scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUYRAK USTI BEZI GARMON PREPARATLARI

Abduraxmanova Marxaboxon O'zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o'qituvchisi

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy farmatsevtlarning tibbiyotimizda tobora keng tarqalishi tufayli shifokorlarimiz yosh organizmning o‘ziga xos xususiyatlarini markaziy nerv sistemasi, jigar, buyrak faoliyati hali yaxshi rivojlanm aganligini hisobga olgan holda tegishli moddalarni buyurishlari lozimligi keltirilgan. Kalit so`zlar: buyrak usti, garmon, dispanser, diagnostika, kortikoidlar, AKTG garmoni.

Full text

SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 90 BUYRAK USTI BEZI GARMON PREPARATLARI Abduraxmanova Marxaboxon O’zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Qo’rg’ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o’qituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy farmatsevtlarning tibbiyotimizda tobora keng tarqalishi tufayli shifokorlarimiz yosh organizmning o‘ziga xos xususiyatlarini markaziy nerv sistemasi, jigar, buyrak faoliyati hali yaxshi rivojlanm aganligini hisobga olgan holda tegishli moddalarni buyurishlari lozimligi keltirilgan. Kalit so`zlar: buyrak usti, garmon, dispanser, diagnostika, kortikoidlar, AKTG garmoni. Buyrak usti bezi po'stlog'ida hayotiy zarurat bo'lgan 40 ga yaqin steroid gormonlar hosil bo'ladi. Ular 3 guruhga bo'linadi: mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar va jinsiy gormonlar. Agar hayvonlaming buyrak usti bezi olib tashlansa, ular bir necha kundan keyin halok bo'ladi. Buyrak usti bezining yetishmovchiligida qon quyuladi, qon bosimi pasayadi, dispeptik holat paydo bo'ladi, asosiy oddalar almashinuvi susayadi, organizmdan natriy ionlari chiqib ketadi, kaliy ionlari to'planadi — Addison kasalligi, addisonizm qolatlari ro'y beradi.Glyukokortikoid va mineralokortikoidlar kortikosteroidlar deb ataladi. Kortikosteroidlar organizmda xolesterindan yoki bevosita atsetilkoenzimdan hosil bo'ladi, bu jarayon gipofizning AKTG gormoni bilan bog'liqdir. Kortikosteroidlar sintez yo'li bilan ham olingan. Kortikosteroidlar jigarda glyukuron va sulfat kislotalar bilan kon’yugatsiyaga uchraydi, organizmdan peshob bilan chiqib ketadi.Mineralokortikoidlar — dezoksikortikosteron atsetat. Mineralokortikoid-laming asosiy tabiiy gonnonlari aldosteron va 11dezoksikortikosteroiddir. Ular asosan suv-mineral almashinuviga, natriy va kaliy ionlarining hujayra membranalaridan o'tish jarayoniga ta’sir ko'rsatadi. SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 91 Hujayralaming natriy ionlari ortadi, organizmda natriy ushlanib qoladi, kaliy ionlari peshob bilan chiqib ketadi, organizmda natriy bilan suyuqlik ham ushlanib qoladi.Mineralokortikoidlar yetishmovchiligida organizm natriy va suyuqlikni yo‘qotadi, kaliyni miqdori oshib ketadi, addisonizm holatlari ro‘y beradi. Mineralokortikoidlaming uglevodlar almashinuviga ta’siri kamroq bo'ladi.Dezoksikortikosteron atsetat mineralokortikoidlar yetishmovchiligida — Addison kasalligida, addisonizm, miasteniya, adinamiya holatlarida qo'llanadi, enteral va parenteral yo'llar orqali yuboriladi. Dezoksikortikosteronning salbiy ta’sirlari: natriy va suyuqlikning to'planishi, shishlar paydo bo'lishi, qon bosimining ko'tarilishidir.Glyukokortikoidlar — gidrokortizon, kortizon atsetat prednizolon, deksametazon, triamsinalon, flumetazon, gidrokortizon (ko'z malhami), sinalar, flutsinaming tarkibiga kiradi. Tabiiy holatda glyukokortikoidlar gipofizning old qismi gormoni AKTG ta’sirida hosil bo'ladi va ajraladi. Organizm alohida holatlarga tushib qolganda (qo'rquv, kuchli og'riq, sovqotish, issiqlab ketish holatlari) shikastlar, infeksiya, gipoksiya, intoksikatsiyalarda AKTG — glyukokortikoidlar ajralishi oshadi, ular organizmning shu