PEDAGOG XODIMLARNING O'QUVCHILARDA OB'EKTIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI
Abstract
Ushbu maqola o‘qituvchining kasbiy potensialini rivojlantirish, o‘quvchilarda ob’ektiv dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalarida o‘qituvchining o‘quvchiga ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida.
Full text
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 9 PEDAGOG XODIMLARNING O‘QUVCHILARDA OB’EKTIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI Raxmonova Mehrixon Xoshimovna Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqola o‘qituvchining kasbiy potensialini rivojlantirish, o‘quvchilarda ob’ektiv dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalarida o‘qituvchining o‘quvchiga ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida. Annotation: This article discusses the development of a teacher's professional potential, the formation and development of an objective worldview in students, and the teacher's educational and upbringing influence on students in their strategies. Аннотация: Данная статья посвящена развитию профессионального потенциала учителя, формированию и развитию объективного мировоззрения у учащихся, а также стратегии педагогического и воспитательного воздействия учителя на учащихся. Kalit so‘zlar: innovatsion, modernizatsiya, intellektual, ilg‘or pedagogik texnologiya, zamonaviy yondashuv, strategiya. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xalq ta’limi xodimlarini malaka oshirish tizimida ham innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash va yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan pedagoglarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotda tezkor o‘zlashtirish tizimi yaratish dolzarb muammolardan biri hisoblanib kelinmoqda. Shu boisdan innovatsion
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 10 yondashuvlar asosida o‘qituvchilarini zamonaviy metodika va axborot texnologiyalari asosida tayyorlash, ularga yangicha fikrlash, muammoga yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish, tahlil qilish, shaxsiylashtirilgan yondashuv tamoyili har bir o‘qituvchining bilim darajasi, tajribasi, ehtiyojlari kelib chiqib, kasbiy potensialini rivojlatirishi kerak. Bugungi kunda o‘quvchilarda ob’ektiv dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalarida o‘quvchining kamoloti belgilayadi. Bilimlarni uzatishda, darsga qiziqtirish o‘qituvchining o‘z aqliy bilimi natijasidan qanoatlanish, o‘quvchiga bo‘lgan muhabbat hissi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu his o‘quvchilarning rag‘batlantirish, tushunish va tushuntirish bilan namoyon bo‘ladi. O‘qituvchida samaraliroq ishlash mayli, istagi, ehtiyojining bo‘lishi o‘quvchilarda paydo bo‘ladigan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonish, o‘zini hayotga kerakli ekanligingi anglash hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. O‘qituvchida rag‘batlantirish va jazolash me’yorida bo‘lsagina, ularning ta’limiy va tarbiyaviy ta’siri ortadi. O‘qituvchilarning muhim xususiyatlaridan biri o‘quvchi shaxsiga ishonch hissidir. Shuning uchun ham o‘quvchilarda ob’ektiv dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalarida o‘qituvchining o‘quvchiga ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. O‘quvchi o‘qituvchini aql idrok sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson deb bilishi zarur. O‘qituvchi siymosida o‘zining ezgu niyati, orzu istagi, ajoyib histuyg‘ularini ruyobga chiqaruvchi mu’tabar shaxsni ko‘rishi kerak. O‘quvchilar o‘qituvchisining har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘zining obro‘sidan oqilona va samarali foydalanib, o‘quvchilarda tashkilotchilik, ijodkorlik, o‘qishga ijobiy munosabat, o‘z diqqatini boshqarish, xulqini idora etish, o‘zini tuta bilish, qiyinchiliklarni yengish kabi fazilatlarni shakllantirishi lozim. Buning uchun har tomonlama ta’sir ko‘rsatish metodini qo‘llash kerak. O‘quvchilarda ob’ektiv dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalari masalalarida quyidagi mulohazalarga amal qilish maqsadga muvofiq: O‘qituvchi o‘quvchilarning aql-idrokiga ta’sir etishi,
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 11 sezgirligi, kuzatuvchanligi, uquvliligi, esda saqlab qolish, esga tushurish imkoniyatlarini rivojlantirishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratishi; o‘quvchilarda ta’lim-tarbiya olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirib, ularning bilimlar ko‘lamini kengaytiradi, motivatsiyalarini orttirishi; ijodiy va ijobiy tasavvurlarini kengaytirib, tanqidiy baholash ko‘nikmasi paydo qilishi; har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamolga yetkazish uchun ularni individual pedagogik-psixologik xususiyatlarini shakllantirishi; maksimal darajada faollashtirib, mustaqil ijodiy tafakkurini rivojlantirishi; tafakkurning mustaqilligi, standart bo‘lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy topqirlikning tezligi, o‘rganib chiqayotgan mavzuning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo‘lmagan narsadan muhimini ajrata bilishni o‘rgatishi; muamoli vaziyatlarda yechimga o‘quvchilarni jalb etilib, faol, ijodiy, mahsuldor, intellektual faoliyatni o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalari har qachon dolzarb vazifalardan biri sifatida ajralib turadi. Bugungi kunda o‘quvchilarda ob’ektiv dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalari masalalari jamiyat tomonidan talab etilayotgan va amaliyotda amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonidagi pedagogik jamoalarni kasbiy faoliyat mazmunini takomillashtirish o‘qituvchining o‘z pedagogik pozitsiyalarini aniqlash, optimal usullarni tanlashga undamoqda. Bu esa, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish strategiyalarini belgilash bilan birga kasbiy potensialini rivojlantirishni taqozo qiladi va faolligini oshirishning sharti hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar” to‘g‘risida PF-5812-son Farmoni.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 12 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yilda 7fevraldagi PF4947-son Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” PF-5106-son Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907 son Qarori.