MAHMOUD KASHGARI'S WORK "DEVONI DUKATIT TURK" IS AN IMPORTANT SOURCE FOR THE STUDY OF THE ETHNOGRAPHY OF THE TURKIC PEOPLES.
Abstract
The article analyzes the scientific and practical significance of Mahmoud Kashgari's work “Divanu-lughat al-Turk” in the study of ethnography of the Turkic peoples. The work contains valuable information about the life, customs, language and culture of the Turkic peoples and is used as the main source in ethnographic research. The article highlights the content of the work, the methodological approach, and its role in the study of the cultural history and language of the Turkic peoples. The results of the study show the importance of Kashgar creativity for modern ethnographic and linguistic research.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 118 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us MAHMUD QOSHG‘ARIYNING “DEVONI LUG‘ATIT TURK” ASARI TURKIY XALQLAR ETNOGRAFIYASINI O‘RGANISHDA MUHIM MANBA РАБОТА МАХМУДА КАШГАРИ “ДИВАНУ-ЛУГАТ АТ-ТУРК” ЯВЛЯЕТСЯ ВАЖНЫМ ИСТОЧНИКОМ ПО ИЗУЧЕНИЮ ЭТНОГРАФИИ ТЮРКСКИХ НАРОДОВ MAHMOUD KASHGARI'S WORK “DEVONI DUKATIT TURK” IS AN IMPORTANT SOURCE FOR THE STUDY OF THE ETHNOGRAPHY OF THE TURKIC PEOPLES. Azimova Zebiniso Karimovna Osiyo Xalqaro Universiteti magstranti Annotatsiya: maqolada Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari turkiy xalqlar etnografiyasini o‘rganishda ilmiy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Asar turkiy xalqlar hayoti, urf-odatlari, til va madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, etnografik tadqiqotlarda asosiy manba sifatida ishlatiladi. Maqolada asarning mazmuni, metodologik yondashuvi, turkiy xalqlar madaniyati va til tarixini o‘rganishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari Qoshg‘ariy asarining zamonaviy etnografik va lingvistik tadqiqotlar uchun ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Mahmud Qoshg‘ariy, Devonu lug‘atit turk, etnografiya, turkiy xalqlar, til tarixi, madaniyat Аннотация: В статье анализируется научное и практическое значение работы Махмуда Кашгари “ Дивану-лугат ат-Турк ” в изучении этнографии тюркских народов. Работа содержит ценную информацию о жизни, обычаях, языке и культуре тюркских народов и используется в качестве основного источника в этнографических исследованиях. В статье освещаются содержание работы, методологический подход, ее роль в изучении истории культуры и языка тюркских народов. Результаты исследования показывают значение Кашгарского творчества для современных этнографических и лингвистических исследований. Ключевые слова: Махмуд Кашгари, Девону словарь тюркский, этнография, тюркские народы, история языка, культура Abstract: The article analyzes the scientific and practical significance of Mahmoud Kashgari's work “Divanu-lughat al-Turk” in the study of ethnography of the Turkic peoples. The work contains valuable information about the life, customs, language and
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 119 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us culture of the Turkic peoples and is used as the main source in ethnographic research. The article highlights the content of the work, the methodological approach, and its role in the study of the cultural history and language of the Turkic peoples. The results of the study show the importance of Kashgar creativity for modern ethnographic and linguistic research. Keywords: Mahmud Kashgari, Devon Turkic dictionary, ethnography, Turkic peoples, language history, culture