scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTELLEKTUAL MULK HUQUQINING XALQARO MUOMALA OBYEKTI SIFATIDA HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI

Fayziyeva Dilnoza Abduraximovna

Abstract

Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlari muomalada eng harakatchan obyektlardan hisoblanishi, ular g‘oyaviy negizga ega bo‘lgani sababli butun jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalishi mumkinligi e’tirof etiladi. Bunday obyektlar muayyan mamlakat miqyosida milliy rejimga ega bo‘lishi yoxud xalqaro bitimlar, kelishuvlar, Konvensiyalar asosida xalqaro huquqiy rejimga ega bo‘lishlari ham mumkin, ko‘pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar maxsus muhofaza yorlig'i (patent) asosida vujudga keladi. Intellektual mulkning xalqaro muomalada bo‘lishida intellektual mulk bozoriga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatib turuvchi tashkiliy tuzilmalar mavjud. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlardan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasida litsenziar (mutlaq huquq egasi) hisoblanuvchi taraf ta’sis etilgan, turar-joyga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakatning milliy huquqi qo‘llaniladi.

Full text

1198 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 INTELLEKTUAL MULK HUQUQINING XALQARO MUOMALA OBYEKTI SIFATIDA HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI Fayziyeva Dilnoza Abduraximovna Buxoro yuridik texnikumi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18067476 Annotatsiya. Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlari muomalada eng harakatchan obyektlardan hisoblanishi, ular g‘oyaviy negizga ega bo‘lgani sababli butun jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalishi mumkinligi e’tirof etiladi. Bunday obyektlar muayyan mamlakat miqyosida milliy rejimga ega bo‘lishi yoxud xalqaro bitimlar, kelishuvlar, Konvensiyalar asosida xalqaro huquqiy rejimga ega bo‘lishlari ham mumkin, ko‘pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar maxsus muhofaza yorlig'i (patent) asosida vujudga keladi. Intellektual mulkning xalqaro muomalada bo‘lishida intellektual mulk bozoriga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatib turuvchi tashkiliy tuzilmalar mavjud. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlardan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasida litsenziar (mutlaq huquq egasi) hisoblanuvchi taraf ta’sis etilgan, turar-joyga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakatning milliy huquqi qo‘llaniladi. Kalit so'zlar: intellektual mulk, maxsus muhofaza yorlig‘i, xizmat belgisi, tijorat belgisi, firma nomi, patent, sanoat mulki, ixtirolar, mulk obyekti, litsenziya, ilmiy kashfiyotlar, ilmiy ishlar. Аннотация. В данной статье признается, что объекты интеллектуальной собственности относятся к числу наиболее мобильных объектов в обращении, и, поскольку они имеют идеологическую основу, могут быстро распространяться по всему миру. Такие объекты могут иметь национальный режим в рамках конкретной страны или международный правовой режим, основанный на международных договорах, соглашениях и конвенциях, а права на многие объекты интеллектуальной собственности возникают на основании специального охранного свидетельства (патента). В международном обращении интеллектуальной собственности существуют организационные структуры, оказывающие специфическое влияние на рынок интеллектуальной собственности. В лицензионном соглашении на использование исключительных прав на объекты интеллектуальной собственности применяется национальное законодательство страны, в которой зарегистрирована, имеет место жительства или основное место деятельности сторона, считающаяся лицензиаром (обладателем исключительного права). Ключевые слова: интеллектуальная собственность, знак специальной защиты, знак обслуживания, товарный знак, название компании, патент, промышленная