scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHE'RIY MATNDA NUTQIY AKT VA DEYKSISNING IFODALANISHI (USMON AZIM SHE'RLARI MISOLIDA)

Sarbarova, Dilnoza Nosirjon qizi

Full text

270 3 5 SHE’RIY MATNDA NUTQIY AKT VA DEYKSISNING IFODALANISHI (USMON AZIM SHE’RLARI MISOLIDA) Sarbarova Dilnoza Nosirjon qizi, O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d., PhD DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18069984 Annotation. The article analyzes the features of the expression of speech acts and deixis in poetic texts from a pragmalinguistic perspective. The research material consists of poems selected from the works of Usmon Azim, one of the leading representatives of modern Uzbek poetry, in which the forms of realization of locutionary, illocutionary, and perlocutionary acts in poetic discourse are identified. In addition, the study reveals the semantic and pragmatic load of deictic units in literary texts and examines their role in shaping communicative relations between the lyrical subject and the reader. The results of the analysis indicate that speech acts and deixis in Usmon Azim’s poetry function as important components of poetic pragmatics and determine the specificity of the poet’s individual authorial style. Key words: poetic text, speech act, deixis, poetic pragmatics, lyrical subject, Usmon Azim. Аннотация. В статье анализируются особенности выражения речевых актов и дейксиса в поэтическом тексте на основе прагмалингвистического подхода. В качестве материала исследования использованы стихотворения, отобранные из творчества одного из ведущих представителей современной узбекской поэзии — Усмона Азима, в которых выявляются формы реализации локутитивных, иллокутивных и перлокутивных актов в поэтической речи. Также раскрывается семантико-прагматическая нагрузка дейктических единиц в художественном тексте и их роль в формировании коммуникативных отношений между лирическим субъектом и читателем. Результаты анализа показывают, что речевые акты и дейксис в поэзии Усмона Азима выступают важными компонентами поэтической прагматики и определяют специфику индивидуального авторского стиля. Ключевые слова: поэтический текст, речевой акт, дейксис, поэтическая прагматика, лирический субъект, Усмон Азим. Annotatsiya. Mazkur maqolada she’riy matnda nutqiy aktlar va deyksis hodisasining ifodalanish xususiyatlari pragmalingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Usmon Azim ijodidan tanlab olingan she’rlar asos qilib olinib, ularda lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarning poetik nutqda namoyon bo‘lish shakllari aniqlanadi. Shuningdek, deyktik birliklarning badiiy matnda semantik-pragmatik yuklama kasb etishi hamda lirik subyekt va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabatni shakllantirishdagi roli ochib beriladi. Tahlil natijalari Usmon Azim she’riyatida nutqiy akt va deyktik birliklar poetik pragmatikaning muhim komponenti sifatida individual muallif uslubini belgilashini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: she’riy matn, nutqiy akt, deyksis, poetik pragmatika, lirik subyekt, Usmon Azim. Kirish. Hozirgi kunda pragmalingvistika tilshunoslikning yangi va amaliy tarmog‘i sifatida keng rivojlanib bormoqda. Dunyo tilshunosligida bu sohada bir qator tadqiqotlar qilindi, aytishga arzigulik natijalarga erishildi. Xususan, M.Hakimovning matnning pragmatik talqiniga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasi o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan katta yutuqlardan biridir. Lingvistik belgining umumsemiologik tabiati, til sathlariaro munosabat, nutqiy akt nazariyasi, matnning pragmasemantik tadqiqi kabi masalalarga oydinlik kiritar ekan, tilshunos olim pragmatikaning obyekti haqida ma’lumot 271 3 5 berib, “Konkret jumlalardan anglashilgan bir qator qo‘shimcha ma’nolar nutqiy vaziyat, kontekst bilan uzviy bog‘liqdir. Nutqiy vaziyat, kontekst bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ana shunday ma’nolar va bu ma’nolarni ifodalovchi vositalar lingvistik pragmatikaning o‘rganish obyekti sanaladi”[ 