email: [email protected] Pulatova Maftuna Nodirovna The teacher at Ma’mun University, Khorezm, Uzbekistan Email: [email protected]om Annotatsiya: Ushbu maqola funksional tilshunoslikda metaforaning tasnifi masalasini o'rganadi. Metaforalarning turli xil turlari, ularning kommunikatsiyadagi roli va ma'no shakllanishidagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Turli tilshunoslik tizimlarini tahlil qilish orqali maqola metaforalarning til ichidagi funksiyasi va nutqdagi ta'sirini to'liq tushunishga yordam berishni maqsad qiladi. Annotation: This article explores the classification of metaphors within functional linguistics. It examines various types of metaphors, their roles in communication, and their significance in shaping meaning. By analyzing different linguistic frameworks, the study aims to provide a comprehensive understanding of how metaphors function in language and their impact on discourse. Аннотация: В данной статье рассматривается классификация метафор в функциональной лингвистике. Анализируются различные типы метафор, их роль в коммуникации и значимость для формирования смысла. Изучая различные языковые модели, работа стремится предоставить полное понимание того, как метафоры функционируют в языке и как они влияют на дискурс. Kalit so'zlar: Metafora, funksional tilshunoslik, tasnif, kommunikatsiya, nutq tahlili, taqqoslash, qiyoslovchi, semantik g’oya, о’xshаshlik, ko’chma so’z, yashirin o’xshatish, mazmuniy tenglik, hodisa. Keywords: Metaphor, functional linguistics, classification, communication, discourse analysis, comparison, comparative, semantic idea, similarity, figurative word, hidden analogy, semantic equivalence, event. Ключевые слова: Метафора, функциональная лингвистика, классификация, коммуникация, анализ дискурса, сравнение, сравнительный, семантическая идея, сходство, переносное слово, скрытая аналогия, семантическое равенство, событие. Kirish. Tilshunoslikda soʻzning koʻchma maʼnoda qoʻllanilishi metaforadir. Metafora (yunoncha métafora ¬ “ko’chirish”, “majoziy ma’no”)-eng keng tarqalgan badiiy trop hisoblanadi. Metafora, predmetlarning, yoki hodisalarni turli yo’llar bilan oʻxshashligiga asoslanadi. Mazkur taqqoslash yangi ob’ektni allaqachon ma’lum bo’lgan narsa bilan taqqoslash va ularning umumiy xususiyatlarini ajratib ko’rsatishdan kelib chiqadi. “Metafora – bir predmetni, hodisani boshqasiga (masalan ,“tabiat bag’ri”, “oltin kuz”) qiyoslovchi yashirin obrazli qiyoslash, shuningdek , san’atning turli turlarida umuman obrazli qiyoslashdir. Avvalo, metaforani nomlaydigan aniq terminologiya hali ham mavjud emasligiga e’tibor qarataylik: turli tadqiqotlarda ularni sub’ekt va ob’ekt, taqqoslash va ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1321 o’hshatish deb atashadi. Buni ko‘plab olimlarning so‘zlari ham tasdiqlab, “agar biz an’anaviy noaniq atamalar yordamida metaforani batafsil tahlil qilishga harakat qilsak, biz vaqti-vaqti bilan so’zning tub ma’nosini og‘zaki ravishda chiqarishda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xuddi shunday tuyg‘uga ega bo‘lamiz” degan fikrni ifodalaydi. [4; 48] Shunga qaramay, u yoki bu metaforaning asosiy xususiyatlaridan biri uning ikki tomonlamaligi bo’lishi aniq. Aristotel ham bundan 2500 yil avval