собственность, изобретения, объект собственности, лицензия, научные открытия, научные работы. Abstract. This article recognizes that intellectual property objects are among the most mobile objects in circulation, and since they have an ideological basis, they can spread rapidly throughout the world. Such objects may have a national regime within a particular country or may have an international legal regime based on international treaties, agreements, and Conventions, and rights to many intellectual property objects arise on the basis of a special protection certificate (patent). In the international circulation of intellectual property, there are organizational structures that have a specific impact on the intellectual property market. In a license agreement on the use of exclusive rights to intellectual property objects, the national law 1199 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 of the country in which the party considered the licensor (exclusive right holder) is established, has its residence or has its main place of business is applied. Keywords: intellectual property, special protection label, service mark, trade mark, company name, patent, industrial property, inventions, property object, license, scientific discoveries, scientific works. XIX asming oxirlariga kelib intellektual faoliyat mahsullari taraqqiyotning belgilovchi omiliga aylangach, xalqaro miqyoslarda ilmiy texnikaviy bozor vujudga keldi, turli mamlakatlarda bu sohani tartibga soluvchi qonunlami yaqinlashtirishga obyektiv zarurat tug‘ildi. Buning o‘ziga xos ifodasi sifatida sanoat mulki tushunchasi vujudga keldi, uning huquqiy rejimi belgilari 1883-yil 20-martda tuzilgan sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasida mustahkamlab qo‘yildi. O‘z navbatida bunday jarayon mualliflik huquqida ham sodir bo‘ldi va 1886-yilda tuzilgan adabiy va badiiy asarlarni huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bem Konvensiyasida o‘z mujassamini topdi. 1967-yil 14-iyulda Stokgolmda qabul qilingan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ni ta’sis etish haqidagi Konvensiyada intellektual mulk huquqi obyektlari doirasi belgilandi va binobarin «intellektual mulk» tushunchasi ma’lum ma’noda huquqiy asosga ega bo’ldi. O‘zbekiston Respublikasi 1993-yildan buyon Parij Konvensiyasi ishtirokchisi va BMT a’zosi bo‘lganligi sababli intellektual mulk va sanoat mulki tushunchasi bizning huquqiy tizimimiz uchun ma’lum ma’noda ahamiyatga ega. BMT ta’sis Konvensiyasining 2-moddasi (7-qism)ga asosan quyidagilar intellektual mulk huquqi obyekti hisoblanadi: 1) adabiy, badiiy asarlar va ilmiy ishlar; 2) artistlaming ijrochilik faoliyati, fonogrammalar va radioeshittirishlar; 3) inson faoliyatining barcha sohalaridagi ixtirolar; 4) sanoat namunalari; 5) ilmiy kashfiyotiar; 6) mahsulot belgilari, xizmat belgilari va tijorat nomlari va belgilari (ramzlari); 7) g‘irrom raqobatning oldini olish; 8) sanoat, adabiy va badiiy faoliyat sohalarida intellektual faoliyatdan kelib chiquvchi boshqa huquqlar. Sanoat mulki deganda inson tafakkuri, ijodning mahsuli bo‘lgan va amaliyotda qo‘llaganda moddiy yoki boshqacha tarzda samara beradigan mahsullari tushuniladi. Sanoat mulki iborasi uning qo‘llanish doirasini cheklangan ma’noda talqin etadi va bu mulk obyektlari amalda tatbiq etish sohalarini to‘liq qamrab olmaydi. Bunday noaniqlik o‘zining tarixiy ildizlariga ega. Ma’lumki sanoat mulkining asosiy turi bo‘lgan ixtirolar dastlab asosan sanoatda bevosita qo‘llanilgan va keyinchalik moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy turmushning boshqa sohalarida tatbiq etila boshlangan. Biroq bu davrga kelib, «sanoat mulki» tushunchasi Yevropa tillarida va Yevropa mamlakatlari qonunlarida mustahkam o‘rmashib qolgani uchun garchi yetarli darajada aniq ifodalangan ibora bo‘lmasa ham tegishli ibora bilan almashtirilmadi. Parij Konvensiyasining 1-2-moddasiga asosan sanoat mulkining muhofaza obyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1) ixtirolar; 2) foydali modellar; 3) sanoat namunalari; 4) mahsulot belgilari; 5) xizmat belgilari; 6 ) firma nomi; 7) kashfiyot; 8) manbani (mahsulot kelib chiqish manbasi) ko‘rsatuvchi ma’lumot; 9) mahsulot kelib chiqish (tayyorlash) joyining nomi; 10) g‘irrom raqobatning oldini olish. 