2: 26], deya ta’kidlaydi. Nutqni so‘zlovchi tinglovchiga yetkazib berishi, uning ta’sir darajasi va ahamiyati kabi muammolar bugungi kunda pragmalingvistika sohasida dolzarb masalalardan biri sifatida o‘rganilib kelinmoqda. Bizga ma’lumki, borliqdagi voqeliklar ma’lum harakatlar orqali sodir etiladi va ular inson nutqi orqali namoyon bo‘ladi. So‘zlovchining ko‘zlagan maqsadida, shuningdek, uning nutqiy faoliyati hamda tinglovchiga yetkazib berish jarayonida pragmatik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Inson harakat-holatining nutqiy faoliyat orqali ifoda etilishi natijasida esa nutqiy aktlar yuzaga keladi. Pragmalingvistikada muhim o‘rin tutuvchi nutqiy aktlar she’riy matnda deyktik birliklar bilan yonma-yon kelib, muhim ahamiyat kasb etadi. “Nutqiy akt tushunchasi odamlar orasidagi aloqa-aralashuv jarayonida sodir etiluvchi o‘zaro ma’no aktlari munosabatining bayonidir” [ 2: 8]. Adabiyotlar sharhi. Nutqiy aktlar ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, J.Ostin, K.Allan, J.Serl kabi pragmalingvist olimlar tomonidan nutqiy akt nazariyasiga oid ilmiy taqdiqotlar olib borilgan. Jumladan, Sh.Safarov, M.Hakimov ham o‘z tadqiqot ishlarida nutqiy akt nazariyasi bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirgan hamda yuqorida nomlari keltirilgan olimlarning nutqiy akt tasnifiga doir qarashlarini sharhlab o‘tgan. A.Maslova esa nutqiy akt borasida quyidagicha munosabat bildirgan: “Nutqiy akt bu muayyan maqsad bilan yuzaga kelgan, faol ta’sir vazifasiga ega ifodadir”[4:51]. Pragmalingvistikaga doir adabiyotlarda nutqiy aktning quyidagi ko‘rinishlari sanab o‘tiladi: lokutiv – talaffuz faoliyatining voqelanishini ifodalaydi; illokutiv – nutq egasining ichki maqsadlari nazarda tutiladi; perlokutiv – tinglovchi ongiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazishni hamda uning nutqni qabul qilish jarayonini ifodalaydi. Bular orasida illokutiv akt turi nutqiy akt nazariyasida eng keng tarqalgan tushuncha hisoblanadi. Sh.Safarov illokutiv akt xususida shunday deydi: “illokutiv akt tushunchasi pragmalingvistikada inson tomonidan nutqiy jarayonda va nutqiy faoliyat vositasida bajariladigan harakatdir” [1: 76]. Tadqiqot metodologiyasi. She’riy matn tahlilida tavsiflash, tasniflash, qiyoslash hamda kontekstual metodlardan foydalaniladi. Shuningdek, she’riy matnlarda yuqorida sanab o‘tilgan nutqiy aktning uch ko‘rinishi ham ifodalanadi. Bunga esa quyida keltirilgan misralar orqali guvoh bo‘lamiz: O, sasing yetishdi ruh ila tanga, Rahmat, kalomlaring buncha muloyim!.. Ushbu misralarda nutqiy aktning lokutiv ko‘rinishi ifodalangan bo‘lib, uni misra boshida undov so‘zdan ham anglab olish mumkin. Rahmat so‘zi orqali mamnuniyat va 272 3 5 minnatdorlik akti ifodalangan bo‘lib, bu misralarda ishoraviylik ham ko‘zga tashlanadi. Baytlardan go‘yoki shaxsga ishora qilinayotganday tuyulsa-da, lekin bu she’rda yaratganga ishoraviylik mavjud. Bu esa keyingi misralarda yanada oydinlashadi: Meni o‘chirtirma biror bandangga, O‘zing o‘chir meni, o‘zing Xudoyim! (Saylanma, 183-b.) Quyidagi misralarda esa nutqiy aktning illokutiv maqsad ifodalashiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Illokutiv maqsad ta’kid hamda kuchli his-hayajon bilan birgalikda ifodalangan bo‘lib, buni o‘zing olmoshini takror qo‘llanilganidan ham anglash mumkin. Uyingizni topib bormasin xatlar, Yomg‘irlar chertmasin derazangizni. Sizga hamroh bo‘lsin eng og‘ir dardlar, Eng mayda dardlar ham qiynasin sizni. (Saylanma, 89-b.) Yuqoridagi misralarda ham illokutiv maqsad ifodalangan bo‘lib, qahramonning sevgilisiga bo‘lgan iztirobli “niyat-maqsadlari” bayon qilingan. O‘zaro zidlikni hosil qilgan eng og‘ir dardlar hamda eng mayda dardlar birikmalari orqali g‘am-alam, iztirob, kuchli sog‘inch kabi tuyg‘ularga ishora qilingan. Shuningdek, bu misralarda buyruq akti ham ko‘zga tashlanadi: topib bormasin, chertmasin, qiynasin… Tahlil va natijalar. Ta’kidlash kerakki, nutqiy akt sodir bo‘lishida so‘zlovchi va tinglovchining o‘rni katta hisoblanadi. So‘zlovchining, shu bilan bir qatorda, tinglovchining ham qiziqishlari, munosabatlari