scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM VILOYATIDA TIBBIYOT MUASSASALARINING ASOSIY FUNKSIONAL TURLARI VA TUZILISHI

O.O.Bekbergenova

Abstract

Maqolada Xorazm viloyatida mavjud davolanish muassasalarining shakllanish bosqichlari haqidagi ma’lumotlar, mavjud shifoxonalar tarz va tarxlari hamda Xorazm viloyatidagi davolanish muassasalari funksional tuzilishi va turlari sxemasi chizilgan. Kalit so‘zlar: shifoxona, bemor, ambulator, kasalxona, funksional, statsionar, labaratoriya, poliklinika, kasallik, tibbiy yordam. Аннотация: В статье представлены сведения об этапах формирования лечебных учреждений Хорезмской области, типах и характеристиках существующих больниц, а также приведена схема функциональной структуры и классификации лечебных учреждений региона. Ключевые слова: больница, пациент, клиника, функциональный, стационар, лаборатория, поликлиника, заболевание, медицинская помощь Annotation: The article provides information about the stages of formation of medical institutions in the Khorezm region, the types and characteristics of existing hospitals, as well as a diagram showing the functional structure and classification of healthcare facilities in the region. Keywords: hospital, patient, clinic, functional, inpatient, laboratory, polyclinic, disease, medical care.

Full text

MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN Samarkand State Architecture and Construction University, Samarkand, Uzbekistan. PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025, VOLUME-03, ISSUE-04. ПРОБЛЕМЫ АРХИТЕКТУРЫ И СТРОИТЕЛЬСТВА (научно-технический журнал) 2025, ТОМ 3, ВЫПУСК 45383. ME’MORCHILIK VA QURILISH MUAMMOLARI , 2025, 3-JILD, 4-SON, ISSN: 2091-5004, e-ISSN:2901-7845 https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 Samarkand, 2025 PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 62 XORAZM VILOYATIDA TIBBIYOT MUASSASALARINING ASOSIY FUNKSIONAL TURLARI VA TUZILISHI O.O.Bekbergenova, magistrant, Urganch davlat universiteti, Urganch Annotatsiya: Maqolada Xorazm viloyatida mavjud davolanish muassasalarining shakllanish bosqichlari haqidagi ma’lumotlar, mavjud shifoxonalar tarz va tarxlari hamda Xorazm viloyatidagi davolanish muassasalari funksional tuzilishi va turlari sxemasi chizilgan. Kalit so‘zlar: shifoxona, bemor, ambulator, kasalxona, funksional, statsionar, labaratoriya, poliklinika, kasallik, tibbiy yordam. Аннотация: В статье представлены сведения об этапах формирования лечебных учреждений Хорезмской области, типах и характеристиках существующих больниц, а также приведена схема функциональной структуры и классификации лечебных учреждений региона. Ключевые слова: больница, пациент, клиника, функциональный, стационар, лаборатория, поликлиника, заболевание, медицинская помощь Annotation: The article provides information about the stages of formation of medical institutions in the Khorezm region, the types and characteristics of existing hospitals, as well as a diagram showing the functional structure and classification of healthcare facilities in the region. Keywords: hospital, patient, clinic, functional, inpatient, laboratory, polyclinic, disease, medical care. Kirish 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida doimiy aholi soni taxminan 2 280 000 ming kishini tashkil etgan. Shularning qariyb 33,0 % shaharlarda, 67,0 % esa qishloq joylarda istiqomat qiladi. 3 So‘nggi yillarda aholi tabiiy o‘sish hamda demografik dinamikaga ko‘ra 2 millionlik chegaradan oshganligi, viloyat sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli yuk va xizmatlarga bo‘lgan talabni ko‘rsatadi. 2024yil oxirida keng qamrovli statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 83 ta ni tashkil etadi — bu viloyat sog‘liqni saqlash tarmog‘ining kengligini ifodalaydi. 4 Shunday qilib, 2 milliondan ortiq aholi va keng tarmoqli tibbiyot muassasalari bilan Xorazm viloyatida sog‘liqni saqlash xizmati — bosqichma-bosqich va keng qamrovli tizim asosida shakllangan. Ushbu holat aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklar 3 xorazmstat.uz-Xorazm statistika sayti profilaktikasi va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish nuqtai nazaridan muhim. Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash tizimi aholiga birlamchi, ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ko‘p bosqichli tibbiyot muassasalari tizimini o‘z ichiga oladi. Viloyatdagi tibbiyot muassasalari aholining epidemiologik holati, demografik tarkibi, kasallanish tuzilmasi va hududning geografik sharoitidan kelib chiqib tashkil etilgan. Shu bilan birga, hududda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, aholi uchun tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish hamda zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Viloyatdagi tibbiyot muassasalari tarmog‘i markaziy, tuman va mahalla darajasida bosqichma-bosqich tashkil etilgan bo‘lib, ularning har biri ma’lum funksional vazifalarni bajaradi. Xorazm viloyatida tibbiyot muassasalari o‘rtasida elektron yo‘naltirish, yagona statistik baza va 4 Статистика Узбекистана-O’zbekiston statistika sayti PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 63 “Elektron poliklinika” tizimi joriy etilmoqda. Bu bemor ma’lumotlarini raqamlashtirish, navbatlarni qisqartirish, tashxis qo‘yish tezligini oshirish hamda shifokorlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilash imkonini beradi. Viloyat markazlari tuman shifoxonalari bilan onlayn konsultatsiya, masofaviy tashxis va malaka oshirish bo‘yicha aloqalar yo‘lga qo‘ymoqda. Ayniqsa yurak-qon tomir tizimi va neyroxirurgiya yo‘nalishlarida telemeditsina samaradorligi yuqori. 1-Sxema. Xorazm viloyatidagi davolanish muassasalarining turlari Birinchi bosqich — tibbiy-sanitariya yordami muassasalari — aholiga eng yaqin bo‘lib, profilaktika, erta diagnostika, umumiy terapevtik yordam ko‘rsatish hamda dispanser kuzatuvini olib borishni ta’minlaydi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi aholining sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning og‘irlashtiruvchi oqibatlarini oldini olishdan iborat. Birinchi bo‘g‘inda xizmat ko‘rsatuvchi oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari aholining kunlik muammolariga tezkor javob beruvchi tibbiy tizim sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalarda aholining yosh-jins xususiyatlari, epidemiologik xavflar va mintaqaviy kasallanish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, individual va jamoaviy profilaktik dasturlar amalga oshiriladi. Shuningdek, birlamchi bo‘g‘in muassasalari emlash, patronaj, homilador ayollar monitoringi, bolalar salomatligini nazorat qilish, surunkali kasalliklar bilan yashovchi bemorlarni doimiy dispanser kuzatuviga olish kabi aniq yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi. Aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli kasalliklar profilaktikasi ham aynan ushbu tizim orqali amalga oshiriladi. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari yuqori bosqichdagi shifoxonalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, zarurat tug‘ilganda bemorlarni ixtisoslashgan davolanish muassasalariga yo‘naltiradi. Bu esa butun viloyat bo‘yicha tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, aholi salomatligini kompleks muhofaza qilishga xizmat qiladi. Bu bosqichga kiruvchi muassasalarda bemorlar kunda kelib-ketib davolanadi, ular kasalxonaga yotmaydi. Asosiy vazifasi – aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishdir. U yerda shifokorlar bemorni ko‘rikdan Davolanish muassasalarining turlari 1.Ambulatorpoliklinika muassasalari 2.Statsionar davolash muassasalari 3.Ixtisoslashgan tibbiyot markazlari 4.Diagnostika va labaratoriya markazlari 5.Xususiy tibbiyot sektori 1.Oilaviy poliklinikalar 2. Qishloq vrachlik punktlari 1.Kasalxonalar 2.Shoshilinch tibbiy yordam muassasalari 1.Reabilitatsiya va sog’lomlashtirish markazlari 2.Yuqumli kasalliklar bo’yicha markazlar, dispanserlar 1.MRT markazlari 2.UZI markazlari 1.Mini klinikalar 2.Tibbiy xizmat ko’rsatish markazlari(stam otologiya,derma talogiya) PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 