1200 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Seleksiya yutuqlari (o‘simliklaming yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari) ham ko‘p hollarda sanoat mulki obyektlariga tenglashtiriladi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, intellektual mulk tarkibiga kashfiyotlar ham kiradi. Biroq kashfiyotlaming fuqarolik huquqiy rejimi boshqa obyektlarga nisbatan farq qiladi. Kashfiyot ham ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lib, moddiy olamning ilgari noma’lum bo‘lgan qonuniyatlari hodisalarini ochish, aniqlash hisoblanadi. Ilgari amalda bo‘lgan Grajdanlik kodeksining 546-566-moddalarida kashfiyotchilik huquqi mustahkamlab qo‘yilgan edi. Bunga asosan kashfiyot Davlat ro'yxatidan o‘tkazilib, uning muallifi kashfiyot qilganligini, uning ustuvorlik sanasini guvohlantiruvchi diplom berish, mukofot berish va boshqa mulkiy va shaxsiy xarakterdagi imtiyozlarga ega bo‘lish nazarda tutilgan edi. Ammo yangi FKda kashfiyot maxsus huquqiy maqomga ega ijodiy faoliyat mahsuli sifatida belgilanmagan. Buning asosiy sababi shundan iboratki, kashfiyotga bo‘lgan huquq u yoki bu shaxsning undan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqini nazarda tutmaydi, chunki u xarakteri bo‘yicha u yoki bu subyektga monopoliya (mutlaq tegishli) obyekt bo‘la olmaydi. Shu sababli ham u ko‘p mamlakatlarda bevosita huquqiy muhofaza ostiga olinmagan. 1978-yilda BIMT doirasida kashfiyotlarni xalqaro ro‘yxatga olish haqida Jeneva Konvensiyasi tuzilgan. Lekin ushbu Konvensiyada ham ilmiy kashfiyotlaming maxsus muhofaza shakli nazarda tutilmagan. Ba’zi mualliflar buning sababini kashfiyot mulkiy muomala obyekti bo‘lishiga layoqatli bo‘lgan ijodiy mahsulotni vujudga keltirmaydi, balki moddiy olam haqidagi tasavvurlarimizni chuqurlashtirib, bilimlarimizni boyitadi, anglab yetish, bilib olish vazifalarini hal etadi xolos, degan qarashlar bilan izohlaydilar va bundan kashfiyot bilan bog‘liq munosabatlar Fuqarolik-huquqiy tartibga solish predmeti bo‘la olmaydi degan xulosaga keladilar. Odatda, har bir mamlakat qonunlari shu mamlakat hududida intellektual mulk obyektini himoya qiladi. Agarda masalan, ixtiro, sanoat namunasi bo‘yicha patent egasi bu obyektlar bo‘yicha bir necha mamlakatda huquqiy muhofaza olmoqchi bo‘lsa, bu mamlakatlaming har birida patent olmog‘i lozim bo‘ladi. O‘z fuqarolarini intellektual mulk obyektiga nisbatan xorijiy davlatlarda huquqiy muhofazaga olishni kafolatlash maqsadida 1883-yilda 11 davlat sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasini imzoladi va Xalqaro Parij Ittifoqini tuzdi. Hozirgi vaqtda ushbu Konvensiyani 110 dan ortiq mamlakat imzolagan. O‘zbekiston Respublikasi ham Parij Konvensiyasining ishtirokchisi hisoblanadi. Konvensiyada uning qatnashchisi bo‘lgan davlatlar sanoat mulkining ayrim sohalari bo‘yicha maxsus bitimlar tuzishi mumkinligi nazarda tutilgan. Albatta bunday bitimlar Konvensiyaga zid bo‘lmasligi shart. Konvensiyaning dastlabki matni 1883-yilda tuzilgan, 1891-yilda Madridda Tushuntirish bayonnomasi bilan to'ldirilgan, 1900-yilda Bryusselda, 1911-yilda Vashingtonda, 1925-yilda Gaagada, 1934-yilda Londonda, 1958-yilda Lissabonda, 1967-yilda Stokgolmda qayta ko‘rib chiqilgan va 1979-yilda unga tuzatishlar kiritilgan. Konvensiya barcha davlatlar uchun ochiq. Ratifikatsiya yorlig‘i yoxud qo‘shilish haqidagi hujjat BIMT Bosh direktoriga saqlash uchun topshirilishi lozim. Konvensiya keng ma’nodagi sanoat mulki sohasida qo‘llaniladi. Uning doirasiga ixtirolar, tovar belgilari, xizmat belgilari, sanoat namunalari, foydali modellar, firma