nutqiy aktda muhim rol o‘ynaydi. She’riy matnda deyksisning nutqiy akt tarkibida kelishi matn mazmunining mukammallashuviga hamda so‘zlovchi nutqining ta’sir doirasi kengayishiga xizmat qiladi. E voh, yer shuncha qattiq, Osmon shuncha uzoqmi?! (Saylanma, 63-b.) Yuqoridagi misralarda so‘roq akti ifodalangan bo‘lib, ritorik so‘roq gap orqali muallifning kuchli his-hayajoni bayon qilingan. Buni misra boshidagi undov so‘zlardan ham bilib olishimiz mumkin. So‘roq akti ifodalangan ushbu misralarda ishoraviylik ham mavjud bo‘lib, shuncha olmoshi bu o‘rinda miqdor-daraja deyksisini ifodalab kelgan. Shuningdek, misralarda bu so‘zning takror qo‘llanishidan ham kuchli hayajon va ta’kidni anglash mumkin. Bu esa misra oxirida yonma-yon kelgan so‘roq hamda undov belgilarida ham namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, she’riy matnlarda nutqiy aktning uch turi ham ifodalanishi mumkin. Quyida she’riy matnlarni tahlil qilish orqali turli mazmundagi nutqiy aktlar ifodalanishini ko‘rish mumkin: Meni sog‘indingmi? Kuydingmi?... Rahmat! (So‘roq, minnatdorlik,) Sen dunyoning asl g‘oyasi, Banda, falak kalomidirsan. 273 3 5 Oh, ehtimol sultonidirsan. (Taxmin, gumon) Tong otadi, Sen yo‘q. Kun botadi sen yo‘q, Chidab bo‘lmaydi. (Ta’kid, norozilik) Izillab yig‘ladim: -Ey, kelasanmi?Kelgin bemuhabbat! Beolov! Becho‘g‘! Kelgin! Keltirilgan baytlarning birinchisida emotsional deyksis orqali so‘roq akti ifodalangan bo‘lib, keyingi misralarda esa buyruq akti baho munosabati bilan birgalikda namoyon bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, nutq jarayonida turli nutqiy aktlarning yuzaga chiqishida deyksisning ahamiyati katta. Xulosa. Darhaqiqat she’riy matnlarda so‘roq gaplarning ifodalanishi pragmatik mazmun doirasining kengayishiga sabab bo‘ladi. Chunki so‘roq gaplar faqatgina sintaktik birlik bo‘libgina qolmay, muloqot birligi sifatida pragmatik vaziyatning talabi bilan so‘zlovchining kommunikativ niyatini, maqsadini, subyektiv munosabatini, shuningdek, ichki kechinmalari va ruhiy holatini ham ifodalab keladi. Buning isbotini Usmon Azimning “Saylanma”sidan olingan quyidagi misralarda ham ko‘rishimiz mumkin: “Tosh ham gullaydimi?” (so‘roq-ajablanish, hayratlanish); “Ne a’mol bor ro‘zimda?” (so‘roq-ta’kid, taajjub); “O‘zi seni nega sevdim?” (so‘roq-pushaymonlik, afsuslanish); “Dilingdan menimi tamom o‘chirding?” (so‘roq-taajjub, hayratlanish); “Vatan, senga bu tanho jonim, Ulgurdimi qorishmoqlikka?” (so‘roq-ta’kid, ishonch); “Tugab borar sabotim, Bu ne tiriklik, tangrim?” (so‘roq-iltijo, norozilik); “Bu senmi istiqbol chevar Ollohning, Izmida borlig‘in etayotgan bunyod?” (so‘roq-hayrat, mamnunlik); 274 3 5 “O‘sha o‘q kimgadirmas, menga tegsa ne gumon?” (so‘roq-ta’kid, gumon); “Xudoyim, qovrildim, tugaydi qachon?” (so‘roq-norozilik, iltijo); Tahlillardan ma’lum bo‘ladiki, nutqiy aktning yuzaga kelishida deyktik birliklar faol ishtirok etadi. Turli mazmunni ochiq yoki yashirin ifodalanishi nutqiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lib, so‘zlovchi maqsadiga mos ravishda deyktik birlar tanlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. ‒ Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008. ‒ Б. 172. 2. Ҳакимов М. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини: Филол. фан. док. ... дисс. – Тошкент. 2001. – Б. 53. 3. Коровина И.В. Параметры дейктической процедуры в англоязычной научной коммуникации. Автореф. дисс. канд. филол. наук. ‒ Иванова, 2011. – С. 10. 4. Рахимов С. Речевая коммуникация и проблема дейксиса в разносистемных языках. – Ташкент: Фан, 1989. – С. 12. 5. Sarbarova D.N. Matn va diskurs tushunchalari. Sciense and innovation international journal. June2,2022. https://zenodo.org/records/7998832 6. Sarbarova D.N. Usmon Azim she’rlarida deyksisning noodatiy turlari tahlili. Sciense and innovation international journal. Volume ISSUE 8. UIF-2022:8.2. https://scientists.uz/uploads/202208/B-419.pdf 7. Азим Усмон. Сайланма. – Тошкент, 1995. 8. Азим Усмон. Юрак. –Тошкент, 2009. 9. Азим Усмон. Соғинч. –Тошкент, 2007. 10. Азим Усмон. Жимлик. – Тошкент, 2012.