scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAXTUMQULI HAYOTI VA IJODINI O'QITISHDA TA'LIM METODLARIDAN FOYDALANISH

Asqarova, Zulayxo; Otayeva, Mahliyo

Abstract

Ushbu maqolada turkiy xalqlarning mashhur shoiri Maxtumquli hayoti va ijodini o‘rganish va o‘rgatishda zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Interaktiv, innovatsion va integratsiyalashgan metodlar orqali dars sifatini oshirish, o‘quvchilarda shoir asarlariga nisbatan chuqur qiziqish uyg‘otish masalalari ko‘rib chiqiladi

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1325 MAXTUMQULI HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHDA TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH Asqarova Zulayxo Yangiboyevna UrDPI Filologiya va tarix fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi dotsent v.b. (askarovazulay[email protected]) Otayeva Mahliyo Xursandbek qizi O‘zbek tili va dabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi ([email protected]) Annotatsiya. Ushbu maqolada turkiy xalqlarning mashhur shoiri Maxtumquli hayoti va ijodini o‘rganish va o‘rgatishda zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Interaktiv, innovatsion va integratsiyalashgan metodlar orqali dars sifatini oshirish, o‘quvchilarda shoir asarlariga nisbatan chuqur qiziqish uyg‘otish masalalari ko‘rib chiqiladi. Аннотация. В данной статье подчеркивается важность использования современных методов обучения в изучении и преподавании жизни и творчества известного тюркского поэта Махтумкули. Рассматриваются вопросы повышения качества обучения посредством интерактивных, инновационных и интегрированных методов и формирования у учащихся глубокого интереса к творчеству советского поэта. Abstract. This article highlights the importance of using modern educational methods in studying and teaching the life and work of the famous Turkic poet Makhtumkuli. The issues of improving the quality of teaching through interactive, innovative and integrated methods and arousing a deep interest in the works of the Soviet poet among students are considered. Kalit so‘zlar: Turkman, Maxtumquli, metod, g‘azal, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Debat”, “Olti shlyapa”, fakt Kлючевые слов: Туркман, Махтумкули, метод, газель, «Мозговой штурм», «Кластер», «Вставка», «Дебаты», «Шесть шляп», факт Key words: Turkman, Makhtumkuli, method, ghazal, "Brainstorming", "Cluster", "Insert", "Debate", "Six Hats", fact Har bir xalqning maʼnaviy-maʼrifiy hayotida buyuk mutafakkirlar, shoir va adiblarning o‘rni beqiyosdir. Ularning hayoti va ijodi millat tafakkuri, qadriyatlari hamda badiiy-estetik qarashlarining shakllanishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.Turkman zaminidan yetishib chiqqan ulug‘ shoirlardan biri – Maxtumquli Firog‘iy (taxm. 1724–1807) turkman adabiyotining asoschisi, xalqning milliy o‘zligiga, birligiga daʼvat etuvchi ijodi bilan nafaqat o‘z davri, balki keyingi asrlar uchun ham bebaho maʼnaviy xazina yaratgan adibdir. Maxtumquli yoshligidan ilm olishga intilgan, dastlab otasi – shoir va mutafakkir Davlatmamat Ozodiy qo‘lida saboq olgan. Keyinchalik u Xivadagi Sherg‘oziy, Buxorodagi Ko‘kaldosh ,Qiziloyoqdagi Idrisbobo madrasalarida tahsil olib, turli ilmlarni chuqur o‘rgangan. 1 Bu bilimlar uning dunyoqarashi, ijodiy tafakkuri va falsafiy qarashlarining shakllanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan. Shoirning she’rlari xalqning orzu-umidlarini, adolat va tenglikka intilishlarini ifoda etishi, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhini tarannum etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1326 Bugungi kunda Maxtumquli hayoti va ijodini o‘rganish, ayniqsa taʼlim jarayonida uni keng yoritish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki shoir ijodida ilgari surilgan g‘oyalar yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, birlik va maʼrifatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shoirning “Bo’lmasa”, “Kelgay”, “Bilan”, “Naylayin”, “Yetmas”, “Bular”, “Ketdi zamona”[1;3] kabi asarlaridagi g‘oyalar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Shu boisdan ham Maxtumquli ijodini o‘qitishda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Mazkur maqolada Maxtumquli hayoti va ijodini o‘qitishda