O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI
Abstract
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida mahkumlarning huquqiy holati, ularga berilgan huquqlar haqida bayon etilgan bo’lib, ularning jazoni ijro etish muassasalarida o’zini tutish tartibi ham keltirib o’tilgan. Mahkum ajnabiy bo’lgan taqdirda uning o‘z davlatining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega ekanliklari haqida to’liqroq ma’lumot berib o’tilgan. Shuningdek “Saylov kodeksi”da mahkumlarning saylovlarda ishtirok etish huquqi ham yoritilgan.
Full text
1202 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI Xakimova Gulrux Abdunabiyevna Buxoro yuridik texnikumi “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi. Tel: 998 (93) 450 28 33 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18067503 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida mahkumlarning huquqiy holati, ularga berilgan huquqlar haqida bayon etilgan bo’lib, ularning jazoni ijro etish muassasalarida o’zini tutish tartibi ham keltirib o’tilgan. Mahkum ajnabiy bo’lgan taqdirda uning o‘z davlatining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega ekanliklari haqida to’liqroq ma’lumot berib o’tilgan. Shuningdek “Saylov kodeksi”da mahkumlarning saylovlarda ishtirok etish huquqi ham yoritilgan. Tayanch tushunchalar: mahkum, saylov, konsullik vakolatxona, diplomatiya, Jinoyatijroiya kodeksi, Saylov kodeksi. LEGAL STATUS OF PRISONERS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN Annotation. This article describes the legal status of prisoners in the Republic of Uzbekistan, the rights granted to them, and the procedure for their behavior in penal institutions. If the prisoner is a foreigner, he has the right to communicate with the diplomatic missions and consular institutions of his country, and for citizens of countries without diplomatic and consular institutions in the Republic of Uzbekistan, with the diplomatic missions of the country that has undertaken to protect their interests. more detailed information about what they have. The "Electoral Code" also describes the right of prisoners to participate in elections. Key words: convict, election, consular representation, diplomacy, Criminal Procedure Code, Election Code. ПРАВОВОЕ ПОЛОЖЕНИЕ ЗАКЛЮЧЕННЫХ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН Аннотация. В данной статье описывается правовое положение заключенных в Республике Узбекистан, предоставленные им права и порядок их поведения в учреждениях исполнения наказаний. Если заключенный является иностранцем, он имеет право на сношение с дипломатическими представительствами и консульскими учреждениями своей страны, а для граждан стран, не имеющих дипломатических и консульских учреждений в Республике Узбекистан, с дипломатическими представительствами страны, взявшей на себя обязательство для защиты своих интересов более подробную информацию о том, что у них есть. В «Избирательном кодексе» также описывается право заключенных участвовать в выборах. Ключевые слова: осужденный, выборы, консульское представительство, дипломатия, Уголовно-процессуальный кодекс, Избирательный кодекс. «Hech kim toki qamoqxonaga tushmagan ekan, millatni chinakamiga anglamabdi. Millat o‘zining obroʻ-eʼtiborli insonlariga munosabati bilan emas, jamiyatning eng quyi bo‘g‘inlaridagi fuqarolarga qanday munosbatda ekanligiga qarab baholanmog‘i kerak» Nelson Mandela
1203 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bizga ma’lumki, jinoyat sodir etgan har bir shaxs uning ijtimoiy xavfli qilmishi qanday asoslarda sodir etilganligidan qat’i nazar jinoyat kodeksidagi jinoyatning jazoga sazovorligi prinsipi asosida javobgarlikka tortiladi. Mana shunday jazoga sazovor harakatni sodir etganligi uchun jazo o’tayotgan shaxslar ham Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda boshqa qonunlarda belgilandan istisnolar hamda cheklashlar bilan O’zbekiston Respublikasi fuarolari uchun belgilangan huquqlar, erkinliklar hamda majburiyatlarga ega bo’ladilar. Mahkumlarning asosiy huquqlari sifatida quyidagilarni takidlab o’tish lozim: jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish Mazkur huquq orqali jazo o’tayotgan mahkum tayinlangan jazo xususiyatidan kelib chiqadigan tartib va shartlar xususida axborot olishi uning jazoni o’tashda huquqiy xatolarga qo’l urib qo’yishining oldini oladi. Hamda uning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirilishi o’z huquqlarini amalga oshirish orqali jazo ta’sir chorasini o’tashda adolatlilik prinsipi