IJTIMOIY TILSHUNOSLIKDA NUTQNING IXTISOSLASHUVI HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR
Abstract
Ushbu maqolada sotsiolingvistikaning muhim yo‘nalishlaridan biri nutqning ixtisoslashuv hodisasi tahlil qilinadi. Unda nutqning so‘zlovchi va tinglovchi yoshiga qarab farqlanishi, bolalar nutqida til birliklarining fonetik, leksik va stilistik o‘ziga xos tus olish jarayoni, sotsiolingvistikada gender yondashuv ya’ni erkak va ayollar nutqida til birliklarining ixtisoslanishi masalalari yoritiladi. Shuningdek, jamiyat mavqeyiga ko‘ra nutqning xoslanishi o‘z aksini topadi.
Full text
1167 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 IJTIMOIY TILSHUNOSLIKDA NUTQNING IXTISOSLASHUVI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR Muminova Sevinch Erkin qizi Kattaqo‘rg‘on davlat pegagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 23-13-guruh talabasi. e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18066629 Annotatsiya. Ushbu maqolada sotsiolingvistikaning muhim yo‘nalishlaridan biri nutqning ixtisoslashuv hodisasi tahlil qilinadi. Unda nutqning so‘zlovchi va tinglovchi yoshiga qarab farqlanishi, bolalar nutqida til birliklarining fonetik, leksik va stilistik o‘ziga xos tus olish jarayoni, sotsiolingvistikada gender yondashuv ya’ni erkak va ayollar nutqida til birliklarining ixtisoslanishi masalalari yoritiladi. Shuningdek, jamiyat mavqeyiga ko‘ra nutqning xoslanishi o‘z aksini topadi. Kalit so‘zlar: bola tili, keksalarga xos ifodalar, erkak nutqi, ayollar nutqi, kasbiy leksika, ijtimoiy mavqe va nutq. Annotation. The three articles analyze the phenomenon of speech specialization, one of the important directions of sociolinguistics. It covers the differentiation of speech depending on the age of the speaker and listener, the process of acquiring a phonetic, lexical and stylistic specific character of language units in children's speech, and the issues of the gender world in sociolinguistics, that is, the specialization of language units in male and female speech. The specialization of speech according to social status is reflected. Keywords: child language, expressions characteristic of the elderly, male speech, female speech, professional lexicon, social status and speech. Аннотация. Три статьи анализируют феномен специализации речи, одну из важных областей социолингвистики. Рассматриваются дифференциация речи в зависимости от возраста говорящего и слушающего, процесс усвоения фонетических, лексических и стилистических особенностей языковых единиц в детской речи, а также вопросы гендерного мира в социолингвистике, то есть специализация языковых единиц в мужской и женской речи. Рассматривается специализация речи в зависимости от социального статуса. Ключевые слова: детская речь, выражения, специфичные для пожилых людей, мужская речь, женская речь, профессиональный лексикон, социальный статус и речь. Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuv hodisasi rang-barang tabiatga ega. Muloqot jarayonida katta va kichik bolalarning suhbatlashishi turlicha kechadi. Bola tili nima? Xo‘sh, keling bola tiliga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz. “Bolalar nutqida fonetik, grammatik farqlar yaqqol ko‘rinadi. Ularning leksik birliklardan foydalanishi ham o‘ziga xos. Xususan, nutqda faol qo‘llaniladigan so‘zlardan foydalanish, so‘zlarni o‘z ma’nosida tushunish va qo‘llash, murakkab terminlarni ishlatmaslik, so‘zlarning variantlaridan foydalanmaslik, sheva unsurlaridan keng foydalanish, tarixiy va arxaik so‘zlarni deyarli ishlatmaslik, neologizmlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaslik, varvarizmlarni, evfemizmlarni qo‘llamaslik bolalar nutqiga xos. Bolalar nutqida yoshi, tovushlarni talaffuz qila olmasligi kabi hodisalar bilan bog‘liq tarzda turli fonetik hodisalar uchrashi mumkin.” Shunindek, bolalar nutqi kattalar nutqidan farqli ravishda yoshning psixologik, fiziologik va kommunikativ ehtiyojlari bilan belgilanadi.