samarali taʼlim metodlarini qo‘llash yo‘llari, ularning afzalliklari hamda taʼlim jarayonidagi ahamiyati tahlil etiladi. Maxtumquli ijodini o‘qitishda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun avvalo interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki interfaol metodlar o‘quvchilarni faollikka undaydi, ularda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mahtumquli hayoti va ijodini o‘qitishda “6 shlyapa” metodi Edward de Bono tomonidan ishlab chiqilgan “6 shlyapa” metodi talabalarda fikrlashni tartibga solish, turli nuqtai nazarlarni ko‘rib chiqish va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu metodni adabiyot darslarida, xususan, Maxtumquli ijodini o‘qitishda qo‘llash samarali hisoblanadi. Quyida har bir shlyapa rangiga mos tarzda Maxtumquli hayoti va ijodidan misollar keltiriladi: 1 Oq shlyapa – Faktlar va ma’lumotlar Oq shlyapa faktlarga e’tibor beradi, sub’ektiv fikrlarni chetlab o‘tadi. Maxtumquli (Magtymguly Pyragy) 1724 yoki 1733 yillarda Hoji-govshan qishlog‘ida tug‘ilgan.Vafot yili: 1807, Xiva Xonligi hududida. asarlari turkman tilida, shuningdek, fors va arab tillarida ham mavjud. She’rlari turkman xalqining hayoti, urf-odatlari, ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar va shaxsiy kechinmalarni aks ettiradi. 2. Qizil shlyapa – Hissiyot va intuitsiya Qizil shlyapa his-tuyg‘ularni va intuitiv fikrlarni ifodalaydi. Maxtumquli she’rlarida insoniy kechinmalar, ishq va muhabbat, sog‘inch va sadoqatning kuchli ifodalari mavjud. U xalq ruhini yuqori qadrlagan, turkman urug‘larini birlashishga chaqirgan. Talabalarga qizil shlyapa orqali Maxtumquli she’rlaridagi ruhiy holatlarni his qilish, obrazlar bilan empatiya qilishni o‘rgatish mumkin. 3.Qora shlyapa – Tanqidiy tahlil Qora shlyapa xatoliklar, muammolar va tanqidiy fikrlarni ko‘rsatadi. Ba’zi she’rlar tarixiy kontekstni talab qiladi, talaba hozirgi zamon bilan taqqoslab tushunishi qiyin bo‘lishi mumkin. Shoirning ayrim ijtimoiy tanqidiy g‘oyalari zamonaviy talaba uchun noaniq bo‘lishi mumkin. Qora shlyapa yordamida talabalarga asarning ijtimoiy va siyosiy tahlilini o‘rgatish, muammolarni aniqlash ko‘nikmasi shakllanadi. 4.Sariq shlyapa – Ijobiy tomonlar va imkoniyatlar Sariq shlyapa imkoniyatlar, ijobiy natijalar va muvaffaqiyatlarni ko‘rsatadi. Maxtumquli ijodi turkman madaniy merosini saqlash va rivojlantirishga xizmat qilgan. Shoirning ma’naviy falsafasi va tasavvufiy qarashlari talabalarda axloqiy tarbiya va falsafiy fikrlashni shakllantiradi. Ijobiy jihatlar talabalarga ijodiy fikrlash va she’riyatga qiziqish uyg‘otadi. 5.Yashil shlyapa – Yaratish va ijodiy fikrlash.Yashil shlyapa ijodkorlik, yangi g‘oyalar va yechimlarni rag‘batlantiradi. Talabalar Maxtumquli she’rlari asosida zamonaviy motivlar bilan yangi asarlar yaratishi mumkin.Shoirning tasavvufiy va ijtimoiy mavzulari talabalarga interaktiv mashqlar va loyiha ishlari orqali ijodiy yondashuvni rivojlantirish imkonini beradi. Masalan, she’rlarni dramatik sahna yoki multimedia loyihalariga aylantirish mumkin. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1327 6.Moviy shlyapa – Metafikrlash va boshqaruv Moviy shlyapa fikrlarni boshqarish, reja tuzish va tahlilni umumlashtirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi talabalarga Maxtumquli hayoti va ijodini 6 shlyapa orqali tahlil qilishni o‘rgatadi. Talabalar fakt, his, tanqid, ijobiy tomon, ijodiy yechim va umumiy tahlilni birlashtirib, darsni boshqaradi. Moviy shlyapa yordamida talabalarda sistematik fikrlash va o‘zaro muhokama ko‘nikmalari rivojlanadi. Olti shlyapa metodi Maxtumquli hayoti va ijodini o‘qitishda talabalarning fikrlash, tahlil qilish, his-tuyg‘ularni anglash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu metod nafaqat adabiy ma’lumotlarni o‘rganishga, balki talabalarning mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Debat”[3;1] kabi metodlar orqali shoir asarlaridagi asosiy g‘oyalar keng muhokama qilinishi, o‘quvchilar tomonidan erkin fikrlar bildirilib, o‘z qarashlarini asoslash imkoniyati yaratiladi. Bu esa Maxtumquli ijodini biryoqlama emas, balki har tomonlama o‘rganishga yordam beradi. Darhaqiqat, “Klaster” metodi o‘quvchilarni fikrlashga undovchi samarali usullardan biridir. Bu metod orqali Maxtumquli