metaforaning semantik ikkilik g’oyasi mavjudligini ta’kidlab o’tgan. 1 Metаfоrа sо’zining mоrfоlоgik vа sintаktik хususiyаtlаri: Grеk tilidаn kirib kеlgаn bо’lib, sо’z yоki ibоrаni о’xshаshlik yоki о’xshаtishgа аsоslаngаn kо’chmа mа’nоdа ishlаtish vа shundаy mа’nоda ishlаtilgаn sо’z yоki ibоra, istiоrа yоki mаjоzdir 2 (“qulоq” sо’zining qоzоnning qulоg’i mа’nоsidа ishlаtilishi metаfоrаgа yаqqоl misоl bо’lа оlаdi). А.Potebnya “Metаfоrа qisqаrgаn о’xshаtishdir” dеb tа’riflаydi. О’xshаtishgа xоs bо’lgаn, “аynаn”, “kаbi”, “xuddi” singаri sо’zlаr ishtirоki mеtаfоrаni yuzаgа keltirаdi. Birоq, metаfоrаlаr yuqоridа tа’kidlаngаn sо’zlаr ishtirоkisiz hаm hоsil bо’lishi mumkin. Mаsаlаn, “оchiq kо’ngil” birikmаsi hаm mеtаfоrа. Sababi, ushbu birikma “mehribon”, “g’amxo’r” ma’nolarini bidirmoqda. Lekin, ko’rinib turibdiki ko’chma ma’nodagi birikma “kabi”, “xuddi” singari so’zlar ishtirokisiz yasalgan. John Stephen metaforaga quyidagicha ta’rif bergan: Metafora - biror narsa yoki harakatni tushuntirish maqsadida ma’lum bir boshqa obyekt xususiyatidan foydalanadigan adabiy tushuncha. 3 Masalan: “sochingiz ertalab quyoshidir”. Ushbu gapda sochni rangi tillarang bo’lgani sababli, muallif uni to’g’ridan to’g’ri emas, balki quyoshga o’xshatib tasvirlaydi. Bundan tashqari, buyuk faylasuf Arastu o’zining mashhur “Poetika” asarida, “Ko’chma so’z (metafora) – narsaga xos bo’lmagan, jinsdan turga yoki turdan jinsga,yoxud turdan turga ko’chirilgan o’xshatilgan so’zdir”- deb ta’riflaydi. Metaforada gap so’zma-so’z tarjima qilinmaydi.Taqqoslash yordamida g’oyani anglab olish mumkin. R.Qo’ng’urov “O’zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida shunday deb yozgan: “Metaforani yashirin o’xshatish deyish mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos ham doim asosiy ikki a’zodan tashkil topsa (ya’ni nima qiyos qilanadi, nima bilan qiyos qilinadi – qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi a’zo – o’xshatilgan narsa qoladi, o’xshagan narsa tushiriladi, lekin u kontekstdan sezilib turadi, demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a’zo orqali idrok qilinadi”. 4 Metafora nihoyatda murakkab hodisa bo’lib, uning tasnifi bir necha xil belgiga ko’ra, bir necha xil bosqichda olib boriladi. Metafora unsurlarining o’zaro munosabatiga ko’ra turlari. Bizga ma’lumki, metafora uch unsur – tema, ifoda vositasi va qiyos uchun asosdan tuziladi. Masalan, ...Qishloqning bo’risi ham yuzboshi, tulkisi ham yuzboshi (A.Qahhor) gapida quyidagi metaforalar amal qiladi: ―yuzboshi - bo’ri‖, ―yuzboshi - tulki metaforasida bo’ri va tulki so’zlarida, ―Bo’ri so’zi shavqatsiz, ochko’z, yulg’ich ma’nolarini ifodalaydi, ―tulki – ifoda vositasi, ayyor, yulg’ich – tema. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, metaforada nom ko’chish odatda miqdoran tenglik asosiga qurilavermaydi. Faqat mazmuniy tenglik zaruriy hisoblanadi. Shuningdek, bu tenglik ham nisbiy aniqlanadi. Ya’ni metaforik qo’llangan bir so’z aynan bitta so’zning o’rnida kelgan deb bo’lmaydi. Yuqoridagi misolda qiyoslang: bo’ri – shavqatsiz, ochko’z... 1 Арутюнова Н. Д. Языковая метафора (синтаксис и лексика) // Лингвистика и поэтика: сб. М.: Наука, 1979. 