1168 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bu jarayon lingvistik emas, psixolingvistik yo‘l bilan shakllanadi, ya’ni bola nutqidagi til birliklari uning tafakkur rivoji darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Bolalar ko‘proq sodda so‘zlardan foydalanishadi. Shu bilan birga ular ortiqcha grammatik vositalarni ishlatishmaydi. Stilistik jihatdan emotsional-ekspressivlik bolalar nutqida yetakchilik qiladi. Bolalar nutqida his-hayajon va taqlid so‘zlardan ko‘p foydalanishadi. Bolaning fikrlash qobiliyati birinchi, nutqi esa sal keyinroq rivojlanadi. Fonetik jihatdan bola so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olmaydi. Ular nutqida tovushlarni talaffuz qila olmaslik, birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash, bir tovushni umuman boshqacha talaffuz qilish, tovushlarni tushirib qoldirish yoki o‘rnini almashtirish kabi holatlar uchraydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan ushbu kamchiliklar bartaraf bo‘ladi. Til-tafakkur vositasi. Vygotskiy va Piage ta’kidlashicha, bola avval predmetni anglaydi, keyin uni nomlaydi. Nutq — bola tafakkurining lingvistik ifodasidir. Shuning uchun bola nutqi dastlab mantiqiy emas, sezgi-tasvirli bo‘ladi. Bola tilni jamiyatdan o‘rganadi. Tilni bola ota-ona nutqidan, tarbiyachi va tengdoshlardan, kommunikatsion vaziyatlardan o‘rganadi. Demak, bola nutqining sifatini muhit belgilaydi. Bola nutqiga oid misollar: 1.– Yobiyapa! – dedi ingichka ovozda. Tovushidan tanib, koʻnglimga iliqlik yoyildi. Fotima kelinning qizi. (O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani) Bu misolda tovush almashinish tovush tushish hodisasi mavjud; Yobiyapa-Robiya opa 2.– Senmisan, Popuk? – dedim yaqin borib. – Oyim sizlarnikiga chiqmadilarmi? – Chiqdila, – dedi qizaloq, chopon yoqasidan moʻralab. – Buvimla ettilaki, ovsinlayi ukalayinikiga ketibdila. Ukalayi uyushga ketaykan. Buvamla Koʻtaymaga boyaykanla. (O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani) Bu misolda: chiqdilachiqdilar, buvimla-buvimlar, buvamla-buvamlar, ketibdila-ketibdilar tovush tushishi, ettilaki-aytilarki, boyaykanlaborarkanlar ham tovush tushishi ham tovush almashinishi, ovsinlayi-ovsinlari, ukalayinikigaukalarinikiga, ukalayi-ukalari, uyushga-urushga, ketaykan-ketarkan, Ko‘taymaga-Ko‘tarmaga tovush almashinish hodisalari bor. 3. Yettinchi lаmpаning piligi pаsаytirib qoʻyilgаn, uy ichini tаnchаdаn chiqqаn koʻmir hidi, lаmpаmоy isi tutgаn... Nim qоrоngʻi. Sira uyqum kelmаydi. – Оyi, оbkаshniyam аyting. – Boʻldi, uхlа... – Aytа qо-li-i-ing. – Mаyli, eshit. (O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi) Bu misolda tovush ortirilish hodisasi mavjud: ayta qo-li-i-ing. Keksalar nutqida yaqqol ajralib turadigan xususiyat leksik, grammatik birliklardan foydalanishda ko‘rinadi. Ularning nutqida maslahat, istak, buyruq mazmunidagi gaplar, maqtov, olqish yoki qarg‘ishlar faol ishtirok etadi. Uslubiy jihatdan esa hikoya uslubidagi nutqdan foydalanishadi. Misol uchun: 1. Yoʻq, shunchaki oʻzim. Mana, qopingizni olib keldim. Bugun sizlarnikida qolsam, maylimi? – Voy, qoqindiq, sen yotib qolay deysan-u, men yoʻq dermidim. Sal boʻlmasa, yuragimni qinidan chiqarayozding. Kuz tushibdiki, qorangni koʻrsatmaysan. Qani, oʻtir, isinib ol. (Chingiz Aytmatov “Birinchi muallim asari,” Sayqal kampir nutqi) 2. – Amma, Robi opam qachon keladila? – Keladi, girgitton, keladi, – dedi ammam yelkamga qoqib. – Yaqinda butunlay keladi. (O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani, Qora amma nutqi) 3. Ertasidan oftobroʻya ayvonga oʻtirib olib, koʻrpa qavishga tushdi.
