scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VA RAQAMLI TA'LIM MUHITI TAMOYILLARI

Yuldasheva, Munisa

Abstract

Ushbu tezisda pedagogning kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid nazariy va amaliy jihatlar tahlil qilingan. Kompetentlik tushunchasining psixologik-pedagogik mazmuni, pedagog faoliyatida zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar tarkibi hamda ularni rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonini raqamlashtirish sharoitida raqamli ta’lim muhiti tamoyillarining ahamiyati, ularning pedagogik faoliyatga ta’siri va ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot O‘zbekistonda raqamli ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, zamonaviy pedagogning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha muhim xulosalar beradi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 152 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VA RAQAMLI TA’LIM MUHITI TAMOYILLARI O‘zbekiston millliy pedagogika universiteti doktoranti Yuldasheva Munisa Rashidovna Annotatsiya. Ushbu tezisda pedagogning kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid nazariy va amaliy jihatlar tahlil qilingan. Kompetentlik tushunchasining psixologikpedagogik mazmuni, pedagog faoliyatida zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar tarkibi hamda ularni rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonini raqamlashtirish sharoitida raqamli ta’lim muhiti tamoyillarining ahamiyati, ularning pedagogik faoliyatga ta’siri va ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot O‘zbekistonda raqamli ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, zamonaviy pedagogning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha muhim xulosalar beradi. Kalit so‘zlar:kompetentlik, pedagog, raqamli ta’lim, tamoyillar, kasbiy rivojlanish Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya sohasini maxsus tayyorlangan, kasbiy kompetentlikga ega, ta’lim-tarbiya jarayonida psixologik bilim, malaka, ko‘nikmalarni natijadorlik tamoyillari asosida qo‘llaniladigan Pedagogsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda.[3] Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi. Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘avniy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi, mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namayon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Qobiliyat tushunchasi nafaqat pedagogik, INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 153 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us balki birinchi navbatda psixologik tushuncha hisoblanadi va psixologiya fani orqali o‘rganiladi, o‘qitiladi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi. Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova, [2] va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin. O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi. O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova va S.Musinov tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi. Kasbiy pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘zo‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z -o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish, boshqarish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. Har qanday jarayonda bo‘lgani kabi ta’lim tizimini raqamlashtirish ham nazariymetodologik jihatdan puxta asoslanishni taqozo qiladi. Raqamli ta’lim muhitini [1] yaratishning metodologik asoslari sirasida tamoyillar ham ustuvorlik kasb etadi. Binobarin, tamoyillar faoliyatni tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish, yo‘nalishlarni oqilona belgilash, maqsad va natija o‘rtasidagi aloqadorlikni belgilab beradi. OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratish muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ayni o‘rinda “tamoyil” tushunchasining mohiyatini anglab olish maqsadga muvofiqdir. Zero, aniq maqsadga asoslangan tashkiliy pedagogik faoliyatning yo‘nalishlari to‘g‘ri tanlanadi. Lotin tilida “boshlang‘ich”, “asos” ma’nolarini anglatadigan “tamoyil” (“principium”) tushunchasi mazmuniga ko‘ra, 1) nazariy jihatdan isbot talab qilmaydigan boshlang‘ich holati (aksioma yoki postulat); 2) egallangan pozitsiya yoki xulq-atvorni o‘zgartiruvchi ichki ishonch, maslak (o‘zgarmas yoki qat’iy qoida). Pedagogika sohasida tashkil qilinadigan faoliyatning negizi, boshlang‘ich asosi sifatida talqin etiluvchi tamoyil “muayyan pedagogik shartsharoitlarning qonuniyatlarga mos kelishi hamda ularning mavjudligini inobatga olgan holda harakat samaradorligini belgilaydi, buning uchun qonuniyat pedagogik hodisani aks ettiradi, shuningdek, pedagogik tizimlarning o‘zaro aloqadorligi va munosabatlarini belgilay olishi zarur”. Shundagina “tamoyil tegishli tizimda vazifalarni samarali hal qilinishini ta’minlaydi”. OTMda raqamli ta’lim muhitida, asosan, didaktik faoliyat ko‘zga tashlanadi. Raqamli ta’lim jarayoning ustuvor tamoyillaridan xabardor bo‘lish OTMda faoliyat yuritayotgan pedagoglar jamoasi uchun muhim sanaladi. Binobarin, ustuvor tamoyillar raqamli ta’lim muhitini INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 154 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us metodologik, tashkiliy, texnik, texnologik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida ITparklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. Elektron manbalardan birida esa raqamli ta’lim jarayonida ustuvorlik kasb etadigan tamoyillar sifatida quyidagilar keltiriladi: ustunlik, shaxsiylashtirish, maqsadga muvofiqlik, egiluvchanlik va moslashuvchanlik, muvaffaqiyatlilik, hamkorlik va o‘zaro hamjihatlilikka asoslangan o‘qitish, amaliyotga yo‘naltirilganlik, murakkablikning ortib borishi, ta’lim muhitining to‘yinganligi, polimodallik (bilish va kommunikatsiya jarayonida borliqni anglash hamda muloqotning bir nechta uslublaridan foydalanish; multimediyalilik), shuningdek, baholashni yo‘lga qo‘yish tamoyillari. Ayni o‘rinda tadqiqot muammosining obyektidan kelib chiqqan holda OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratishda ustuvorlik kasb etuvchi tamoyillarni ham aniqlab olishga e’tibor qaratildi. Mavzuga oid manbalar bilan tanishish orqali OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratishda o‘ziga xos ustuvorlik kasb etuvchi muhim tamoyillar quyidagilar ekanligi aniqlandi. Barcha davrlarda ham har qanday faoliyat, ishharakatning sifati uni bajargan shaxs (mutaxassis)ning tegishli kompetensiyalarga egaligi bilan belgilangan. Zero, kompetensiya ana shu faoliyat, ishharakatni bajara olish layoqati, malakasiga egalik demakdir. Zamonaviy sharoitda mutaxassislar zarur layoqat, malakani bevosita kasbiy oliy ta’lim jarayonida o‘zlashtiradi. Shunday qilib, pedagogning kasbiy kompetentligi, o‘z-o‘zini rivojlantirishning ahamiyati, raqamli ta’lim muhitining pedagogik faoliyatga ta’siri haqida keltirilgan xulosalar ta’lim tizimining yuqori sifatiga erishishda, pedagoglarni raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llashga tayyorlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday kompetent pedagoglar nafaqat jamiyatda raqobatbardosh bo‘lgan, balki o‘z kasbining yuksak malakali mutaxassislari sifatida faoliyat yuritadi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 155 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Bates, T. (2015). Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing Teaching and Learning. Vancouver: Tony Bates Associates Ltd. 2. Markova, A.K. (2000). Pedagogik psixologiya. Moskva: Pedagogika. 3. Schwabenland, C., & Oswick, C. (2015). Understanding Competence and Competency Frameworks. Oxford: Oxford University Press.