Kirish: Ma’lumki, har qanday til hodisasini tarixiy jihatdan o‘rganishning yagona ilmiy yo‘li birlamchi manbalarga asoslanib, yozma yodgorliklar tili bilan hozirgi tilni qiyoslash, shu asosda ikki oradagi yaqinlikni, farq va yangiliklarni aniqlashdir. Markaziy Osiyo xalqlari ko‘p asrlar davomida yaratgan noyob madaniy yodgorliklar qatoriga shu xalq farzandlari yaratgan lug‘atlar ham kiradi. Bunday lug‘atlarning nodir qo‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan va ularning ba'zilari nashr qilingan, ular asosida ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. “Devoni lug‘atit turk” XI asrda Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozilgan turkcha lug‘at bo‘lib, taxminan 1100 betdan iborat. Kitob muqaddima, turkiy til tavsifi va asosiy lug‘atdan iborat. Lug‘at alifbo tartibida tuzilgan va so‘zlardan foydalanishning ko‘plab misollari bilan 8000 ga yaqin yozuvlarni o‘z ichiga oladi. “Devoni lug‘atit turk”ning eng muhim mavzularidan biri so‘z yasalishi, ya'ni mavjud so‘zlardan yangi so‘z yasash jarayonidir. So‘z yasash har qanday tilning muhim qismi bo‘lib, uning so‘z boyligini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. “Devoni lug‘atit turk” mazmunida so‘z yasalishi turkiy tilda yangi so‘z yasash jarayoniga taalluqlidir. Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asari turkiy so‘zlarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etibgina qolmay, turk tili grammatikasi va sintaksisining turli jihatlarini ham tadqiq qiladi. Demak, lug‘at faqat alohida so‘z ma'nolarini emas, balki ularning grammatik shakllarini, hol qo‘shimchalarini, fe’l kelishiklarini ham o‘z ichiga oladi. Lug‘atda ikki yoki undan ortiq so‘zlarning qo‘shilib yangi so‘z yasalishi natijasida hosil bo‘ladigan qo‘shma so‘zlarning yasalishi haqida ham qimmatli ma'lumotlar berilgan. Bu asar jahon tilshunos olimlari e'tiborini tortgan qadimiy asarlardan biridir. “Devonu lug‘oti-tturk” turkiy so‘zlarning arabcha izohli lug‘ati bo‘lgani uchun ilmiy jihatdan alohida ahamiyatga molikdir. Uni har tomonlama tadqiq qilish turkiy xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining tarixini, urfodatlarini, so‘z boyligini, adabiy me'yorini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy qabilalar orasiga kirib bordi, tillarini qiyoslab, ulardagi farqli jihatlarini ko‘rsatib berdi va tillarni shunga binoan tasniflab chiqdi. Asarning bunday tarkib topishidan asosiy maqsad esa, olim aytganidek mukammal, har bir
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 120 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us tillarning o‘z qo‘llanmasi bo‘lsin uchun edi. Shuning uchun ham bizgacha faqat bitta nusxasi yetib kelgan : “Devonu lug‘oti-t-turk” turkshunoslikka oid asarlar ichida eng qadimiyligi va eng qimmatbaholigi bilan e'tiborga loyiq hisoblanadi. Chunki Mahmud Qoshg‘ariy o‘z “Devoni”da barcha so‘zshakllarni hisobga olgan holda hisoblasak, yoki Fitratning, boshqa olimlarning fikrlariga tayansak, muallif taxminan 10 000 atrofida so‘zshakl bilan ishlagan, bu so‘zlarning hammasi, Koshg‘ariyning ta'kidicha, boshqa lug‘atlardan farq qilgan holda, odatda, umumiste'moldagi umumturkiy birliklar. Demak, boshqa lug‘atlarda (qayd etilmagan bo‘lsa-da) turkiy tillardagi barcha so‘zlar (umumiste'molda bo‘lmagan so‘zlar ham) lug‘atlar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa, Qoshg‘ariy o‘z lug‘atida qabilalar tillarida qo‘llanilishiga qaramay, umumiste’molda bo‘lgan turkiy tillar uchun umumiylik xarakteridagi