nomi, geografik ko‘rsatkichlar (kelib chiqish manbasi ko‘rsatkichi, kelib chiqish joyining nomi) va g‘irrom raqobatning oldini olish kiradi. Konvensiyada ustuvorlik sanasiga bo‘lgan huquq patentlarga, tovar belgilari, sanoat namunalariga nisbatan mustahkamlangan. Uning mohiyati shundan iboratki, Konvensiyada barcha ishtirokchi davlatlar rioya qilishlari shart bo‘lgan qator umumiy qoidalar belgilangan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 1201 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 a) patentlarga nisbatan: turli ishtirokchi davlatlarda aynan bir ixtiroga berilgan patentlar bir-biridan mustaqildir; bir ishtirokchi davlatning patent berishi boshqa ishtirokchi davlatning ham patent berishini ham shart qilib qo‘ymaydi. Bir ishtirokchi davlatda patent berish rad etilganligi, patentni bekor qilganligi, uning muddati o‘tganligi boshqa ishtirokchi davlatda patent berishni rad etishga, uni muddati tamom bo‘lgan deb e’lon qilishga yoki patentni bekor qilishga asos bo‘lmaydi. Ixtirochi patentda o‘z nomining ko‘rsatilishi huquqiga ega. Agarda milliy qonunchilikka asosan patentlangan usul bo‘yicha tayyorlangan buyumni sotish taqiqlangan yoxud cheklangan bo‘lsa ham patent berishni rad etish yoxud patentni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi. Har bir ishtirokchi davlat mutlaq huquqlarini amalga oshirish har xil suiiste’molchiliklami keltirib chiqarmasligi uchun majburiy litsenziya berilishi lozim bo‘lgan holatlarni qonunlarda nazarda tutishi mumkin; b) tovar belgilariga nisbatan: tovar belgilariga talabnoma berish va ro'yxatdan o‘tkazish har bir ishtirokchi davlatning milhy qonunlari bilan belgilanadi. Demak ishtirokchi davlat fuqarosi tomonidan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan talabnoma bu fuqaroni o‘z davlatida ro‘yxatdan o ‘tkazdirilmaganligi yoki muddati uzaytirilmaganligi sababli qabul qilinmasligi yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi mumkin emas. Tovar belgisi ishtirokchi davlatlardan birida ro‘yxatdan o'tkazdirilishi bilan u boshqa har qanday mamlakatda, shu jumladan tovaming kelib chiqish manbayi bo‘lgan mamlakatda ro‘yxatdan o'tkazdirishlardan mustaqil boiadi va ularga bogiiq boimaydi; d) sanoat namunalariga nisbatan: har bir ishtirokchi davlatda sanoat namunalari muhofaza etilishi lozim va bunda sanoat namunasi ifodalangan buyum bu davlatda tayyorlanmasligi huquqiy muhofazani haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lmaydi; e) firma nomiga nisbatan: har bir ishtirokchi davlatda firma nomlari talabnoma berish yoki ro‘yxatdan o'tkazish shart bo‘lmagan holda huquqiy muhofaza qilinadi; f) mahsulotlaming kelib chiqish joyi ko‘rsatkichlariga nisbatan: har bir ishtirokchi davlat mahsulotning kelib chiqish joyi haqidagi yolg'on ko‘rsatkichlardan yoki bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi bevosita yoki bavosita foydalanishiga qarshi choralami ko‘rmog‘i shart; g) g‘irrom raqobatga nisbatan: har bir ishtirokchi davlat g'irrom raqobatdan samarali muhofaza qilinishi shart; h) milliy ma’muriyatga nisbatan: har bir ishtirokchi davlat ommani patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari bilan tanishtirish uchun sanoat mulki bo'yicha maxsus xizmat yoki markaziy muassasa tashkil etmog‘i lozim. Bu xizmat rasmiy davriy axborotnoma chiqarishi lozim. Axborotnomada berilgan patent egalarining nomlari, patentlangan ixtirolaming qisqacha izohi va qayd etilgan har bir tovar belgisi tasviri e’lon qilinib berilishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2023 2. Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasi 1883-yil 3. Adabiy va badiiy asarlarni huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bem Konvensiyasi 1886-yil 4. Stokgolmda qabul qilingan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ni ta’sis etish haqidagi Konvensiya 1967-yil. 5. Kashfiyotlarni xalqaro ro‘yxatga olish haqida Jeneva Konvensiyasi 1978-yil