311 с. 2 Aristotel.Ritorika.Poetika-M.:Labirint,2000,-C.128 3 O’zbek tili stilistikasi.T.:O’qituvchi,1983,-B.246 4 Qo’ng’urov P.,O’zbek tilining tasviriy vositalari,T.,1977 ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1322 Demak, bu yerda miqdoriy emas, mazmuniy tenglik nazarda tutiladi va bu tenglik ham nisbiydir. Chunki ―bo’ri‖ so’zida qiyoslash uchun asos bo’lgan semalar bilan mutanosib motivlar nutqiy sharoit talabiga ko’ra turlicha bo’la oladi: xarakter jihati, tabiiy jihatlar, tashqi ko’rinish va hokazo. Metaforaga xos bo’lgan ana shu xususiyat haqida fikr yuritib, Dj. Miller metafora yaratuvchi ―...aniq so’zlarni nazarda tutgan ham, tutmagan ham bo’lishi mumkin, ular ishlatilmagani tufayli biz buni hech qachon aniqlay olmaymiz... deydi. Metafora unsurlarining bu xil munosabati yanada chuqurlashtirilishi mumkin. Ya’ni temagina emas, ifoda vositasi ham konkret so’zlar bilan ifodalanmaydi: …―chiqdi - chiqdi‖ degan gap o’rmaladi (A.Qahhor). O’rmalash gapga xos xususiyat emas, demak, bu yerda metafora bor. Ammo gap nima deb tasavvur qilinayapti? Konkret javob yo’q. Shugina ma’lumki, u qandaydir o’rmalay oladigan jonzodga qiyoslanmoqda, ya’ni metafora yaratuvchi o’z ifoda vositasini konkret aytmaydi, balki metafora qabul qiluvchini ―yo’llaydi‖. Metaforani oxirigacha yechish adresat ixtiyorida qoladi. Kelib chiqadiki, metafora unsurlari munosabatining mutanosiblik va konkterlik tabiatiga ko’ra ikki xil ekan: 1. Ifoda vositasi tema bilan mazmunan mutanosib va konkret ifodalangan (ya’ni metaforaning asosiy unsurlari mavjud) – asos metafora. 2. Ifoda vositasi konkret ifodalanmaganligi sababli mazmuniy mutanosiblik ham qisman noaniqlashgan. Biroq uni aniqlashtirish uchun yo’llanma komponent mavjud – yo’llovchi metafora. Bu o’rinda shunga e’tibor qaratish lozimki, yo’llovchi metaforaning murakkab lisoniy tabiati mutlaqo ularning keng tarqalishiga to’siq bo’lmaydi. Yo’llovchi metafora turlari bo’lmish jonlantirish yoki shaxslantirish haqida olib borilgan tadqiqotlar uning eng ko’p tarqalgan metafora turlaridan biri ekanligini ko’rsatadi. Metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko’ra turlari.Metaforani asosan poetik figura deb qarovchi tadqiqotchilar ham unda ekspressivlik belgisining muntazam emasligini tan olib kelganlar. Shunga ko’ra metaforaning ikki turi: 1. Ekspressiya mavjud bo’lmagan (o’lik tilga xos, nopoetik) metafora. 2. Ekspressiya mavjud (tirik, nutqiy, badiiy, poetik) bo’lgan metafora. Turli olimlarning qarashlari jamlanganda, ularning hammasi ham yuqorida qayd etilgan holatni metaforaning ekspressiv, noekspressiv bo’la olishini nazarda tutganini ko’rsatadi. Ekspressiv metaforalar keng holda (istiqlol yo’li, Turkiston – umumiy uyimiz), noekspressiv metafora shaxsiy bo’lib qolishi ham mumkin. (Bola choynak jo’mragini ―choynakning burni‖ deb atashi, xatto shu bola uchun ham bir martalik akt bo’lishi mumkin). Bu misollar bir martalik va ko’p martalilik belgisining ham muntazam emasligini ko’rsatadi. Ekspressivlik, metaforaning nome’yoriyligi haqidagi qarashlar esa har qanday metafora asosida lisoniy me’yorlar yotishini nazardan chetda qoldirish natijasidir. Quyidagi misollarga e’tibor qiling: Ekspressiv metafora - hammaning nazarida hurriyatning chashmasi. Men qishloqqa ilm-ma’rifat urug’ini sochgani kelganman. (A.Qahhor). Noekspressiv metafora - ...eshik og’zida