she’rlaridagi asosiy mavzular — vatanparvarlik, birlik, insonparvarlik, adolat, mehr-oqibat kabi g‘oyalar alohida guruhlarga ajratilib, sxema tarzida ifodalanadi. Masalan, shoirning “Naylayin” she’ridan chiqadigan g‘oya sifatida sabr, qanoat, halollik va matonat so‘zlari yozilib, ular o‘zaro bog‘lanadi. Shu orqali o‘quvchilar she’r mazmunini faqat o‘qibgina qolmay, balki uni vizual tarzda ham ko‘radilar. Natijada bilimlari mustahkamlanib, mavzu bo‘yicha o‘z tasavvurlarini kengaytiradilar. “Insert” metodi esa o‘quvchilarning matn ustida faol ishlashini ta’minlaydi. Bu usulda ular shoirning she’rlarini o‘qish jarayonida belgilardan foydalanadilar: “✓” — ilgari bilgan ma’lumot, “+” — yangi ma’lumot, “–” — qarama-qarshi fikr, “?” — tushunarsiz joy degan ma’nolarni bildiradi. Masalan, “Ketdi zamona” she’rini o‘qishda o‘quvchi o‘z dunyoqarashiga mos keladigan yoki yangi bo‘lgan g‘oyalarni ajratib belgilaydi. Shu yo‘l bilan ular nafaqat matnni o‘qiydi, balki uni anglaydi, shaxsiy fikrini shakllantiradi va keyinchalik muhokama jarayonida ishonch bilan qatnashadi. Bu metod o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. “Debat” metodi Maxtumquli ijodini o‘qitishda ayniqsa samarali hisoblanadi. Chunki u o‘quvchilarda erkin fikrlash, o‘z nuqtai nazarini dalillar bilan asoslash, boshqalar fikriga hurmat bilan qarash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Masalan, “Maxtumquli she’rlari bugungi yoshlar uchun qanchalik dolzarb?” mavzusida bahs tashkil etish mumkin. Guruhlarning biri shoir g‘oyalari bugun ham o‘z ahamiyatini saqlab qolganini isbotlasa, ikkinchisi uni faqat tarixiy davrga xos deb qarashi mumkin. Muhokama davomida o‘quvchilar she’rlardan misollar keltiradilar, g‘oyalarni tahlil qiladilar va natijada to‘g‘ri xulosaga keladilar. Ko‘rinadiki, “Klaster”, “Insert” va “Debat” [3;3.]metodlari o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni mustaqil fikrlashga undaydi, shoir ijodini esa yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi. Eng muhimi, bu metodlar orqali Maxtumquli asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, birlik va ma’naviyatga oid g‘oyalar yoshlarning qalbiga teran singdiriladi. Shuningdek, dramatizatsiya metodidan foydalanish ham o‘quvchilar qalbida katta taassurot uyg‘otadi. Shoirning “Ketdi zamona”, “Naylayin”, “Bular” kabi she’rlarini sahnalashtirish o‘quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, birlik va mehr-oqibat g‘oyalarini yanada teranroq anglash imkonini beradi. Bunday mashg‘ulotlar ularni nafaqat matnni o‘rganishga, balki uni his qilishga, o‘z qalbidan o‘tkazishga undaydi. Maxtumquli ijodini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ham nihoyatda samaralidir. Multimedia taqdimotlari, videoroliklar, interfaol testlar va virtual muzeylarga ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1328 sayohatlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Ayniqsa, shoir hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar, uning she’rlari asosida yaratilgan musiqiy chiqishlar ta’lim jarayonini boyitadi. Bu usullar nafaqat bilimni mustahkamlaydi, balki o‘quvchilarda badiiy-estetik didni ham shakllantiradi. Shu bilan birga, kichik guruhlarda ishlash metodini qo‘llash orqali o‘quvchilar shoirning turli asarlarini tahlil qilib, ularning badiiy va g‘oyaviy jihatlarini solishtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa hamkorlikda ishlash, o‘z fikrini jamoa oldida himoya qilish, boshqalarning qarashlariga hurmat bilan yondashish madaniyatini shakllantiradi. O‘qitish jarayonida “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Sinkveyn” kabi metodlardan ham foydalanish mumkin. Ular orqali Maxtumquli ijodidagi mavzularni boshqa shoirlar qarashlari bilan solishtirish, umumiy va farqli jihatlarni ko‘rsatish imkoniyati tug‘iladi. Ayniqsa, sinkveyn yozish mashqi o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirib, ularni qisqa, mazmunli va lo‘nda ifodalar tuzishga o‘rgatadi. Ushbu metodlarga alohida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, “Venn diagrammasi” metodidan foydalanishda o‘quvchilar Maxtumqulining she’rlari mazmunini boshqa shoirlar ijodi bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, Maxtumquli va Alisher Navoiy asarlaridagi birlik, insonparvarlik