holatlarga nisbatan chidamliligini oshiradi.Glyukokortikoidlar asosan uglevodlar almashinuviga ta’sir ko'rsatadi: qonda glukoza, aminokislotalar, jigarda, mushaklarda glikogen miqdori oshib boradi. Glyukokortikoidlar oqsillaming hosil bo‘lishini kamaytiradi, parchalanishini oshiradi. Oziq-ovqatdagi azotni o'zlashtirish kamayadi, siydik bilan kreatinin, mochevina, aminokislotalar ajralishi oshadi. Ba’zi to'qimalarda glyukokortikoidlar lipolizni, ba’zilarida Iipogenezni orttiradi, yuzda va tananing yuqori qismida yog* to'planishiga olib keladi. Yangi to'qimalar (regeneratsiya), immun tanachalar hosil bo'lishi kamayib boradi.Glyukokortikoidlaming mineralokortikoidlarga nisbatan ozroq bo'lsa-da, minerallar almashinuviga ta’siri bor. Organizmdan natriy ionlarining ajralishi kamayadi, kaliy ionlarining ajralishi esa ortadi. Glyukokortikoidlar kuchli yallig'lanishga qarshi ta’sirga ega, yalligianishning hamma bosqichlari (alteratsiya, ekssudatsiya, proliferatsiyani bartaraf etadi. Kapillyarlar devorining hujayralarini, SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 92 gematoensefalik to'siq o'tkazuvchanligini kamaytiradi. O'tkazuvchanlikning kamayishiga gialuronidaza fermenti faolligining pasayishi va gistaminga qarshi ta’siri sabab bo'ladi. Glyukokortikoidlar hujayra membranalari lizosomalarini mustahkamlaydi, ulardan to'qim alam i jarohatlovchi fermentlar ajralishini kamaytiradi. Glyukokortikoidlar leykotsitlar, makrofaglaming tomirlardan ajralib chiqishini ham kamaytiradi.Glyukokortikoidlar tufayli prostaglandinlaming kamayishi — ulaming yallig'lanishiga qarshi ta’sir mexanizmida katta ahamiyatga ega. M a’lumotlarga ko'ra, glyukokortikoidlar fosfolipaza A, fermentining ingibitori bo'lgan lipomodullinni orttiradi, shu tufayli fosfolipaza A2 fermentining faolligi susayadi, araxidon kislotadan prostaglandinlar hosil bo'lishi kamayadi.Shu bilan birga glyukokortikoidlar leykotsitlarning yallig'lanish o'chog'iga tomon yo'nalishini boshqaruvchi oksikislotalar va leykotrienlami ham kamaytiradi. Hujayralararo modda — gialuron kislotaning hajmini oshiradi, gialuron kislota tomirlar devorini mustahkamlaydi. Glyukokortikoidlar mahalliy qo'Ilanilganda ham yallig'lanishga qarshi ta’sir ko'rsatadi. Glyukokortikoidlar allergiyaga, sensibilizatsiyaga, shokka qarshi ta’sirga ega; qon tomirlar tonusiga, kapillyarlar o'tkazuvchanligiga ta ’siri tufayli shokka qarshi ta’sir etadi, bulardan tashqari, glyukokortikoidlar adrenalin, noradrenalinning (yuqori miqdorda) qon tomirlariga, yurakka bo'ladigan jarohatlovchi ta’sirining oldini oladi Glyukokortikoidlar homila va yangi tug'ilgan chaqaloqlar o'pkasida surfaktantning hosil bo'lishini orttiradi.Glyukokortikoidlar immunitetni susaytiradi, suyak ko'migi hujayralarini Tva B - limfotsitlarining o'zaro ta’sirini kamaytiradi. Glyukokortikoidlar eozinofillar, limfotsitlar, neytrofillar sonini kamaytiradi.Glyukokortikoidlaming miqdori oshsa (organizmdagi endogen glyukokortikoidlar miqdori yoki modda sifatida yuborilganda), gipofizdan AKTG ning ajralishi kamayadi, agar shu holat uzoq vaqt davom etsa (glyukokortikoidlar davomli qo'llanganda), buyrak usti bezlarining faoliyati susayib ketadi.Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, glyukokortikoidlaming shifobaxsh ta’siri ko'p qirrali, shu tufayli tibbiyotda keng miqyosda qo'llanadi.Glyukokortikoidlar SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 93 davolash maqsadida organizmda kortikosteroidlar yetishmovchiligida — Addison kasalligida,addisonizm holatlarida mineralokortikoidlar bilan birga qo'llanadi. Glyukokortikoidlar patogenetik davolash uchun 140 dan ortiq kasalliklarda qo'llaniladi. Bular yallig'lanishga aloqador yuqumli allergik kasalliklarda — revmatizm, qizil volchanka, dermatit, ekzema, neyrodermatit, allergik, toksikoallergik