so‘zlarnigina lug‘atiga kiritgan. Shunga ko‘ra, bu lug‘at, hech shubhasiz, turkiy tillar lug‘atchiligining asosiy manbasi sifatida qaralishi to‘g‘ri. Mahmud al-Qoshg‘ariy asarida turli dialektlardagi so‘zlar keltirilgan va ularning farqlari ko‘rsatilgan. Bu turkiy tillar orasidagi fonetik va morfologik farqlarni, ularning o‘ziga xosligini tushunishga yordam beradi. Shu tarzda, qiyosiy lingvistika usulini qo‘llagan holda, turkiy tillar orasidagi o‘zgarishlar va aloqalar tahlil qilinadi. Lug‘atdagi so‘z moddalari oddiy lug‘atlardagiga nisbatan boy va rang-harangdir. Qomusdagi so‘z moddalarining tartibi quyidagi ko‘rinishga egadir: 1) turkiy bosh so‘z + arabcha tarjima; 2) turkiy bosh so‘z arabcha tarjima yoki izoh yoxud tarjima, ham izoh +misol (oddiy gap, maqol, she'r); 3) turkiy bosh so‘z so‘zni o‘z ichiga tarjima yoki izoh + bosh olgan birikma; 4) turkiy bosh so‘z etimologiya; arabcha tarjima yoki izoh 5) turkiy bosh so‘z ikkisi ma'lumot; tarjima yoki izoh yoki har hikmat, rivoyat yoki tarixiy 6) umumiy nom bildiruvchi bosh so‘z tarjima, izoh xususiy nom bildiruvchi so‘z yoki birikma: 7) fe’l moddalari o‘ziga xos tartibga ega. Asar, asosan, turk tilining so‘z ma'nolari va ularning o‘zgarishlarini ko‘rsatib, turk xalqining tarixiy va madaniy merosini jamlaydi. Asar, shuningdek, turkiy tillarning boshqa tillar bilan aloqalari, ularning o‘ziga xos grammatik tuzilmalari va leksik tizimlarini o‘rganishda asosiy manba hisoblanadi. "Devonu lug‘ati-t-turk" nafaqat lug‘at sifatida, balki lingvistik va madaniy manba sifatida ham katta ahamiyatga ega. “Devonu lug‘oti-t-turk” turkiy so‘zlarning arabcha izohli lug‘ati bo‘lgani sababdan ilmiy jihatdan alohida ahamiyatga ega asar hisoblanadi. Uni har tomonlama tadqiq
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 121 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us qilish turkiy xalqlarning. Jumladan, o‘zbek xalqining tarixini, urf-odatlarini, so‘z boyligini, adabiy me'yorini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari turkiy xalqlar etnografiyasini o‘rganishda noyob va mustahkam manba sifatida xizmat qiladi. Asarda turkiy xalqlar hayoti, ijtimoiy tuzilishi, qabilaviy tizimi, urf-odat va e’tiqodlari batafsil yoritilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar zamonaviy etnografik va lingvistik tadqiqotlarda asosiy ilmiy baza sifatida ishlatiladi. Asarning lingvistik tarkibi va etnografik mazmuni turkiy xalqlar madaniyati, til tarixi va antropologik jihatlarni birlashtirgan. Shu bois, Qoshg‘ariy asari nafaqat tarixiy manba, balki metodologik jihatdan xalq hayotini tizimli o‘rganish imkonini beruvchi vosita hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, turkiy xalqlar ijtimoiy va madaniy jihatdan qaysi yo‘nalishlarda rivojlanganini tushunish uchun asar beqiyos ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdullaev F. O‘g‘uz komponentining o‘rni “Devonu lugatit turk” asarida // O‘zbek tili va adabiyoti. – 1971. – № 5. – B. 51–56. 2. Asker R. Mahmud Koshg‘ariyning “Divanü lugat-it-turk” asari asosida bibliografik va grammatik ko‘rsatkich. – Baki, 2008. – B. 192. 3. Ashurboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2016. 4. Dadaboev X. “Devonu lugotit turk”dagi turkiy tillarga xos fonetik va leksiksemantic xususiyatlar xaqida // Tilshunoslikning dolzarb masalalari. – Toshkent, 2008. – B. 9. 5. Suxanberdiyeva S. Teaching the “Devonu lug‘otit turk” with interactive methods // Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Vol. 1, № 5. – P. 248–252.