g‘oyalarini ikki doira shaklida chizib, umumiy va farqli jihatlarini yozib chiqish mumkin. Bu usul orqali o‘quvchilar ikki shoir ijodiy qarashlarini solishtirib, milliy adabiyotimiz rivojida ularning qaysi jihatlari o‘xshash yoki o‘ziga xos ekanini tushunadilar. Natijada tahliliy fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. “T-jadval” metodi ham Maxtumquli asarlarini o‘rganishda samarali vositadir. Bu usulda she’rlardagi ijobiy va salbiy jihatlar, shoir ko‘tarib chiqqan muammolar hamda ularning yechimlari yonma-yon yoziladi. Masalan, “Ketdi zamona”[2;4.] she’rida davrning adolatsizlik va beqarorlik kabi salbiy tomonlari bir ustunga yozilsa, shoir ilgari surgan birlik, ma’rifatparvarlik va halollik g‘oyalari ikkinchi ustunga yoziladi. Shu orqali o‘quvchilar matnni tahlil qilish, mazmunini chuqurroq anglash va xulosa chiqarishga o‘rganadilar. “Sinkveyn” metodi esa o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda juda qulaydir. Bu usulda ular she’r mazmunini besh satrli kichik she’riy shaklda ifodalaydilar. Masalan, “Vatan” mavzusi bo‘yicha sinkveyn yozishda birinchi satrda mavzu (Vatan), ikkinchi satrda ikki sifat (muqaddas, aziz), uchinchi satrda uchta fe’l (sevaman, asrayman, madh etaman), to‘rtinchi satrda bir jumla (Vatan qalbimning yorug‘ligi), beshinchi satrda esa sinonim (yurt) yozilishi mumkin. Bunday mashqlar o‘quvchilarning estetik didini o‘stiradi va ularda qisqa, lo‘nda ifodalash ko‘nikmasini hosil qiladi. Umuman olganda, “Venn diagrammasi”, “T-jadval” va “Sinkveyn” metodlari Maxtumquli ijodini o‘qitishda faqat bilim berish vositasi emas, balki o‘quvchilarning tafakkurini boyituvchi, ularda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantiruvchi samarali ta’lim usullaridir. Umuman olganda, Maxtumquli hayoti va ijodini o‘qitishda innovatsion ta’lim metodlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol yondashuvlarni uyg‘unlashtirish yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ma’naviyat va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini singdirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Maxtumquli Firog‘iyning hayoti va ijodi nafaqat turkman, balki butun turkiy xalqlarning adabiy va ma’naviy merosida beqiyos ahamiyatga ega. Shoirning asarlari insonparvarlik, adolat, birlik va vatanparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ular avlodlar tafakkurida mustahkam iz qoldiradi. Maxtumquli ijodining eng muhim jihati shundaki, u xalqning ichki dunyosi, orzu-umidlari va ma’naviy qadriyatlarini badiiy ifoda orqali yoritadi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1329 Bugungi kunda shoirning asarlarini o‘qitish va o‘rganish jarayonida interfaol va zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash o‘quvchilarni faollikka undaydi, ularni mustaqil fikrlashga, tahlil qilishga va ijodiy yondashishga o‘rgatadi. Shu bilan birga, Maxtumquli hayoti va asarlaridagi tarixiy, madaniy va falsafiy jihatlar yosh avlodni milliy o‘zlikni anglashga, ma’naviyati va badiiy didini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, shoirning she’rlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan, ularning asosiy g‘oyalari — birlik, adolat va insonparvarlik — har bir o‘quvchi qalbida iliq tuyg‘ular uyg‘otadi, tafakkurini boyitadi. Shu bois, Maxtumquli merosi nafaqat tarixiy boylik, balki zamonaviy ta’lim jarayonida ham faol ishlatilishi lozim bo‘lgan bebaho manbadir. Xulosa qilib aytganda, Maxtumquli ijodi yoshlarni ma’naviyat, ma’rifat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos rol o‘ynaydi, ularning dunyoqarashi va estetik didini boyitadi hamda kelajak avlodni milliy qadriyatlar bilan boyitishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Allambergenov, A. Maxtumquli va turkman adabiyoti. – Ashxobod: Ilim, 1989. 2. Axmedov, T. Turkman adabiyoti va milliy meros. – Toshkent: Fan, 2010 3.Interfaol ta’lim metodlari – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. 4.Maxtumquli she’riyatidan,T.,1976 8. 5.Maxtumquli. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1963. 6. Qosimov, B. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Universitet, 2004. 7.https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/17/NamDU-ARM-759Maxsus_fanlarni_oqitish_metodikasi.pdf