64 o‘tkazadi, dori-darmon yozadi, profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Misol: poliklinikalar, oilaviy poliklinika, qishloq vrach punktlari. Birinchi bosqich tibbiy-sanitariya muassasalari aholiga maksimal yaqinlik tamoyili asosida joylashtiriladi. Ularning me’moriy yechimi mahalla, qishloq yoki tuman markazi miqyosiga mos, ixcham va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi lozim. Funksional tuzilma asosan ambulator tipda shakllanadi, ya’ni bemorlar kun davomida kelib-ketadi, statsionar yotish ko‘zda tutilmaydi. Rejalashtirishda toza va shartli iflos oqimlar ajratilishi, bemor va tibbiyot xodimlari harakatining kesishmasligi asosiy talab hisoblanadi. Asosiy funksional bloklar: qabul va kutish zonasi (elektron navbat bilan), shifokor ko‘rik xonalari (oilaviy shifokor, pediatr, terapevt), muolaja va emlash xonalari, kichik laboratoriya (qon olish, tezkor tahlillar), patronaj va profilaktika xonalari, ma’muriy va yordamchi xonalar. Arxitektura yechimida 1–2 qavatli, koridorli yoki markaziy zalli sxema keng qo‘llanadi. Binoning hajmiy-rejaviy tuzilishi tez orientatsiya, qisqa yo‘nalishlar va tabiiy yoritilishni ta’minlashi zarur. Bu bosqich muassasalari sog‘liqni saqlash tizimining asosiy filtr va yukni kamaytiruvchi bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritadi. -qabul va kutish zonasi -ma’muriy va yordamchi xonalar -shifokor xonalari -patronaj va profilaktika xonalari -kichik labaratoriya Rasm-1. Oilaviy poliklinikaning funksional tuzilishi Bunday ambulator-poliklinikalar barcha viloyat va tumanlarda mavjud. Misol uchun Yangibozorda oilaviy poliklinika 2024-yil yanvar oyidan qayta ish boshladi. Bog‘olon mahallasida 64-sonli oilaviy poliklinika 2 qavatli binodan iborat bo’lib, unda oilaviy shifokorlar ko’riki uchun xonalar, muolaja xonalari, emlash xonalari, qon olish va uning tahlili uchun maxsus labaratoriya xonalari, qabulxona, steril xona, dorixonalar mavjud(1-rasm). PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 65 Ikkinchi bosqich — tuman va shahar darajasidagi ixtisoslashgan bo‘limlarga ega shifoxonalar — ambulator va statsionar xizmatlar ko‘rsatadi. Ushbu muassasalar birlamchi bo‘g‘inda aniqlangan yoki murakkab yondashuvni talab qiladigan kasalliklarni tashxislash, davolash va tibbiy reabilitatsiya bilan shug‘ullanadi. Shifoxonalarda terapiya, jarrohlik, pediatriya, akusherlik-ginekologiya, yuqumli kasalliklar, travmatologiya va boshqa yo‘nalishlarda ixtisoslashgan bo‘limlar mavjud bo‘lib, ular aholining sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlarni amalga oshiradi. Tuman va shahar shifoxonalari zamonaviy diagnostika uskunalari — ultratovush tekshiruvi, rentgenografiya, laborator analizlar, funksional diagnostika tizimlari bilan ta’minlangan bo‘lib, kasalliklarning erta aniqlanishi hamda to‘g‘ri tashxis qo‘yilishini ta’minlaydi. Bunday muassasalarda o‘rta va og‘ir darajadagi bemorlarga malakali statsionar yordam ko‘rsatiladi, shoshilinch holatlar uchun esa reanimatsiya va tez tibbiy yordam bo‘limlari faoliyat yuritadi. Ikkinchi bosqich muassasalari birlamchi bo‘g‘in bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi: oilaviy shifokorlar tomonidan yo‘naltirilgan bemorlar tuman darajasida chuqurlashtirilgan diagnostikadan o‘tkaziladi, zarurat tug‘ilganda esa viloyat miqyosidagi yuqori texnologik markazlarga yuboriladi. Shu tarzda tizimning ushbu bosqichi tibbiy xizmatlar ketma-ketligini, kasalliklarning to‘g‘ri yo‘naltirilishini va bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning uzluksizligini ta’minlaydi. Bu muassasalarda bemorlar ma’lum muddat yotib davolanadi. Og‘ir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari va kechayu kunduz kuzatuv talab qilinadigan holatlar shu yerda amalga oshiriladi. Ular reanimatsiya, jarrohlik bo‘limlari va maxsus palatalarga ega. Misol: kasalxonalar, shifoxonalar, klinik gospitallar. Ikkinchi bosqich shifoxonalari ko‘p funksiyali va murakkab rejalashtirishga ega bo‘lib, ambulator va statsionar xizmatlarni birlashtiradi. Bu muassasalarda bemor oqimi