1169 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Men boʻlsam hali bitmagan koʻrpa ustida dumalab oʻynadim. Maza! Ammam urishmadiyu, sal dashnom berdi. – Tur, baraka topkur, paxtasi yigʻilib qoladi. (O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani Qora amma nutqi) 4. Boʻrijar boʻyidagi yolgʻizoyoq yoʻldan qor kechib kelarkanman, burnining qoni tegib qizargan nonni chala chaynab yutayotgan bola koʻz oldimdan ketmas edi. Iloyo urush ochganning uyi kuysin! Bolaning uvoli tutsin! (O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani,bir ayolning nutqi) 5. Dod! – dedi toʻlgʻanib – Zokir! Bolam! Qandoq chidayman. Iloyo arvohing ursin, jon bolam! – Amallab qaddini rostladi-da, koʻzi toʻla yosh bilan Zuhra kelinga yuzlandi. – U dunyobu dunyo kosang oqarmasin, juvonmarg! Kun koʻrib, kuni roʻshnolik koʻrmagin, imonsiz! (O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romanidan Xolposh xola nutqi) Erkaklar va ayollarning o‘zlariga xos so‘zlashuv uslubi, muloqot olami borligi, ularning tili va madaniyatidagi farqli jihatlar, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, ish, mansab, mavqe bois ularni qiziqtiradigan masalalar turlichaligi, hatto, paralingvistik vositalardan foydalanishdagi farqlar ularning nutqini alohida o‘rganishni talab qiladi. Va bu ham sotsiolingvistikaning gender lingvistikasi jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Erkak nutqibu erkaklar tomonidan ishlatiladigan til shakllari va uslublarining ijtimoiy kontekstga bog‘liq xususiyatlari. “Sotsiolingvistlar nutqni nafaqat til qoidalari, balki ijtimoiy rol, jins, yosh, kasb va madaniy faktorlar bilan o‘rganadilar”,- deydi Holmes. Erkak nutqiga xos xususiyatlar: Leksik farqlarneytral, rasmiy so‘zlardan, fonetik va intonatsion farqlarpast, qat’iyroq, buyruq ohang ishlatiladi. Uslubiy jihatdan; aniq va qisqa jumlalar, rasmiy uslubdan foydalaniladi. Emotsionallik jihatdanerkaklar ko‘proq raqobatga asoslangan, o‘zini tasdiqlovchi gaplardan foydalanadilar. Misol uchun: 1. Raykom negadir iljayib qoʻyibdi-da, oqsoqolga siyosat qila ketibdi. “Oʻzingiz pajalista, oqsoqol, ota-buvangiz pajalista! Aka-ukalaringiz pajalista! Qoʻying, duma, xafa boʻlmang, siz pajalistamassiz! (O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani, Raykom nutqi) 2. Kalxonada... Uh, aytgiligi yoʻq. Doʻxtir degani berahm ekan. Onamni koʻrdim, birodarlar, onamni... “Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asari, Ziyodulla chavandoz nutqi) 3. Momomiz lozim ulogʻlari namoyish boʻladi. Bobomiz boʻsh piyolani zarda bilan toʻntarib tashlaydi. Lik etib joyidan turadi. – Etagingizni yopsangiz boʻlmaydimi? – deya oʻshqiradi. ... “Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari, Jamoliddin ketmon nutqi) Ayollar nutqi jamiyatdagi ayol obrazini, mavqeini, madaniy va tarixiy stereotiplarni aks ettiradi. Ayollar nutqi — sotsiolingvistik tushuncha bo‘lib, jamiyatda ayollarning ijtimoiy roli, odob-me’yorlari va kommunikativ maqsadlariga mos tarzda shakllanadigan, odatda muloyimlik, hurmat, hissiylik va muomala madaniyati bilan ajralib turadigan nutq turidir. Ayol nutqiga xos xususiyatlar: Leksik farqlar – ayollar ko‘proq hissiy, ta’sirchan so‘zlardan foydalanishga moyil. Fonetik va intonatsion farqlar – ayollar ko‘proq yumshoq, balandroq ohangda gapiradilar. Kommunikativ strategiyalar – ayollar suhbat jarayonida murosaga moyillik, e’tibor qaratish, qo‘llab-quvvatlash kabi usullardan foydalanadilar. Ayollar nutqida jamiyat stereotiplari muloyimlik, itoatkorlik, his-tuyg‘u,hurmatlilik kabi xususiyatlar yuklanadi. Til esa ushbu stereotiplarni aks ettiradi.