qaror topishiga ko’maklashadi. jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta’minlanadi; tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning xizmatidan foydalanish; Ushbu huquq Respublikamiz fuqarolari uchun Konstitutsiyamizning 35-moddasida kafolatlangan siyosiy huquqdir. Mahkumlar jazoni ijro etish vaqtida ushbu huquqni amalga oshirish orqali o’zlarining huquqlarini to’laqonli himoya qilib, o’zining fikr-mulohazalarini erkin bildirish kafolatidir. Bizga ma’lumki, yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ushbu holatni inobatga olgan holda ariza, shikoyat va takliflar o’z ona tilida yoki boshqa tilda berilishi kafolatlangan. Bu jarayonning huquqiy asosi “O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi”, O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili to’g’risida”gi qonuni va boshqa huquqiy asoslarda keltirib o’tilgan. Mahkumlarning shuningdek: o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish; jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi;
1204 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish. Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega. Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. Intizomiy qismga jo‘natishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u o‘z shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga og‘zaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshlig‘iga taqdim etadi. Mahkumning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi arizasi (xabari) mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi arizalarini (xabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro etish muassasasining yoki organining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani (xabarni) olgandan so‘ng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani (xabarni) ko‘rib chiqadi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida yoxud ularni qo‘llashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror darhol qabul qilinadi. Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qo‘ydirib tanishtiriladi. Xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i mahkumning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan xavfsizlik choralarini qo‘llaydi. Xavfsiz joyga o‘tkazilgan mahkum jazoni bu erga o‘tkazilguniga qadar belgilangan saqlash sharoitlarida o‘taydi. Mahkumlar: jazoni o‘tash tartibi va shartlariga rioya etishga; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar. Mahkumlarning o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
1205 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mamlaktimiz demokratik yo’lni tanlagani bois mustaqillikning ilk kunlaridayoq Inson va Inson qadri oliy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Manashu tanlagan yo’limiz davomida Inson omilini yuksaltirish borasida 30 yillikda sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi. O’lim jazosining bekor qilinishidan tortib to bugungi kun islohotlari bilan fikrimizni asoslasak bo’ladi. Buislohotlar shabadasi nafaqat erkin insonlar hamda mahkumlarning ham ko’kragiga tegib ularni inson sifatida qadri o’sishiga ko’mak bo’lmoqda. Xususan, yaqinda qabul qilingan eng kenja kodeksimiz, “Saylov kodeksi”da ham Mahkumlarning ayrim toifalariga saylov huquqining berilishi ushbu fikrimizning isbotidir. Shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanoyotgan mahkumlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman, va shahar Kengashlari deputatlari saylovida ishtiroki kafolatlangan. Bu ham bevosita inson omiliga borib taqaladigan islohotdir. Manashu islohotning uzviy davomi sifatida og’ir hamda o’ta og’ir jinoyati uchgun birinchi marotaba, muddatli ozodlikdan mahrum etish jazoisiga hukm qilingan shaxslarning jazo muddatini so’nggi ikki yili agarda saylovlarga to’g’ri kelib qolsa, ularning ham saylovda ishtiroki ta’minlansa, insonparvarlik islohotining oliy ko’rinishi bo’lgan bo’lar edi. Chunki bu shaxslar ozodlikka chiqqach albatta saylagan vakillari hamda Prezidenti amalga oshirayotgan ishlar hamda siyosiy jarayonlarning bevosita ishtirokchisiga aylanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.:”O’zbekiston”, 2017 y 2. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi./ www.lex.uz 3. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi./www.lex.uz 4. B.J.Axrarov, N.S.Salayev “Jinoyat-ijroiya huquqi” o’quv qo’llanma. -T: “Voris - nashriyot” 5. 2012 yil 6. Jinoyat protsessi: Darslik. Maxsus qism. //Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida. –T.; TDYI, 2003