ancha yuqori bo‘lgani sababli, arxitektura aniq zonalash tamoyiliga asoslanadi. Asosiy funksional zonalar: qabuldiagnostika bloki, statsionar bo‘limlar (terapiya, jarrohlik, pediatriya va boshqalar), operatsion va reanimatsiya bloki, diagnostika xonalari (UZI, rentgen, laboratoriya), ma’muriy va xo‘jalik zonalari. Bunday shifoxonalarda bemor oqimlari (yengil, og‘ir, shoshilinch) qat’iy ajratiladi. Operatsion va reanimatsiya bloklari maksimal steril zona sifatida loyihalanadi va alohida vertikal kommunikatsiyaga ega bo‘ladi. Arxitekturaviy jihatdan bu muassasalar ko‘pincha: blokli, pavilonli, yoki kombinatsiyalashgan sxemada yechiladi. Bino hajmi viloyat yoki tuman markazining shaharsozlik tuzilmasiga mos holda shakllantiriladi. Ikkinchi bosqich shifoxonalari sog‘liqni saqlash tizimida asosiy statsionar yukni ko‘taruvchi markaz hisoblanadi. Misol uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali rasmiy ro’yhatga olingan sana 2000-yil 6may. Markaz 2024-yilda qaytadan rekonstruksiya qilindi va angiografiya(yurakqon tomir tizimi xizmatlari) xizmati joriy qilindi. Urganch shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazida qabulxona, intensiv dastlabki yordam xonalari, ko’rik xonalari, kichik va katta operatsiya xonalari, steril xonalari, kuzatuv palatalari (6-12 soatgacha bemor holatini kuzatish uchun) , rentgen va uzi xonalari, dorixona, yuvinish xonalari, ma’muriyat va texnik xonalar mavjud(2rasm). PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 66 - qabul-diagnostika bloki - statsionar bo‘lim - operatsiya bloki - ma’muriy va xo‘jalik zonalari - diagnostika xonalari - reanimatsiya bloki Rasm-2. Urganch shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazi funksional tuzilishi Uchinchi bosqich — viloyat miqyosidagi yirik tibbiyot markazlari — murakkab diagnostika, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari va maxsus tibbiy yordam ko‘rsatishni amalga oshiradi. Ushbu bosqich tibbiy xizmatlarning eng yuqori darajasini ifodalaydi va asosan tuman hamda shahar muassasalarida davolanish imkoniyati bo‘lmagan og‘ir hamda murakkab klinik holatlar bilan shug‘ullanadi. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, ixtisoslashgan dispanserlar (onkologiya, fiziaterapiya, psixiatriya, endokrinologiya va boshqalar), shuningdek, yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadigan klinik bo‘limlar ushbu bosqichga kiradi. Uchinchi bosqichning mavjudligi Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlarning ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta’minlab, aholiga yuqori darajada, zamonaviy standartlarga mos tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratadi. Bu markazlarda tibbiy xizmat ma’lum bir soha bo‘yicha yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, yurak, qon tomirlari, saraton, qandli diabet, nerv tizimi, ko‘z yoki suyak kasalliklari kabi aniq yo‘nalishlarda yuqori malakali shifokorlar ishlaydi. Ular ko‘pincha zamonaviy uskunalar va yuqori texnologiyali davolash usullariga ega bo‘ladi. Misol: kardiologiya markazi, onkologiya markazi, endokrinologiya markazi, reabilitatsiya markazlari va boshqalar(3-rasm). PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 67 -Davolanish hududi -Qabul hududi -Bemor yaqinlari kutish hududi -Xo`jalik hudud -Labaratoriya Rasm-3.Reabilitatsiya markazi bosh rejasi Uchinchi bosqich muassasalari yuqori texnologik tibbiyot talablariga mos holda loyihalanadi va viloyat miqyosida xizmat ko‘rsatadi. Bu markazlar arxitekturasi katta hajmli, murakkab muhandislik tizimlariga ega va modulli tuzilishda bo‘lishi zarur. Rejalashtirishda logistik samaradorlik, texnologik oqimlarning uzluksizligi va kelajakda kengaytirish imkoniyati muhim hisoblanadi. Shu sababli modulli yoki klasterli reja afzal ko‘riladi. Bu bosqich muassasalari ko‘pincha shahar chekkasi yoki transportga qulay hududlarda joylashtiriladi. Arxitektura nafaqat davolash, balki ilmiy-tadqiqot va metodik rahbarlik funksiyalarini ham o‘zida mujassam etadi. To’rtinchi bosqich diagnostika va laboratoriya markazlari tibbiyot