holatlarda; anafilaktik shok, o'tkir gemolitik anemiya, aplastik anemiya, bronxial astma, travmatik shokda, og'ir yuqumli kasalliklarda — peritonit, meningit, qorin tifi, ensefalit, miya, o'pka shishi, virusli gepatitlarda, leykozlarda, limfogranulomatoz, metabolik atsidozlarda qo'llaniladi. Immunodepressiv xususiyati tufayli glikokortikoidlar yod a’zolar, to'qimalar o'tkazilganda — transplantalogiyada keng qo'llanadi. Glyukokortikoidlar bolalarda uchraydigan adrenogenital sindromda qo'llanadi. Bu kasallik nasldan o'tadi— buyrak usti bezi yetishmovchiligi tufayli glyukokortikoidlaming ajralishi kamayadi. Bunga javoban gipotalamus kortikoliberinning, gipofiz AKTG ning hosil bo'lishini orttiradi, ular esa buyrak usti bezi po'sdog'ini qo'zg'atib, jinsiy, ko'pincha, erkaklar jinsiy gormonlarining ajralishini oshiradi. Bunday hollarda bolalar, ayniqsa, qizlar ertaroq. jinsiy rivojlana boshlaydi yoki ularda jarayon noto'g'ri kechadi. Glyukokortikoidlar kortikoliberinlar, AKTG, jinsiy gormonlar ajralishini kamaytiradi, natijada bunday holatdagi bolalar normal o'sib rivojlanadi. Glyukokortikoidlar chala tug'ilgan bolalarda nafas yetishmovchiligining oldini olish uchun qo'llanadi. M oddalar shifokorning maxsus ko'rsatm alariga ko‘ra qo'llaniladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, ulami qoilayotganda birdaniga to'xtatib bo'lmaydi, aks holda, kasallik zo'rayib ketishi mumkin. Shuning uchun glyukokortikoidlar qo'llashni asta-sekin to'xtatish lozim bo'ladi.Glyukokortikoidlar qo'llanganda jiddiy salbiy ta ’sirlar, bolalarda kuzatilishi mumkin, shuning uchun ular bolalar amaliyotida nihoyatda ehtiyotlik bilan qo'llanishi lozim.Anabolik jarayonlarni susaytirishi tufayli glyukokortikoidlar bolalar organizmining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Moddalar sust kechayotgan infeksiyalami, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasini, osteoporozni zo'raytirishi, qon bosimini ko'tarishi, asabni qo'zg'atishi, steroid qandli diabetni SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 94 yuzaga keltirishi mumkin. Bunda yuz oysimon shaklga keladi, ruhiy o'zgarishlar — eyforiya, gallyutsinatsiyalar, alahlash paydo bo'lishi mumkin. Salbiy ta’sirlaming oldini olish uchun glyukokortikoidlar bilan davolangan davrda tarkibida oqsil, kaliy, kalsiy yetarli miqdorda bo'ladigan oziq-ovqatlami tanovul qilish lozim.Glyukokortikoidlami gipertoniya kasalligida, qandli diabet, homiladorlikda, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasida, silda qo'llash man etiladi.Tabiiy gormonal moddalardan gidrokortizon, kortizon atsetat parenteral va mahalliy malham sifatida qoilanadi, ulaming ta’siri bir-biriga o'xshash (gidrokortizon kuchliroq boiadi). Kortizon ichishga buyuriladi hamda m ushaklar orasiga yuboriladi. Prednizolon gidrokortizonning sintetik o'xshashi bo'lib yalligianishga qarshi ta’siriga ko'ra, gidrokortizondan 3-4 barobar kuchliroq, natriy ionlarini organizmda kamroq tutib qoladi. Shu tufayli prednizolonning salbiy ta ’sirlari kamroq uchraydi. Prednizolonning ftorli unumlari — deksametazon, triamsinalon yalligianishga qarshi ta’sir bo'yicha prednizolondan 5 marta kuchliroq. Bu moddalar, ayniqsa, deksametazon, mineral va suv almashinuviga juda kam ta’sir etadi, triamsinalon mushaklar atrofiyasi, tushkunlik holatlari, ishtaha pasayishi kabi salbiy ta ’sirlarga sabab bo 'lish i mumkin. Flumetazon pivalat yalligianishga, allergiyaga, qichishishga qarshi kuchli ta’sir k o 'rsatad i (faqat mahalliy malham va suspenziya shaklida qoilanadi). Adabiyotlar 1. Salixujaev Z. “Dori vositalari qo`llanmasi” Toshkent, 2015 yil. 2. Toshmuxamedova F.SH., Aliev X.U., Nizomov R.Z. “Umumiy farmakologiya va retseptura”. Toshkent, Ilm ziyo, 2007 yil 3. Sayfuddin Faxriddin o`g`li “Umumiy retseptura”. Toshkent, Meditsina, 2006 yil.