qo’l bog’lab turgan ..., ayam o’choq boshida yig’lab o’tiribdi. (A.Qahhor). Eshik og’zi yoki o’choq boshi noekspressiv metaforalarni hurriyatning chashmasi ilm-ma’rifat urug’i ekspressiv metaforalari bilan qiyoslasak, ular noekspressiv bo’lib qolgan emas, aslida ham hech qachon noekspressiv bo’lmagan. Zamonaviy mualif ―rux parvozi atamasini o’z nutqiga olib kirar ekan, maqsad ko’tarinki uslubni ta’minlash bo’ladi, diniy qarashlarni isbotlash emas. Noekspressivlikni isbotlash uchun tilga xos bo’lgan asos qidirish lozim. Bizningcha, bu asos juda sodda bo’lib, nomlash jarayonida yotadi. Noekspressiv metafora shunchaki nomlashni, ekspressiv metafora nomlash va baholashni nazarda ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1323 tutadi. Shuning uchun ham metaforaning ekspressiv va noekspressiv turlarini biz metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko’ra turlari deb atadik. Xulosa. Til va nutqdagi vazifasiga ko’ra, metaforalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin: umumiy (dono qaror), umume’tirof etilgan she’riy (oltin barglar) va individual muallifning metaforalari (osmon chizig’i). Foydalanish xususiyatlariga ko’ra metaforalarning qo’yidagi turlari ajratiladi: Nominativ. Bu metafora quruq, tasvirni yo’qotgan bo’ladi. Lug’atlar, qoida tariqasida, bu ma’noni majoziy, metafora sifatida belgilamaydi. Masalan, eshik tutqichi, choynak nay, ko’zning oqi, eshik teshigi . So’zda tasvir mavjud bo’lib, u nomning bir narsadan ikkinchisiga o’tishining o’zida ifodalaydi. Tasviriy metafora. Yashirin taqqoslashni o’z ichiga oladi, xarakterlovchi xususiyatga ega bo’ladi. Masalan: yulduz (mashhur), o’tkir aql. Majoziy metafora shaxsning real dunyo ob’ektlarini tushunishi natijasida yuzaga keladi. Kognitiv metafora. Taqqoslangan tushunchalar orasidagi xossalarning haqiqiy yoki atributli umumiyligini aqliy aks ettirish. So‘zning mavhum ma’nosini hosil qiladi. Misol uchun, bir hovuch odamlar (kichik son), atrofida aylanadilar (har doim sizning fikringizda bo’ling). Foydalanilgan adabiyotlar 1. Fauconnier G., Sweester E. Cognitive Links and Domains: Basic Aspects of Mental Space Theory. – Oxford: Oxford University Press, 1994. – 42 p. 2. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live by. - Chicago, London: The University of Chicago Press, 1980. – 242 p. 3. Searle J.R. Intentionality. An Essay in the Philosophy of Mind. – Cambridge, London, New York, Melbourne, Sydney. Camb. Univ. Press, 1983. – 270 p. 4. Алимурадов О.А., Лату М.Н. Метафоричность термина как переводческая проблема//Вестник Пятигорского государственного лингвистического университета. 2006. № 4. С. 24-27. 5. Боброва Т.О. Классификация метафор в свете когнитивной лингвистики// Социальные, гуманитарно-экономические и юридические науки: современные тренды в изменяющемся мире. Международная научно-практическая конференция. Ставропольский филиал «Московскийгуманитарно-экономический институт». 2015. С. 164-168 6. 1 O’zbek tili stilistikasi.T.:O’qituvchi,1983,-B.246 7. 1 Qo’ng’urov P.,O’zbek tilining tasviriy vositalari,T.,1977 8. 1 Арутюнова Н. Д. Языковая метафора (синтаксис и лексика) // Лингвистика и поэтика: сб. М.: Наука, 1979. 311 с. 9. 1 Aristotel.Ritorika.Poetika-M.:Labirint,2000,-C.128 10. www.wikipedia.uz