tizimida kasalliklarni aniqlash, tibbiy tahlillarni o‘tkazish va shifokorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda yordam berish uchun xizmat qiladi. Bu muassasalarda bemorlar davolanmaydi, balki ularga kasallik sababini aniqlash uchun turli tekshiruvlar o‘tkaziladi. Diagnostika markazlarida qon, siydik, virus, gormon va genetik tahlillar amalga oshiriladi. Shuningdek, UZI, rentgen, kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiya (MRT) kabi instrumental tekshiruvlar bajariladi. Bu markazlarning eng muhim vazifasi kasalliklarni erta aniqlab, davolash jarayonini tez va aniq yo‘lga qo‘yishdir. Ular o‘zlari davolash bilan shug‘ullanmaydi, balki shifokorga kerakli tashxis ma’lumotlarini beradi. Misol: laboratoriya markazlari, diagnostik markazlar. Xorazm viloyatida bunday labaratoriya markazlari va diagnostik markazlar mavjud. Bular alfa med servis, ultra med klinika, nano diagnostika, Ibn Sino diagnostika markazlari. Labaratoriya markazlarida qabulxona, elektron navbat kutish xonasi, namuna qabul qlish va namunalarni tayyorlash xonasi, asosiy labaratoriya bloklari, diagnostika bo’limi, xavfsizlik va qo’shimcha xonalar mavjud(4rasm). PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 68 Rasm-4.Labaratoriya va diagnostika markazlari sxemasi Diagnostika va laboratoriya markazlari davolashsiz tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar bo‘lib, ularning arxitekturasi texnologik jarayonlarga qat’iy bog‘langan. Rejalashtirishda toza va iflos zonalar qat’iy ajratiladi, ventilyatsiya va sanitariya talablariga yuqori darajada e’tibor qaratiladi. Bunday binolar ko‘pincha kompakt, 1–3 qavatli bo‘ladi va tezkor xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. Ularning arxitekturaviy ahamiyati sog‘liqni saqlash tizimida tashxis aniqligining tayanch nuqtasi bo‘lishidadir. Beshinchi bosqich xususiy tibbiyot sektori davlat tizimiga kirmaydigan, tijorat asosida tibbiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalardan iborat bo‘lib, bu yerda bemorlar to‘lov evaziga sifatli va tez tibbiy yordam olishlari mumkin. Xususiy klinikalarda zamonaviy uskuna va texnologiyalar qo‘llaniladi, navbatlar kam bo‘ladi va bemorlarga individual yondashuv ta’minlanadi. Xususiy tibbiyot muassasalari turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, masalan: umumiy davolash, stomatologiya, diagnostika, jarrohlik, reabilitatsiya va boshqalar. Ularning afzalliklari orasida xizmatning tezkorligi, shifokor tanlash imkoniyati, qulay muhit va zamonaviy uskunalardan foydalanish mavjud. Biroq, bunday muassasalarda xizmat narxi yuqori bo‘lishi va ba’zan davlat tomonidan nazoratning cheklanganligi kamchilik sifatida ko‘riladi. Shunga qaramasdan, xususiy tibbiyot sektori sog‘liqni saqlash tizimida muhim o‘rin egallaydi, raqobat orqali xizmat sifati ortadi va aholiga keng tanlov imkonini beradi. Xorazm viloyatida xususiy klinikalar ko’p , bular stamatologiya, dermatalogiya, kasmetologiya, lor va urologiya sohalari boshqa sohalarga qaraganda ko’p uchraydi. Bunday xususiy klinikalar asosan 50 yoki 100 kishilik bo’ladi. Namuna sifatida Urganch tumanidagi Med klinik bolalar shifoxonasini keltirib o’tmoqchiman. Bu klinika 4 ta shifokor xonasi, bitta operatsiya xonasi, qabulxona, labaratoriya, steril xonasi va sanuzeldan iborat bo’lib, kuniga 60 bemorni qabul qiladi(5-rasm). Xususiy klinikalar moslashuvchan, ixcham va bozor talabiga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega bo‘ladi. Ular ko‘pincha moslashtirilgan binolarda yoki kichik hajmli yangi qurilishlarda joylashadi. Funksional xususiyatlar: individual qabul xonalari, kichik operatsion yoki muolaja bloklari, laboratoriya yoki diagnostika xonasi, qulay kutish zonalari. Bu muassasalarda komfort, interyer sifati va bemor psixologiyasi asosiy mezon hisoblanadi. Arxitektura dizayni brend Qabul bo'limi Namunalarni qabul qilish va tayyorlash bo'limi Asosiy labaratoriya bloklari Diagnostika bo'limi Karta to‘ldirish,navbat kutish,axborot monitorlari Shifokorlar va xodimlar xonalari Xavfsizlik va qo'shimcha xonalar