1170 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Misol uchun: 1. - Havo sevalab o‘tadi, momosi, - dedi u. - Bu kishi qayerdan biladi? (“Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar”, Oymomo nutqidan) 2. - Qaniy! Bitta ko‘riy! - dedi qo‘ltig‘imdagi atlasga imo qilib. - Sakkiz tepki ekan! Zokir akamga aytaman, mengayam oberadilar. (O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani, Zuhra kelin nutqi) 3. Hudoning balosi, itvachcha! Maktabda kiming bor? O‘liging qola qolsa bo‘lmasmidi shu maktabda! – Kelino‘ying qulog‘imni burab ura ketdi, – itvachcha, yetimcha! Bo‘rining bolasi o‘lsa ham it bo‘lmaydi! Odamlarning bolalari daladan uyga tashisa, sen uydan dalaga tashaysan! Maktabingni burningdan chiqarmasam… Qarab tur hali. Ikkinchi oyoq bosganingni ko‘rsam, iligingni sindiraman. Hali shoshma, seni… Qani maktabdan og‘iz ochib ko‘r-chi! (Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim”, Oltinoyning yangasining nutqi) Kasbiy leksika — ma’lum bir kasb, hunar yoki faoliyat sohasi vakillari o‘rtasida qo‘llanadigan, aynan shu sohada ishlovchilar uchun tushunarli bo‘lgan maxsus so‘z va terminlar majmuasidir. Bu leksika faqat kasb egalari nutqida faol ishlaydi va boshqa kishilar uchun tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Adresant nutqiga uning kasb-kori ham ta’sir ko‘rsatadi. Chunki insonning hayoti kasb-kor va ijtimoiy mavqega uzviy bog‘liqdir. Masalan, o‘qituvchilar nutqi o‘z fikrini tinglovchiga batafsil tushuntirishi, dalillar qo‘shib gapirishi, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda gapirishga harakat qilishi, noadabiy qatlamga mansub so‘zlar: jargon, vulgar, varvarizmllardan foydalanmasligi bilan ajralib turadi. Masalan; -Ro‘zıyev, to‘g‘ri o‘tirib ol! — dedi Qobilov. To‘g‘ri o‘tirib oldim. -Ro‘ziyev, qani ayt-chi, o‘tgan darsda nimani o‘tuvdik? -Qani? — deb qistadi muallim. ( Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sariq devni minib” muallim nutqi). Ijtimoiy mavqe va nutq munosabati — jamiyat a’zolarining turli ijtimoiy guruhlarga mansubligi ularning tildan foydalanish tizimi, nutq uslubi, leksik tanlovi va kommunikativ xattiharakatlarini belgilab beruvchi sotsiolingvistik hodisadir. Boshqacha aytganda, odamning jamiyatdagi o‘rni (statusi) uning so‘zlash manzili, nutq etiketi, so‘z boyligi, pragmatik maqsadi va muomala uslubiga bevosita ta’sir qiladi. Misol uchun: 1. -O‘tirsangiz-chi! - dedi qovog‘ini solib. - Yangi yilda kolxozchilami tabriklash vazifamga kiradimi axir! Muncha qovoq-dimog‘ qilasiz, o‘rtoq tabelchi?! (O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidan Umar zakunchi nutqi) 2. -Buyrak sal shikastlangan. Jigarni shishgani beziyon - nasib etsa hech nima ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz. (O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidan Komil tabib nutqi) 3. -Dezorganizatorlikka o‘zlari bosh-qosh bo‘ptilar shekilli, o‘rtoq Shomurodov? - dedi labi burilib. – Brigadirlik yuki og‘irlik qilib qoldimi? (O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidan bo‘lim boshlig‘i nutqi) 4. -Nima kasb qilay? Hamma kasblarning ham bozori kasod. Ota kasbim kavushdo‘zlikni qilaymi? Avvalo shuki, kavush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok. Masallig‘ining o‘zi bitib chiqqan kavushdan uch baravar qimmat. (G‘afur G‘ulom “Mening o‘g‘rigina bolam” asaridan o‘g‘ri nutqi) XULOSA Nutqning ixtisoslashuvi jamiyatning yosh omili jihatidan, gender ya’ni ayollar va erkaklarga xos omillari bilan, shuningdek, nutqda jamiyatning ijtimoiy mavqe orqali xoslanish
1171 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu maqolada nutqning ixtisoslanish hodisasi adresant va adresatning yoshiga ko‘ra xususiyati misollar yordamida ochib berilgan.Ulardagi leksik, fonetik va stilistik farqlar yetarlicha yoritilgan. Sotsiolingvistikada gender yondashuv: erkak va ayol nutqiga xos farqlar bunda o‘z inkosini topgan. Kasb-kor va ijtimoiy mavqega ko‘ra nutqning xoslanishida terminologiya, jargon va argon kabi til birliklarining o‘rni maqolada yaqqol namoyon bo‘lgan. Umumman olganda, nutqning sotsiolingvistikada ixtisoslanishi hodisasi, O‘tkir Hoshimov, Chingiz Aytmatov, Tog‘ay Murod, G‘afur G‘ulom, Oybek va Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlaridan misollar olingan holda isbotlangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Yusupova O. Sotsiolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2023, 109-sahifa 2. Usmonova Sh. Bekmuxamedova N. Iskandarova G. “Sotsiolingvistika”, Toshkent- “Univirsetet”, 2014-yil, 24-sahifa 3. Hudson R. A. Sociolinguistics, Cambridge University Press-1980 40-50-sahifalar 4. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani, Toshkent-“Sharq” 2012-yil. 5. Boshqa badiiy asarlar